Obsession in silence| 20+
Quyosh nurlari deraza pardasi orasidan sirg‘alib kirar, xonaning ichini asta iliqlik bilan to‘ldirardi. Y/N asta ko‘zlarini ochdi. Yuragi biroz tez uryapti, qornidagi o‘zgarish hali yangi, ammo yuragidagi o‘zgarish undan ham yangiroq edi.
Yotoqning bir chekkasida — J-Hope. U ilgari ertalabdan yo‘q bo‘lardi. Bugun esa — yonida. U Y/Nning qorniga boshini qo‘ygan, ko‘zlarini yumgancha, sokin nafas olyapti.
Y/N (sekin pichirlab, mehr ila): Hali ham ketmabsiz...
J-Hope ko‘zini ochdi. Tabassumi sokin, ammo ko‘zlarida o‘sha tanish chuqurlik bor: egalik, nazorat va... chin mehr.
J-Hope (past ovozda): Endi sendan uzoqlasholmayman. Sen ichimga singib bo‘lding.
U yostiqdan boshini ko‘tarib, Y/Nning yuzini siladi. Barmoqlari yuragini silayotgandek muloyim, lekin qattiq nazorat ostida.
J-Hope: Bugun qorningni issiq suv bilan artaman. Senga hech qanday sovuq tegmaydi. Bugun o‘zim seni ovqatlantiraman.
U o‘rnidan turib, vannaxonaga kirdi. Yengil bug’ bilan qaytdi — qo‘lida iliq suvga botirilgan mayin sochiq.
U yotoqqa qaytib, asta Y/Nning ko‘ylagini ko‘tardi, qornini ochib, ehtiyotkorlik bilan arta boshladi.
Y/N (ko‘zlari bilan unga boqib): Nega shunchalik yumshoqsiz bugun? Hech narsa talab qilmayapsiz... bo'sa ham..
J-Hope (yengil kulib): Chunki sendan ko‘zimni olib bo‘lmayapti. Ichingda mening davomchim bor. Seni endi buzib, so‘ng tuzatib bo‘lmaydi. Endi faqat ehtiyot qilaman.
Y/N (sekin, yuragidagi so‘zlar bilan): — Men... sizni sevishni o‘rganayotgan bo‘lsam-chi?
J-Hope qo‘lidagi sochiqni to‘xtatdi. Nigohi qattiq, lekin ko‘zlarida nimadir o‘chdi. Bir lahzalik jimlikdan so‘ng:
J-Hope (sekin, zo‘rg‘a): Takrorla.
Y/N (ko‘zini yummasdan): Men... sizni sevishga harakat qilyapman. Har daqiqangizda, har mehringizda, hatto qattiqligingiz ortida ham... yuragim cho‘kadi.
J-Hope asta u tomon egiladi. Labini Y/Nning peshanasiga bosdi.
J-Hope: Men seni buzishga harakat qilganimda, sen meni tuzatyapsan. Arxideyam... endi sen nafaqat menga tegishlisan — men ham senikiman. Ammo seni hanuz hech kimga bermayman. Erkinlikka ham qo'ymayman.
J-Hope oshxonada stol tayyorlayapti. Lazzatli taomlar, har biri y/N uchun tanlangan. Lekin y/N — yotoqda yostiqqa yuzini bosgan holda yotipdi.
Y/N (baland ovozda): Men mango xohlayapman! Lekin to‘g‘ralgan emas! Muzqaymoqqa solingan, ustida asal va limon bilan!
J-Hope (oshxonadan): — Bu... kechga bunaqa demaganding... Nega injiqlik qilyapsan. Boshqa narsa tayyorladim.
Y/N (ko‘zlari yoshga to‘lib): Endi men boshqa odamman! Buni bolam xohlayapti! Oddiy mango emas — “muzqaymoqli mango”! Agar topmasangiz, bu bola sizni yomon ko‘radi!!!
J-Hope chuqur nafas olib, yuzini kaftiga yashirdi. So‘ng kulimsirab, o‘ziga pichirlab:
J-Hope (past ovozda): — Arxideyam... endi tug'gancha meni qiynaydi. Qiynoqlarning badalini endi olaman menimcha.
