May 14, 2025

Obsession in silence| 20+

4-qism

[Villa ichida – kechasi. Y/N xonasida]

Y/N hali ham Jungkook bergan gulni qo‘lida ushlab o‘tirardi. Garchi bu oddiy ishoradek ko‘rinsa-da, bu uning uchun ozodlik hidini bergan birinchi tuyg‘u edi.Ammo birdan, eshik qattiq ochildi. J-Hope nigohi o‘tkir, qadamlari og‘ir holda kirib keldi. U hech narsa demadi, faqat xonaga bostirib kirdi.

J-Hope (xunuk ohangda): Kim berdi?

Y/N (hayratda, cho‘chigan holda):Nima?..

J-Hope (yoniga yaqinlashib, yuziga tik qaradi): Bu gulni. Qani, ayt. Kim senga gul berdi?

Y/N indamadi. Ammo bu jimlik – uni yanada g‘azablantirdi.

J-Hope (qichqirib): Jungkook! Ha?! Shu bog‘bonmi?!

U gulni tortib oldi. Gulni yerga uloqtirdi va oyoq ostida ezdi. Nafasi og‘ir, harakati qo'rqinchli.

J-Hope: bu yerda senga mehr kerak emas! Muhabbat kerak emas! Faqat men bor! Faqat mening qoidalarim, mening ko‘zlarim, mening qo‘llarim!

U Y/Nni yelkasidan qo‘pollik bilan ushladi. Qattiq,lekin keyin o‘zini bosib olgandek, sekin so‘zlay boshladi, lekin bu yanada xavfli tuyulardi.

J-Hope (tishlarini g‘ijirlatib):Men senga hech qachon zarar bermayman degandim... Lekin endi ko‘ryapman, sen hech narsani tushunmayapsan.

U birdan yuzini Y/Nga yaqinlashtirdi. Ko‘zlaridagi rashk va g‘azab aralashadi. So‘ng sekin, ammo zo‘raki ohangda:

J-Hope: Bu uydan chiqishning faqat bitta yo‘li bor – mening yuragimdan. Uni kesib o‘tgan har kim... yo‘q qilinadi.

U Y/Nni o‘ziga tortdi, ammo o‘pish emas, bu yaqinlik orqali ustunlikni his qilish istagi edi.

J-Hope (past, ohangdor, ammo g‘azab aralash): Seni men tanlaganman. Men asraganman. Men sevganman — o‘z uslubimda. Endi boshqaga qarashing... bu – xiyonat.

U Y/Nni yana bir lahza qattiq siqib turadi, so‘ng sekin qo‘yib yubordi.

J-Hope:Ertaga bog‘ yopiladi. Jungkook ham yo‘q bo‘ladi. Men bunday muammolarni uzoq saqlamayman.

Eshikni kuch bilan yopdi. Ovoz butun xonani titratdi.

Y/N (ichki fikr):Bu yerda har nafasim, har nigohim... nazorat ostida. Men kimga ishonishim mumkin? Jungkook — ozodlik edi. J-Hope — qafas. Ammo bu qafas qanchalik go‘zal bo‘lsa, shuncha og‘riqli bo‘larkan.

Tashqarida yomg'ir yog'yapti. Ilk marta bu qafasga kelayotganda ham yomg'ir quyardi.

...Yosh qalbning bunday fikrlashi o'zgacha edi. U endi yosh bola emas, kattalardek o'ylayapti. Bolalik qadamma qadam yo'q qilinmoqda...

[Tunda – Villa ichida, Y/N xonasida]

Eshik qulflanmagan. Ammo yurak — qamalda. Y/N karavotda o‘tiribdi, ammo uxlolmayapti. J-Hope bugun boshqacha edi: Qo‘pol, sovuq, xavfli. Y/n deraza tomon yurdi. Qorong‘ilik ichida bog‘ ko‘rinyapdi. U yerda kimdir harakatda...

Y/N (ichki fikr):Jungkook... yana u. U ham uxlamayapti. Men... u bilan gaplashishim kerak.

U sekin eshikni ochdi. Yalang oyoq, Nafasi yurak urishidan og‘ir edi.

