May 23

Two hearts - One Silence 💞 Part 7

Ertalabki quyosh nurlari xona derazasidan kirib, Ynni uygʻotdi. U oʻrnidan turib, kechagi oʻsha ichki kurashlardan charchagan holda yuvinib chiqdi. Ich-ichidan oshxonaga borishga, ovqatlanishga majbur ekanini his qilib tursa-da, Jin bilan yana toʻqnash kelish fikri uni biroz ikkilantirdi. Baribir, ochlik gʻururdan ustun keldi.
U oshxonaga kirishi bilan stolda oʻtirib, xotirjamlik bilan qahva ichayotgan va nonushta qilayotgan Jinni koʻrdi. Jinning qiyofasi bugun ham xuddi kechagidek vazmin va sovuqqon edi. Yn uni koʻrishi bilan darhol orqasiga oʻgirildi va ketishga chogʻlandi. U Jin bilan yana bir daqiqa ham bitta xonada boʻlishni istamasdi.
Jin esa Ynning ketishga shaylanayotganini koʻrib, oʻrnidan turmay, xotirjam va biroz sovuq ovozda gap boshladi:

— Toʻxta, Yn. Sening gʻururing qorningdan muhimroq ekanini bilaman, lekin hech boʻlmasa bir narsa yeb ol. Bu uyda och qolishingga yoʻl qoʻymayman.

Yn toʻxtadi, lekin Jin tomon oʻgirilmadi. Jinning ovozida shafqat emas, balki qandaydir bir gʻazab aralash taʼna bor edi. Jin davom etdi:

— Agar meni koʻrishni xohlamayotgan boʻlsang, muammo yoʻq. Men chiqib ketaman, sen bemalol ovqatlanib olishing mumkin. Lekin oʻzingni qiynashingdan foyda yoʻq.

Yn bu gapdan soʻng labini tishladi. Uning uchun Jinning bu sovuq "gʻamxoʻrligi" hatto gʻazabidan ham battar edi. U yana qatʼiy qadamlar bilan oshxonadan chiqib ketishga harakat qildi. Ammo, kechadan beri och yurgani, ustiga-ustak kechagi ruhiy tushkunlik va tuni bilan uxlamagani sababli, qadam tashlashi bilan koʻzi qorongʻulashdi. Bosh aylanishi uning butun vujudini egallab, muvozanatini yoʻqotdi.
U beixtiyor stolning chetidan ushlab qoldi, lekin oyoqlari boʻshashib, tanasi sustlashdi. Olam uning atrofida charxpalakdek aylana boshladi. U yiqilib tushmaslik uchun bor kuchi bilan stolga tayanib qoldi, koʻzlari esa tinimsiz qorongʻulashardi.
Jin Ynning toʻsatdan tutilib qolganini va uning holati yomonlashganini darhol payqadi. U stol ortidan chaqqonlik bilan oʻrnidan turdi.

— Yn?! — uning ovozida bu safar oʻsha sovuqqonlikdan asar ham qolmadi, aksincha, xavotir va shoshilinchlik sezildi.

Jin bir qadam tashlab, qulash arafasida turgan Ynning yelkasidan ushlab qoldi. Yn esa koʻzlarini mahkam yumgancha, xushini yoʻqotmaslikka tirishardi. Uning gʻururi yana bir bor uning zaifligi qarshisida tizz choʻkishga majbur boʻlayotgan edi.

Jin Ynni yiqilib tushishiga yoʻl qoʻymay, dahoona va chaqqon harakat bilan uni avaylab quchoqlab oldi. Qizning vujudi shunchalar yengil va darmonsiz ediki, Jinning yuragi xavotirdan bir qalqib ketdi. U Ynni ohista suyanib turishi uchun yaqinroqdagi stulga oʻtqazdi-da, darhol stol ustidagi qadahga suv quyib, uning lablariga yaqinlashtirdi.

— Ich, sekin... — dedi Jinning ovozi bu safar mutloq oʻzgargan, undagi boyagi piching va sovuqlikdan asar ham qolmagandi.