U pastga tushib, xodimlarga mango qidirishni buyurdi. Oradan 30 daqiqa o‘tib, muzqaymoqli mango keltirildi.
U yotoqqa kirdi. Y/N hali ham yuzini burgan holda yotipdi. Unga likopchani tortdi.
J-Hope: Mana, xohlagan mangoing. Muzqaymoq, asal, limon — hammasi bu yerda. Hattoki chiroyli tarelkada.
Y/N (g‘ijinish bilan): Endi xohlamayapman. Buni sezmayapsizmi? Limonning hidi menga yoqmayapti.
J-Hope (quloq qoqmay): Demak, sen limon yoqmayapti, a? Hozir men butun uyni limonsiz qilaman. Hatto qo‘shni daraxtni ham kesaman!
Y/N (chaqmoqdek kulib): Xazillashdim, J-hope. Endi bo‘ldi, yeyman. Lekin oyog‘im og‘riyapti. Aslida, oyog‘imni ushlab turing. Bu bolangizni xohishi.
J-Hope kulib, pastga tiz cho‘kdi. Y/N oyoqlarini uning tizzasiga qo‘ydi. Y/n mango yeb, unga tikilib:
Y/N (pichirlab): Men sizni qiynayotganimni bilaman... lekin sizni qo‘rqitib, qiynashdan ham lazzatlanayapman.
J-Hope (ko‘zlarini qisib): Qorningdagi meniki, quchog‘imda gaplar seniki va yuraging... u ham menga tortilayapti. Demak, qiynalish menga yoqadi.
U Y/Nning oyog‘ini silardi. Y/n esa ko‘zlarini yumgancha mango yeb yotardi.
**Y/n(ichki fikr): U hali ham meniki emas,lekin men unga qarab o'zimni topyapman. Bu bolam - sevgidanmi, yoki asirlikdan? bilmadim. Ammo men xursandman. J-hope hali qiynoqlaringni badalini to'laysan. Bu bola sen kabi injiq va buyruqchan.
Xona jim. Dastlabki qorong‘ilik va oy nuri derazadan ichkariga tushgan. Harorat iliq. Yotoqda Y/N tinch uxlayapti… to birdan:
Y/N (tushida qo‘rqib): — Jo... Ho... J-Hope... ketma...
U seskanib uyg‘ondi, Nafasi tez, ko‘zlari xavotirga to‘la. Yelkasiga qo‘lini qo‘yadi — ammo J-Hope yotoqda yo‘q.
Y/N (ichki gapi): “Bu tush... u keta boshladi. Qorong‘ilik ichida ketayotganini ko‘rdim... Men qichqirdim, lekin u orqaga qaramadi... Men esa qolib ketdim. Yolg‘iz, yana. Xuddi yetimxonadgidek...”
U yotoqda o‘tirib qoldi. Ko'zlarida yosh bilan qorniga qo‘lini qo‘ydi. Nafaqat qo‘rquv, balki ichki ehtiyoj ham bor edi.
U turib, yalangoyoq holda villani aylana boshladi. J-Hope ish xonasida, chiroq yoniq. U stolda nimadir yozmoqda.
Y/N darvozadek ochiq eshikdan unga qaradi. Sekin yurdi, lekin bu safar – qo‘rquvdan emas, ehtiyotlikdan.
Y/N (sekin): Men sizsiz uyg‘onib ketdim. Nafasim yetmay qoldi...
J-Hope (unga qarab, jilmayib): Men doimo shu yerdaman. Sen uxlaganingda, men seni kuzataman. nima bo‘ldi?
Y/N hech nima demasdan, uning oldiga kelib, bag‘riga kirdi. Bu og‘ir, ammo chin harakat edi.
Y/N (past ovozda): Men sizni yo‘qotishdan qo‘rqdim. Bilaman... bu ahmoqona. Ammo... bu bola sizniki. Men ham siznikiman. Bu... rost.
J-Hope (uning sochlaridan o‘pib): Arxideyam... Endi sen mendan hech qachon ketolmaysan. Chunki... sen ketishga urinmaysan ham.
