Two Heart - One Silence 💞 Ep¹⁰
Jinning vujudi daxshatli bir rashk va alam olovida yonib ketdi. Uning barmoqlari shunchalik qattiq musht boʻlib tugʻildiki, hatto boʻgʻimlari oqarib, tirnoqlari kaftiga botdi. U hozirning oʻzida oʻrnidan turib, oʻsha ingliz yigitining basharasini qonga belashga tayyor edi.
Buni sezgan Namjoon darhol Jinning bilagidan mahkam ushladi va past, ammo qatʼiy ovozda gapirdi:
— Jin, oʻzingni qoʻlga ol! Hozir borib janjal koʻtarsang, hammasini battar buzasan. Tinchlan. Kel, avval ularni shunchaki kuzataylik, gaplarini eshitaylik. Keyin haqiqatni anglab, shunga qarab ish qilamiz. Menga ishon, hozir asabiylik senga dushman!
Jin doʻstining gapiga majburlikdan koʻnib, tishlarini gʻijirlatgancha sovuq nigohlarini ularning stoliga qaratdi.
U yoqda esa Yn va John juda shinam bir burchakka oʻtirishgan edi. John Ynning qarshisida oʻtirarkan, koʻzlari quvonchdan porlab gap boshladi:
— Oh, Yn! Seni yana shunday baxtiyor koʻrish men uchun qanchalar buyuk sovgʻa, bilmaysan. Amerikadagi oʻsha daxshatli imtihon kechalari esingdami? Universitet kutubxonasida tong otguncha qolib ketganlarimiz...
Yn mayin kulib, boshini silkidi:
— Qanaqasiga esimdan chiqsin, John? Ayniqsa, sening oʻsha professor Millerning eng qadrli kofesini qasddan toʻkib yuborganing, keyin esa aybni soxta tizim xatosiga agʻdarganing hali ham koʻz oldimda. Oʻshanda dahoona reja tuzgandik!
John qah-qah otib kulib yubordi:
— Ha-ya! Professor oʻz kompyuterini qanchalik tekshirmasin, baribir hech narsa topolmagandi. Chunki oʻsha kodni sen yozib berganding-da, "temir xonim"! Oʻshanda sen bilan har qanday qitmirshilikni qila olardik. Lekin tan ol, oʻshanda sening oʻsha dahoona rejalaring boʻlmaganida, men universitetni bitira olmasdim.
Yn stol ustidagi suv qadahini qoʻliga olarkan, uning yuzida haqiqiy, begʻubor erkinlik aks etdi:
— Sen shunchaki dangasa eding, John. Men esa faqat darslardan chalgʻish uchun senga qoʻshilardim. Amerikadagi oʻsha talabalik yillarimiz... daxshatli darajada ogʻir boʻlsa ham, mana shunday kichik qitmirshiliklar bizni qutqarib qolgandi.
Jin va Namjoon oʻtirgan stol biroz uzoqroqda joylashgani sababli, Yn va Johnning dahoona suhbatlari, oʻtmish xotiralari daryosi ularga eshitilmas edi. Biroq u uzoqdan koʻrib turgan vizual manzara Jinning ich-etini tirnab, yuragiga daxshatli olov yoqayotgandi. Yn hayotida hech qachon uning qarshisida bunday erkin va miriqib kulmagan edi. U oʻsha ingliz yigitining har bir soʻziga koʻzlari chaqnab, chin dildan jilmayib javob qaytarayotgandi.
Boyagina Johnning Namjoonga "Ha... men uchun juda qadrli boʻlgan insonni kutayapman" deb shama qilgani va hozir ularning bir-biriga tikilib oʻtirishi Jinning koʻziga xuddi haqiqiy sevishganlardek koʻrina boshladi.
Jin chiday olmay, qoʻllarini stolga qattiq urdi. Uning nigohlaridan goʻyo olov sachrar, nafas olishi tezlashib ketgandi.
— Namjoon, menga qara! — dedi Jin gʻazabdan boʻgʻilib, pichirlagan ovozda. — Shumi sening "shunchaki kuzatish"ing?! Koʻrmayapsanmi u daxshatli manzarani?! U mening xotinim! Lekin hozir boshqa bir erkakning qarshisida xuddi oʻsmir qizlardek kulyapti! Boya u yigit nima degandi senga? Sevganim bilan uchrashuvga chiqdim degandi-ku! Demak, ular... ular sevishgan!
