April 22

Give me Fake Love 🎭 Part 10

“Bu sevgi emas deb o‘zimni ishontirdim… chunki bu juda haqiqiy edi.”

.

.

.

1 oydan sóng...

Ishonmasligingiz mumkun...
Lekin,bir oy avval men hayotim bunchalar ózgarib ketishini hatto tasavvur ham qilmagandim 🙈
Men necha yildan buyon sevgan inson ham meni sevib qolishi....
Bu judayam kuchli hayajonga soladigan tuygu...
Ósha kundan keyin bizning munosabatlarimiz ancha chuqurlashtirdi
Garchi turmush qurgan bólsakda...
Biz hammasini boshidan boshladik...
Ajoyib sevishganlar va shu bilan birgalikda chinakam oilaga aylandik...
Men u bilan juda-juda baxtliman.....
Manduchamga keladigan bólsak,u ham juda baxtli....!
Namjoon uni juda qattiq sevadi...
U ham uni sevib qolgan....
Ikkalasini janjali ham,yarashishi ham juda tez....
Ammo,Namjoon Monaga ancha yaxshi tasir ótkaza oldi nazarimda....
Gohida Monaning harakatlaridan uni sevadimi yoki yóq deb óylab qolaman....
Monani yagona otasi bor va u otasining yagona malikasi,erkatoyi
Xuddi,menga óxshab....
Lekin,shunga qaramay u baribir ham sevgiga ishonmasdi
Men aynan shu narsadan qórqaman...
U doimo,birinchi óringa ózini qóyadi
Óylab ham ótirmay voz kecha oladi
Sórasam biron narsa demaydi
Balki,onasi tashlab ketgani bois shunday bólib qolgandur...
U bilan bolaligimizdan dugona bólsakda...
U sirini hecham fosh qiladiganlardan emas....
U hamma narsani ichida saqlaydi
Hatto,menga ham bu sir deya bir narsa aytganini eslay olmayman...
U shunday yopiq inson
Lekin,men uni qattiq yaxshi kóraman
U esa meni ...
Men havotir olayotgan narsa esa...
U chin sevgini his qilsa ham,osonlikcha Namjoondan voz kechib ketmasmikin....

Namra otelyesida ruchkani óynatgancha óylanib ótirardi
Bir vaqt eshik ochilib,Mona jilmaygancha kirib keldi

Mona: salom Ponchigoy😄

Namra: ooo Manducham😍🥹

Mona: ózim yóqlamasam,yóqlay demaysan aaaa😒

Namra: voy qóysangchi...
Hecham unaqamas
Ózi,endi sen haqingda óylab turgandim

Mona: ha mayli ishondim...

Deya jilmaygancha stulga joylashdi
Sóng kotiba ikkisiga qahva olib kirdi

Mona: xósh,ering bilan munosabatlaring qanday?!

Namra: alo darajada😁
Ha aytgancha oshiq komissar nimalar qilyabdi

Mona: ishidadur...

Deya beparvo javob qaytargan qiz,qahvadan hópladi
Namra esa qoshlarini chimirdi

Namra: sevgiling nima qilayotgani,qayerdaligi seni qiziqtirmaydimi😲🤨

Mona: mmm~~~

Endi gapirmoqchi bólgan payt,telefoni jiringladi
Mona ekranga qaradiyu,Namraga bir soniya deya javob berdi

Mona: eshitaman Tae~~~

Tae: annyong Mandu😄

Mona: hoy ayiq😄🤭
Bunaqamasdaaa endi

Tae: qayerdasan,ishxonangga kelgandim

Mona: tinchlikmi?!

Tae: senda zarur gapim bor edi

Mona: aa,men Namrani yoniga kelgandim

Tae: unda 15 daqiqalarda oldingga boraman
Chiqa olasanmi?!

Mona: hmm Mayli
Shoshmasdan kelaver....!
Yólda ehtiyot ból!

Tae: xóp,unda kórishguncha...

