April 14

Give me Fake Love 🎭 Part 6

“Eng xavfli yolg‘on — yurak ishongan yolg‘ondir.”

Namjoon xursand holda uyiga kirdi
Ammo,uy ichidagi bosim uning kayfiyatini bir soniyada ózgartirib yubordi

Dad: hech qayerga ketmaysan dedim senga

Tae: buni siz hal qilmaysiz😡

Mom: qóying,ketsa ketsin😒

Dad: sen ogzingni yop🤬 to sen meni óglim ekansan,shu uyda yashashga majbursan

Tae: unda shu ondan boshlab sizni óglingiz emasman
Xayr

Dad: Taehyung,tóxta dedim senga

Taehyung asabiylashgancha chamadonini olib,eshik tomon yurib ketayotgandi

Dad: mayli,roziman
Faqat,óglim ekanliging esingdan chiqmasin

Tae: qaniydi óglingiz bólmasam edi...

Degancha Namjoonga kóz qiri bilan qaragancha uni yelkasidan turtib ótib ketti
Janob Kim esa yuragini ushlagancha divanga ótirib qoldi

Mom: ha ósha óynashingizdan orttirgan bolangiz juda qadrli aaa😤😒

Dad: asabimga tegmasdan yóqol😡

Kim xonim zarda qilgancha yuqoriga kótarilib ketti
Namjoon,otasini yoniga borib unga kerakli dorilarini berdi

Dad: unga otalik qilishga harakat qilyabman
Ammo,u meni tushunish tugul,eshitishni ham xohlamaydi

Namjoon: dada,u bilan ózim gaplashaman

Dad: nimani gaplashasan...?!
U onasining ólimida doimo meni ayblaydi va u haq....🥺

Namjoon: dada,bóldi
Mana bu dorilarni ichingda,xonangizga kirib dam oling
Taehyung 25 yoshdagi óz biznesiga ega navqiron yigit
Undan havotir olmang!!!

Janob Kim Hesung dorilarni ichib,yuqoriga chiqdi
Namjoon ham óz xonasiga chiqdi

Namjoonpov: oilaviy muammolar hechqachon tóxtamasa kerak....
Taehyungni ham tushunaman...
Ahir,u bu yerga kelganida hali kichkina edi va onasining ólimiga guvoh bólgan...
U doimo shunday sovuqqon va deyarli biz bilan gaplashmaydi
Dadamga bóysunmaydi...
Onasi unga ancha meros qoldirganligi sabab óz biznesini ochdi
Kun kelib,u bilan munosabatlarimiz yaxshilanadi deb umid qilaman🥺

Flashback

«9 yil avval»

Namjoon endigina 18 yoshni qarshi olgandi
U xonasida dars qilib ótirganida pastdan shovqin ovozlarini eshitdi
Pastga tushganida Kim xonim eriga ótagaylangancha urishayotgandi
Janob Kimning yonida esa 16 yoshdagi Kim Taehyung turardi
U juda gamgin va beparvo holda turardi

Mom: men nima deyabman sizga
Kóchadan orttirgan bu bolangiz bu uyda yashamaydi😡

Dad: ovozingni óchir🤬
U meni óglim va uni kóchaga tashlab qóymayman

Mom: bizni usiz ham óglimiz bor

Dad: ikkinchisi ortiqchalik qilmaydi

Kim xonim jahl bilan xonasiga ketti
Janob Kim Namjoonni kórib yoniga chaqirdi

Hesung: óglim tanish
Bu seni ukang Taehyung
Taehyung,bu sening akang Namjoon

Namjoon: tanishganimdan xursandman Taehyung 😁

Namjoon yolgiz katta bólganligi sabab,doimo ukasi yoki singlisi bólishini xohlardi

Taehyung indamadi
Sóng, Namjoon unga xonasini kórsatti va unga kóp narsada yordam berdi
Lekin,Taehyung u bilan deyarli gaplashmasdi

Comeback

Namjoon

Namra Jhope kelishini kutgancha pasta u tomonda,bu tomonga yurardi
Nihoyat,eshik ochilib,Jhope kirib keldi
Namra jilmaygancha uni qarshi oldi
Va tezda Jhopeni quchdi
Jhope uni Nmara quchishini hatto,hayoliga ham keltirmagandi
Namra biroz uni quchib turdiyu,ammo,javoban quchmagano uchun shunchaki uni quchogidan chiqib,biroz uzoqlashdi