Namjoon nima deyishni ham bilmay qoldi. Uning oʻzi ham chigal vaziyatga tushgandi. Axir rostdan ham haligina oʻsha ingliz yigitidan soʻraganida, u aynan shu qizni, yaʼni Ynni nazarda tutib shama qilgan edi-da. Namjoon peshonasini silab, Jinni bosishga urindi, ammo uning oʻz ovozida ham ishonchsizlik bor edi:
— Jin, tinchlan... Balki biz notoʻgʻri tushunayotgandirmiz. Ular shunchaki chet eldagi qadrdon doʻstlar boʻlishi ham mumkin-ku, axir... Amerikaliklar juda ochiqkoʻngil boʻlishadi, — dedi u, garchi bu gap hozir Jinning gʻazabini battar alanga oldirishini bilsa ham.
— Doʻst?! — Jin daxshatli tarzda asabiy pichirladi, uning koʻzlari qon quygudek qizargandi. — Qaysi doʻst qizni havoda aylantirib quchoqlaydi?! Qaysi doʻst uchrashuv oldidan kiyimim yarashibdimi deb sendan soʻraydi?! U meni yetti yildan beri sevmaganini aytib, kecha tunda yuragimni sugʻurib oldi. Bugun esa bu yerda begona erkak bilan baxtdan sarmast oʻtiribdi! Men ortiq qarab turolmayman, Namjoon!
Borib oʻsha yigitning basharasini yoraman!
Jin oʻrnidan shiddat bilan turmoqchi boʻldi. Uning butun vujudi gʻazab va rashk boʻronida yonayotgan, ichidagi oʻsha asabiy Jin yana bosh koʻtargan edi. Namjoon esa vaziyat mutloq nazoratdan chiqib ketayotganini koʻrib, uni qaytadan stulga oʻtqazish uchun bor kuchini ishga solishga majbur boʻldi.
Namjoon Jinni toʻxtatishga ulgurmadi. Jinning ichidagi gʻazab va daxshatli rashk olovi barcha aql va mantiq chegaralarini kuydirib kul qilgan edi. U dahoona gʻururi va erkaklik nafsoniyati toptalganini his qilib, oʻrnidan shiddat bilan turdi-da, oʻsha stol tomon yurib bordi. Soniyalar ichida Johnning qarshisida paydo boʻlib, uning yoqasidan boʻgʻib, mahkam changalladi.
Yn nima boʻlayotganini mutloq tushunmay, dahoona xotirjamligini yoʻqotdi. U Johndan bu aqldan ozgan erkakni ayiraman deb oʻsha tomonga tashlangandagina, qarshisidagi inson Jin ekanligini koʻrib qotib qoldi.
Jin butun gʻazabi va nafratini toʻkib, koreys tilida Johnga baqira ketdi:
— Sen kimsan oʻzi, iflos?! Mening koʻz oldimda kimga teginayotganingni bilasanmi?! Kimning ayoliga tikilyapsan, badbaxt?! Oʻldiraman seni!
John uning yoqasidan boʻgʻib turgan Jinning nega bunday qilayotganini ham, aytayotgan gaplarini ham tushunmasdi. U daxshat ichida inglizchada javob qaytarishga urindi:
— Hoy, nima qilyapsan?! Qoʻlingni tort! Biror muammo boʻldimi?! (What are you doing?! Let me go! Is there a problem?!)
Ammo Jin uning gapini eshitishni ham xohlamadi. U oʻzini boshqara olmay, butun kuchi bilan Johnning yuziga daxshatli musht tushirdi. Zarba shunchalik qattiq ediki, John stul-stollarni agʻdarib, yerga yiqilib tushdi.
Ynning koʻzlari daxshatdan kattalashib ketdi. U bor kuchi bilan Jinni chetga itarib yubordi va yerda yotgan Johnning yoniga yugurib borib, uni turgʻizishga urindi:
— John! John, yaxshimisan?! Ahvoling qalay?!
Soʻng u oʻrnidan turib, Jinga hayotidagi eng daxshatli, eng asabiy va nafrat toʻla nigohlarini qaratdi. Jin esa yerda labi qonab turgan Johnga qarab, bor ovozi bilan inglizcha baqirdi:
— Mening xotinimdan uzoq tur!😡 (Stay away from my wife!)
John bu gapni eshitishi bilan daxshatli hayrat ichida tezda Ynga qaradi. Chunki u Ynning Koreyaga qaytib turmushga chiqqanidan, uning shaxsiy hayotidagi bu oʻzgarishlardan mutloq bexabar edi. U Ynni hali ham oʻsha Amerikadagi erkin qiz deb oʻylagandi.