Yn suvdan bir-ikki hoʻplam yutgach, koʻzlaridagi qorongʻulik biroz chekindi, ammo boshi hamon aylanayotgan edi. U darmonsiz holda stul suyanchigʻiga suyandi.
Jin qadahni chetga qoʻyib, uning qarshisiga tiz choʻkkandek boʻlib oʻtirdi-da, chuqur va asabiy xoʻrsindi.

— Kechadan beri och yurganing uchun shunday boʻlyapti. Sen oʻzingni nima deb oʻylayapsan, Yn? Temirdan yasalganman debmi? — uning ovozida ham taʼna, ham oʻtkir bir gʻamxoʻrlik bor edi.

Jin oʻrnidan turib, gaz pechi ustida qaynab turgan va Yn uchun ataylab tayyorlab qoʻyilgan issiq va yengil boʻtqani likopchaga suzib keldi. U stol chetiga oʻtirib, qoshiqni qoʻliga oldi. Boʻtqani ohista puflab, ilitdi-da, toʻgʻri Ynning lablariga yaqinlashtirdi.

— Och ogʻzingni, — dedi u amirona, ammo nihoyatda mayin ohangda.

Yn bir muddat qotib qoldi. Uning dahoona aqli ayni shu soniyalarda ich-ichidan isyon koʻtarib, bong urardi:

*"Oʻzingni qoʻlga ol, senga hech kimning yordami kerak emas! Uning qoʻlidan ovqat yema, oʻzingni zaif koʻrsatma!"* deya uqtirardi.

Biroq, uning yetti yildan beri qiynalgan, charchagan yuragi bu safar mutloq boshqacha soʻzlarni pichirladi:

*"Hozir jim boʻlish eng yaxshisi... Shunchaki ozgina baxtga va u taqdim etayotgan bu lahzalik tinchlikka qarshilik qilma."*

Yn hayotida ilk bor oʻz aqliga emas, yuragiga quloq soldi.
U bir Jinga, bir u uzatib turgan qoshiqqa xayolchan va soʻzsiz termulgancha, ohista ogʻzini ochdi. Jin birinchi qoshiqni uning ogʻziga soldi. Taomning iliq va yoqimli taʼmi Ynning vujudiga taralib, darmonsizligini hayday boshladi.
Oshxonaga gʻalati va sehrli bir sukunat choʻkkandi. Ortiq janjallar, oʻtmishning alamli xotiralari yoki kompaniya aksiyalari haqidagi oʻylar yoʻq edi. Faqatgina qoshiqning likopchaga urilgan mayin ovozi eshitilardi. Jin nihoyatda eʼtiborli va ehtiyotkorlik bilan, xuddi qoʻlidagi eng qimmatbaho javohirni asrayotgandek, qizga taomni oxirigacha yedirib qoʻydi. Uning har bir harakatida yillar davomida nafrat ortiga yashiringan oʻsha oʻchmagan sevgi tafti sezilib turardi.

Jin qoshiqni boʻshagan likopcha chetiga qoʻyarkan, koʻzlari roʻparasida tinchgina oʻtirgan, yuziga asta-sekin qon yugurayotgan Ynga qadaldi. Tashqaridan qaraganda u nihoyatda xotirjam va magʻrur koʻrinsa-da, Jinning ich-ichida daxshatli bir boʻron qoplagandi.
Uning qalbi yillar davomida toʻplanib qolgan tugunlar va savollar bilan toʻla edi. Axir yetti yil avval ular butun Seul, butun universitet havas qiladigan, bir-birisiz nafas ololmaydigan eng baxtli sevishganlar edi-ku. Keyin esa... Yn bir soniyada, hech qanday ogohlantirish va sabablarsiz uning hayotidan butunlay yoʻqolib qolgandi. Jin oʻshanda oylab uni qidirgan, devona boʻlib koʻchalarda qolgan, ammo qiz izsiz ketgandi. Endi esa, oradan yillar oʻtib, uning qarshisida ulkan imperiya rahbari boʻlib qaytib keldi. Va eng yomoni — uning koʻzlarida Jin tushunolmaydigan, daxshatli va oʻtkir bir nafrat olovi yonib turardi.
Jinni har kuni, har soniyada bitta savol kemirib, daryodek qiynardi:

