May 19

Enemies to lovers 2-qism

Ertasi kuni tun yana Seorinni o‘sha klubga olib keldi. Ammo bu safar kayfiyati boshqacha edi. Kechagi gaplar, otasining bosimi, unashtiruv...Hammasi uni ichidan ezayotgandi. Shu sabab u o‘zini to‘xtatolmadi va ko'p ich8b yubordi.

Klubdagi yorqin chiroqlar ko‘ziga qorishib ketgandi.Seorin bugun odatdagidan ham ochiqroq va kalta qora ko‘ylak kiygan edi. Ko‘pchilikning nigohi unda edi, ammo unga farqi yo‘qdek tutardi o‘zini. Aslida esa ichida bo‘shliq bor edi. U stol ustiga tirsagini qo‘yib, boshini ushladi.

— Ah… boshim aylanyapti…

Telefoni yonida yotardi. Kimga qo‘ng‘iroq qilishni o‘yladi.
Otasi? Yo‘q.
Jay? Aslo.
Do‘stlari? Juda kech.

Bir ism xayoliga kelishi bilan qoshlarini chimirdi.

— Yo‘q… u emas…

Ammo bir necha daqiqadan keyin baribir kontaktni ochdi.
“Park Jimin.”

Seorin mast holda kulib yubordi.

— Jin ursin… unga qo'ng'iroq qilma deb o'zim qilyapmanmi?

Va qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. So‘ng narigi tomondan tanish ovoz eshitildi.

— Seorin?

Qiz mast ohangda gapirdi:

— Men… uyga ketolmayapman…

Jimin darrov jiddiylashdi.

— Qayerdasan?

Seorin klub nomini aytib, devorga suyanib ko‘zlarini yumdi.

— Mashina hayday olmayman…

Bir necha soniya jimlik bo‘ldi. So‘ng Jiminning past, ammo qat’iy ovozi eshitildi:

— O‘sha yerda kut. Men kelyapman.

Qo‘ng‘iroq tugadi.Seorin telefonini sekin tushirib, mast holda kulimsiradi. Nega aynan unga qo‘ng‘iroq qilganini o‘zi ham tushunmasdi.

Klub oldiga qora mashina keskin kelib to‘xtadi. Bir necha soniyadan so‘ng Jimin mashinadan tushdi. Uning nigohi darrov atrofni kuzata boshladi. Nihoyat klub devoriga suyanib o‘tirgan Seorinni ko‘rdi.
Qizning boshi egilgan, qo‘lida yarim bo‘sh qadah bor edi.

Ammo Jiminning jahli boshqa narsaga chiqdi. Seorin bugun haddan tashqari ochiq kiyingandi. Kalta qora ko‘ylak sonlarini deyarli yopmasdi. Yelkasi ochiq, sochlari tartibsiz tushib turardi. Eng yomoni esa atrofdagi erkaklarning unga qarab turishi.

Jiminning jag‘i taranglashdi. U tez yurib Seorinning oldiga keldi.

— Jin ursin, Seorin.

Qiz boshini ko‘tarib unga mast kulib qaradi.

— Keldingizmi...

Jimin qoshlarini chimirdi.

— Ahvolingga qara.

— Men yaxshiman. Nima bo'libdi?

U o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, ammo muvozanatini yo‘qotib yiqilay dedi. Jimin darrov uni ushlab qoldi. Qizning issiq tanasi uning bag‘riga urildi. Seorin boshini uning yelkasiga qo‘yib kulimsiradi.

— Siz… juda kelishgansiz...

— Sen juda mastsan.

Shu payt yonidan o‘tayotgan ikki yigit Seoringa yana qarab kulishdi. Bu Jiminning sabrini battar buzdi.

U darrov pidjagini yechib, Seorinning yelkasiga yopdi.

— Bunday kiyimda nega yolg‘iz yuribsan?

Seorin ko‘zlarini qisib unga qaradi.

— Rashk qilyapsizmi?

Jimin bir necha soniya indamay turdi. So‘ng past ovozda dedi:

— Ha. Qilyapman.

Bu javob hatto Seorinning o‘zini ham jim qilib qo‘ydi. Keyingi soniyada Jimin uni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarib oldi.

— Endi indamay yur. Seni uyga olib ketaman.

Jimin Seorinni mashinaning old o‘rindig‘iga ehtiyotkorlik bilan o‘tqazdi. Qiz esa boshini oynaga suyagancha ko‘zlarini yumib olgandi. Mast bo‘lsa ham chiroyli edi. Haddan tashqari.

