August 4, 2025

Obsession in silence| 20+

10-qism. FINAL

Y/Nning yuragida qizish boshlandi. Seorining so‘zlaridan qoni qaynardi.

Y/N (keskin): Agar siz u bilan yaqin bo‘lgan bo‘lsangiz ham... u meni tanladi. Men uning xotini, siz esa shunchaki yordamchisiz.

Seori : Tanlaganmi? Yoki egallaganmi? Bilasizmi, ba’zida erkaklar egallashni sevadi, ayniqsa... yangi o‘yinchoq bo‘lsa.

Bu so‘z Y/N uchun oxirgi chegara bo‘ldi. U kofe chashkasini stolga qattiq urib qo'ydi va Seoriga tik qaradi.

Y/N:Men o‘yinchoq emasman. U meni sevadi. Men ham ...uni sevib bo‘ldim.

Seori (masxara bilan): Bu sevgi emas, sindirilgan ong. Men u ko‘zlarni yaxshi bilaman... u senga erkinlik bermaydi. Erkinliksiz sevgi esa — zanjirdir.Sen shunchaki o'yinchoqsan.

Y/N ortiq sabr qilolmadi, stoldagi qahvani unga sepib yubordi va sochidan yerga tortgancha gapira ketdi.

Y/N: eshitib ol xonimcha, men boshidan uning xotini edim. Egallashga uringanidan beri. Hozir esa biz baxtli oilamiz, hech qanday egalik va buyruqsiz, shunchaki baxtli oila. Hatto farzand kutyapmiz. ( Qornini silab qo'yib)Endi esa bu yerdan yuqol va ortiq ko'zimga ko'rinma, erimga bir erkalanishim bilan seni ezib yuborishim mumkin

Y/n uni itarib yubordi.

Aynan shu payt J-Hope kirib keldi

Ular ikkalasiga bir pas qarab turdi. Uning avval Seorida, so‘ng Y/Nga termuldi.

J-Hope:Bu yerda nima bo‘layapti?

Seori (ilojsiz jilmayib):Hech narsa. Faqat kichik ayollar suhbati. Men ketaman.

U chiqib ketdi, lekin ketayotib Y/Nga yelkasini tegizib o‘tdi. Rashk portlashga tayyor.

J-Hope, Y/Nga yaqinlashib: Nega u bilan tortishding? Uning so‘zlariga e’tibor berma, u sening darajangda emas.

Y/N (ko‘zida g‘azab): U sizni yaxshi bilishini aytdi. Men sizning tanlovingizmanmi... yoki haqiqatan egallangan qo'g'irchog'ingizmi?

J-Hope :Sen meniki bo‘lganing — tanlov emas, taqdir. Sevgimni shubha ostiga qo‘yma.

Y/N (rashk aralash og‘riqli): Ammo men sizni boshqa ayollarga boqayotganingizda rashk qilaman! Ayniqsa u... undan! Men sizni faqat o‘zimniki bo'lishingizni xohlayman.

J-Hope (yaqinlashib):Men doim faqat seniki bo‘lganman. Ammo sening ko‘zlaringda ishonchsizlik bor. Buni yo‘q qil. Rashkingni yoqimli, chunki bu seni menga qanchalik tegishli ekaningni isbotlaydi.

U Y/Nni devorga tirab qo‘ydi, barmoqlari yuzini ushlab, lablariga qo'ydi.

J-Hope (pichirlab):Unga hech qachon tegmagan. Ammo sen... sen meni butunlay egallab bo‘lding.

Y/N (yumshoq, rashk bilan):Shunda meni boshqa hech kim bilan taqqoslamang. Men sizni endi kimnidir quchog‘ida tasavvur qila olmayman.

J-Hope (kulib, labini bo‘yniga yaqinlashtirib):Shart emas tasavvur qilish. Men faqat senikiman, sen esa — faqat meniki.

Y/n bu gaplardan erib ketdi. J-hopega yaqilashib, undan mayin bo'sa oldi. Bu bo'sa shunchalik liq ediki, mehr tomgandek bo'lardi.

Y/n: biz juda asabiylashdik, ammo Unga o'z o'rnini ko'rsatib qo'ydik

Y/n mamnun jilmaygancha qornini siladi.

[VILLA— yuqori qavat.SHOM ]

J-Hope Y/N’ni qo‘lidan ushlab xonaga olib kirdi. Eshikni ohangsiz yopdi . Xonada yarim qorong‘ulik, faqat oynadan tushayotgan quyosh nuri devorga yengil soya tashlab turardi.