[Bog‘da – Tashqarida]

Yomg‘ir to‘xtagan. Havoda ho‘l yaproqlar isi bor edi. Y/N va Jungkook qarama-qarshi bir-biriga termulib turibdi. Suhbat kerak emas, nigoh kifoya.

Jungkook (xotirjam, past ovozda): U seni ishonchingni sindirmoqchi. Ammo sen hali o‘zligingni yo‘qotmagansan.

Y/N ko‘zlarini olib qochadi.

Y/N: Men bu yerda... bo‘la olmayman.

Jungkook:Bu yer seni yutib yuboradi. Ammo agar xohlasang, men sen uchun chiqish yo‘lini topaman.

Jungkook Y/n tomon yaqinlashdi. Uning qo‘llari sovuq emas — iliq, erkinlikdek.

Ammo shu payt...

[Qattiq qadam tovushi – J-Hope]

Ular ortga qarashga ulgurmadi. J-Hope orqalarida turibdi. Ko‘zlari — olov. Qo‘lida — Y/N xonasining kaliti. Demak... u buni kutgan.

J-Hope (qahr bilan):Juda yaxshi. Men sening kimligingni eslatmoqchi edim, lekin sen o‘zing tanlading.

U Y/Nni tirsagidanqattiq tortib oldi. Jungkook oldinga intildi, lekin J-Hope uning ko‘zlariga tik qaradi.

J-Hope:Sening ishing — bog‘. Mening yuragimdagi gul emas. Qayt, yo‘qsa sen ham bu yerda so‘limay qolasan.

Jungkook jim bo‘lib qoldi. Yuzida alam va g‘am. Y/N esa boshi egik, yuragi qattiq urardi, xatto bu ovozni o'zi ham eshityapti.

J-hope y/nning qo'llarini qattiq ushlagan holda villa tomon sudradi. Y/n esa shunchaki jim ergashyapti.

[Maxsus xona – ichkarida]

Bu xona ilgari ko‘rsatilmagan. Devorlari qora. Shiftda faqat bitta chiroq. Qattiq stul. Temir eshik.

J-Hope Y/Nni shu xonaga olib kirdi. Eshik yopildi. Ichkarida faqat ular.

J-Hope (nafas olishi og‘ir, lekin so‘zlari ohangli):Men senga aytdim. Bu yangi hayot emas. Bu — mening hayotim. Sen esa... meniki.

U Y/Nga yaqinlashdi.Yelkasiga qo‘lini qo‘ydi, ammo bu qo‘l — iliqlik emas. Bu ogohlantiruvchi sovuqlik.

J-Hope:U senga tegdimi?

Y/N jim.

J-Hope (qichqirib):TEGDIMI?!

Y/N (qo‘rquv bilan):Yo‘q...

J-Hope chuqur nafas oldi. So‘ng... kuldi. Bu kulgu aqldan ozgan odam kulgusidek. Past, beqaror, xavfli edi.

J-Hope (sekin):Yaxshi. Chunki men seni o‘ldiraman... agar boshqa birovga qarasang.

U Y/Nning yuzini ikki qo‘li bilan ushlab, unga yaqinlashdi. Ammo bu yaqinlik muhabbat emas — bu egalik.

J-Hope:Endi sen bu xonani eslab yurasan. Har safar mendan qochishga uringaningda... bu xotira seni o‘ziga tortadi.

U birdan yana orqasiga qaytdi. Chiroqni o‘chiradi. Xona to‘liq qorong‘i. Nafaqat yorug‘lik — umid ham o‘chdi.

Y/N bu tunda qanchalik bardoshli bo‘lishini bilmaydi. Ammo u ich-ichidan biladiki: agar qochmoqchi bo‘lsa — bu endi orzular emas, hayot-mamot masalasi.

J-Hope xonani butunlay o‘chirganidan so‘ng, faqat yurak urish tovushi eshitilardi. Xonada na deraza bor, na soat. Vaqt yo‘q. Faqat jazo bor.

U chiroqni birdan yoqadi. Ammo bu chiroq oddiy emas — xira qizg‘ish nurda yonardi. Har bir harakatni ta’qib etadi.