Y/N (pichirlagancha): Men endi ketishni xohlamayapman...
U yelkasiga boshini qo‘ydi. Nafasi sokinlashdi. Ammo ichida qandaydir o‘zgarish bor. Isyon yo‘qolmadi — ammo muhabbat uni bo‘g‘a boshladi.
Ichki fikr (J-Hope): “Nihoyat... u meni his qilyapti. Endi men unga nafaqat hukmronlik, balki jonimni ham berishga tayyorman. Ammo u buni bilmasin. Bilsa — nazorat yo‘qoladi.”
J-Hope: qani endi yur, xonaga qaytamiz.
J-hope uni kelinlik uslubida ko'tarib xonaga qaytdi. Yotoqqa uni yotqizib, yoniga joylashdi.
J-hope: seni juda istayapman, ammo bolaga xavf bo'lishini istamayman. ertaga bu haiqda doktor bilan suhbatlashaman.
J-hope: mumkin, ishonchim komil bu bolaga foyda bo'ladi.
J-hope ayyorona unga yaqinlashib bo'ynidan so'rib o'pa boshladi. Y/n ham bundan roxatlangandek nola qildi.
j-hope: bunday ovozlaringni juda sog'inganman, hozir o'zimni boshqarolmay qolishim mumkin.
Jhope Y/N ni bo'ynidan ushlab, yuziga yuzini yaqin qilib qattiq bo'sa ola boshladi. Birozdan keyin uzoqlashib, uni quchoqlab oldi.
J-hope: menimcha cheklanib turishim kerak.
Y/N ham uni quchoqladi. Ikkisi yana uyquga ketishdi.
Quyosh nurlari oynadan tushib, xonani iliq yoritmoqda. Yotoqda Y/N uyg‘onmoqda. U yon tomonga o‘girildi — J-Hope allaqachon yo‘q.
Y/N asta o‘rnidan turdi. Qorniga qo‘lini qo‘ydi, biroz g‘ashlanib:
Y/N (pichirlay): Tushunmayman, kecha qornim yo‘qdek edi. Bugun esa... og‘ir tuyulyapti. Sen juda shoshqaloqsan, kichkintoy.
U hammomga kirib, yuzini yuvdi. Sochlarini qurutmadi — beparvolik bilan bir tugun qilib bog‘ladi. Keyin devorga osilgan libosga tikildi: oq ,yupqa, tana bo‘yini ko‘rsatadigan ipak ko‘ylak.
Y/N (burilib, yengil jahl bilan):Yana shunaqami? Hali ham shunday liboslar... men homiladorman-ku.
Birdan eshik ochildi. J-Hope kirib keldi, qo‘lida ertalabki nonushta – yangi uzilgan rezavorlar, iliq suli bo‘tqasi, qaynatilgan qizil olma.
J-Hope (tabassum bilan): Kechasi menga juda yopishib yotgan eding. Shuning uchun bugun kayfiyatingni o‘zim nazorat qilaman dedim.
Y/N nigohi libosga tushdi, keyin J-Hopega tikiladi.
Y/N (ko‘zlarini qisib, yengil kinoya bilan):Men boshqacha ko‘ylak kiysam bo‘lmaydimi? Har kuni sizni rozi qilish uchun emas, o‘zimni ham hisobga olsam-chi?
J-Hope jimgina unga yaqinlashdi. Ovqatni stolga qo‘ydi. Uning ko‘zlari Y/Nning ko‘kragi va qorniga tushdi. So‘ng... sekin yelkasidan ushlab, uning qulog‘iga pichirladi.
J-Hope (past, muloyim ohangda): Sen mening har bir tilagimda bor bo‘lishing kerak. Ko‘rinishing — mening nafasim. Lekin... bugun — sening injiqlik kuning. Mayli, sen xohlagan ko‘ylakni kiy.
Y/N (hayron va yumshagan holatda):Rostdanmi?.. Shunchaki taslim bo‘lyapsizmi?