Jimin mashinani haydab ketarkan, bir payt Seorin past ovozda gapirdi:

— Uyga borsam… otamdan gap eshitaman…bugun ko'p jinnilik qilib yubordim. U meni Jayga turmushga bermoqchi.

Jiminning qo‘llari rulda taranglashdi.

— Nima?

— Men esa xohlamayman… Dadam esa meni tushunmaydi…

— Unda bugun uyga bormaysan.

— Nima?

— Men bilan yur.

Oradan ko‘p o‘tmay mashina katta zamonaviy hovli oldida to‘xtadi. Seorin mashinadan tushayotib yana qoqilib ketay dedi.

— Eh…

Jimin uning belidan ushlab qoldi.

— Oyoqda ham turolmaysan.

— Siz aybdorsiz…

— Menmi, yana nima qildim men?

— Baribir sizaybdorsiz.

Jimin kulib yubordi.

— Hop. Qaysar mushukcham. Men aybdorman.

So‘ng uni ichkariga olib kirdi. Uy ichi sokin va hashamatli edi.

Seorin divanga suyangancha boshini orqaga tashladi. Ko‘zlari yarim yumilgan, ovozi esa mastlikdan past chiqardi.

— Men… bokiraligimni... yo‘qotmoqchiman...

— Nima?

— Eshitdingiz.

— Aqldan ozdingmi sen?

Qiz kulib yubordi.

— Balki.

— O‘zingda emassan hozir.

Jimin undan uzoqlashmoqchi bo‘ldi, ammo Seorin uning qo‘lidan ushlab oldi.

— Otam meni majburan turmushga beryapti... Men shuncha yil o‘zimni qayerdagidir latta yigit uchun saqlamadim. Otam meni tushunmayapti, bu otamni qilgan ishi uchun javob.

Jimin indamay qoldi.

Seorin esa davom etdi:

— Jayni yoqtirmayman. U kuchsiz. Zerikarli. Menga esa… kuchli erkaklar yoqadi.

— Seorin.

— Hm?

— Keyin pushaymon bo‘ladigan ish qilma.

Qiz kulimsiradi.

— Siz pushaymon qildirasizmi?

Jimin unga uzoq tikilib turdi. Hozir Seorin juda yaqin edi. Juda chiroyli va juda zaif holatda. Ammo aynan shu sabab u o‘zini to‘xtatishga urinardi.

— Sen mastsan, — dedi u past ovozda. — Men esa bundan foydalanadigan yigit emasman.

Seorinning ko‘zlari asta kattalashdi. Go‘yo u bunday javob kutmagandek. Jimin asta uning qo‘lini ushlab qo‘ydi.

— Ertaga ham shu gapni aytsang… balki o‘shanda gaplasharmiz.

So‘ng u divan yonidagi pledni olib, Seorinning ustiga yopdi.

— Hozir esa uxla.

Seorin:
Jimin ortiga o‘girilmoqchi bo‘ldi. Ammo Seorin uning qo‘lidan mahkam ushlab qoldi. Jimin to‘xtadi. Qiz asta o‘rnidan turdi. Mast bo‘lsa ham, ko‘zlaridagi hissiyotlar aniq edi.

— Ketmang…

— Seorin...

Qiz uning ko‘ylagidan ushlab yaqinlashdi.

— Siz nega o‘zingizni to‘xtatyapsiz?

Jimin kulgiga o‘xshash xo‘rsinish chiqardi.

— Chunki sen hozir to‘g‘ri o‘ylay olmayapsan. Mastsan.

— Men juda yaxshi bilaman nima qilayotganimni. Men sizni xohlayapman.

Bu gapdan keyin xona ichidagi sukut battar og‘irlashdi. Jimin bir necha soniya indamay turdi. Go‘yo o‘zini bosishga urinayotgandek.

— Sen meni umuman tanimaysan.

— Bilaman. Lekin… sizni hohlayapman...

Bu gap Jiminni jim qilib qo‘ydi. Seorin esa asta oyoq uchida ko‘tarilib, bu safar o‘zi uning labidan o‘pdi. Jimin bir necha soniya qotib turdi. Keyin birdan qizning belidan ushlab o‘ziga tortdi. Uning sabri ham tugayotgandi. O‘pish chuqurlashdi. Seorinning qo‘llari Jiminning bo‘yniga o‘raldi. Jimin esa nihoyat ichidagi hislarni yashirmadi. Ammo keyingi soniyada u zo‘rg‘a o‘zini to‘xtatib, peshonasini qiznikiga tiradi.Nafasi og‘ir chiqardi.