J-Hope (sokin, ammo sovuq):Bu yerda odamlar bo‘shliqni eshitadi. Sen ham. Sen bu yerda... o‘zing bilan qolasan.

U xonadan chiqmadi. Burchakda bir metall stulga o‘tirdi. So‘ng Y/Nga ishora qildi.

J-Hope:Ye... hammasini.

Y/N ko‘zlarini katta ochadi.

Y/N: Nima?

Y/n ning oldida pishgan guruch, lalos balig'i, 1 stakan suv va 1 dona qaynatilgan tuxum bor edi.

J-Hope: Bularni ye, chunki juda charchab och qolishing mumkin. Axir hali mittigina bo'lsang

Y/n sekin yeyishni boshladi, J-hope uni shunchaki uzoqdan turib kuzatardi.

J-hope: Men senga egaligimni unutib qo‘ygan ko‘rinasan. Seni o‘zingdan ajrataman. O‘zligingni, g‘ururingni, qadringni... shunda sen faqat meniki bo‘lasan.

U Y/Nning oldiga sekin yurib bordi. Unga bir dona qalin, og‘ir zanjir bilan yopishtirilgan bo‘yinga taqiladigan temir halqa berdi.

J-Hope (past ovozda):Yetarli, buni taq.Bu sening yangi taqinchog'ing. “Erkinlik” deb atalmagan.

U Y/N bo‘yiniga taqdi va bu halqa devordagi zanjirga mahkamlanadi. Endi Y/N o‘zidan bir necha qadam uzoqlasholmaydi.

J-hope shunchaki undan uzoqlashdi, qorong'u bir burchakdan turib uni shunchaki kuzatardi.

J-Hope:Jungkook seni xalos qila olmaydi. U bu holatingni bilmaydi. U shunchaki hech kim.

...Bu qarashda sevgi yo‘q — bu nazorat, haddan oshgan rashk...

Daqiqalar...U Y/Nni tik turgizdi. Har safar o‘tirsa, zanjir cho‘ziladi. To charchoqdan tiz cho‘kmaguncha, u o'tirib turishga majbur bo‘ladi.

J-hope orada asabini buzish uchun, egaligini bildirish uchun gapirdi.

J-Hope:Men seni sevaman. Bu jazo emas,bus hsunchaki seni tuzatish.Meni unutishga harakat qilma. Hatto qochsang ham, bu halqa ( zanjirga ishora qilib)yuragingda qoladi.

Daqiqalar o'tdi... J-hopening bu jazosi go'yo o'ljani oldin boqib, keyin so'yishdek gap edi. U Y/n ning oldiga keldi, tik turgan holda bo'ynidan qo'lini o'tkazdi va bosim bilan undan bo'sa olishni boshladi.Hatto Y/n nafas ololmay qolardi. Bo'sani uzdi.

J-Hope: Sen menga tegishlisan. Men seni shunday yaxshi ko‘ramanki... hatto sindirishga ham tayyorman. Meniki bo'lsang bo'ldi...

[So‘nggi nuqta]

Kun o‘tgandek. Y/N hushsizlikga yaqin. Yig‘lagan, charchagan, jur’atsiz holda edi.

J-Hope yaqinlashdi. Uning ochlarini siladi. Bu mehr emas, egalikni tasdiqlovchi harakat.

J-Hope (pichirlab):Endi sen o‘zingni eslaysanmi? Haliham ishonching bormi?

U zanjirni bo‘shatdi. Ammo Y/N ketmaydi. U huddiki falaj bo‘lib qolgan. Shunchaki qimirlamaydi.

**Y/n: “Men endi kimman? Qochsam ham... men aslida qayerga qochaman?”

J-hope uni ko'tarib xonaga olib bordi, yotoq ustiga otib, kiyimlarini yechib tashladi.

J-hope: juda charchading, biroz salqinlik menimcha yaxshi.

U shunday deb, xona derazalarini yopdi, pardalarni ham yopdi. konditsionerni eng past haroratiga qo'yib, o'zi chiqib ketdi.

**Y/n: men o'zi kimman? Nega dunyoga kelganman, peshonamda faqat azoblanish bormi? Bu odam nima istaydi, nima qilishim kerak...

Fikrlarni kutaman...By Dohee🤍