Obsession in silence| 20+
J-hope ertasi kuni hujjatlarni tayyorlab, nikoh kunini belgiladi. Y/n negadir endi xotirjam, avvalgi endi yo'qdek. Menimcha, J-hope istagan Y/n yaralmoqda...
Nikohga atigi uch kun qolgan. Butun uyning ichida asta-sekin jiddiy tayyorgarlik boshlangandi. Barcha xizmatchilar sukunatni buzmasdan, aniq topshiriqlarga amal qilib, birma-bir vazifalarni bajarayotgandi. Ammo uy ichidagi bu sukunat ichra eng sezilarlisi – Y/N ning yuragidagi titroq edi.
U katta oyna oldida o‘tirar, tikuvchining olib kelgan oq libosini quchog‘iga bosib, yuragini eshitar darajada sekin nafas olar edi.
U ko‘z oldiga tush ko‘rgandek J-Hope bilan birga nikoh supasi oldida turganini tasavvur qilardi. Bu tasavvur uni qo‘rqitmasdi, aksincha... allaqanday iliqlik berardi.
Eshik asta ochildi. Har doimgidek jim kirgan J-Hope unga uzoq tikilib turdi. U bu qizni allaqachon bo‘ysundirdi, lekin hozir... u bilan birga bo‘lishni, bir umr o‘ziga tegishli qilishni istayotgan edi.
— Libosni ko‘rdingmi? — deb so‘radi u, ohangida muloyimlik, ammo yuragini yashirib bo‘lmaydigan qattiq egalik bor edi.
Y/N boshini ko‘tardi. — “Chiroyli... lekin juda...”
— “Ochiqmi” — J-Hope jilmaydi, lekin nigohi jiddiy edi. U Y/N yoniga keldi va tizzasiga cho‘kib, libosni qo‘lidan olib, o‘z yuragiga bosdi. — “Men seni butun dunyodan ajratib olaman. Libosing oq bo‘ladi. Ko‘zing esa faqat meni ko‘radi. Eshitdingmi?”
Y/N yuragi qattiq urdi. Ko‘zlarini olib qochdi, ammo J-Hope yuzini kaftlari orasiga olib, unga tik qaradi.
— “Men seni o‘zimga aylandiraman, Y/N. Endi sendan hech kim hisob ola olmaydi. Bu nikoh – seni meniki qilib qo‘yadigan eng muqaddas qadaming.”
Uning barmoqlari Y/N bo‘ynidagi yupqa zanjirni ushlab, ohista so‘z qildi:
— “Bu zanjir – oddiy bezak emas. Bu menga tegishliliging belgisi. Nikoh kuni undan ham kattaroq bo‘ladi. Uzuk emas, qalbingni bo‘ysundirishim bu.”
Y/Nni lablari qaltiradi. Qandaydir ichki qarshilik endi zaiflashgan, o‘rniga yuragidagi hislar bosib kelayotgan edi. U sevishni tan oldi – lekin bu sevgi birovning soyasida gullab-yashnayotgan sevgi edi.
— “Men sizniki bo‘lishga tayyorman…” — dedi u nihoyat. — “Faqat yuragimning ozgina qismida ozodlik qolsa bas.”
J-Hope kuldi. Unga juda yaqin keldi, peshonasiga labini tegizdi.
— “Men senga sevgi beraman. Ammo unutma – seni topganimda, sen singan eding. Endi mening parchamsan. Seni qayta yig‘dim. Sen — faqat meniki, Y/N.”
U ketayotganda, eshikdan chiqmasdan oldin yana bir bor sekin ohangda gapirdi:
— “Uyda ertadan boshlab 'erim' deb aytishni o‘rgan. Chunki endi boshqa yo‘l qolmadi. Qochish ham yo‘q. Faqat sevgi va bo‘ysunish.”
Eshik ohangsiz yopildi. J-Hope ketdi. Y/N esa joyida qotib qolgan. Yuragining urishlari butun tanasini qamrab olgan, boshida ming fikr aylanar edi.
“Men seni qayta yig‘dim... Endi sen — faqat meniki, Y/N.”