*"U nega mendan nafratlanyapti? Men unga nima yomonlik qildim? Nega meni dushmanidek koʻradi?"*

Bu nomaʼlumlik uni ichidan egovlab bitirayotgan edi.
Lekin hozir... aynan mana shu daqiqada, uning qarshisida jimigina, oʻziga ishonib ovqat yeyayotgan Ynni koʻrib, Jinning yuragi bir lahzaga tinchlangandek boʻldi. Qizning ovqatni ohista chaynashi, lablarini salgina burishtirishi, darmonsiz boʻlsa ham nigohidagi oʻsha oʻzgarmas oʻtkirlik... Jin ich-ichidan his qildi: u baribir oʻzgarmagan. Tashqaridagi oʻsha sovuq "temir xonim" niqobi ostida hamon oʻsha uning sevimli Yni, uning sodda va erka qizchasi yashirinib oʻtiribdi. Bu oʻylardan Jinning yuragi oʻrtab ketdi, ammo u buni bildirmaslik uchun nigohini darhol chetga burdi.

Jin

Nonushta tugagach, oshxonaga yana oʻsha sehrli sukunat qaytdi. Yn oʻziga kelib, yuziga qon yugurgan boʻlsa-da, stulda jim oʻtirgancha chuqur xayolga tolgandi. Jin esa indamay oʻrnidan turib, stol ustidagi boʻshagan idishlarni rakovinaga soldi. Suvning maromli ovozi ostida idishlarni yuvarkan, uning ham fikrlari daxshatli darajada chalkash edi.
Jin sochiq bilan qoʻllarini artib, soatiga koʻz yugurtirdi.

— Men ishga borishim kerak

dedi u ovozini imkon qadar vazmin tutishga urinib. Keyin esa oshxonadan chiqish uchun eshik tomon yurib ketdi.
Ayni oʻsha soniyalarda Ynning ichida nimanidir chil-chil qilib sindirgandek boʻldi. U oʻz aqlining sovuq amrlariga va yillar davomida asragan nafratiga mutloq qarshi oʻlaroq, beixtiyor oʻrnidan turdi. U hozir Jinning bu uydan chiqib ketishini, oʻrtalaridagi bu iliq taftning yana sovuq urushga aylanishini zarracha ham xohlamayotgandi.
Yn shiddat bilan Jinning ortidan bordi. Jin hali oshxona ostonasidan hatlab oʻtishga ulgurmasidan, Yn uning ortidan kelib, uni bellaridan mahkam quchoqlab oldi. U bor vujudi bilan Jinning keng yelkasiga boshini qoʻydi va koʻzlarini mahkam yumdi.
Jin qotib qoldi. Uning butun tanasi elektr toki urgandek muzlab, nafas olishi ham toʻxtab qolgandek boʻldi. Bu kutilmagan va yetti yillik sogʻinchga toʻla quchoq uni ham hayron qoldirgan, ham gʻalati tuygʻular girdobiga otgan edi. U Ynning oʻz orqasiga boshini qoʻygancha, uning tanasidagi issiqlikdan tasalli izlayotganini his qildi.
Yn bir necha soniya davomida oʻsha tanish, qadrdon hidni ichiga yutib, boshini Jinning yelkasiga suyab turdi. Keyin esa darmonsiz, pichirlagan ovozda:

— Gʻamxoʻrliging uchun... rahmat, Jin

dedi-da, qoʻllarini uning belidan ohista boʻshatib, ortga chekinmoqchi boʻldi.
Ammo Jin bunga yoʻl qoʻymadi. U ichidagi oʻsha yetti yillik javobsiz savollar, sogʻinch va gʻazab boʻroniga ortiq dosh berolmasdi. U yashin tezligida ortiga oʻgirildi-da, chekinishga urinayotgan Ynni qoʻllaridan tutib, oʻzining baquvvat va issiq bagʻriga daxshatli darajada qattiq bosdi.
Yn kutilmagan bu shiddatli harakatdan gangib qoldi, koʻzlari hayratdan kattalashdi. Jin uni shunchalik mahkam quchoqlagandiki, goʻyo hozir qoʻyib yuborsa, qiz yana yetti yilga gʻoyib boʻladigandek edi. Jinning yuragi uning koʻksiga urilib, daxshatli maromda tepardi.
Ynning bir necha soniyalik gangishi oʻrnini taslimiyat egalladi. U oʻzining barcha himoya devorlarini, Harrison prezidenti degan nomini va kibrini bir chetga surdi-da, oʻz qoʻllarini Jinning boʻyniga soldi va uni xuddi tunda boʻlgani kabi, telbavor bir sogʻinch bilan mahkam quchdi. Ikki yarimta qalb yetti yillik ayro yoʻllardan soʻng, nihoyat tonggi quyosh nurlari ostida bir-birining taftida yonayotgan edi.