J-Hope (labida kulimsirab):Sen menga qarshilik qilayotganingda ham yoqasan . Ammo bugun men seni ko‘proq erkalamoqchiman. Chunki... (qorniga tikilib) biz endi ikkimiz emasmiz. Uchovmiz.
Y/N ko‘zlarini yumdi. U juda yumshab ketgandi. Keyin sekin J-Hope oldiga borib, peshonasini uning ko‘kragiga qo‘ydi.
Y/N (pichirlaydi):Bilmadim, nega sizni hozir bunchalik sevib ketdim. Balki bu bola sababdir. Balki... bu mening asl tuyg‘umdir.
J-Hope (uning yuzini ohang bilan ko‘tarib): Bu tuyg‘u menga yetarli emas. Men seni to‘liq sevishingni xohlayman. Faqat mehr bilan emas – butun vujuding bilan. Ammo... vaqtim bor. Seni asta o‘zimga aylantiraman.
Y/N yengil bosh irg‘adi. So‘ng asta eshik sari yurdi.
Y/N (yarim jilmayib):Nonushta qilaylik. Hozir biz sizning emas, kichkintoyimizning injiqliklarini bajaramiz.
J-Hope (kulib, yurib boradi): Bugun qanday “egalik” qilishimni ham o‘zing tanlarsan.
Ular oshxonaga yo‘l olishdi. Y/N ichkariga kirganida biroz boshi aylandi. J-Hope darhol qo‘llarini uzatdi.
J-Hope (jiddiy ohangda, g‘amxo‘rlik bilan): Ehtiyot bo‘l. Endi sen faqat o‘zing emasligingni unutma.
Y/N (ko‘zida shukronalik va yashirin mehr):Bilaman. Shuning uchun ham... sizga suyanmoqdamanku.
J-Hope mamnun unga termuldi va stolni surib berdi.
J-hope: sen uchun nonushtani xonaga olib borgandim. Lekin ko'rib turibmanki, bunday qilishim shart emas ekan.
Y/n: ha xonada qisilib qolgandek bo'laman. ko'proq yurishni istayman.
J-hope: yaxshi, unda bugun shifokorga ko'rinamiz, kechagi masalada ham gaplashamiz.
J-hope: seni tatib ko'rish masalasi
Y/N: haliham o'zgarmagansiz. Bolaga nimadir bo'lsachi?
J-hope: yo'q, hech nima bo'lmaydi.
Y/N: uff qachon chiqadi, juda charchadim.
J-hope ichkarida shifokor bilan gaplashyapti. Hozirgina Y/n ni tekshirishdi.
Xonadan J-hope chiqib, Y/N ga yaqinlashdi.
J-Hope: qani sevgilim, kettik tushlik qilamiz.
Y/N: yaxshi bo'lar edi. Qovurilgan nimadir yegim kelyapti.
J-Hope va Y/N shifoxonadan qo'l ushlashib chiqib, mashinaga o'tirishdi. Yo'lda J-hope gap boshladi.
J-HOPE: bola yaxshi o'syapti ekan. Keyin...
J-Hope: tashvishlanma, aloqa qilishni soradim, 3 oygacha ruxsat yo'q ekan. Sen bilan o'pishishdan nariga o'tolmayman, afsus.
Y/N( kulgan): bu ajoyib yangilik ekan. Endi yanada ko'proq narsa yegim kelib ketdi.
J-hope bu so'zlardan kulib qo'ydi. U hech qachon bunchalik baxtli bo'lmagan.
Tong nurlari deraza pardasidan o‘ta boshlagan. Havoda bahor nafasi bor. Lekin Y/N allaqachon uyg‘onib ulgurgan.
U yotoqda chalqancha yotibdi, bir qo‘li qornida. Ko‘zlarida yengil charchoq aralash zerikish.
U birdan tizzasini ko‘tarib, qorni shishgan joyni siypalaydi va o‘zicha norozi ohangda gapiradi:
Y/N (pichirlab, jizzaki): Nega aynan ertalab meni bodring bilan shokolad xohlaydigan qilib qo‘yding, a?! Otang kabi juda xohlovchan bolasan, Hm?!