J-Hope:Men seni og‘ritishni xohlamayman. Lekin meniki ekaningni har daqiqa eslatib turmasam... bu olam seni mendan tortib olishga harakat qiladi.

J-hope y/nga boshqacha qarash qildi.

Y/N (nafaslari tez, yuragi urmoqda):Menga ishonch kerak edi. seni rashk qildim... Seori haqida gapirganda, yuragim yirtilganday bo‘ldi...

J-Hope u tomonga yaqinlashdi. Uning har bir qadami Y/Nning yuragini titratardi.

J-Hope:Rashking — eng go‘zal izhor. Ammo eshit, Arxediyam. Men senga boshqa hech kimni yaqinlashtirmadim. Ular faqat tashqi dunyo. Sen esa — ichimda yashayapsan.

U Y/Nning yuzini ohista ushlab, peshanasini unga tekkizdi.

J-Hope: Men seni o‘zimniki qilgan kun... ko‘zlaringda qichqiriq bor edi. Endi sevgi bor. Bu meni yanada telba qilayapti.

U Y/N’ni ohista devorga tirab, belidan quchoqladi. Uning lablari Y/N’ning qulog‘iga tegdi.

J-Hope:Seni o‘zimga bir umrga qandayin bog‘lay olaman? Nikohdan ham mustahkam tuyg‘u kerak menga.

Y/N (ko‘zlarida yosh): Men seni sevaman. Men senga o‘zim bilan butunlay kelgan ayolman.

J-Hope uning so‘zlariga bir lahza jim turib qaradi. So‘ng... asta jilmaydi. Bu tabassumda mehr bor, lekin ko‘zlarida o‘sha do‘ldek egalik yaltiraydi.

J-Hope:Demak, men seni faqat tanang bilan emas... qalbing bilan ham egallaganman. Bu meni yana bir bor aqldan ozdiradi.

U Y/N’ni yotoqga o‘tirg‘izdi. Harakatlarida ehtiros bor, lekin endi yumshoqlik ham aralashgan. Qo‘llari uning yuzida aylanardi, lablari sekin bo‘yniga tushdi. Y/N esa bu safar nafaqat chidamoqda, balki uni istamoqda.

Y/N (past ohangda):Menga o‘zingni yana bir marta isbotla. Ammo bu safar og‘riq emas... tuyg‘u bilan.

J-Hope: Roziman. Lekin... har nafas olishingda, mening ishim borligini unutma.

Ular bir-biriga qorishib ketgancha, faqat yurak urishlarining ovozi eshitilardi. Bu sevgi emasdi... Bu sevgi bilan egalik edi. Bu og‘riqli ehtiros, ayni damda esa — xotirjam murosa.

Tun ular uchun uzun bo'ldi. Ikki tomonning roziligi bilan bo'lgan bu aloqa qalblarga darmon bo'lgandi.

8 oydan so'ng:

[ kechki vaqt]

Y/n: HOSEOK!!!

Y/N ovozidan butun uy qaddini rostlagandek titradi.

J-Hope telefonini qo‘lidan tushirib yuboray dedi.

JH: N-nima bo‘ldi?!

Y/N:Keladiii… bola…

Y/N labini tishlab, divanga o‘tirib oldi. Qo‘lini qorniga bosib, chuqur nafas oldi.

Y/N: Vaqti keldi…

JH:YO‘Q!!! Yana uch hafta bor ediku!

Hoseok kalitini topolmay yugura boshladi.

JH:Nima qilamiz, qandaaay qilamiz?!

Y/N uning atrofida aylanganiyu pishanglab yurishiga kulib yubordi.

Y/N: Avval meni ushla, mashinaga olib bor.

JH:Ha, to‘g‘ri…

J-Hope zudlik bilan uni ehtiyotkorlik bilan quchib oldi.

JH:Xavotir olma, men bor–yo‘g‘imni sen uchun qilaman.

Y/N: Yo‘q, oldin meni shifoxonaga olib borishni bajar!

Y/N yelkasiga engil musht tushirdi.

[Mashina ichida – yo‘lda]

Mashina tezyurar holatda. Hoseok rulda, betoqat.

Y/N yonida o‘tirib, og‘riqqa sabr qilmoqda.

Y/n: Hoseok… agar u senga o‘xshab haddan ortiq gapdon bo‘lsa, men shunchaki uxlashga joy topolmayman.