Tipa shunaqa🫠

Jin uni oʻz bagʻriga shunchalar qattiq bosib turardiki, goʻyo dunyodagi hech qanday kuch ularni ortiq ajratib yurolmaydigandek edi. U iyagini Ynning mayin sochlariga qoʻyib, yillar davomida ichida toʻplanib qolgan, uni tunlari uxlatmay qiynayan oʻsha eng ogʻir dardini nihoyat tiliga koʻchirdi. Uning ovozi titrar, ammo unda cheksiz bir samimiyat bor edi:

— Nega ketib qolding, Yn?.. — deb pichirladi u qizning boʻyniga nafasini urib. — Nega meni bir ogʻiz soʻzsiz, yolgʻiz tashlab ketding? Bilmaysan... men seni qanchalik qidirmay, qanchalik devona boʻlmay. Men hali ham seni daxshatli darajada qattiq sevaman, Yn. Eshitayapsanmi? Oʻsha yetti yil ichida bu hislarim zarracha ham oʻzgargani yoʻq, oʻzgarolmaydi ham...

Yn Jinning bu issiq va otashin quchogʻida, uning yurak urishlarini tinglab turarkan, bir lahzaga dunyo toʻxtab qolgandek boʻldi. Uning ham lablari beixtiyor titradi, ichidagi hamma haqiqatni — nega ketishga majbur boʻlganini, uni qanchalik sogʻinganini shartta aytib yuborgisi keldi.
Biroq, ayni oʻsha daqiqada uning dahoona xotirasi yetti yil avvalgi oʻsha eng shafqatsiz, uning butun dunyosini ostin-ustun qilib yuborgan daxshatli kunni beixtiyor miyasida jonlantirib yubordi.
Bugun ham Jinning tungi klublarda har xil qizlar bilan yurishi haqidagi gap-soʻzlar va oʻsha yetti yil avvalgi xiyonat manzarasi Ynning koʻz oldidan xuddi chaqmoqdek oʻtdi.
Bu oʻylar Ynning butun vujudiga daxshatli tok urgandek taʼsir qildi. Uning koʻzlaridagi oʻsha boyagi mayinlik bir soniyada muzlab, oʻrnini cheksiz gʻazab va alam egalladi. U Jinni bor kuchi bilan oʻzidan shiddat bilan itarib yubordi.
Yn nafas-nafasiga toʻymay, ortga chekinarkan, oʻzining oʻsha sovuq va magʻrur "temir xonim" niqobini yuziga qaytarib kiydi. Uning lablari alamdan titrar, ammo ovozi toshdek qattiq chiqdi:

— Haddingdan oshma, Jin! — dedi u nafrat bilan unga tikilib. — Boyagi quchoq... u shunchaki ertalabki oʻsha kichkinagina gʻamxoʻrliging uchun minnatdorchilik, rahmat maʼnosida edi, xolos! Unga ortiqcha maʼno izlama.

Jin kutilmagan zarbadan dovdirab, unga hayron boʻlib qarab qoldi:

— Yn, nimalar deyapsan? Axir hozirgina sen ham meni...

— Sening sevinggami?! — Yn uning gapini keskin boʻlib, achchiq va istehzoli kuldi. — Men sening oʻsha arzon va soxta sevingga aslo, hech qachon ishonmayman! Boshqa qizlarni quchib, oʻpib yuradigan oʻsha "tuygʻularingni" borib oʻshalarga ayt! Men sening navbatdagi ermaging emasman!

