July 2

Sans Amour 🪼 Season 2 Episode 8

Sarang ichkarida albomni quchgancha oʻksib-oʻksib yigʻlayotgan, oʻsha bitmas-tuganmas sevgisini tiliga koʻchirayotgan bir paytda, Junhoo uning xonasi eshigi oldiga kelib toʻxtagan edi. Bolakay onasiga dori berish yoki shunchaki uni bagʻriga bosish uchun kelgandi, ammo eshik ortidan eshitilgan yigʻi ovozi va onasining: *"Seni hali-hanuz, butun borligʻim bilan sevaman, Suga..."* degan boʻgʻiq shivirlashi uning mitti yuragini butunlay larzaga keltirdi.
Junhoning koʻzlari katta-katta ochilib, vujudi muzlab qoldi. U onasining daxshatli nafrat ortida aslida ulkan bir sevgi va sogʻinch azobini yashirib kelayotganini, oʻsha "janob Suga" sababli hali ham yuragi qonayotganini bolalarcha intuitsiyasi bilan tushunib yetdi. Uning yuragi oʻzgacha boʻlib ketdi. Bolakay onasini yana bunday azobda koʻrishni istamasdi.
U sekin qadamlar bilan oʻz xonasiga kirdi-da, eshikni yopdi. Bir necha soniya oʻylanib turgach, onasining eng ishonchli yordamchisi Jian Jaoning yoniga borib, undan yashirincha Min Suganing shaxsiy telefon raqamini oldi. Xonasiga qaytib, raqamlarni terdi.
Telefon uzoq kutishlarsiz, ikkinchi gudokdayoq koʻtarildi:
— Eshityapman, — dedi Suganing horgʻin, ammo daxshatli bosiq ovozi.
— Janob Suga, bu men — Junhoo, — dedi bolakay qatʼiy qiyofada. — Ertaga soat ikkida, markaziy park yaqinidagi mitti kafeda koʻrishib olsak boʻladimi? Siz bilan gaplashib oladigan muhim gapim bor.
Suga oʻgʻlining ovozini eshitib, goʻyo unga qayta jon kirgandek boʻldi. U hayrat va quvonchini yashira olmay:
— Albatta... Albatta, oʻgʻlim. Men aytgan vaqtingda oʻsha yerda boʻlaman, — deb javob berdi.
Ertasi kuni. Markaziy park yaqinidagi shinam, mitti kafe.
Kafening burchakdagi stolida Min Suga ancha vaqt oldin kelib, hayajon bilan oʻgʻlini kutib oʻtirardi. Eshik qoʻngʻirogʻi jiringlab, ichkariga mitti qora kurtkasida, oʻtkir nigohlarini tikkancha Junhoo kirib keldi. U Suganing qarshisidagi stulga kattalardek vazminlik bilan oʻtirdi.
Ikkalasi buyurtma berishgach, Junhoo bir muddat otasining yuziga jiddiy tikilib turdi-da, birinchi savolini berdi:
— Nega hali ham ketmadingiz? Sizning biletingiz bor edi-ku.
Suga oʻgʻlining koʻzlariga cheksiz bir mehr bilan tikildi va ohista jilmaydi:
— Men oʻz oilamni sakkiz yildan keyin endi topdim, Junhoo. Mening oilam, mening hayotim qay yerda boʻlsa, men ham endi oʻsha yerdaman. Sizlarni tashlab hech qayerga ketmayman.
Junhoo unga bir nafas jim qarab turdi. U otasining soʻzlaridagi qatʼiyatni tekshirmoqchi boʻlgandek, daxshatli darajada kutilmagan va jiddiy savolni oʻrtaga tashladi:
— Oyimni haligacha sevasizmi? Yoki hayotingizda, Seuldagi qasringizda boshqa ayollar bormi? Menga toʻgʻrisini ayting.