Aloqa uzildi
Mona jilmaygancha telefonni stol ustiga qóyarkan,Namra unga yeb qóygudek qarab ótirgandi

Mona: nimadur bóldimi Namra🧐

Namra: aslida buni sendan sórash kerak...
Kim U Tae 😡

Mona: dóstim Taehyung

Namra: seni yigiting bor Mona....!!!
U nima deb óylaydi?!

Mona: buni ortiqcha yomon joyi yóq Namra...
Ortiqcha vahima qilyabsan...!

Namra: oldin yigitlar bilan kelisholmasdingkuuu
Birdaniga ikkitasi

Mona: tushunmadim,bu bilan nimaga sha'ma qilyabsan 😤

Namra: aytmoqchimanki,sen oxirgi vaqtlarda juda ózgarib ketyabsan...!!!

Namra

Mona: nima men haqingdagi fikrlar ózgardimi Namra😶

Namra: unday emas,shunchaki havotirdaman

Mona: aynan nimadan?!

Namra: ahir sevgiling bor,u bu haqida bilib qolsa,yana janjallashib qolasizlarku?!

Mona: sen aytmasang u bilmaydi
Xayr!
Bugunga yetadi menimcha
Yetarlicha asablarim qózidi
Óz dugonamdan bunday sózlarni eshitaman deb óylamagandim

Namra: uff Mona,meni notogdi tushunding

Mona: aqalli sen meni tushunishing kerak Namra...
Har qanday holatimda ham...

Namra: bilaman 😐
Meni kechir,men....

Mona: kel boshqa safar gaplashamiz
Qalbingga ozor berishni istamayman

Namra: Mona😓

Mona: Namra,shunchaki iltimos...!
Har qanday holatda,hatto xato qilsam ham,men tarafda ból
Chunki,sendan boshqa yaqinim yóq
Sen qarshimga chiqsang,men qulayman Dugonajon

Namra yiglab yubordi
Mona ham allaqachon kózlari yoshlangandi
Ikkalasi tezda bir birini quchib olishdi va aslo bunday tortishmaslikga ont ichishdi

Ular shunday turisharkan,Taehyung yana qongiroq qildi
Mona Namra bilan xaylashib tashqariga chiqdi
Namra esa stuliga ótirgancha boshini stolga qóydi

Namrapov: sal qolsa eng yaqin dugonamni xafa qilib qóyishim mumkun edi...
Ufff,negayam unaqa dedim🤦‍♀
Aytgancha, Taehyung dedimi,ha uni eslayman,tóyimizdan oldin uchrashgan bola...
Monani mashinasida olib kelgan...
Nahotki,u ham Monaga befarq emas...
Yana,Mona u bilan gaplashganida yuzidan tabassumi arimadiya...
Yogeee,Mona birinchi bor yigit dóst orttirdi
Aksincha uni qóllashim kerakmasmi?!
Baribir,Monaning yigiti bor ahir....


Mona tashqariga chiqganida mashinaga suyangancha uni kutayotgan yigitga kózi tushdi

Tae: hayrli kun😁

Taehyung

Mona: senga ham hayrli kun

Taehyung hurmat va ehtirom ila mashinaning oldi eshigini ochdi
Mona esa malikalardek tazim qilgancha órindiqga joylashdi
Taehyung eshikni yopib,ózi ham tezda joyiga ótirdi va mashinani ót oldirdi

Mona: xósh qayerga ketyabmiz

Tae: doimiy uchrashuv markazimizga

Mona: yani,qahvaxonagami😄😆

Tae: albattadaaaa

Ikkisining kulgu ovozlari mashina ichini tóldirdi va yengillikni aks ettirdi


Namjoon doskada ildirilgan har bir nuqtaga sinchkovlik bilan qarab turardi
Ichida ming xil savol....

Namjoon: qanaqasiga bunday bólishi mumkun🧐
Hujjatlarni qanday qilib bunchalar mukammal darajada soxtalashtiryabdi
Kimdur yordam beryabdi
Boshida kim turgan bólsa ham,qóli ancha uzun....