U gapini tugatishi bilanoq, Jinning javob berishiga ham imkon bermay, ortiga oʻgirildi va yashin tezligida oʻz xonasi tomon yurib ketdi. Xonasiga kirib, eshikni qarsillatib yopdi va qulfladi. U eshikka suyanib, koʻzlaridan oqayotgan alamli yoshlarni artarkan, Jinning yolgʻonlariga va oʻsha xiyonatkor koʻzlariga boshqa hech qachon ishonmaslikka oʻziga oʻzi qayta-qayta qasam ichardi.

Jin polda mixlangandek, turgan joyida mutloq qotib qolgandi. Butun oshxona goʻyo gʻoʻngʻillab, Ynning boyagi achchiq gaplari uning quloqlari ostida daxshatli aks-sado berib aylanardi.

"Sening oʻsha arzon va soxta sevgingga aslo ishonmayman... Men sening navbatdagi ermaging emasman!"

Bu soʻzlar uning yuragiga xuddi zaharli pichoqdek sanchilgan, nafasini boʻgʻib qoʻygandi. Jinning koʻksida chidab boʻlmas bir ogʻriq turdi. U gangib qolgancha, qancha vaqt oʻsha koʻprik oʻrtasida — oshxona ostonasida turinganini oʻzi ham bilmadi. Vaqt u uchun toʻxtab qolgandek edi.
Jin oʻzini ayni yetti yil oldin ham, hozir ham butunlay aybsiz deb hisoblardi. Chunki bu haqiqat edi! Uning hayotida Yn bor boʻlgan oʻsha baxtli davrlarda, uning qalbida ham, hayotida ham oʻzga biror qizga aslo joy boʻlmagan, boʻlishi ham mumkin emasdi. U Ynga bor vujudi bilan bogʻlangandi. Shunday ekan, Yn nega uni vafosizlikda, kimnidir quchib, oʻpib yurganlikda aybladi? Nega uni "ermak qiluvchi" ga chiqardi? Jin buni mutloq tushunolmas va qizning bu asossiz nafratidan daxshatli darajada azoblanardi.
Uning hayrat va alam aralash gʻazabi asta-sekin vujudini qoplay boshladi. Jin qattiq siqilganidan barmoq boʻgʻimlari oqarib ketguncha qoʻllarini musht qildi.

— Boʻldi, yetar... — deb pichirladi u tishlari orasidan.

U daxshatli bir qatʼiyat bilan oʻz xonasiga kirdi. Ustidagi uy kiyimlarini yechib, oʻzining oʻsha rasmiy, sovuq va dabdabali kostyum-shimini kiydi. Boʻyinbogʻini qisarkan, koʻzguda oʻzining muzlab qolgan nigohlariga boqdi.
Uydan chiqish barobarida, Ynning yopiq eshigi tomon soʻnggi bor nafrat va alam bilan tikildi. Jin qalbida yigʻilib qolgan oʻsha soʻnggi ishonch kukunlarini ham koʻmgancha, oʻziga oʻzi daxshatli qasam ichdi:

"Senga qaytib hech qachon gʻamxoʻrlik qilmayman, Jeon Yn! Sening koʻzlaringda faqat nafrat boʻlsa, mening qarshimda faqat begona bir ayol boʻladi."

U eshikni qattiq yopib, uyni tark etdi va gʻazab bilan oʻz mashinasiga oʻtirib, kompaniya tomon shiddat bilan ketdi.