— Jin ursin, Seorin… Sen meni aqldan ozdiryapsan.

Jimin hanuz Seorinning belidan ushlab turardi. Ikkisining nafasi bir-biriga urilib, xona ichidagi sukunatni yanada og‘irlashtirardi. Jimin peshonasini uning peshonasiga tiragancha ko‘zlarini yumdi. Go‘yo o‘zini zo‘rg‘a nazorat qilayotgandek. So‘ng past, xirillagan ovozda so‘radi:

— Ertaga pushaymon bo‘lmaysanmi?

Seorin bir necha soniya unga tikilib qoldi. Bu savol kutilmagandi.U Jiminni sho‘x, beparvo va faqat o‘zini o‘ylaydigan yigit deb o‘ylagandi. Qiz asta bosh chayqadi.

— Yo‘q.

— Ishonching komilmi?

— Men birinchi marta kim bilandir o‘zim xohlaganim uchun yaqin bo‘lyapman.

Jimin bir necha soniya indamay turdi. So‘ng asta kulimsiradi.

— Sen juda xavfli qizsan, Seorin.

— Siz ham.

Keyingi soniyada Jimin yana uni bag‘riga tortib, labidan o‘pdi. Bu safar u o‘zini to‘xtatolmadi.

Oradan bir necha soat o‘tdi. Tun allaqachon sokinlashgandi. Katta oynalar ortida shahar chiroqlari miltillab turar, xona ichida esa faqat jimjitlik hukm surardi.

Seorin sekin ko‘zlarini ochdi. Bir necha soniya qayerdaligini anglolmay shiftga qarab yotdi. So‘ng hammasi yodiga tushdi. Qizning yuragi g‘alati urib ketdi.
U asta yoniga qaradi. Jimin krovat boshiga suyangancha o‘tirardi. Nigohi Seorinda edi.

Bir necha soniya ular shunchaki bir-biriga qarab qolishdi. So‘ng Jimin asta kulimsiradi.

— O'zingga keldingmi?

Seorin yopinchiqni o‘ziga tortdi. Negadir birdan uyalgandek bo‘ldi. Jimin esa buni sezib kulib yubordi.

— Hozir uyaladigan vaqtmi?

— Jim turing…

Qizning ovozi past chiqdi. Jimin krovatga yaqinroq surildi.

— Ahvoling yaxshimi?

Bu savol yana Seorinni hayratlantirdi. U Jimin bunchalik ehtiyotkor bo‘lishini kutmagandi. Qiz sekin bosh irg‘adi.

— Hm.

So‘ng Seorin past ovozda so‘radi:

— Endi afsus qilyapsizmi?

— Nimadan?

— Men bilan bo‘lganingizdan.

Jimin unga bir necha soniya tikilib turdi. Keyin birdan qo‘lini uzatib, Seorinning yuziga tushgan sochini qulog‘i ortiga surdi.

— Aksincha. Muammo shundaki… endi seni qo‘yib yuborgim kelmayapti.

Bu gapdan keyin Seorinning yuragi yana tez urib ketdi.

Erta tong. Katta oynalar orasidan quyosh nuri xonaga sekin tushib turardi. Tun bo‘yi yog‘gan yomg‘irdan keyin havo ham salqin edi.

Seorin asta ko‘zlarini ochdi. Bir necha soniya qayerdaligini anglolmay shiftga tikilib yotdi. So‘ng yonidagi bo‘sh joyni sezdi. Jimin yo‘q edi..Qiz sekin o‘rnidan turarkan, kechagi voqealar yodiga tushib yuragi tez urib ketdi.

Shu payt hammom eshigi ochildi. Jimin dushdan chiqib keldi. Nam sochlaridan suv tomchilari tushib turardi. U faqat qora sport shimida edi, yelkasiga esa oq sochiq tashlagandi.

Seorin beixtiyor unga tikilib qoldi. Jimin ham qiz uyg‘onganini ko‘rib kulimsiradi.

— Hayrli tong go'zalim.

Seorin darrov boshqa tomonga qaradi.

— Hayr... hayrli...

Jimin sochiq bilan sochlarini artgancha krovatga yaqinlashdi.

— Boshing og‘riyaptimi?

— Biroz.

— Kecha juda ko‘p ichgansan.

— Bilaman.

Jimin krovat chetiga o‘tirib, unga tikildi.

— Afsus qilyapsanmi?

Bu savolni eshitib Seorin sekin boshini ko‘tardi. Ularning ko‘zlari to‘qnashdi.

Bir necha soniya hech kim gapirmadi..So‘ng Seorin asta bosh chayqadi.