Bu so‘zlar Y/Nning qulog‘ida aylanaverdi. Bir paytlar u bu uyda cho‘chib, qorong‘ulikdan, bu erkakdan qo‘rqib yashagan edi. Endi esa... yuragida tushunib bo‘lmaydigan bir tuyg‘u bor edi. Qo‘rquv emasdi. Nafrat ham emas. Bu qandaydir ichki taslim bo‘lish... va ichiga singib borayotgan sevgi edi.
U o‘zini oynaga qaratdi. Oq libosda turganini tasavvur qildi. Nigohini esa... J-Hope tutgan. Uning tik qaragan, talabchan, biroq muhabbat bilan to‘la ko‘zlarini...
U asta libosni ushlab ko‘ksiga bosdi. So‘ng oynaga qarab, pichirladi:
— “Men haqiqatan ham uni sevyapmanmi?”
Bir vaqtlar qochishni istagan yurak, endi uni quchoqlayotgan qulfni yo‘qotishni istamasdi. Bu erkinlik emas edi. Bu asirlik ham emasdi. Bu, nimadir butunlay boshqa, noaniq va og‘riqli, lekin to'gri edi. Yuragining tor burchagida J-Hopega nisbatan g‘alati, hatto noma’qul tuyulgan ilinishlar bor edi.
U o‘rnidan turdi, libosni yelkasiga yopdi va deraza yoniga bordi. Quyosh chiqayotgan edi.
— “U meni sindirdi... lekin menga sevgini ham o‘rgatyapti, shunday emasmi?”
U derazadan tashqariga qarab, to‘y kunini tasavvur qilarkan, yuragi bir pas ezildi… so‘ng asta iliqlikka to‘ldi. Yoshlari yuziga yumshoq oqdi, lekin bu safar ularni yutdi. Bu ko‘z yoshlari — shunchaki azob emasdi. Bu ichki tan olish, ichki tan olishdagi yengillik edi.
Endi u qarshilik qilmasdi. Tayyor edi... To‘yga... J-Hope’ga...O‘zini unutishga.... O‘zini J-Hope’da topishga... O'zini bag'ishlashga...
[Nikoh kuni, tayyorgarlik – Ertalab tong]
Y/N uyg‘onganida, xona limmo-lim oq nurga to‘lgandi. Eshik ohangsiz ochildi — xizmatkorlar g‘amxo‘rlik bilan kelib, oppoq ipak libosni, yengil atir va mo‘jaz aksessuarlarni olib kirishdi.
Y/N joyidan asta turarkan, yuragi g‘alati bir iliqlik bilan urardi. Bu qo‘rquv ham emas, to‘liq xotirjamlik ham emasdi — bu... kutish edi. Ichki hayajon edi. Uning ko‘zlari oynaga tushgach, u o‘zini boshqa holatda ko‘rdi: endi u tutqun emasdi. U taslim bo‘lgan, lekin sindirilmagan edi.
Xizmatkor libosni yelkasiga ilar ekan, bir narsa deb pichirladi:
Y/N jilmaymadi. Ammo yuragi allaqachon jilmaygandi.
J-Hope esa boshqa xonada turib, nishondagi shaxs kabi qarab turgan edi. Uning oldida Y/Nning oq libosdagi rasmi, yonida to‘y uchun bezatilgan taqinchoqlar, qo‘lda esa ip bilan o‘ralgan kichik uzuk.
Yordamchisi:
— "Hammasi tayyor. Endi faqat sizning ruxsatingiz kerak."
J-Hope sekin bosh irg‘adi. U o‘zini jim tutardi, lekin ichkarida qaynayotgan edi. Bugun u Y/Nni rasman o‘ziniki qilardi. Undagi egalik hissi yanada kuchaygan, lekin bu safar — buni sevgida yashirgan edi.
— “U menga tegadi... ham yuragi, ham tanasi bilan. Faqat meniki bo‘ladi.”
Bog‘da — atirgul barglari ostida, oq shabnamli guldastalar bilan bezatilgan sahnada Y/N sekin yurib kelar edi.Har bir qadami yuragini tezlatardi, ammo u ortga qaramadi.