Xonasida yolgʻiz qolgan Yn koʻz yoshlarini artib, chuqur nafas oldi. U "Harrison" imperiyasining rahbari edi, his-tuygʻularga berilib, zaiflik koʻrsatishga uning aslo haqqi yoʻq edi. U dahoona sovuqqonligini qayta tiklab, yuziga mukammal pardoz berdi, qatʼiyat bilan oʻzining rasmiy kiyimlarini kiydi va kottejni tark etdi.
Kompaniyaga yetib kelganida, u yana oʻsha har bir qadamidan oʻt chaqnaydigan, xodimlari qarshisida haybat toʻkadigan daxshatli va magʻrur prezidentga aylangandi.
Eshikdan kirishi bilanoq, uning ish stoli turli shartnomalar, moliyaviy hisobotlar va yangi loyihalar bilan toʻlib-toshgan edi. Yn odatdagidek butun diqqat-eʼtiborini ishga qaratdi. U aqlining bor kuchi bilan faqat hujjatlarga, aksiyalar qiymatiga va kelgusi uchrashuvlar rejasiga tikildi.
U oʻzini shu qadar ish bilan band qildiki, hatto boshini koʻtarishga ham vaqti qolmadi. Chunki u juda yaxshi bilardi: agar bir soniya boʻlsa ham chalgʻisa, xayoli yana oʻsha oshxonaga, Jinning issiq quchogʻiga va uning alamli koʻzlariga qarab ketishi hech gap emasdi. Shuning uchun u Jin haqida iloji boricha umuman oʻylamaslikka, uni oʻz miyasidan butunlay oʻchirib tashlashga bor kuchi bilan harakat qildi. Ish uning uchun eng mustahkam va daxshatli himoya devoriga aylangandi.

Yn

Kech kirdi. Kottej hovlisiga ketma-ket ikkita hashamatli mashina kelib toʻxtadi. Jin ham, Yn ham kompaniyadagi ogʻir va asabiy ish kunidan soʻng uyga qaytishgandi.
Ular dahlizda yuzma-yuz kelishdi. Bir necha soniya oldin uydagi havoni muzlatib yuboradigan darajada sovuq nigohlar toʻqnashdi. Biroq, bugungi qasamlardan soʻng ikkalasi ham oʻz gʻururini baland tutdi — xuddi bir-birlarini koʻrmagandek, begona insonlardek indamaygina yonlaridan oʻtib, oʻz xonalariga kirib ketishdi. Ertalabki oʻsha otashin quchoqdan asar ham qolmagan, oʻrtaga daxshatli devor tiklangandi.
Yn xonasiga kirib, ustidagi rasmiy liboslarini qulayroq kiyimga almashtirdi. Bir oz tinchlanish va suv ichish maqsadida xonasidan tashqariga chiqqanida, dahlizda Jinni koʻrib beixtiyor toʻxtab qoldi.
Jin uydan chiqish uchun nihoyatda kelishgan, zamonaviy va jozibador kiyinib olgandi. Sochlari tartib bilan taralgan, ustidan qimmatbaho atir hidi ufurib turardi. Uning bu tunda, bunday kiyinishda qayergadir shaylangani ochiq-oydin koʻrinib turardi.
Yn qadamini sekinlashtirib, unga qarab toʻxtadi. Uning koʻzlarida "Kechasi soat oʻnda qayerga yoʻl olding?" degan dahoona va soʻroqdor nigoh qatb qolgandi. U indamasa-da, butun qiyofasi shu savolni berayotgandek edi.
Jin uning bu qarashini sezdi, ammo yuzidagi beparvolik niqobini zarracha ham buzmay, eshik kalitini qoʻlida oʻynatdi. U oʻzini iloji boricha xotirjam va befarq tutishga urinararkan, sovuq ohangda gapirdi:

— Menga bunday qarama, Yn. Men shunchaki doimgidek oʻz hayotimni yashashga ketyapman. Meni kutishingga hojat yoʻq, — dedi-da, ortiga oʻgirilib, ogʻir eshikni ochdi va uyni tark etdi.

U "doimgidek hayot" deganda, Yn bitta narsani — oʻsha tungi klublar, ichkilik va qizlar davrasini tushunishini juda yaxshi bilardi va qizning yuragini ataylab tirnash uchun ham shu soʻzlarni aytgandi.
Eshik qarsillab yopilgach, ulkan kottejda Yn yolgʻiz qoldi. Tashqaridan eshitilgan mashina motorining ovozi asta-sekin uzoqlashib, sukunatga gʻarq boʻldi.
Yn bir necha daqiqa davomida oʻsha yopiq eshik ortidan qarab turdi. Uning koʻzlarida chuqur bir dard va daxshatli bir hafsala pir boʻlishi aks etgandi. U titrayotgan qoʻlini ohista chap koʻksiga — tinmay simillab ogʻriyotgan yuragiga qoʻydi. Tomogʻiga achchiq bir oʻksik tiqildi.