Suga bu savoldan biroz hayron qoldi, uning mitti oʻgʻli onasining shaʼnini daxshatli tarzda himoya qilayotgan edi. U oʻzini darhol qoʻlga olib, chuqur va gʻamgin jilmaygancha gap boshladi:
— Junhoo... Onang Sarangni ilk bor uchratganimda, unda dunyodagi umuman boshqa qizlarga oʻxshamaydigan daxshatli bir hislatni koʻrganman. Oʻshanda Seul koʻchalarining birida menga xiyonat qilgan dushmanimni oʻldirayotgan edim. Onang esa oʻsha yerda tasodifan oʻtib ketayotgan ekan va u kutilmaganda qotillikka guvoh boʻlib qoldi. Men shafqatsiz mafiya edim, shu sababli odamlarimga uni ham joyida oʻldirishlarini buyurdim. Ammo... Sarang oʻshanda bor-yoʻgʻi 20 yoshli qiz boʻlishiga qaramay, mening eng kuchli tansoqchilarimni birma-bir yer bilan bitta qildi. Keyin esa menga daxshatli muzli nigohini tikib, *"Mening bu ishlar bilan ishim yoʻq"* degancha, magʻrur ketib qoldi.
Suga buni eslab, koʻzlari miltilladi:
— Hayotimda mendan qoʻrqmaydigan, daxshatli darajada kuchli va jasoratli boʻlgan bunday qizga birinchi marta duch kelgandim. Men uni toʻxtatdim va klanlararo jangga qatnashish evaziga mening odamim boʻlishiga koʻndirdim. Shundan soʻng, u oʻsha musobaqada eng daxshatli, eng kuchli jangchi boʻlmish Woo Dohwan bilan arenaga chiqdi. Oʻshanda u Dohwanni zoʻrgʻa yengdi, ammo jang tugashi bilan sahnaning oʻzida hushidan ketib yiqildi. Men oʻshanda uni tutib qoldim...

va bilasanmi, Junhoo, oʻsha soniyada yuragimda daxshatli bir xavotir paydo boʻldi. Undan ayrilib qolishdan, uni yoʻqotishdan daxshatli darajada qoʻrqdim. Unga nisbatan hislarim aynan oʻsha tunda uygʻondi. Uni oʻz uyimga, shaxsiy qasrimga olib borib, tuzalguniga qadar oʻz qoʻllarim bilan gʻamxoʻrlik qildim... Va onangga butun borligʻim bilan oshiq boʻldim.
Suga oʻgʻlining qoʻlini ohista ushlab, toʻgʻri koʻzlariga qaradi:
— To shu kungacha, mening yuragimda onangdan boshqasiga aslo oʻrin boʻlmagan, Junhoo, bundan keyin ham mutloq boʻlmaydi. Undan avval ham hayotimda hech kim boʻlmagan edi... Mening hayotimdagi eng daxshatli, eng katta xatoyim oʻsha kungi gunohim edi...
Suga ogʻir tin oldi, u oʻtmishning oʻsha qorongʻu darchasini oʻgʻliga ochayotgan edi:
— Aslida oʻsha kuni men oʻzimda emasdim. Katts klanlar yigʻinida juda koʻp mafiya rahbarlari mening hali ham farzandim yoʻqligini, Min sulolasi mendan keyin tugashini aytib, ustimdan kulishdi, meni bepushtga chiqarishdi. Men daxshatli alamdan oʻsha kecha boʻgʻilgunimcha ichdim... Uyogʻi mutloq esimda yoʻq. Ertalab koʻzimni ochganimda esa... yotoqdagi ifor oʻzgargan edi. U mening Sarangim emasdi! Men aqldan oza yozdim, qoʻrquvdan daxshatga tushib, darhol Sarangni qidirishga tushdim. Keyin maʼlum boʻlishicha, oʻsha yonimdagi ayolni mening ashaddiy mafiya dushmanlarimdan biri yollagan ekan... Ular mening ichimligimga daxshatli ongni oʻchiruvchi dori qoʻshishgan ekan.