Yn asabiylashganidan peshonasiga urdi, uning barcha rejalari, sirlari va hayoti Jin tufayli rasvo boʻlgandi. Biroq, yerda qolib ketgan John ham oddiy yigit emas edi. U ham gʻazablanib, shiddat bilan oʻrnidan turdi-da, oʻzini himoya qilish va Ynning nomusi uchun Jinning yuziga qaytara musht tushirdi!
Xonada daxshatli tartibsizlik boshlandi. Yn tezda ikkala erkakning oʻrtasiga tushdi. Shu payt yetib kelgan Namjoon Jinni orqasidan mahkam quchoqlab ushlab qoldi, Yn esa Johnning koʻkragidan itarib, uni toʻxtatishga urindi. Restorandagi hamma ularga tikilib qolgandi.
Yn Jinning oʻsha qonli va quturgan koʻzlariga qarab, tishlarini gʻijirlatdi:
— Sening bilan uyda gaplashamiz, Jin! Hammasini oʻsha yerda hal qilamiz! — dedi u dahoona sovuqqonlik va tahdid bilan.
Soʻng u ortiga burilib, Johnning bilagidan mahkam tutdi va restorandagi barcha gʻoʻr-gʻoʻrlarga, Jinning ortidan baqirib qolishlariga ham qaramay, uni bu yerdan tezda olib chiqib ketdi. Daryo boʻyidagi oʻsha tinch restoran ortiq Jin uchun ham, ular uchun ham jahannamga aylangan edi.
Yn Johnni restorandan uzoqroq, daraxtlar soya solib turgan sokin bir parkka yetaklab keldi. Ular xiyobondagi skameykaga kelib oʻtirishdi. Bir necha daqiqa davomida oradagi ogʻir sukunatni faqatgina shamolning barglarni shitirlatishi va uzoqdan eshitilayotgan shahar shovqini buzar edi. John qoʻlidagi dastroʻmol bilan labining chetidagi qonni artarkan, gʻazabi hali ham tushmaganini sezdirib, chuqur nafas oldi.
Suhbat har doimgidek ingliz tilida davom etdi.
— I swear, Yn, if you hadn't stopped me, I would have smashed that liar's face in, (Qasamyod qilaman, Yn, agar meni toʻxtatmaganingda, u yolgʻonchining basharasini bejab tashlardim) — dedi John tishlarini gʻijirlatib.
Yn biroz jim turdi, nigohlarini erga qadatgancha barmogʻidagi oʻsha plasterga qaradi. Soʻng ogʻir xoʻrsnib, boshini koʻtardi:
— He's not a liar, John. He was telling the truth. I got married recently... (U yolgʻonchi emas, John. U haqiqatni gapirdi. Men yaqinda turmushga chiqdim...)
John eshitgan gapidan soʻng bir soniyaga qotib qoldi. Uning koʻzlari hayratdan kattalashib, Ynning yuziga tikildi. U oʻz quloqlariga ishonmasdi:
— What?! Are you kidding me? That jerk... is your husband? (Nima?! Hazillashyapsanmi? Oʻsha iflos... sening eringmi?) — dedi u ovozi koʻtarilib.
Yn Johnning bu gapidan keyin qoshlarini chimirdi. Jin bilan oʻrtalarida daxshatli nafrat va sovuq urush boʻlsa-da, begona bir insonning uni haqorat qilishiga yoʻl qoʻyolmasdi.
— Don't call him a jerk, John, (Uni iflos dema, John) — dedi Yn qatʼiy va dahoona ohangda. — No matter what he did, he is still my husband. He acted out of jealousy. After all, you're a man too, you should understand how a man's mind works when he sees his wife with another guy. (Nima qilgan taqdirda ham u mening erim. U rashki sababli shunday qildi. Axir oʻzing ham erkaksan-ku, xotinini boshqa erkak bilan koʻrgan erkakning xayolidan nimalar oʻtishini tushunishing kerak.)
John qizning bu qatʼiy himoyasini koʻrib, biroz tinchlandi. Uning yuzidagi asabiylik oʻrnini mayin bir tabassum egalladi. U Ynning hali ham oʻsha oʻz yaqinlarini har qanday vaziyatda himoya qiladigan sadoqatli daho qiz ekanini angladi. John toʻsatdan oʻng qoʻlini uzatib, Ynning boshini qoʻllari orasiga qisib oldi-da, uning tekis va chiroyli sochlarini palapartish qilib toʻzgʻita boshladi:
— Oh, come on! Why didn't you tell me then? And here I thought we were best friends! (Voy xudo! Unda nega menga aytmading? Yana yaqin doʻstlarmishmiz!) — dedi u hazillashib.
