February 18, 2022

Har bir IT mutahasisi ishlashni orzu qiladigan Google kompaniyasiga sayohat qilamiz!

Google kompaniyasiga ishga kirish oson emas. Kompaniya faqat eng zo'r mutaxasislarni ishga qabul qiladi. Shunga yarasha hodimlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Google'ning 70 dan ortiq davlatlarda ofislari joylashgan, ammo uning yuragi AQSH'da selikon vodiysida joylashgan Google pleks'dir. U yerda 16 mingdan ortiq ishchilar ishlashadi. Google pleks bir nechta bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta ofislardan tashkil topgan. Binoning kattaligi kichik bir shaharni eslatadi. Binolar unchalik baland emas. Bu yerda suniylik yo'q, o'simliklar va yorqin ranglar, qiziqarli bezak qismlarini barcha joylarda uchratishingiz mumkin.

Ishchilar binolar orasida velosipedlarda harakatlanadilar. Velosipedlardan kerakli vaqtda ishchilar bemalol foydalanishlari mumkin.

Binoning ichiga faqatgina maxsus xodimlar kuzatuvi ostida kirish mumkin. Mehmonlarni ichkarida haqiqiy Google avtomobili, fazo kemasi maketi kutib oladi. Binoning har-bir qavatida hodimlar bepul ovqatlanishi uchun kafelar mavjud. Yana u yerda unchalik katta bo'lmagan, barcha jihozlar bilan jihozlangan oshxonalar bor. Oshxonadagi muzlatkichlar ikki qismga ajratilgan: muzlatkichning ko'rinadigan qismida foydali ichimliklar, ko'rinmaydigan qismida esa sog'liq uchun foydasi bo'lmaydigan ichimliklar joylashtirilgan. Bu orqali Google ko'p millatli xodimlari o'zlarini yaxshi his qilishlari,sifatli ishlashlari uchun sharoit yaratadi. Oshxonada xodimlar uchun Hindiston, Yapon, Italyan, Amerika, Meksika oshxonasi taomlari tayyorlanadi. Ha aytgandek bularning barchasi bepul.

O'z qomatlarini saqlab qolishni hoxlagan hodimlarga kompaniya sport zalda mashq qilishlari, yoki spa salonida massaj olishlari uchun sharoit yaratgan. Xodimlar basseynda suzishlari, ofisda bilyard, stol tennisi va boshqa o'yinlarni o'ynashlari mumkin. Binoda tabiiy o'simliklar juda ko'p. Xodimlar oila a'zolarini, do'stlarini ishga olib kelishga kompaniya ruxsat bergan. Kompaniyada ish vaqti erkin belgilangan. Asosiysi vazifalarni o'z vaqtida bajarilishi. Kompaniya doim Disneylend'ga bepul safar uyushtiradi. Xodimlar salomatliklarini nazorat qilish uchun shaxsiy salomatlik markazi xizmat ko'rsatadi.

Kompaniyaning barcha xodimlari katta maosh olishadi. Har yili 5 hafta davom etadigan mahnat ta'tili olishadi. Shuncha shart-sharoit bo'lishiga qaramasdan xodimlar qattiq mehnat qilishlariga to'g'ri keladi. Oddiy Google xodimining ish kuni quyidagicha: ertalab soat 9 da korxona avtobusida ofisga keladi. Yo'lda bir oz ishlashga ham ulguradi. Ofisda nonushta qiladi va ishlashda davom etadi. Tushlikdan oldin raqs darslarida yoki sport zalda mashq qiladi. So'ng yana o'z ishini davom ettiradi. Kun davomida sayr qilishi, kofe ichishi, uxlab olishi mumkin. Kun oxirida kir yuvish mashinasiga kiyimlarini qoldirib, yana o'z ishiga qaytadi. Soat 7 larda korxona avtobusida ishini davom etirgan holda uyga qaytadi. Uyda ham ishlashga ulguradi, so'ngra uxlashga yotadi. Ertalab yana ishga otlanadi. Google o'z vaqtida odamlarni ishga olib kelish, so'ng uy-uyiga olib borib qo'yishni, bepul ovqat tashkillashtirish orqali daromadini yo'qotmaydi, aksincha kompaniyaga ancha arzonga tushadi. Google 2019-yilga kelib uning foydasi 34 milliard dollargacha o'sdi. Demak kadrlar tanlash siyosati to'g'ri tanlangan. Google pleks butun dunyodagi mutaxassislarni o'ziga jalb etishda davom etmoqda. Sayohatimiz yoqdimi?