Suganing koʻzlaridan nihoyat daryodek yosh quyilib ketdi:
— Sarangni qancha qidirmay, bari befoyda edi, u Shanhayga qochib ketgandi. Uydagi kameralarni koʻrganimda esa oʻzimga ishonolmadim... Qanday qilib men oʻz hayotimning mazmuni boʻlgan insonga shunday shafqatsiz soʻzlarni aytdim, bunga qanday qodir boʻldim, hali ham tushunolmayman. Va men uni yoʻqotdim... Rosa sakkiz yil, Junhoo, har kecha tushlarimda onang menga qarab yigʻlagancha *"Sizni aslo kechirmayman, Suga!"* deb baqirardi. Sakkiz yil yaxshi uxlay olmadim, men deyarli yashamadim, bolam... Faqat tirik murda edim. Uni Shanhay portida qayta koʻrganimda, hayotimga yana qaytadan nur kirdi. Sening borliging esa... meni butunlay shokda va cheksiz baxtda qoldirdi. Hozir dunyoda mendan koʻra baxtliroq inson yoʻq. Men sizlarni yana bir bor yoʻqotishni mutloq istamayman...
Junhoo dadasining yigʻlab gapirayotgan bu gaplarini, uning koʻzlaridagi daxshatli, bitmas-tuganmas ogʻriq va chin sevgini eshitarkan, ichidagi barcha shubhalar tumandek tarqab ketdi. Bolakay ham dushmanlarning daxshatli tuzogʻi haqidagi haqiqatni, ham otasining onasiga boʻlgan, yillar oʻchirolmagan buyuk muhabbatini butun vujudi bilan tushunib yetdi. Uning mitti yuragida otasiga nisbatan boʻlgan muzlik butunlay erib bitayotgan edi...

Suga

Junhoo oʻzining mitti kaftlarini stol ustida musht qilib tugarkan, dadasining har bir soʻzi, yuzidagi oʻsha bitmas-tuganmas pushaymonlik yoshlari uning yuragini tilka-pora qilib yuborgandi. Bu erkak — Shanhay yer osti dunyosi qoʻrquv bilan tilga oladigan Min Suga emas, shunchaki oilasini daxshatli xato tufayli yoʻqotib, sakkiz yil davomida doʻzaxda yongan chorasiz bir ota edi.
Bolakay daxshatli bir bosiqlik bilan oʻrnidan turdi. Uning har bir harakatida onasining magʻrurligi aks etib tursa-da, nigohlarida Suganing oʻsha chuqur mehr va qatʼiyati porlayotgandi.
Junhoo sekin stol atrofidan aylanib oʻtib, koʻz yoshlarini kaftlari bilan yashirishga urinib, boshi egilgancha oʻtirgan Suganing yoniga keldi. Bolakay mitti, ammo daxshatli darajada ishonchli va issiq qoʻlini otasining qaltirayotgan keng yelkasiga ohista qoʻydi.
Suga yelkasidagi bu mitti taftni his qilib, goʻyo tok urgandek titrab ketdi va sekin boshini koʻtardi. Uning qizargan, yoshga toʻla koʻzlari oʻgʻlining unga qarab turgan mayin nigohlariga toʻqnash keldi.
— Yigʻlamang... — dedi Junhoo, uning mitti ovozi bu safar daxshatli darajada shirin va dalda beruvchi ohangda chiqdi. — Siz kuchli odamsiz-ku, janob Suga.
Suga oʻgʻlining bu kutilmagan gʻamxoʻrligidan va yelkasidagi mitti qoʻlidan yuragi tomir-tomirigacha erib ketdi. U qoʻllarini choʻzib, bolani quchib yuborishdan oʻzini zoʻrgʻa tiyib turardi, chunki Junhoning chegaralarini buzishni istamasdi.
Junhoo yelkasidagi qoʻlini biroz mahkamroq qisib, gapida davom etdi:
— Men dushmanlarning daxshatli tuzogʻi nimaligini yaxshi bilaman. Onam klanlararo urushlarda bunday hiylalar koʻp boʻlishini aytgan. Demak... siz onamni oʻz xohishingiz bilan tashlab ketmagansiz, buni tushundim. Kecha onamning xonasida yigʻlab oʻtirganini koʻrdim. U hali ham sizni yaxshi koʻradi, janob Suga. Uning gʻururi baland, ammo ich-ichidan u ham xuddi sizdek azob chekyapti.