Hoseok kulib yubordi.

JH: Bo‘lishi mumkin, lekin u senga o‘xshab to‘g‘ri fikrlaydigan va aqlni ishlatadigan bo‘ladi.

Y/N:Xudo saqlasin, unda ikkalamiz ham tomommiz, dedi Y/N yarim kulib, yarim ingrab.

[Shifoxona – tug‘ruqxona]

“NAFAS OLING!” — hamshira baqirdi.

Men… men harakat qilyapman! — Y/N stulga tirmashgancha so‘zladi.

J-Hope Y/Nning kaftini siqdi.

JH:Sen buning uddasidan chiqasan. Men seni sevaman. Mening kuchliyim… mening ayolim… mening dunyom…

Y/N unga nazar tashladi, ko‘zlarida yosh, labida esa tabassum aralash ohang: “Bu hamon buyruqdek yangrayapti, lekin bu safar… ko‘nglimdan.”

Tug‘ruq zalini chaqaloqning ovozi to‘ldirdi. Hamshira go‘dakni ko‘tarib,

“Tabriklaymiz! O‘g‘lingiz bo‘ldi!” dedi.

J-Hope so‘zsiz qoldi. U bolani qo‘liga olarkan, ko‘zidan yosh chiqib ketdi.

JH: U… u haqiqiy... Y/N… bu bizniki…

Y/N charchagan, lekin baxtli.

Y/N: Ha, u endi , bizniki.

J-Hope bolaning peshonasidan o‘pdi, so‘ng Y/Nning peshonasiga lab tegizdi.

JH: Rahmat… sen menga dunyoning eng katta mo‘jizasini berding.

[Palata ichida, tong otib borayotganda]

Y/N o‘zini J-Hope bag‘riga tashladi.

Y/N:Men seni sevaman, Hobi.

J-Hope nigohi bilan uning yuziga qaradi.

JH: Men seni hech qachon qo‘yib yubormayman. Bu dunyoda sendan boshqa hech kimni istamayman. Endi sen meniki, bolamiz ham meniki. Har kuningni, hatto injiqliklaringni ham — muhabbat bilan qabul qilaman.

Y/N: Demak, men yana kechasi soat uchda tarvuz xohlasam ham?

JH:Unda 24 soat ochiq supermarket izlab chiqaman, — dedi u kulib.

Y/N qiqirladi.

Y/N:Xudo seni bu dunyoga men uchun yuborgan.

“Va seni menga...” — J-Hope ohangli ovozda so‘zladi.

JH:Endi biz — to‘liq oilamiz.

Oradan bir necha hafta o‘tdi...

Chaqaloq uyda. Unga Jiho deb ism qo'yishdi. Ammo u tinchgina yotib olishdan yiroq. Har tun u uyg‘onadi — ba'zida ochligi sabab, ba'zida shunchaki onasining quchog‘ini sog‘inib. Y/N qizargan ko‘zlari bilan J-Hopega qaradi:

Y/N:Navbat seniki. Ota bo‘lish osonmas, ha?

J-Hope esa chaqaloqni quchoqlab, raqsga o‘xshagan harakatlar bilan tinchlantirmoqchi bo‘ldi.
JH: Qani o'g'lim Jiho, dadajoning J-Hope sevimli kuyni aytib beradi. Kichkintoylar armiyasiga qo‘shilishga tayyormi, commander?

Y/N kulib yubordi, ehtimol charchoqdan, ehtimol muhabbatdan.

Va nihoyat, ular birgalikda uxlab qolishadi — Y/N J-Hopening quchog‘ida, chaqaloq esa dadaning ko‘ksida dam olmoqda.

🌙 Bu oxir emas — bu yangi boshlanish. Oilaning boshlanishi.

Biz haqiqatan ham yurakni larzaga soladigan, muhabbatga to‘la, qop-qorong‘i, lekin shunchalik iliq bir asarni tugatdik. Yozgan sahnalarim, xarakterlar, sevgi va isyon o‘rtasidagi kurash hammasi chinakam romanning o‘zagiga aylandi. Ayniqsa, J-Hope va Y/Nning munosabatlari — boshdan oxirigacha chuqur hissiy o‘sish bilan to‘la bo‘ldi. Ularning o‘g‘li esa bu sevgi hikoyasining jonli isboti bo‘ldi.

BARCHAGA RAXMAT, by DOHEE