— Yo‘q.

Jiminning labida sekin kulgi paydo bo‘ldi.U qo‘lini uzatib, qizning sochlarini siladi.

— Yaxshi.

Seorin yopinchiqni o‘ziga tortgancha xona atrofiga yana bir bor qaradi. Uy juda sokin edi.
Haddan tashqari sokin. Bu yerda xizmatkorlar ham, ortiqcha shovqin ham yo‘q edi. Qiz asta Jiminga qaradi.

— Sizning oilangizchi…?

Jimin yengil kuldi.

— Havotir olma. Bu uyimni hech kim bilmaydi.

— Bu nima degani?

Jimin devorga suyangancha davom etdi:

— O‘zim sotib olganman. Zerikkan paytim kelib turadigan uyim bu. Oilam esa boshqa joyda turadi.

— Demak… bu sizning yashirin joyingizmi?

— Shunaqaroq.

— Bu yerga hech kimni olib kelmaganman.

— Rostdanmi?

— Hm. Birinchisisan.
Qiz indamay qoldi. Negadir bu gap unga yoqib tushgandi.Jimin esa uning reaksiyasini kuzatib, sekin kuldi.

— Nega endi uyalgandek qarayapsan?

— Uyalmayapman.

— Yolg‘on.

Seorin yostiqni olib unga urdi. Jimin kulib yostiqni ushlab qoldi-da, birdan qizni yana o‘ziga tortdi.

— Baribir yoqimlisan.

— Uff... uyga ketkim kelmayapti.

— Unda borma. 2-3 kun shu yerda qol bir oz o'zingga kelasan.

— Nima? Ammo dadam...

— Biror bahona qil. Dugonamnikidaman de yoki ishim bor .

— To'g'ri. Ammo menimcha dadamni meni qayerdaligim qiziqtirmasa ham kerak.

Oradan uch kun o‘tdi. Bu uch kun Seorin uchun g‘alati darajada tez o‘tib ketgandi. Jimin bilan birga nonushta qilish, tungi suhbatlar, uning sho‘x hazillari va eng yomoni — Seorin asta-sekin unga o‘rganib borayotgandi.

Ammo abadiy yashirinib yurib bo‘lmasdi. Shu sabab bugun ertalab Jimin uni uyiga olib keldi. Qora mashina katta hovli oldida to‘xtadi. Seorin oynadan uyiga qarab, chuqur nafas oldi.

— Otam meni o‘ldiradi shekilli.

Jimin rulga suyangancha kuldi.

— Qo‘rqyapsanmi?

— Sal.

— Kerak bo‘lsa ichkariga birga kiraman.

— Yo‘q! Sizni ko‘rsa yurak xuruji tutadi.

— Shunchalik qo'rqinchlimanmi? Birozchoy ichib chiqardim.

— Jimin!

— Ho'p boraqol. Biror narsa bo‘lsa menga qo‘ng‘iroq qil.

Seorin uning qo‘liga qarab qoldi. Uch kun oldin bu yigitni deyarli tanimasdi. Hozir esa undan uzoqlashgisi kelmayotgandi. Qiz asta bosh irg‘adi.

— Mayli.

Jimin yaqinlashib, uning peshonasidan o‘pdi.

— Yaxshi qiz bo‘lib kir.

— Men hech qachon yaxshi qiz bo‘lmaganman.

— Bilaman. Yaxshisi yomon wiz bo'l. Menga shu yoqadi.

Ikkalasi ham kulib yuborishdi. So‘ng Seorin mashinadan tushdi. Ammo uy eshigidan kirishi bilan kulgisi yo‘qoldi. Otasi uyda yo'qligidan foydalanib tezda yuqoriga chiqib ketdi.

Yarim tun. Uy ichi jimjit edi. Faqat devor soatining mayin ovozi eshitilib turardi. Seorin esa krovatida u yoqdan bu yoqqa ag‘darilib yotardi. Negadir uyiga qaytgach, hammasi yana sovuqlashib ketgandek tuyulgandi. Eng yomoni u Jiminni sog‘inayotgandi.

Qiz yostiqni quchoqlab xo‘rsindi.

— Jin ursin…

U telefonini olib, Jimin bilan yozishmalarni yana ochdi. Oxirgi xabar:

"Uxla, erkataloy."

Seorin beixtiyor kulib yubordi.
Shu payt tak degan ovoz eshitildi. Derazaga nimadir urildi. Qiz cho‘chib boshini ko‘tardi. Bir necha soniyadan keyin yana. Seorin asta o‘rnidan turib, derazaga yaqinlashdi. Pardani surishi bilan ko‘zlari kattalashdi.