Bolakay mitti yuzida nihoyatda samimiy jilmayish bilan otasining koʻzlariga tikildi:
— Sizga birdaniga "dada" deyolmasligim mumkin, lekin siz yomon odam emassiz. Men onamning koʻngliga boradigan yoʻlni bilaman. Agar chindan ham taslim boʻlmasangiz, men sizga yordam beraman. Faqat... boshqa hech qachon yigʻlamang. Onam aytgandek, siz unga hayotidagi ilk baxtni bergan insonsiz.
Suga oʻgʻlining bu daxshatli darajada dono va mehribon gaplaridan soʻng, ortiq oʻzini tutib tura olmadi. U Junhoning mitti qoʻllarini oʻzining ulkan kaftlari orasiga oldi-da, ularni lablariga bosib, pichirladi:
— Rahmat... rahmat senga, oʻgʻlim... Men senga vaʼda beraman, hayotimning oxirigacha onangni ham, seni ham baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyor boʻlaman. Men aslo taslim boʻlmayman!
Kafening mitti burchagida, Shanhayning sokin kunida ota va bola oʻrtasidagi oʻsha sakkiz yillik daxshatli sovuqlik va koʻrinmas devor butunlay qulab tushgan edi. Endi ularning qarshisida faqat bitta maqsad bor edi — klan qirolichasi Sarangning muzlagan qalbini qayta eritish.

~~~

Oʻsha kuni kechqurun. Shanhay daryosi sohili.
Junhoo va Min Suganing mitti fitnasi daxshatli darajada mukammal ishlagan edi. Junhoo onasining yoniga borib, Shanhayning sokin sohil boʻyida mitti olovli krevetkalardan yeyishni va biroz aylanishni xohlayotganini aytganida, Sarang oʻgʻlining bu istagini aslo rad etolmadi. U Junhoning koʻzlaridagi oʻsha gʻalati, sirl jilmayish ortida nima borligini mutloq sezmagan edi.
Sohil boʻyiga yetib kelishganida, tungi Shanhay daryosining mayin shabadasi esib turar, suv yuzida shahar chiroqlari daxshatli darajada goʻzal akslanardi. Biroq atrofda hech qanday odam koʻrinmas, odatda gavjum boʻladigan bu hudud gʻalati tarzda boqiy sukunatga burkangan edi. Suga oʻgʻli bilan kelishganidek, butun sohil boʻyini tun uchun toʻliq ijaraga olgan va u yerni mitti, iliq chiroqlar bilan bezatgan edi.
— Junhoo, bu yerda nega hech kim yoʻq? — Sarang shubhalanib atrofga qaradi.
Ammo ortiga oʻgirilganida, Junhoo uning yonida emas edi. Bolakay bir necha qadam narida, tansoqchilar mashinasi yonida turib, onasiga qarab jilmaygancha qoʻl silkitdi:
— Oyijon, men mashinada oʻtirib turaman. Siz esa anavi stol tomonga boring, u yerda sizni daxshatli bir syurpriz kutyapti, — dedi-da, mashina eshigini yopib, ichkariga kirdi.
Sarang dovdirab qoldi. U daryo boʻyidagi mitti yogʻoch koʻprikcha tomonga qaradi. U yerda, chiroqlar bilan bezatilgan mitti stol va ikkita stul turar, stol atrofida esa uning oʻzi oʻtmishda Seulda sevgan, xonasida rasmini quchoqlab yigʻlagan oʻsha yagona ifor — Min Suga qaddini tik tutgancha turardi.
Sarangning yuragi shartta toʻxtab qolgandek boʻldi. U qadamlarini ortga tashlamoqchi boʻldi, ammo oyoqlari goʻyo yerga mixlangandek qimirlamay qoldi. Sakkiz yillik sogʻinch va gʻurur uning vujudida daxshatli urush boshlagandi.
Suga sekin qadam tashlab, uning qarshisiga keldi. U bugun nihoyatda kelishgan, koʻzlarida oʻsha daxshatli pushaymonlik oʻrnini ulkan bir umid va ishq egallagan edi.
— Qochib ketma, Sarang... Iltimos, — dedi Suga, uning ovozi daryo shabadasida nihoyatda mayin va yolvoruvchi ohangda jarangladi. — Buni Junhoo ikkimiz tayyorladik. Oʻgʻlimiz sening yigʻlaganingni koʻribdi... U menga sening hali ham qiynalayotganingni aytdi.