Namra: xush kelibsiz,charchamadingizmi🥹

Jhope: ha,ha rahmat
Ózing zerikmadingmi

Namra: biroz zerikdim
Ovqat hammasi tayyor....
Tezroq kiyimib chiqsangiz birga ovqatlanamiz

Degancha jilmayib oshxona tomonga yól oldi
Jhope esa nimadur demoqchi bóldiyu,ammo gapirolmay Namrani ortidan qarab qoldi va yuqoriga chiqib,kiyimlarini alishtirib tushdi
Namra dasturxonga narsalarni qóyayotgandi

Jhope: sen nega qilyabsan,ahir xizmatkorlar borku

Namra: ularga 1 soat oldin javob berganman
Ovqatni esa ózim qildim

Jhope: haligi, Namra bunday qilishing ....

Namra: bóling,tezroq ótiring
Ovqat sovib qoladi

Jhope noiloj óz joyiga ótirdi
Namra Jhopeni idishiga ovqatlarni soldi
Sóng,ózi ham joyiga ótirdi

Namra: yoqimli ishtaha

Jhope indamadi va tamaddi qilishni boshladi
U birinchi qoshiqni ogziga solishi bilan kózlari kattalashdi

Jhope: buni rostan ham ózing qildingmi😳

Namra: ha,nima yoqmadimi?!

Jhope: aa yóq,shunchaki mazali ekan....

Namra: ooo yoqganidan xursandman

Deya ikkalasi mazza qilib ovqatlana boshlashdi
Jhope ora orada Namraga kóz tashlar ekan,lab chetida jilmayib qóyardi
Namra jilmaygancha ovqatini mazza qilib yeyotgandi

Namra

Namra tezda idishlarni yigishtirib oldi
Yuvish uchun,yenglarini chimirayotgan bir paytda Jhope oshxonaga kirdiyu,idishlarni yuva boshladi
Namra esa unga hayronlik bilan qarab qolgandi

Jhope: shunchaki qarab turaverasanmi?!

Namra: aaa,yóq albattaaaaa

Deya Jhopega yordam bera boshladi

Namra: siz qilishingiz shart emas
Ózim yuvib qóyaman

Jhope: yóq,sen usiz ham ancha charchagansan

Namra: yóq,men charchamadim....

Jhope hech narsa demay idishlarni yuvishda davom etti
Namra esa unga erigancha qarab turardi

Jhope🤭😁

Ular birgalikda oshxonani chinnidek qilib qóyishdi
Sóng,charchagancha yuqoriga kótarilib,xonasiga kirishdi

Namra uyalgancha lablarini tishladi va ohista yotoq chetiga ótirdi
Jhope esa yuvinish xonasiga kirib ketti
Namra asabiy lablarini burishtirdi va Jhopening izidan yuvinish xonasiga kirdi
Kirganida Jhope tishini yuvayotgandi
U nima gap degandek hayrat kózlari bilan Namraga qaradi
Namra esa nima deyish haqida óylab,shunchaki jinnilarcha tabassum qildi

Namra: hechnima,shunchaki ózim😁😄

Jhope

Namra indamay Jhopeni yoniga bordida,u ham qóshilib tishini yuva boshladi
Ammo,qaytib Jhopega qaray olmadi
Yani,bunga ózida kuch topa olmadi
Jhope esa uning xaddi harakatlarini kórib,lab chetida jilmayib qóydi
Namra tezda yuvib bóldiyu,yuvinish xonasidan chiqdi
Ammo,chiqmasidan avval orqasiga qaradi va mayin jilmaydi

Namra: hayrli tun erginam....
Men juda charchadim....

