December 16, 2025

Meni qutqaring, ustoz!   (2-qism)

— Laila, — dedi Jungkook.

— Ha ustoz

Laila o‘zi ham sezmagan holda sonlarini yengil chayqatib, doska tomon yurdi. Uning mayin qadamlaridagi ritm xonadagi havoni yanada qizitib yuborgandek bo‘ldi.

Jungkook esa bu manzarani ko‘rib, beixtiyor qattiq yutindi. Ko‘zlari avval Lailaning beliga tushdi, so‘ng asta-sekin pastlashib soniga qaradi. Ajablanib Lailadan so'radi.

Jk: Laila, bu izlar qayerdan keldi.

Laila tezda sonlariga qaradi va yupkasini pastroq tushurdi. Jungkookning hayoliga ikki fikr keldi: uning yigiti bormi? yoki bu izlar zo'ravonlik asoratimi?

Laila o'ylanib javob berdi: haligi.. bu izlar.. men partaga urib oldim.

Jk: qanday qilib..?

Jk yana qiziqish bilan so'radi, ammo Laila qo'liga kitobni olib o'qiy boshladi.

Laila: buni qo'yib turing, topshiriqni buyeriga tushunmadim.

Jk yana hayollari bilan unga vazifani tushuntira boshladi. 1 soatlik darsdan so'ng Lailaning telefoniga xabar keldi. Uni ochib o'qir ekan, yuzi g'amga botdi. Jk yana hayolga berildi. Kimdan xabar oldi? nega xafa bo'ldi? Balki u aldagandir? Izlar nimadan qolgan?

Jk o'ylanib turganda, Laila kitoblarini sumkasiga sola boshladi.

Laila: bugungi dars uchun raxmat ustoz, ertaga davom etsak maylimi? men uyga borishim kerak.

Jk: albatta, vazifalarni mustaqil bajarib ko'r. Yordam kerak bo'lsa menga yoz, yani tushunmagan jumlalaringga yordam beraman.

L; hop ustoz, hayrli kun.

Laila tez qadamlar bilan xonadan chiqdi va eshikni yopdi. Jk derazadan uni ketishini kuzatdi. Laila shoshilib taxi to'xtatib, ketdi.

Jk: unda nimadir bor.

Jk stol ustidan telefonini oldi va kontakt ro'yxatlar orasidan bir shaxsni qidirdi. Unga qo'ng'iroq qildi.

Jk: Salom do'stim, ko'rishmaganimizga ancha bo'libdi. "Sweet fv" kafesida uchrashaylik.

...

Jk; mayli, ko'rishguncha.


Laila uyiga shoshilinch va qo'rquv bilan kirdi. Oyoq kiyimini eshik oldiga joylashtirar ekan, boshi tepasida kimdir turganini his qildi. Sekin boshini ko'tardi. Jaxl bilan turgan oyisi uni sochiga yopishdi va uy ichiga tortdi.

Laila: oyi,og'riyapti.. iltimos

O: itvachcha, nega kech kelyapsan. Yoki o'zingga o'ynash topdingmi?

Onasi uni devorga qarab uloqtirdi. Laila oldin devorga so'ng yerga yiqildi. bilagi biroz qayrildi shekilli, ikkinchi qo'li bilan uni maxkam ushladi. Ko'zlarida allaqachon yosh qalqigan, lablari esa "charchadim" degandek edi.

O: javob ber, qayerda eding?

Laila: oyi, nega uraverasiz. Yomon ish qilganim yo'q. shunchaki qo'shimcha darsda edim.

O: nega bizni ogohlantirmading? Sen qachondan o'zboshimcha bo'lib qolding. Akangni kaltaklarini sog'indingmi deyman.

Laila aka so'zini eshitib qaltiray boshladi. Oyisining oyoqlariga yaqin kelib yolvordi.

Laila: Yo'q, oyijon meni kechiring, faqat akamga aytmang. Iltimos..

Onasi egilib yana sochlaridan ushladi, yuzini o'ziga qaradim kulib gapirdi.