Sarang oʻgʻlining dadasiga hammasini aytib berganini va uni bu yerga aldab olib kelganini anglab, koʻzlariga yosh quyilib keldi:
— Siz... siz mening oʻgʻlimni ham oʻzingiz tomonga ogʻdirib olibsiz-da, janob Suga? — dedi u ovozi titrab, nigohlarini yashirishga urinib.
— Chunki u — bizning qonimiz, Sarang. U daxshatli darajada dono va mard bola, — Suga bir qadam yana yaqinlashdi, ularning orasida atigi bir qarich masofa qolgandi. U sekin qoʻllarini uzatib, Sarangning sovuq qotgan mitti kaftlarini oʻzining issiq kaftlari orasiga oldi. Bu safar Sarang qoʻllarini tortib olmadi, bunga kuchi yetmadi. — Men senga kecha aytdim, osonlikcha kechirmasligingni bilaman. Lekin menga imkon berishingni oʻgʻlimiz ham xohlayapti. Men oʻsha daxshatli tunda dushmanlarning dori qoʻshilgan ichimligi sababli aqlimni yoʻqotgandim. Sening vujudingda mitti hayot borligini bilganimda... butun dunyoni yoqib yuborishga tayyor edim. Sakkiz yil seni har bir soniyada tushimda koʻrib, ismingni aytib yigʻlab uygʻondim...
Sarang boshini koʻtarib, Suganing qizargan, muhabbat toʻla koʻzlariga tikildi. Uning oʻsha klan rahbariga xos muz niqobi mana shu daryo boʻyida, Min Suganing daxshatli tafti qarshisida butunlay erib bitayotgan edi.
— Men seni hali ham daxshatli darajada yomon koʻrishni istayman, Suga... — dedi Sarang, koʻz yoshlari yuzidan dumalab tusharkan. — Lekin yuragim... yuragim senga laʼnat aytolmayapti. Men seni sakkiz yil har kuni kutdim...
Suga ortiq oʻzini tutolmadi. U daxshatli bir shiddat va cheksiz ehtiyotkorlik bilan Sarangni oʻz bagʻriga mahkam bosdi. Uning iforini ichiga yutar ekan, boshini uning sochlariga qoʻyib, koʻz yoshlarini yashirmay pichirladi:

— Men shu yerdaman... Men qaytdim, Valentin. Endi bizni hech qanday klan, hech qanday dushman yoki oʻtmish ajratolmaydi. Men sening va oʻgʻlimizning hayotini baxtga toʻldirmagunimcha toʻxtamayman...
Uzoqdan, qora mashina oynasidan ularni kuzatib turgan mitti Junhoo esa, ota va onasining yomgʻirsiz, ammo his-tuygʻularga boy Shanhay tunida bir-birini mahkam quchib turganini koʻrib, yuzida dunyodagi eng baxtli bolaning shirin jilmayishi oʻynardi. U oʻz vazifasini mukammal bajargan edi.

Ular oʻsha mitti chiroqlar bilan bezatilgan stol atrofida oʻtirib, uzoq yillardan beri ilk bor begona nigohlardan va klan tazyiqlaridan yiroqda, birgalikda kechki taomni eyishdi. Suga unga hamma narsani — Seuldagi sakkiz yillik boʻshliqni, uni qanday aqldan ozgudek qidirganini va dushmanlarining daxshatli tuzogʻini batafsil soʻzlab berdi.
Sarang uni diqqat bilan eshitdi. Ichidagi daryo boʻlib oqqan his-tuygʻular biroz bosilgach, uning yuziga yana oʻsha klan rahbariga xos bosiqlik qaytdi. U daryoning qorongʻu toʻlqinlariga tikilgancha sekin gapirdi:
— Men hamma narsani tushundim, Suga... Ammo tushunish — bir soniyada kechirish degani emas. Yuragim senga talpinayotgan boʻlsa-da, miyam hamon oʻsha oʻtmishdagi daxshatli ogʻriqni eslaydi. Menga vaqt kerak... Hammasini oʻylab koʻrishim, Junhoo va oʻzim uchun eng toʻgʻri qarorni qabul qilishim uchun biroz vaqt ber.