U qóli bilan yurakcha kórsatgancha orqasiga ógirildiyu,tezda eshikni yopdi va yotoqga yugurib borgancha ózini tashladi va kórpa bilan hatto yuzini ham yopib oldi

Namra: ahmoqsan Namra,ahmoq😫
Nimalar qildim ózi,nega bunday qildim....
Nega endi Erginam😩
Yana yurakcha kórsatganingga ólaymi....
Endi,uni yuziga qanday qarayman😫😫😫

Namra - bizni shóx qahramonimiz😁

Jhope esa qanchadur vaqt Namra chiqib ketgan eshikga qarab tikilib qoldi

Jhope: u hozirgina njma dedi...
Erginam dedimi😅
Yurakchasichi😄
Ohhh,yoqimtoy qizaloq....
Nahotki,u meni yoqtirsa....
Yogeee,nimalar deyabman...
U meni yoqtirishi mumkunmas....
Shunchaki,uning tabiati juda shóx va erkin....
Ha,ha xuddi shunday


Yangi kun

Mona tayyorlanib,ishga ketishga shaylanardi
Oynadagi aksiga qaragancha labiga lab bóyogini surarkan
Birdaniga kechagi bósa yodiga tushdi va shunchaki aksiga tikilgancha hayolga berilib qoldi

Monapov: bu qanday his ózi....
Uning lablari....
Belimdan ushlashi.....
Quchishi....
Nega menga yoqdi....
Nega unga qarshilik qilmadim....
Ahir,u mening birinchi bósamni ógirladikuuu
Ufff,lanati.....
Endi uni yuziga qanday qarayman....
Yana uni oldida yiglaganimga ólaymi....
Nahotki,menda unga nisbatan hislar paydo bólgan bólsa...
Tóxta, STOP 😲
Yóq,yóq,unday bólishi mumkun emas....
U Nishon,shunchaki nishon....
Uni óyindan chiqarishim kerak...
Ha,ha xuddi shunday...
Demakki,kechagi ish bu uchun asd qotadi
Namraga aytish~~~~
Ha,bu aniq eng katta xato bóladi...
Qiziq,u nima qilayotgan ekan aaaa
Eri bilan bólib,dugonasini eslay ham demaydi....
Ahhh,endi u hozir boshqa ishlar bilan band bólsa😈

Degancha iljayib,lab bóyogini surtti va pastga tushdi
Pastda doimgidek sovuq aura ufirib turardi
Mona óz joyiga ótirdi
Otasi bilan nonushta qilgach,órnidan turdi va sumkasini qóliga oldi

Sohyun: ishga ketyabsanmi?

Mona: boshqa qayergadur borishim kerakmidi?

Sohyun: shu zahar tiling bir kun boshingga yetadi sen qizni

Mona: xuddi sizga óxshab😒

Sohyun: Mona😡

Mona: aytadigan gapingiz bor chogi

Sohyun: men otang ekanligimni unutma qiz🤬

Mona: avval otalik qiling...

Sohyun tezda órnidan turgancha Monaning yuziga tarsaki tushirdi
Mona esa qizargan va zarba sabab achishayotgan yuzini ushlab,bezraygancha yana dadasiga qaradi

Sohyun: lanati B*tch🤬
Yóqol kózimdan😡

Mona: usiz ham ketayotgandim...🤬

Sohyun: kechagi aytgan ishimni hal qil va chegara hujjatlarini tógirla...

Mona: .....

Mona jahl bilan silkangancha uydan chiqib ketti
Tashqari eshikni shunchalar qattiq yopdiki,ovoz butun uyni qamrab oldi
Sohyun ham kiyinib chiqarkan,eshik dars etganini,qulf ham buzilganligini kórdi
Jahl bilan eshikni tepib ochdi va xizmatkorlarga uni tuzatishini taminlab,ishga ketti

Mona

Mona yangi mashina olgandi
Unga ótirgancha gazni qattiq bosib,daqiqalar ichida ishiga yetib keldi
Asabiy ekanligi yuzidan malum
Ichkariga kirishi bilan hamma unga titragancha tazim qildi
Mona esa hechkimga etibor ham bermay,tógri xonasiga bordi
Xonasiga kirmasdan avval Kotibasiga qahr bilan qaradi

Mona: xonamga hechkim kirmasin,hatto pashsha uchib kirsa ham,boshing bilan javob berasan😡

Xonasiga kirgach,kreslosiga ótirib,boshini ortga tashladi va kózlarini yumdi
Shu zayilda tinchlanishga harakat qilardi

Ammo,eshikning ochilishi uning battar gazabini qózitti
Óylab ham ótirmasdan,hatto bir marta qaramasdan yonida turgan chiroyli bejirim guldonni oldida eshik tomonga otti

Mona: men hechkim kirmasin degandim senga🤬😡😤

Namjoon endigina eshikdan kirganida unga qarata otilgan guldondan zórga chetga ótib qoldi

Namjoon,qólidagi gul bilan yuzini yashirgancha siniq tegmasin deyayotgan bir paytda Mona kózlarini ochib ortga ógirildi va gul kótarib turgan Namjoonni kórib,qoshlari chimirildi

Namjoon

Namjoon: yoo xudoyim,Mona....😳
Ótakamni yordingku ertalabdan....