Officer: janob,hechqanday molni ushlay olmayabmiz
Ichidagi odamimizni ham yóq qilishdi

Namjoon: mafia emas,siyosatchilar orasidan qidirishimiz kerak
Sen kimni nomzod qilasan?

Officer: siyosat bilan óynashib bólarkanmi janob
Ahir,ular bizni tepamizdan qarashadiku....

Namjoon: xato óylayabsan...!!!
Ósha boshida turgan jinoyatchini topishimiz kerak
Unga yordam berayotganlarni ham....

Namjoon

Qahvaxona
Mona finjonni olgancha asta hópladi
Sóng,joyiga qóyib Taehyunga qaradi

Mona: xósh,qulogim senda😄

Tae: Mandu xonim....

Mona: janob Ayiq....

Tae: 😆😆😆
Rostini aytsam,men bugun kechqurun uchib ketyabman

Mona: qayerga😳

Tae: Los Angelesga
Ish bilan bogliq!

Mona: tezda qaytasanmi?

Tae: menimcha yóq,2 oylarda qaytib qolsam kerak

Mona: ancha muddat ekankuuu....

Deya ensa qotirdi
Taehyung esa nigohini biroz jiddiylashtirdi

Tae: sen bilan aslida jiddiy masalada gaplashmoqchi edim

Mona: xósh?!

Tae: janob Leening kompaniyamni tinch qóyishida seni qóling bor shundaymi🤨

Mona: ha,yashirib nima qildim!

Tae: demakki,menga yordam bergansan
Bu juda katta yordam Mona...

Mona: biz dóstmiz
Shunday emasmi?
Keyin,sen zararga kirsang,men ham zararga kirardim

Tae: ha haqsan...!
Lekin,otangga sózing ótgani qoyil qoldirdi odamni

Mona: bu orada tuzilgan kelishuv deb hisobla

Tae: ular Namjoonni yóldan olishmoqchi shundaymi?

Mona kózlarini kattalashtirgancha Taega qaradi

Tae: men sen óylaganchalik ahmoq emasman😄

Mona: qoyil qolmasdan ilojim yóq senga...

Tae: hadaaa😆
Shunday ekan,Mona biz doimo bir kemadamiz
Agar yordam kerak bólsa bemalol...

Mona: albatta bajonidil...
Endi kim bilan sirlashaman hayronman🥲

Tae: hoy qiz
Men umrbodga ketmayabman
Keyin,ustiga ustak Telefon degan narsalar bor

Mona: bu boshqa gap😁

Mona

Taehyung Mona bilan xayrlashib aeroportga ketti
Mona esa ishiga qaytti
Ishga kelganida óz kabinetiga kórishni istamaydigan yuz egasiga duch keldi

Mona: siz bu yerda nima qilyabsiz😒


Namra hamon hayollar ichida ótirar...
Bir tarafda Mona haqida óylasa,bir tarafda uning Namjoon bilan munosabati ...
U chuqur xórsingancha shunchaki hechnarsa chizmasdan qalamni ushlagancha oq qogozga termulib ótirgandi
Birdaniga eshik ochildiyu,ichkariga quyosh kabi porlagancha nurli tabassum bilan Jhope kirib keldi

Jhope

Jhope: mening gózal rafiqam shu yerdami😄🤭

Namra: oppaaa😍😍😍

Degancha baqirib yuborgan qiz,órnidan qanday sapchib turganini ham bilmay qoldi
Tezda yugurgancha ózini erining quchogiga otti

Namra: sizni judayam judayam sogindim🥹

Jhope: men ham qalbim bahori🫠
Bu gullar mening Bahorimga😄

Deya gullarni uzatti
Namra jilmaygancha tezda gullarni oldi va xuddi yosh bolalardek gulni quchgancha aylandi
Jhope esa Namraning bu harakatlarini muhabbatga tóla nigohlar ila kuzatayotgandi

Namra: sizdek erim borligi mening eng katta baxtim bilsangiz🥲🥹🫠

Jhope: mening esa sendek rafiqam borligi katta omadim😁
Xósh, tushlik qildingmi ?!

