February 18, 2023

Men qilgan xatolarimni takroralamang 

1. Bundan 4 yil oldin oʻzimning yoʻnalishim boʻyicha 2-oʻrinda grantga kirgan edim.

Oʻqishda tizim va u yerdagi insonlar sabab, 3-kurs 2-semestrda oʻqishni tashlashga majbur boʻldim.

Aniqrogʻi, meni oʻqishdan chetlatishdi desam ham boʻladi.

Yaqin-yaqingacha adashib, 2-oʻrinda grant boʻlib kirganim bilan faxrlanar edim.

Natijada nima boʻldi? Hozir kursdoshlarim universitetni yakunlayapti.

Men esa sentabrdan kontrakt toʻlasamgina oʻqiyman, yana 3-kursdan boshlab, oʻzimdan 2 yosh kichkinalar bilan oʻqishimga toʻgʻri kelarkan.

2. Yaqinda iPhone 14 oldim. Kopirayting blogimga obuna boʻlganlar bu haqda bilishadi.

Rosa xursand boʻldim. Chunki 14 endi chiqqan paytlari edi. Steklo va chexol olsam boʻlardi, lekin men doʻstimdan 1 million qarz olib, bronoskins qoʻydirdim.

Mana endi bu telefonni ishlatishga ancha qiynalyapman. Oʻzimga kerakli narsalardan foydalanishim ancha murakkab boʻlyapti.

3. 1 oy oldin 8 million oylikni oldindan olib, ish boshlagandim.

Juda koʻpchilik eshitdi va men oʻzimning yoʻnalishimda yuqori daromad qilayotganimdan faxrlandim.

Mana endi bu oyga kelib, shartnomamning yarimi bekor qilindi va qilishim kerak boʻlgan ishlar nihoyatda koʻpayib ketdi.

Hatto maqola yozishga vaqt topa olmay, Sizga shart qoʻyishimga toʻgʻri kelyapti.

Boʻlmasa charchayapman, post yozishga oʻzimda kuch topa olmayapman.

Lekin Siz meni hamisha qoʻllab-quvvatlab turganingizdan xursandman.

4. Oʻtgan yili va undan oldingi yillar ham hamma dori ichib tuzalsa, men immunitetimning kuchli ekanini maqtardim.

Chunki 2-3 yil mobaynida bor yoʻgʻi 4-5 marta poroshok yoki oddiy dori ichganman va darrov tuzalib qolardim.

Endi nima boʻldi? Toshkentga kelganimga bir oy boʻldi, shu bir oydan buyon dori ichaman, lekin har doim bir u yerim, bir bu yerim ogʻriyveradi.

Dorixonadagi qiz shifokorga borishimni aytdi. Ammo hech ham bora olmayapman.

Misol keltirishda davom etsam, bu kabi misollardan 10 dan oshiq bor. Biroq men xulosamni statuslar orqali aytaman.

1. Nonga pulingiz yoʻqdek yuring, toki hech kim nonvoyxona Sizniki ekanligini bilmasin.

Siz kim bilandir xursandchiligimni boʻlishyapman, unga motivatsiya beryapman deb oʻylaysiz.

Aslida esa u oʻzini omadsiz his qilib, Sizga xasad qilishiga sababchi boʻlyapsiz.

Hamma ham Sizdek emas, Siz oʻzizni qanday koʻrsangiz, insonlarni ham shunday deb oʻylamang.

Baʼzi insonlar oʻylaganingizdan koʻra ancha marazroq boʻladi. Ularni tanishni boshlashingiz bilan tanimay qolasiz (asl basharasini koʻrganingizdam keyin).

2. Jim harakat qiling, toki natijangiz Lamborjinining ovozidek eshitilmaganicha.

Hech kimga hech qachon qanday maqsadingiz bor ekanini va unga erishish uchun nima qilayotganingizni aytmang.

Odamlar Siz qilayotgan ishga va jarayonga tupurgan. Ularga faqt natija qiziq. Hatto ota-onangizga ham.

Siz ularga men Doniyor degan bolaga 500 ming toʻlab, kopiraytingni oʻrganmoqchiman yoki oʻzimni oʻstirish uchun 100 ming soʻmlik psixologik konsultatsiyasini olmoqchiman deb koʻringda.

Ota-onangiz shu zahoti har taraflama Sizni cheklab tashlaydi. Nega deganda Siz jarayon haqida gapiryapsiz.

Agar oʻzingiz pul topib, oʻqib, shu ish orqali 1 million uyga olib borsangiz. Uyingizdagilar Siz bilan katta odamlardek gaplashishadi.

Chunki Siz jarayon haqida indamay, natijani koʻrsatyapsiz. Ota-onangizni Sizni tushunmayotgan boʻlsa, shu ish zoʻr effekt beradi.

Yana bir narsa, Siz qilmoqchi boʻlgan ishlaringizni kimgadir aytsangiz, ularning javobidan Sizdagi bor energiya katta ehtimol bilan yoʻq boʻlib ketadi.

Kambagʻal fikrlashdagi odam qilib koʻr demaydi, otang qilgan ishni qilsangchi deydi. Shu bilan Sizning qilgingiz ham kelmay qoladi.

Oʻzi hozir shunaqa. Tuxum pishirishni bilmaydigan odam oshpazga aql oʻrgatishni yaxshi koʻradi. Shunday ekan Siz maslahat qiladigan inson, Siz bormoqchi boʻlgan joydan oʻtgan inson boʻlishi kerak.

Ishlaringiz haqida aytmasligingizga 2-sabab bizning miyamiz bilan bogʻliq. Biz kimgadir nimadir haqida gapirsak, miyamiz bajarib boʻlganman deb oʻylaydi va shu ishni qilishga oʻzingizda kuch topolmay qolasiz.

Qilishingiz kerak boʻlgan ishni qilgingiz kelmay qoladigan vaziyatlarni eslab koʻringda, bunga ham oʻsha sabab boʻlgan. Yaʼni shu ishni qilmay turib qilishingiz haqida kimgadir aytgansiz.

Bugun aytmoqchi boʻlgan gaplarim bilan oddiy shu 2 ta haqiqatni tushuntirmoqchi boʻldim. Yaxshilab maʼnosini tushunsangiz, muvaffaqiyat ketidan keladigan omadsizlikdan qutulib qolasiz Alloh nasib qilsa.

Lekin shu muvaffaqiyatga erishish uchun ham harakat qilish kerak. Hech kim omadi kelib, kopiraytingni oʻrganib qolmaydi. Kimdir uxlab yotgani uchun unga 8 million maosh berishmaydi yoki faqat aqllik qilib, hech kim $ 1200 turadigan telefonni olmaydi.

Balki yana oʻzimni maqtayotgandirman. Ammo hech nima bordan yoʻq, yoʻqdan bor boʻlmasligini tushunishingizni xohlayman. Hammasi avvalo Alloh, keyin Sizning harakatingiz va sabringiz bilan boʻladi.

Oʻylaymanki, post foydali boʻldi. Agar foydali boʻlgan boʻlsa 80 ta reaksiya (layk, komment, doʻstlarga ulashish) qoldiring va men shu zahoti yangi post yozishga kirishaman.

Fikrlarim yoqmagan boʻlsa, shunchaki kuting. Kanalda 2000 ta obunachi boʻlishini kutamiz va undan soʻng qiziqroq mavzuda toʻliqroq maʼlumot beraman.

Hozircha esa Siz bilan Oʻzbekistondagi Deyl Karnegi (Doniyorbek Erkin oʻgʻli) boʻldi. Sogʻ boʻlas)