Pastda, hovli yonida qora hudida turib olgan Jimin unga qarab kulib turardi. Qo‘lida esa yana mayda tosh bor edi.

Seorin derazani ochdi.

— Siz aqldan ozgansizmi?!

— Sog‘indim.

Qiz yuragi bir zum iliqlashib ketganini his qildi.

— Yarim tunda odamning uyiga kelinadimi?

— Sen ham meni sog‘ingansan, bilaman.

Seorin indamay qoldi. Bu jimlikning o‘zi javob edi. Jimin qo‘llarini cho‘ntagiga tiqqancha yuqoriga qaradi.

— Pastga tush.

— Dadam uyg‘oq bo‘lsa-chi?

— Unda meni otib tashlaydi shekilli. Yoki shu yerda mehmon bo'laman bugun.

Seorin kulib yubordi. Jimin esa uning kulganini ko‘rib, asta jilmaydi.

— Tezroq tush, erkataloy. Seni olib qochgani keldim.

Seorin tezda ustiga yupqa halat tashlab, oyoq uchida xonasidan chiqdi. Uy ichi qorong‘i edi. U zinadan sekin tusharkan, yuragi hayajondan tez urardi. Go‘yo taqiqlangan ish qilayotgandek. Ammo negadir bu unga yoqayotgandi.

Eshikni ehtiyotkorlik bilan ochib tashqariga chiqishi bilan salqin tun havosi yuziga urildi. Darvoza yonida esa Jimin kutib turardi.Uni ko‘rishi bilan kulimsiradi.

— Voy… rostdan ham tushding.

Seorin qo‘llarini ko‘ksiga bog‘ladi.

— Siz ketmaydigan ko‘rindingiz, majbur tushdim.

— To‘g‘ri sezibsan.

Jimin unga yaqinlashdi.

— Sovqotmayapsanmi?

— Yo‘q.

Ammo qizning qo‘llari muzdek edi. Jimin sekin bosh chayqab, uning qo‘lidan ushladi.

— Yolg‘onchi.

Seorin indamay qo‘lini uning qo‘lida qoldirdi. Tun jim edi. Bog‘dagi daraxtlar orasidan shamol esib, yaproqlarni sekin tebratardi.

Ular asta hovlining ichkariroq qismiga yurishdi. Oy nuri Seorinning yuziga tushib turardi. Jimin birdan to‘xtab, unga tikildi.

— Uch kun yonimda eding. Endi bir kun ko‘rmay ham sog‘inib qoldim.

Seorin yuragi yana tez urib ketdi.

— Siz juda yopishqoq ekansiz.

— Faqat senga.

Qiz kulib boshini egdi. Shu payt Jimin uni birdan belidan tortib yaqinlashtirdi.

— Lekin bitta muammo bor.

— Qanaqa?

— Seni shu uyga qaytarib qo‘yganim yoqmayapti.

Seorin Jiminning qo‘lidan ushlagancha past ovozda dedi:

— Doimiy shunchaki yashirincha uchrasha olmaymiz…

Tun havosi birdan og‘irlashgandek bo‘ldi. Jimin bir necha soniya unga tikilib turdi. So‘ng kutilmaganda sekin kuldi.

— Unda oddiy qilamiz.

— Qanaqasiga?

— Ikkimiz nikohdan o‘tamiz.

Seorinning ko‘zlari kattalashdi.

— Nima?!

— Keyinchalik hammasi iziga tushgach, to‘y qilamiz.

Uning ovozi juda xotirjam chiqayotgandi. Go‘yo dunyodagi eng oddiy gapni aytayotgandek. Seorin esa hanuz unga ishonmagandek qarab turardi.

— Siz aqldan ozgansiz.

— Balki. Sen sabab. Lekin seni boshqalarga berishni xohlamayman.

— Siz shunchaki aytyapsiz.

— Yo‘q.

— Men biror narsani xohlasam, aniq bilaman.Hozir esa seni xohlayapman. Hayotimda.

Bu gap Seorinni jim qilib qo‘ydi. Shamol uning sochlarini asta uchirib turardi.

— Jimin…

— Hm?

— Biz bir-birimizni deyarli tanimaymiz.

Jimin kulimsiradi.

— Shunda ham yoningda bo‘lishni xohlayapman-ku.

Bir necha soniya ular shunchaki bir-biriga qarab qolishdi. So‘ng Jimin sekin qo‘shib qo‘ydi:

— Faqat bitta “ha” desang bo‘ldi. Qolganini men hal qilaman.