Namra: yóq hali

Jhope: unda kettik

Namra: qayerga boramiz😍

Jhope: hmm,sen yaxshi kóradigan fransuz taomlarini yeganida albatta....

Namra: rostanmi,unda tezroq boraylik😁😍

Jhope kulgancha Namrani qóllaridan ushladi
Ular birgalikda Fransuz restoraniga yól olishdi va birgalikda tushlik qilishdi


Sohyun:Qizalogim,bu qanday odobsizlik bóldi😏

Mona: sizga ham hayrli kun

Deya otasining qarama qarshi tarafida ótirgan erkakga yuzlandi
Erkak jilmaygancha órnidan turdi

Erkak: Kim Hesung

Mona qoshlarini uchirgancha lab chetida jilmaydi

Mona: demak ósha ógillarini ortidan ish qilayotgan yoqimsiz otalardan biri siz ekansizda...🙄😒

Sohyun tezda órnidan turdi hamki,lekin Hesung uni ushlab qoldi

Hesung: hammasi joyida dóstim ...
Mona qizim erkatoying bólsa...
Hechqisi yóq

Mona: menda deyarli vaqt yóq
Aynan nima uchun keldingiz ózi
Degancha stolni yonidan aylanib ótgancha óz joyini egalladi

Janob Kim va Janob Lee asabiylashgancha joylariga ótirdi

Hesung: maqsadga óta qolamiz
1 haftaga Namjoonni boshqa shaharga olib ketishing zarur

U sózlarini yakunlashi bilan xonani Monaning masxaramuz kulgusi egalladi

Mona: nima Namjoon kózingizga 2 yoshli bola bólib kórinyabdimi janob Kim😂😂😂

Sohyun: Mona ózingni yigishtir😡🤬

Mona tezda jiddiylashdi
Bir soniyada yuzidagi tabassum yóqoldiyu,kózlari tundlashdi

Mona: sabab?!

Hesung: oldimizdagi haftada MEKSIKAdan katta miqdorda mol keladi
Namjoon yóq bólib turgani yaxshi

Mona: men nima bahona topa olaman
1 hafta u bilan yashamasam kerak har xolda....😒

Sohyun: dugonang Namrani eri Namjoonni yaqin dósti deb eshitdim
Senga sayohat uchun 4 ta chipta beramiz
Óshani olasan va ularni kóndirib,birga Chejuga borasizlar va mazza qilib dam olib kelasizlar...

Mona: men sizlar xohlagan vaqtingizda xohlaganingizcha foydalanadigan qógirchoq emasman😤

Hesung: bu uchun senga foydaning 20% ini bersakchi?!

Mona yengil jilmaydi va qóllarini birlashtirdi

Mona: mayli,foyda bor joyda doimo Mona bor😏
Lekin,bir narsani unutmang
Agarda orqamdan qandaydur ish qilayotganingizni sezib qolsam...
Ózim sizlarni tutib beraman
Bir kemada ekanligimizni aslo unutmaysiz degan umiddaman Lee Sohyun

Deya otasiga qayrildi

Sohyun: Mona bunisi ortiqcha
Nima bólgan taqdirda ham,sen meni qizimsan
Senga nimadur bólsa ham,nimadur qilsang ham
Eng avvalo,mening nomimga doq tushadi
Buyogidan havotir olma
Demak rozi ekansan
Ósha aytgan ishimga hujjatlarni ham,doimgidek hechqanday xatolarsiz tógirla!!!

Deya Lee Sohyun Kim Hesung bilan xonani tark etti
Mona esa shunchaki ular chiqib ketgan eshikga tikilib qoldi

Yoqimli mutoala My Pearl's ❤️🫂

By: Park Yoona ✍