Suga buni eshitib, mamnuniyat bilan bosh silkidi. Uning uchun *"Oʻylab koʻraman"* degan soʻzning oʻzi daxshatli darajada ulkan gʻalaba edi.
Ular xayrlashishgach, Sarang sekin qadamlar bilan sohil boʻyida chekkaroqda turgan qora mashina tomon yurdi. Eshikni ochib, orqa oʻrindiqqa oʻtirdi. Mashina ichida faqatgina mitti chiroq yoniq turar, Junhoo esa goʻyoki dars tayyorlayotgan boladek oʻzini koʻrsatib, daftariga nimalardir chizib oʻtirardi. Ammo uning koʻzlaridagi ayyorona miltillash barchasini sotib qoʻygandi.
Sarang eshikni yopdi-da, chuqur daxshatli nafas olib, oʻgʻliga qattiq va jiddiy nigoh bilan tikildi.
Junhoo onasining nigohini his qilib, sekin daftarini yopdi va mitti yuziga shirin, begunoh jilmayishni yopishtirib oldi:
— Ovqat mazali boʻldimi, oyijon? Krevetkalar yoqdimi?
Sarang uning bu ayyorligiga chiday olmay, yuzidagi jiddiylikni saqlashga urinib, oʻgʻlining yoniga yaqinroq oʻtirdi. U Junhoning mitti burnidan sekin chimchilab qoʻydi:
— Demak, mitti detektiv... Onasini dadasiga sotadigan ittifoqchi boʻlib qolibmiz-da? — dedi Sarang, ovozida onalik arazini koʻrsatib. — Meni sening mitti olovli krevetkalaringga uchadi deb oʻyladingmi?
Junhoo burnini silab, koʻzlarini yerga qaratdi:
— Yoʻq... men shunchaki sizning xonangizda yigʻlaganingizni eshitdim. Janob Suganing rasmini quchoqlab... *"Seni hali ham sevaman"* deganingizni eshitib, yuragim ogʻridi. Men sizni dushman klanlar yigʻlatishiga yoʻl qoʻymayman, lekin dadam bilan birga boʻlsangiz, koʻzlaringiz kulishini bilardim.
Sarang oʻgʻlining bu kattalardek gʻamxoʻrlik bilan gapirgan gaplaridan koʻngli yumshab ketdi, ammo baribir onalik tarbiyasini esdan chiqarmadi. U Junhoning mitti qoʻllarini oʻz kaftlariga olib, koʻzlariga daxshatli bosiqlik bilan tikildi:
— Mayli, bu safar sening mitti gapingga kirdim... Ammo esingda boʻlsin, Junhoo, endi meni bunday aldama! Nima istasang, dadasiga yordam bermoqchi boʻlsang ham, menga ochiq aytsang boʻlardi. Onang klan rahbari boʻlishidan oldin — sening onang. Sening aldovlaring, hatto ular mening baxtim uchun boʻlsa ham, yuragimni ogʻritadi. Menga vaʼda ber, boshqa bunday hiylalar ishlatmaysan, xoʻpmi?
Junhoo onasining daxshatli jiddiy soʻzlaridan oʻz xatosini tushundi. U onasining boʻynidan mahkam quchoqlab, yuzidan oʻpib qoʻydi:
— Vaʼda beraman, oyijon! Endi meni bunday aldama desangiz, aslo aldymayman. Men faqat sizni kulishingizni xohlagandim, — dedi oʻgʻli shivirlab.
Sarang oʻgʻlining mitti qomatini bagʻriga bosarkan, daryo boʻyidagi mitti chiroqlar ostida qolgan Min Sugaga beixtiyor mashina oynasidan qarab qoʻydi. U hali ham oʻsha yerda turar va ularning mashinasi ortidan cheksiz umid bilan tikilib kuzatib qolgan edi. Shanhay tuni bu safar ularga gʻam emas, yangi bir hayot boshlanishi mumkinligidan darak berayotgandek iliq edi.

Sarang

Ertasi kuni tushdan keyin. Shanhay chekkasidagi sokin oʻrmon.
