January 9, 2021

Dots Akademiyasidan ajoyib taklif

Dots Akademiya | Dots Animation | Iyun, 2022

"Dots Animation Studio” qoshida Dots Akademiya ichida ustoz-shogird metodi asosida 1 yillik amaliy o’quv dasturi tashkil etilganini ma’lum qilamiz.

Agar siz:

  • Aynan 3D garfika sohasi bo'yicha ishlamoqchiman...
  • Soha bo`yicha tushuncham bor, internet orqali o`rganyapman;
  • Moliya, muhit va viloyatdaligim sabab ko`nglimdagidek o'rgana olmayapman...
  • Hozirgacha olgan bilimlarimni amalda qo`llash uchun real proyektlarda qatnashmoqchiman...
  • Tajribali studiyalar darajasida bilimga va tajribaga ega bo’lishni istayman...
  • Bir so'z bilan aytganda O’SISHNI XOHLAYMAN... — kabi o’ylovlar qurshovida “yonayotgan” bo’lsangiz bu e`lon aynan siz uchun!

Dastur ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich: 1 oylik bazaviy mustahkamlash hamda soha yo’nalishlari haqida aniq tasavvur hamda ko’nikmaga ega bo’lish;

2-bosqich: Navbatdagi oylarda 3D grafika yo’nalishlari bo’yicha guruhlarga bo’lingan holda chuqurlashtirilgan amaliyot. (Masalan: Modeling, Rigging, Animation...)

Ishtirokchilarga talablar:

  • o'z kompyuter texnikasiga ega bo'lish;
  • o’z ustida doimo ishlash va tirishqoqlik;

Dastur:

  • Tajribali animatorlar tomonidan olib boriladi;
  • zerikarli nazariyadan holi o’laroq 100% amaliyot asosida tashkillashtiriladi;
  • darslar to’liq real loyihalar asosida olib boriladi;
  • viloyatdan tashrif buyuruvchilar uchun yotoqxona mavjud;
  • iqtidorli bitiruvchilar ish bilan ta’minlanadi.

Studiyadagi malakali animatorlar va ustozlar ro'yxati:

  1. Sirojiddin Sevarov — Kompyuter grafikasi sohasida professional tarzda 3-yildan beri faoliyat yuritadi.
    Mutaxassisligi: 3d generalist.
    O’rgatadi: 3d asoslari, Animatsiya, Rigging, Kompoziting, Montaj
  2. Rasulbek Ro'zmetov — Kompyuter grafikasi sohasida professional tarzda 2-yildan beri faoliyat yuritadi.
    Mutaxassisligi: Rigger, Animator.
    O’rgatadi: Rigging, Animation.
  3. Sirojiddin Yuldashev — Kompyuter grafikasi sohasida professional tarzda 1.5 -yildan beri faoliyat yuritadi.
    Mutaxassisligi: 3d modeler va surface artist.
    O’rgatadi: Modeling va texturing

Va boshqalar ....

Darslar to'liq akademiya sharoitida har bir shogirdga aniq mentor biriktirilgan holda tashkillashtiriladi.

⏱ Ta'lim vaqtlari: 24/7

🎁 Afzallik: Rivojlanib borayotgan katta animatsion studiya hamda kuchli jamoa ruhiyati.

⚠️ DASTUR FAQAT OFFLINE TARZIDA TASHKIL ETILADI.

Murojaat uchun: +998990510061

Telegram: @dotsadmin

Telegram | Instagram | YouTube