U o‘rnidan turib J-Hope’ni chaqirmoqchi bo‘ldi. Ammo o‘sha yoqimli injiqlik kayfiyati bilan yotoqda ohangdor ovoz chiqardi:
Y/N: Hoseeeook! Men ochman! Bodring kerak, shokolad bilan! Darhol!
Eshik darhol ochildi. J-Hope sochlari biroz tartibsiz, ammo hali ham jozibador. Uning qo‘lida kofe bor.
J-Hope (ko‘zlarini qisib, jiddiy ohangda):Sen menga tuni bilan uyqu bermay , yana bodring bilan shokolad deyapsanmi?
Y/N (labini burib, gapni cho‘zib): Haaaa. Bolangiz xohlayapti. Men emas.
J-Hope bir necha soniya unga tik qaradi. Keyin yengil kuldi.
U yaqinlashib, stulga o‘tirdi va Y/Nning sochini sekin siypalab turdi.
J-Hope (ohangida yumshoq hukmronlik):Menga buyruq berishni yaxshi ko‘rib qoldingmi? Endi sen meni o‘rgatayapsanmi?
Y/N (kulib, ammo o‘zini tutgancha): Balki. Chunki men... men sevishni ham, sizning zo‘rligingizga mos yashashni ham o‘rganib bo‘ldim. Endi ozgina siz ham o‘rganing: ayol homilador bo‘lsa — injiq bo‘ladi.
J-Hope chuqur nafas oladi, asta o‘rnidan turdi.
U yuzini sekin Y/Nning bo‘yniga yaqinlashtirib, pichirlab deydi.
J-Hope: Injiqliging chiroyli. Faqat esingda bo‘lsin... men seni haddan ortiq yaxshi ko‘rganim uchun chidashga tayyorman. Ammo... nazorat hali ham mendan ketmagan. Hali ham men sening egaligingman.
Y/N (ko‘zlarini qisib): Bilaman. Shu holimda ham bu uyda mening istagimsiz hech narsa bo‘lmasligini ham. Lekin bu safar... bodring bo‘lmasa, o‘zim chiqib olaman.
J-Hope kulib yubordi. Qattiq egilib, labidan o‘pdi.
J-Hope (kulimsirab):Bo‘ldi, bolamning injiqligini qondiraman. Bodring va shokolad. Va... yana nimalar xohlaysan?
Y/N (sekin pichirlab):Yana shunchaki... bag‘ringizni.
J-Hope bu gapdan so‘ng bir zum to‘xtaydi. Uning nigohlarida mulohaza, ichki yumshoq portlash bor. U asta qaytib kelib, Y/Nni bag‘riga tortdi.
Yotoqxona hali ham iliq. Y/N J-Hope bag‘rida, ammo tanasi ozgina qaltirab turardi.
J-Hope uni bag‘riga bosgancha yotgan, ko‘zlarini yumgan, lekin hushyor. Y/N esa bir qo‘lini uning ko‘kragiga qo‘yib, yuragini eshitmoqda.
Y/N (pichirlab):Yuragingizni eshitayapman... qattiq uryapti.
J-Hope (jimlikdan so‘ng, sekin): Har tong seni yo‘qotishdan qo‘rqib uyg‘onaman.
U bu gapni aytar ekan, ohangida og‘riq bilan aralash ehtiros bor edi. Y/N unga qaradi. Nigohi qattiq emas, balki muloyim.
Y/N: Menga zarar yetkazgan bo‘lsangiz ham... sizni yo‘qotishni istamayman. Shunchaki... erkinligimni emas, o‘zimni yo‘qotishdan qo‘rqaman.
J-Hope uning yuzini asta burdi. Va unga tik qaradi.
J-Hope (sokin): Sen “o‘zing”ni saqlab qolishing – meni asabimni buzadi. Men seni o‘z dunyoyimga aylantirdim. Endi sen – men.
Y/N (kulimsirab) O‘zingdan qochib, meni qurbon qildingmi?
J-Hope o‘zini tutib, o‘rnidan turdi. Tashqariga chiqayotgandek, lekin to‘xtadi.