Klan ishlari, cheksiz hisobotlar, xavfsizlik choralari va klan oqsoqollarining daxshatli bosimi Sarangni butunlay charchatib qoʻygan edi. Kechagi voqealardan soʻng uning yuragida boshlangan toʻfon hamon tinmagan, fikrlarini bir joyga jamlashga daxshatli darajada xalaqit berardi. Unga yolgʻizlik, faqatgina oʻzi bilan oʻzi qoladigan sukunat kerak edi.
Tansoqchilarini klan qarorgohida qoldirib, Sarang oʻzining qora sport mashinasida Shanhayning shovqinli koʻchalaridan uzoqlashdi. U shahar chekkasidagi, odam oyogʻi kam tegadigan qalin va sokin oʻrmon yoʻliga qarab ketdi. Yarim soatlik yoʻldan soʻng, mashinani baland daraxtlar soyasiga toʻxtatdi.
Dvigatel ovozi oʻchishi bilan atrofni faqat daraxt barglarining shitirlashi va qushlarning mayin ovozi egalladi. Sarang chuqur nafas olib, mashina eshigini ochdi va pastga tushdi. Oʻrmonning toza va salqin havosi uning yuziga urilib, charchoqlarini biroz aritgandek boʻldi.
U sekin qadamlar bilan bir necha yuz yillik ulkan daraxt yoniga keldi va suyandi. Qoʻllari beixtiyor boʻynidagi nozik, kumushrang zanjirga ketdi. Sarang zanjirni sekin boʻynidan echib oldi. Bu shunchaki taqinchoq emas edi — uning mitti daxshatli siri, sakkiz yil davomida yuragining ustida yashirib kelgan eng qimmatli xazinasi edi.
Zanjirning uchida quyosh nurlarida yaltirab, chiroyli oq oltindan yasalgan, mitti brilliant toshli nikoh uzugi osilib turardi. Bu Min Suganing unga Koreyadagi oʻsha goʻzal yomgʻirli tunda sovgʻa qilgan va uni oʻz malikasi deb eʼlon qilgan uzuk edi.
Sarang uzukni mitti kaftlari orasiga olib, koʻzlarini yumdi. Oʻsha lahzada xotiralar daxshatli bir shiddat bilan uning ongiga yopirilib keldi.
Ular Seulda birga yashagan oʻsha shirin 3 yil... Min Suganing daxshatli mafiya olamida qanchalik qattiqqoʻl boʻlmasin, uyga qaytganida faqat Sarang uchun dunyodagi eng mayin, eng mehribon insonga aylanishi... Har kuni ertalab uni bagʻriga bosib uygʻotishi, birgalikda pishirgan ovqatlari va kelajak haqidagi shirin rejalari... Oʻshanda ular daxshatli darajada baxtli edilar. Hech qanday boylik, hech qanday klan taxti oʻsha uydagi oddiygina baxtning bir soniyasiga ham teng kelolmasdi.
Sarang uzukni lablariga bosgancha koʻzidan oqqan issiq yosh tomchisini his qildi.
"Balki..." deb oʻyladi u ichida, yuragi nihoyatda kuchli urib. "Balki unga chindan ham yana bir bor imkon berishim kerakdir? Sakkiz yil ikkimiz uchun ham etarli jazo boʻldi-ku. Suga ham doʻzaxda yonganini koʻzlaridan koʻrdim. Junhoo ham dadasini qidiryapti... Agar taslim boʻlmasam, oʻsha Seuldagi daxshatli darajada shirin baxtimizni, oʻsha sof tuygʻularimizni qayta tiklay olarmikinmiz? Yana oʻshanday baxtli boʻla olarmiz..."
Bu xayollar uning muzlagan qalbini ich-ichidan isitib yubordi. U ilk bor Min Sugani kechirish gʻoyasidan qoʻrqmayotgan edi. Uzukni qaytadan boʻyniga taqarkan, Sarangning yuzida uzoq vaqtdan beri koʻrinmagan mayin va umidbaxsh jilmayish paydo boʻldi. U endi nima qilish kerakligini aniq bilardi.

Sarang

By: Park Yoona