Mona: bu yerda nima qilyabsan😡

Namjoon: men haligi senga gul olib kelgandim 😁

Mona: ket,hozir hech narsaga toqat qiladigan ahvolda emasman😒

Degancha yana kreslosiga joylashdi va kózlarini yumdi
Chuqur meditaciya ishlarini bajararkan
Namjoon,uni shunchaki tashlab ketolmasdi
Yoniga bordiyu,stolga suyanib ótirdi va gulni stol ustiga qóydi
Sóng,Monaning kreslosini ikki tarafidan ushlagancha óziga tortti
Mona tezda kózini ochdi va allaqachon u Namjoonning changalida edi

Mona: nimalar qilyabsan😡

Namjoon: tshsh🤫

Degancha Monaning labi ustiga barmogini bosdi va biroz silab turdi
Mona esa tushunarsiz holda unga qarab turgandi

Namjoon: bugun juda asabiysan

Mona: ishing bólmasin

Namjoon: No,No
Unaqasi ketmaydi

Deya Monaning yuzini kaftlari oradiga olib,Mona tomonga egildi va ular orasida smlar oraligida masofa qoldi

Mona: nima qilmoqchi bólyabsan?!

Namjoon: seni ozod etmoqchiman

Mona: nima🤨

Deya endi gapirayotgan paytida,labi ustida qaynoq lab taftini his etti
Mona yana unga yengildi va kózlarini yumib,ikkalasi bir biridan chuqur bósa ola boshladi

Ular ópishishar ekan,eshik taqilladi
Mona Namjoonning kóksiga kichkina mushtcha tushirdi
Bóldi degandek
Namjoon zórga Monadan uzoqlashdi
Mona oynaga qarab,labini tógirladi va Namjoonga qaragan edi hamki,birdaniga kulib yubordi
Namjoon hayron edi
Ammo,Monaning shirin tabassumi uni óziga rom etgandi
U ham Monaga qóshilgancha kula boshladi
Mona kulgancha Namjoonning yuzini ushladi

Mona: lablaringda lab bóyogi izi qolib ketibdi😆

Namjoon: unda endi kun bóyo shunday yuraman

Mona: hoy,bu nimasi ahir...
Odamlar nima deb óylaydi

Namjoon: sevgilisi yaxshi ópar ekan deydida....😅

Mona: boreeee😆

Eshik yana taqilladi

Kotiba: xonim,janob Lee sizga hujjat yuboribdi
Aytishicha hoziroq tógirlashingiz shart ekan

Monaning tabassumi bir onda yóqoldi va mayli degancha baqirdi

Mona: birozdan keyin xonamga olib kirarsan
Hozir bandman

Deya gapirgancha boshini tepaga qildi
Ammo,shu onda Namjoonninh kulgu ovozi qulogiga chalindi

Mona: nega kulyabsan🤨

Namjoon: shunchaki ózim...
Nima bilan bandligingga qiziqdim

Mona yana kulib yubordi

Mona: rostan ham meni sevasanmi

U órnidan turgancha Namjoonninh bóyinbogidan ushlab óziga tortti

Namjoon: butun borligim bilan sevaman seni....!!!

U shunday dedida Monaning belidan ushlab óziga tortti
Ikkisi bir biriga tikilib qolishdi
Uzoq va chuqur.....

Mona: men ayni damda sevgini his qilmoqchiman....
Xósh,bunga qodirmisan....
Va aslo,menga xiyonat qilmaysanmi....?!

Namjoon: faqatgina sen bólsang kifoya
Sen bor ekansan,boshqalar hatto meni qiziqtirmaydi ham...

Mona: unda menga sevgini his ettir...!!!

Namjoon: har kuningda,har lahzangda his etasan
Menga ishon

Deya Monaning lablariga yopisha ketti
Mona ham unga javob qaytarardi

Mona

Yoqimli mutoala My Pearl's ❤️

Author: Park Yoona 💜