J-Hope (ortga qarab):Men senga zarar bermaslikka harakat qilyapman. Hozir esa...
Hozir esa bodring bilan shokolad topishim kerak. Chunki sening bolang aqlsiz injiqcha...
Y/N (yostiqqa bosh urib):Jazo sifatida shokolad ustiga qulupnay ham olib keling! Faqat faqat yashil bodring!(pauza) Va... agar topa olmasangiz... kechasi meni yotqizmaydi, siz ham yotmaysiz.
J-Hope eshikdan chiqarkan, shunday deydi:
J-Hope:Sen meniki bo‘lganingdan beri kechasi hech qachon uxlamaysan, esingdami?
Y/N (pichirlab, unga orqasidan): Lekin endi o‘z ixtiyorim bilan hushimni yo‘qotmoqdaman...
Y/N yengil ko‘ylakda oshxonaga kirdi. Ichkaridan quritilgan gulli hid va bir nechta yangi mevalar ko‘rinmoqda. Stol ustida – chiroyli lagan, ustida bodring, shokoladli krem va qulupnay.
U jilmaydi. Ichkaridan chiqayotgan J-Hope unga qaradi.
J-Hope (quvonchsiz, lekin yumshoq): Buyruqlaring bajarildi. Endi sen ham o‘z hissangni ko‘rsat.
J-Hope (uning yoniga kelib): Bir tabassuming, bir o‘piching, va meniki bo'lishing... ixtiyor bilan.
Y/N (yengil bosh egib):Hali o‘pichim emas... ammo bu tong – sizniki. Bu ochligim — sizniki. Bu bola — sizniki. Bu tanam... (chuqur nafas oladi) hali ham qarshilikda, lekin sizniki.
J-Hope unga qo‘lini uzatdi. Y/N ushlab, sekin stulga o‘tirdi.
Ular ovqatlanishdi. Jimlik. Faqat yuraklar uryapti.
J-Hope sochlarini orqaga sidirdi. Uning ko‘zlari bir lahzalik zaiflikda.
J-Hope (pichirlab): Menga hali ham ishonmaysanmi?
Y/N:Ishonch... zo‘rlikdan tug‘ilmaydi, Hoseok. Lekin... sevgidan unib chiqishi mumkin.
U bir bo‘lak shokoladni oladi, va unga uzatdi.
Y/N (kulimsirab): Hozircha bu – ishonchning birinchi bo‘lagi.
J-Hope uni olib, og‘ziga soldi. Uning nigohi iliqlashgan. Ammo yuragida hamon egasi bo‘lish istagi bor.
J-Hope (sekin):Men seni o‘zgartirmayman. Shunchaki... o‘zing bo‘lgancha, meniki bo‘lgin. Shu yetarli.
Y/N javob bermadi. Faqat bir zum unga termuldi. Ichida haligacha kurash bor.
Ammo bu tong... bu bodring-shokoladli injiqlik... ilk marta ixtiyor bilan qurilgan yaqinlik edi.
[KUNDUZ — SOAT 10:50. AVTOMOBIL ICHIDA]
Y/N qora ko‘zoynak va oq, biroz tor ko‘ylakda, yonida esa J-Hope, rulda.
Mashina ichida jimlik, ammo bu tinchlik emas — bu ehtiyotkorlik. J-Hope go‘yoki Y/Nni o‘z dunyosiga olib kirayotgandek, ehtiyotkor, lekin bir oz g‘urur bilan unga qarab qo‘yadi.
J-Hope: Bugun seni o‘zim bilan olib ketaman. Biznesimdagi odamlar seni ko‘radi.
Y/N (sekin, ko‘zoynak ostidan):Men doimiki kabi jim yuramanmi, yoki tabassum qilaymi?
J-Hope (kulimsirab): Tabassum qil. Shunchaki kimligingni eslatmaydigancha, o‘zligingda qol.
Y/N (ichki fikr):“Qanday qilib bir vaqtning o‘zida himoya va nazoratni beradiganki bu odam? Meni sevadi, lekin egallash istagi hali ham kuchli...”