Hech kim to'yga chaqirilmagan. Faqat ikkisi, xizmatchilar va nikoh mamuri bor holos.
J-Hope uni qarshi olar ekan, ko‘zlarida o‘sha tanish — buyuruvchi, talabchan va egalik bilan to‘la nigoh. Ammo endi bu nigohda bitta yangi narsa ham bor edi: ehtiyotkor sevgi.
Uning qo‘llari Y/Nning belidan ushladi. Ovozini past, ammo qat’iy chiqardi:
— “Men seni yillar davomida istadim... endi sen menikisan.”
Y/N nafaqat bosh irg‘adi. U yengil jilmaydi. Sezgilarini yashirmadi.
— “Ha... men faqat siznikiman.”
Bu so‘zlar atrofga xuddi sehr kabi yoyildi.
Uzuklar almashtirildi. Qasamlar aytildi. J-Hope Y/Nning peshonasiga asta lab tekkizdi. Bu o‘pichda hukmronlik ham bor edi, muhabbat ham. Y/N esa ko‘zlarini yumdi. Ichida shunchaki: “Bu men xohlagan narsa... va u — meniki,” degan his bor edi.
**Menimcha u ko'p xursand bo'lyapti... bydohee**
Xona qorong‘u emas edi. Yengil, issiq sarg‘ish chiroqlar pardalar ortidan nur sochib, havo ichi atirdek to‘lib turgandi. Y/N asta, yuragi tez urgancha, xonaning o‘rtasida turardi. Libosi hali yechilgani yo‘q, ammo yuragini allaqachon ochib qo‘ygandi — bu safar o‘z xohishi bilan.
J-Hope unga yaqinlashdi. Nigohi jiddiy, harakati esa sekin. U hech nima demadi. Faqat Y/Nning yoniga borib, yuzini qo‘llari bilan tutdi. Unga uzoq qaradi. So‘zsiz. Xuddi ichiga qarayotgandek.
— "Men seni sindirdim deb o‘ylarsan... lekin yo‘q. Men seni o‘zgartirdim. Endi sen meniki. Nafasing ham menga qarashli," — deb shivirlaganida, Y/N titradi. Qo‘rqib emas, hayajondan.
U qo‘lini J-Hope’ning ko‘ksiga qo‘ydi. Yuragini eshitdi. Qattiq urardi. U bu yurak faqat o‘ziga tegganini his qilgandi.
— “Men sizni yomon ko‘rardim,” — dedi past ovozda.
— “Endi esa… men sizsiz yashay olmayman, shekilli.”
Bu so‘zlar J-Hope’ning yuragiga o‘qday sanchildi. Ammo u buni bildirmadi. Faqat Y/N’ning yelkalariga qo‘l qo‘ydi, sekin libosning bog‘larini yecha boshladi. Har bir harakati muloyim edi. Ammo bu muloyimlik ortida kuchli ixtiyor, egallash istagi yashiringandi.
Libos polga tushdi. Havo sovushgandek bo‘ldi. Ammo J-Hope’ning qo‘llari uni issiq tutardi. U Y/Nni sekin yotoqqa boshlab bordi. Unga tegmadi, ilgari u kabi qattiq, zo‘rlik bilan emas. Bu safar u kutdi. Y/N uning ko‘zlariga qarab, boshini qimirlatdi.
— "Bugun men sizni istayman, J-Hope. Men tanlayman… sizni."
Bu so‘zlar egallash tuyg‘usiga kuch berdi. U asta Y/Nning yuzini o‘pdi. Keyin lablariga tushdi. Bu o‘pich ehtirosli emas, egalik bilan bo‘lgan o‘pich edi — “sen endi meniki” degan shivir kabi.
U kechani shoshmasdan, har daqiqasini o‘ziniki qilgancha o‘tkazdi. Y/N esa har daqiqa ichida ozroq taslim bo‘lib bordi. Ammo bu taslimlik og‘riqli emasdi. Bu muhabbatga, ishonchga aralashgan bo‘ysunish edi.