— U hech qachon oʻzgarmaydi... — deb pichirladi u oʻziga oʻzi, ovozi arshga yetadigan darajada gʻamgin edi.

— Yetti yil avval ham boshqasi bilan edi, bugun ham oʻsha hayotiga qaytdi. Sen esa tentakdek, uning ertalabki soxta mehribonchiligiga ishonib oʻtiribsan, Yn...

U oʻz yuragiga barmogʻini bosib, uni yana bir bor Jinning sevgisidan butunlay voz kechishga, qalbidagi oʻsha oʻchmagan olovni oʻz qoʻllari bilan boʻgʻib oʻchirishga majburlay boshladi.

Yn darmonsiz qadamlar bilan oshxonaga kirdi. Atrofga koʻz yugurtirarkan, hamma yoq top-toza, har bir buyum oʻz joyida porlab turganini koʻrdi. Kunduzi ular uyda boʻlmagan paytda, maxsus xizmatchilar kelib, butun uyni sarishta qilib ketishgani koʻrinib turardi. Ammo bu mukammal tozalik oshxonani yanada sovuqroq koʻrsatayotgandek edi.
U muzlatgichning ulkan eshigini ochdi va ichkariga tikilib, yeyishga arzigulik narsa qidira boshladi. Biroq tayyor taomlarning deyarli barchasi koreyscha — oʻta achchiq va ziravorli edi. Yn esa achchiq taomlarni umuman yoqtirmasdi, uning nozik oshqozoni bunday ovqatlarni qabul qila olmasdi.

— uhhh...😮‍💨

Yn ogʻir xoʻrsindi-da, muzlatgich eshigida turgan tuxumlarga koʻzi tushdi.
U bir muddat ikkilanib turdi-da, tavoni olib, gaz pechi ustiga qoʻydi. Bugun u oʻz umrida birinchi marta nimadir pishirmoqchi, aniqrogʻi, oʻz qoʻli bilan nimanidir tayyorlashga urinib koʻrmoqchi edi. Amerikada yashagan yillari u ovqat pishirish haqida qaygʻurib ham oʻtirmagan, doimo tayyor fastfoodlar yoki restoran taomlari bilan kun kechirgandi. Hozir esa tunda uydan turib biror narsa buyurtma qilishga ham xohishi yoʻq edi.

— Nima qiyin joyi bor ekan? Oddiy tuxum-ku, — deb qoʻydi u oʻziga oʻzi dahoona qatʼiyat bilan.

Yn birinchi tuxumni qoʻliga olib, tavo chetiga urdi. Ammo tajribasizligi sababli, qoʻlidagi tuxumni qattiq siqib yubordi va uning yarmi tavo ichiga, qolgan yarmi esa poʻchoqlari bilan yerga tushib ketdi. Harrison imperiyasining rahbari yerda oqib yotgan tuxum sarigʻiga qarab, yuzini daxshatli darajada jirkanib burishtirdi.
U tashqaridan turib oʻzini kuzatgan odam uchun bu manzara qanchalik kulgili va gʻalati koʻrinishini tasavvur ham qilolmasdi. Butun dunyoni boshqaradigan ayol, oshxonada bitta tuxum bilan daxshatli urush olib borayotgan edi. Keyingi tuxumni amallab tavoga soldi, biroq gazning olovini juda baland qilib qoʻygani xayoliga ham kelmadi.
U yerga tushgan tuxumni artib, oʻziga kelguncha, tavodagi tuxumlar allaqachon qorayib, kuyib ketishga ulgurgandi. Oshxonani kuyindi hidi tutdi.

— Voy, yoʻq! — Yn shoshib qolib, tavoni olovdan olmoqchi boʻldi.

Ammo asabiylik va shoshinchlik ortidan u muvozanatni yoʻqotdi-da, bitta barmogʻini behosdan tavodagi qaynoq yogʻga bosib oldi.