[OFIS BINO — J-Hope’ning SHAXSIY BRENDI]
Yangi ochilgan zamonaviy binoning peshtoqida yirik qora harflar:
“HOSEOK CREATIVE EMPIRE”
Ichkarida hamma joy sterillikka o‘xshaydi — pok, chiroyli, ammo hislarsiz.
J-Hope binoga kirgan zahoti hamma o‘rnidan turdi. Y/N u bilan birga kirdi. Unga qarayotgan ko‘zlar — qiziqish, hayrat va sirli shivirlardan iborat.
Xodimalar orasida yosh, jozibali bir ayol (Seori) ham bor. Uning nigohi Y/Nni sinchkov kuzatmoqda.
Seori (tabassum bilan, J-Hopega): Janob Jung, bugun... kutilmagan mehmon bilanmisiz?
J-Hope (sovuq):Bu – mening ayolim.
Y/N ning yuragi qinidan chiqib ketay deyapti, ammo u jilmaydi. Buni J-Hope ko‘rdi va mag‘rur tarzda uni orqasiga olib qo‘ydi.
Seori (bir oz kinoya bilan) Juda... o‘ziga xos. Yaxshi tanlov.
Y/N (past ovozda):O‘ziga xosman, chunki tanlovim yo‘q edi.
J-Hope sekin egilib, Y/Nning qulog‘iga pichirlaydi:
J-Hope: Sen hozir o‘yin o‘ynayapsanmi?
Y/N (ohista):Yo‘q. Men rostdan ham seniki bo‘lganimni aytyapman. Faqat... ba’zida bunga ishonchim o‘chadi.
U Y/Nning belini quchib oldi — hozir bu quchoq g‘amxo‘rlik va ogohlantirish aralash.
Ular J-Hope ofisida. Derazadan shahar ko‘rinadi. Ichkarida hushbo‘y hid, oynadek toza yuzalar.
J-Hope qahva tayyorlayapti. Y/N stulga o‘tirgan.
J-Hope (unga qarab): U yerda rashk qildim. Ko‘rdingmi?
Y/N:Sevgining soyasi edi, deb o‘yladim. Rashk ko‘rinishidagi soya.
J-Hope (jiddiy): Yo‘q, bu – quyosh edi. Men seni ko‘rganlar ko‘zini kuydirmoqchi edim.
Y/N (yengil kulib):Balki seni sevib bo‘lgandirman. Faqat bu sevgi doim og‘riqli bo‘lishini o‘ylamagandim.
J-Hope (yoniga kelib, tiz cho‘kib):Men o‘zimni o‘zgartirishga urinmayman. Lekin seni baxtli qilish — bu urinishga arziydi.
Y/N: Balki sen meni o‘zgartiryapsan. Lekin asta, yomonlik bilan emas — muhabbat bilan.
J-Hope (ko‘zlarini qisib): Meni his qilyapsanmi, Y/N? Ichingdagi mening izlarimni?
Y/N (ichki fikr):“Ha. Har nafasda. Har qarshimda. Endi bu sevgimi – yo‘qmi – tushunmayman. Faqat... bu tuyg‘udan qocholmayman.”
[Ofisdagi dam olish xonasi — kechki payt]
Y/N kofe olish uchun yolg‘iz dam olish xonasiga kirdi. Ammo u yerda Seori bor. U qahva ichib, telefonini tekshirib o‘tirgan edi. Y/N ko‘rgan zahoti jilmaydi, ammo ko‘zlarida hiyla bor.
Seori (kulimsirab): U sizni bu yerga ham olib keldi demak... J-Hope janoblarining sizga qanchalik bog‘lanib qolgani hayratlanarli. Lekin… bu ishxona. Bu yerda emotsiyalar emas, natijalar kerak.
Y/N (sokin, lekin murosasiz): Men bu yerga ish uchun emas, u uchun keldim. Farqi bor. Menimcha, siz shunday yaqinlikka ega bo‘lmagansiz.
Seori (ko‘z qisib):Ya’ni men faqat ishchi bo‘lganmanmi? Balki sizga hali hammasini aytishmagan...