O: senga yana bir bor aytaman, agar o'ynash topsang yoki biror xato qilsang, mendan yaxshilik kutma.

Laila " hop" degandek yosh to'lgan ko'zlarini yumib, bosh silkidi. Onasi uning sochlarini qo'yvordi va uzoqroq turib gapirdi.

O: endi xonangga bor va o'zingni tartibla.

Laila sekin o'rnidan turdi, eshik oldidan sumkasini oldi va xonasi tomon yo'l oldi. Zinalardan yuqoriga ko'tarilarkan, xuddiki zinalar uni orqaga tortayotgandek edi. Xonasiga kirib eshikni yopdi. Yotoq oldiga bordi va yerga o'tirdi. Bilagiga achinish bilan qaradi. Ko'zlaridan shashqatoq yoshlar oqa boshladi. O'rnidan turdi va yuvinishga kirdi.


16:00. Jungkook mashinasida uyga qaytyapti. Odatda uni darslar charchatar edi ammo bugun uni faqat o'ylar charchatdi. Hayollar bilan mashinasini uy oldiga to'xtatdi. U yolg'iz yashaydi shu sabab eshikni ochib qorong'u uyiga kirdi. Chiroqni yoqib, sumkasini eshik oldidagi tortmaga qo'ydi. O'zi esa xonasiga yo'l oldi. O'ylanmay kiyimlarini yechdi va sovuq dush istab dushga kirdi. Boshida muzdek suv oqarkan, biroz tetik bo'lgandek bo'ldi. Ammo hayollari o'sha mitti qizning sonlarida.. o'sha izlar nimadan edi. Haliham javobsiz.. Suvni o'chirib ustiga dush halatini kiydi. Sochlarini uyoq buyoqqa silkitdi va oshxonaga yo'l oldi. Muzlatkichdan bir sisha suvni oldi va ichdi. Oshxona stoliga suyanib turar ekan, telefoniga xabar keldi.

"Hosok: Ma'lumotlar ertaga tayyor bo'ladi. Aytgancha keyingi safar sen mehmon qilasan."

Jk unga xabar yozmadi, shunchaki telefonini stolga qo'ydi va yana suvdan ho'pladi. Ha, u bugun o'sha xabarlashgan do'sti Hosok bilan ko'rishdi.


Laila oyisi aytgandek o'zini tartibladi va tortmadan Dori qutisini oldi. ichidan malhamni olib, bilagiga sura boshladi va bog'ich bilan bog'lab qo'ydi. Birdan pastki qavatdan shovqin keldi. Akasi kelganini sezgan Laila tezda qutini joyiga qo'yib yotog'iga yotdi va o'zini uxlaganga soldi. Birozdan so'ng akasi uning xonasiga qo'pol tarzda kirdi. Yotoqda Lailaning bukchayib uxlayotganini ko'rdi.

Namjoon: Laila

Namjoon balandroq chaqirdi, javob kelmagach eshikni qo'pol yopib ketdi. Namjoonning onasiga gapiryotgani yaqqol eshitilar edi. Onasi unga bugungi voqeani aytib berayotgan edi.

Nm: nima? u qachondan gapga kirmaydigan bo'ldi?

Ona: bo'ldi o'glim, uni unut.Men o'zim unga tazirini berib qo'ydim.

Laila bu gaplarni eshitarkan o'ziga achinib yig'ladi. U ichida norozi bo'lardi.

**Laila: men bu oilada adashib tug'ilganman. Bunga loyiq emasman axir. Oilamdan xatto bir kishi ham menga achinmaydi va yoqtirmaydi.Balki otam bo'lganida meni yaxshi ko'rar edi ammo u ham yo'q. Men ham otam bilan o'lganimda edi. Ammo yashagim ham kelyapti. O'lim ham bu hayot ham qo'rqichli. Undan ko'ra mehribonlik uyiga topshirishsa yaxshi bo'lar edi. Tezroq katta bo'lib, ulardan qochgim kelyapti.**

shu o'ylar bilan uxlab qoldi.

by Dohee🤍