Birgalikda qilingan harakatlar tunga zavq va ehtiros qo'shardi.
Tongga yaqin J-Hope Y/Nni quchoqlab yotar, uning sochini barmoqlari bilan silab shivirlagancha:
— “Seni men yaratdim. Seni… men sevdim. O‘zimcha... ARXIDEYAM”
Y/N charchagan, ammo yuragi qoniqqan edi. Ko‘zlarini yummagan holda, uning yuragiga bosh qo‘ydi.
— “Men... endi faqat sizniki, Arxideyangiz sizniki, Hoseok.”
Shu daqiqada ham, ular o‘rtasida nafaqat tanalar, balki qalblar ham bog‘lanib bo‘lgan edi. Bu muhabbat an'anaviy emasdi — lekin chin edi.
Quyosh nurlari parda ortidan asta xonaga suqilayotgan edi. Yorug‘lik ohangida oppoq choyshablar ustida sukunat hukm surardi. Y/N ko‘zlarini asta ochdi. Yuragi qandaydir sokin, ammo g‘alati tarzda to‘liq tuyulardi. Endi u boshqacha hayotda uyg‘onganini his qildi — boshqa familiya, boshqa yo‘nalish, boshqa qoidalar...
Yonida J-Hope yotardi. Uning nafasi sekin va barqaror edi. Yuzidagi ifoda xotirjam, lekin barmoqlari hanuz Y/Nning bilagidan bo‘shamagan — go‘yoki u yana qochib ketishidan xavotirlangan kabi.
Y/N asta yostiqdan boshini ko‘tardi. Yuragida biron narsa o‘zgargandi. To‘y davomida J-Hope unga hech kimga ko‘rsatmagan bir nigohda qaraganini esladi — bu nafaqat egalik, bu ichida yashiringan ehtiyoj, hatto ozgina vahima edi. "Uni yo‘qotmasligim kerak" degandek...
Y/N chuqur nafas oldi. Boshqa joyga emas, aynan unga qarashli odamning yonida uyg‘onayotganini anglash unga nimanidir berdi — bu sevgi edi, balki hali o‘zini to‘liq ishonch bilan “ha” deyishga tayyor bo‘lmagan, ammo yuragining bir burchagida ildiz otayotgan his.
Shu payt J-Hope ko‘zlarini ochdi. Uning nigohi bevosita Y/Nga tushdi. U hech narsa demadi — faqat jilmaydi. Ammo bu jilmayish orqasida chuqur egallash istagi, va ayni paytda, unga zarurat hissi yashiringandi.
— Uyg‘ondingmi? — deya past ovozda so‘radi u, Y/Nning yuziga ohangdor nigoh bilan tikilarkan.
Y/N “ha” degandek bosh irg‘adi. Unga qaradi. Yuzlarida xotirjamlik, ammo qalblarida bo‘ron bor edi. Bu bo‘ron endi ularni bir-biriga bog‘layotgandek edi.
J-Hope asta o‘rnidan turdi, lekin Y/Nning barmoqlarini qo‘yib yubormadi.
— Bugun yangi hayotimizning birinchi kuni,— dedi u. — Endi sen faqat menga tegishlisan. Har bir nafas, har bir yurak urishing — bu endi meniki.
Y/N ko‘zlarini yumdi. U bu so‘zlardan qochishni istamadi. Endi yo‘q. U o‘zini kuchsiz emas, balki qabul qilgan holatda his qilardi. Chunki yuragining bir cheti bu egalikni rad etmadi. Balki... qabul qilgan bo‘lishi mumkinmi?
J-hope unga yaqinlashdi. Tongdagi ilk yoqimli bo'sa, har ikki tomon roziligi... avvalgidan totli va ehtirosli.
— Seni yana istayapman. Oldingidan ko'proq... — dedi u.
Y/n bu so'zni qanday aytganiga hayron qoldi. Ko'zlarini olib qochib boshqa yerga qaradi. J-hope kafti bilan uni yuzini ushlab, o'ziga qaratdi va kuchliroq, chuqurroq bo'sa oldi. So'ng uni yana yotoqqa yotqizdi va ustiga chiqdi....