— Ox!😣

Ynning barmoq uchi daxshatli darajada kuyib, jon achchigʻida tavoring dastasini qoʻyib yubordi va qoʻlini darhol orqasiga tortdi.
Uning barmogʻi bir soniyada qizarib, achishib oʻt boʻlib yona boshlagandi. Koʻzlariga beixtiyor yosh kelgan Yn achishayotgan barmogʻini mahkam qisgancha, oshxona oʻrtasida chorasiz boʻlib qoldi.

Yn darmonsiz holda gazni oʻchirdi. Tavoda koʻmirga aylanib, qorayib ketgan tuxum qoldiqlariga qarab, ich-ichidan ogʻir xoʻrsindi. Bu manzara unga bir haqiqatni daxshatli darajada uqtirib turardi: ovqat pishirish — umuman u uchun emasdi. U yetti yil avval Jinning bagʻrida erkalik qilib, "Menga ovqat pishirish umuman yoqmaydi, sen menga tayyorlab berasan" degan gaplarini esladi-yu, yuragidagi ogʻriq battar kuchaydi.
U barmogʻining achishishiga chidab, stol ustidagi telefonini qoʻliga oldi. Qorni daxshatli darajada och edi, ammo Seulga kelganiga hali juda oz vaqt boʻlgani sababli, kechasi soat oʻn birdan keyin qayerdan yaxshi, achchiq boʻlmagan taom buyurtma qilishni mutloq bilmasdi. Internetdan qidirishga esa hozirgi asabiy holatida toqati yetmadi.
U telefon kontaktlarini titkilay boshladi. Bir muddat ikkilanib turdi-da, roʻyxatdagi eng ishonchli ism toʻxtadi. Chuqur nafas olib, Yoongiga qoʻngʻiroq qildi.
Telefon bor-yoʻgʻi ikki marta chalingach, u tomondan Yoongining har doimgidek vazmin, bir oz boʻgʻiq ovozi eshitildi:

— Eshitaman, Yn. Tinchlikmi? Bu vaqtda qoʻngʻiroq qilmasiding.

Yn biroz uyalib, ovozini imkon qadar dahoona va xotirjam koʻrsatishga urinib gap boshladi:

— Yoongi... uzr, bu vaqtda bezovta qildim. Shunchaki... Seulda tunda yaxshi, tez tayyor boʻladigan fastfoodlar qayerda boʻlishini bilmaysanmi? Buyurtma bermoqchi edim.

Yoongi qisqa muddatli sukunatdan soʻng, qizning ovozidagi charchoq va chorasizlikni darhol payqadi.

— Fastfood? Tushunmadim, uydagilar ovqat tayyorlashmadimi? Yoki oʻsha... Jin bilan biror yerga qochdimi? — soʻradi u vaziyatni tahlil qilishga urinib.

Yn ortiq yashirolmadi. Charchoq va ochlik uning barcha mudofaa devorlarini yemirib boʻlgandi. U Yoongiga hamma narsani — Jinning uydan chiqib ketganini, muzlatgichda faqat achchiq taomlar borligini va oʻzi tuxum pishirmoqchi boʻlib, hammasini kuydirib, hatto barmogʻini ham yogʻga bosib olganini birin-ketin aytib berdi.
Yoongi qizning gaplarini oxirigacha eshitib ham oʻtirmadi. Uning ovozi birdaniga qatʼiy va shoshilinch tus oldi:

— Hoziroq oʻsha yerga boraman. Uydan chiqmay tur.

— Yoʻq, Yoongi, kelishing shart emas, shunchaki manzilni aytvor... — Yn gapini yakunlashga ulgurmasidan, telefondan faqat qisqa gumburlagan ovoz eshitildi. Yoongi aloqani uzib qoʻygandi.
Yn "Alo? Yoongi?" degancha oʻchib qolgan telefon ekraniga qarab qoldi. Uning kutilmagan bu qatʼiyatidan gangib qolgandi.
U asabiylashgancha sogʻlom qoʻli bilan sochlarini orqaga oʻtkazdi, keyin esa tinimsiz achishib, shishib borayotgan barmogʻiga qaradi. Kuygan joyiga nima qilishni, ogʻriqni qanday qoldirishni bilmay, darmonsiz holda oshxona stuliga choʻkdi. Tashqarida esa tun oʻz hukmini oʻtkazmoqda edi.

Yoongi

By: Park Yoona