Yn kutilmagan bu harakatdan kulib yubordi. U Johnning qoʻllari orasidan chiqishga urinarkan, dahoona tezlik bilan uning biqiniga bir musht tushirdi:
— Hey! Let me go! (Hoy! Qoʻlingni tort!)
John ogʻriqdan "oh" degancha qoʻllarini chetga oldi, Yn esa fursatdan foydalanib uning qisovidan chiqib ketdi va sochlarini toʻgʻrilay boshladi. Uning yuzida uzoq vaqtdan beri koʻrinmagan oʻsha yoshlik shoʻxligi qaytgan edi.
— It all happened so fast, John. There was no time to explain everything to everyone, (Hammasi juda tez sodir boʻldi, John. Hammaga hamma narsani tushuntirishga vaqt boʻlmadi) — dedi Yn kulgidan toʻxtab, ovozini biroz pasaytirarkan.
— Well, you owe me a long explanation now, (Xullas, endi menga uzoq tushuntirish berishing shart) — deb jilmaydi John.
Shundan soʻng, ikkalasi skameykada oʻtirgancha, oʻtmishdagi qiyinchiliklarni, Amerikadagi hayotlarini va Koreyadagi bu kutilmagan oʻzgarishlarni kulishib, miriqib suhbatlashib oʻtirishdi. Yn Seulga qaytganidan beri ilk bor ichidagi oʻsha ogʻir yukni biroz boʻlsa-da unutgandek edi. Ammo u uydagi oʻsha daxshatli boʻron — Jin bilan boʻladigan yakuniy hisob-kitob yaqinlashayotganini ich-ichidan his qilib turardi.
Namjoon ichkarida qolib, restoranning kutilmagan toʻpolondan hayratga tushgan rahbaridan qayta-qayta uzr soʻradi. Agʻdarilgan stul va stollarning, singan idishlarning zararini qoplab, hisob-kitobni toʻliq toʻladi-da, tashqariga chiqdi.
Restoran tashqarisida, quyosh nurlari ostida Jin xuddi portlashga tayyor boʻlgan vulqondek gʻazabdan yonib, u yoqdan-bu yoqqa borib kelardi. Namjoon uning bu holatiga qarab, chuqur "uh" tortdi va qadamlarini tezlatib uning yoniga bordi.
— Oʻzingni bos, Jin! Bunchalik qizishma, — dedi Namjoon ovozini vazmin saqlashga urinib. — Gʻazabni jilovlay olish ham kerak. Erkak kishi har qanday vaziyatda ham aqlni yoqotmasligi shart. Sen esa hozir shunchaki hissiyotlaringga qul boʻlding.
Jin doʻstiga oʻgirildi. Uning koʻzlarida nafaqat gʻazab, balki cheksiz bir chora-sizlik va alam bor edi. Eng koʻp aqlini oʻynatayotgan narsa — Ynning unga qayrilib ham qaramay, oʻsha ingliz yigiti bilan uning koʻz oldidan ketib qolgani edi.
— Jilovlash?! — Jin istehzoli kuldi, uning nafasi boʻgʻziga tiqilgandi. — Qanday qilib tinchlanaman, Namjoon? U mening erim deb bir ogʻiz aytmadi. Meni itarib yuborib, oʻsha yaramasning ahvolini soʻradi va uni yetaklab ketdi! Menga zarracha ham eʼtibor bermadi... Ammo hali hech narsa tugagani yoʻq. Bu voqea shu yerda shunchaki yopilib ketmaydi!
Namjoon doʻstining bu qatʼiyatidan xavotirga tushib, uning yelkasidan mahkam tutdi:
— Jin, yana bir bor xato qilma. Kecha ham oʻzingni yoʻqotganding, bugun ham. Uyga borganda yana baqir-chaqir qilma. Qizishmasdan, avval Yndan hamma narsani xotirjam soʻrab, haqiqatni bilib ol. Balki u yigit haqiqatan ham shunchaki yaqin doʻstidir.
Jin Namjoonning gapiga javob ham bermadi, hatto xayoliga ham qabul qilmadi. U doʻstining qoʻlini yelkasidan ohista olib tashladi-da, shiddatli qadamlar bilan oʻz mashinasiga qarab yurdi. Eshikni qarsillatib yopib, motorni oʻt oldirdi va gʻildiraklarni gʻiyillatib, u yerdan uzoqlashdi.
Namjoon ketayotgan mashinaning ortidan chuqur xoʻrsingan holda qarab qoldi. Ikki daho tabiatli insonning oʻrtasidagi bu urush tobora daxshatliroq tus olayotgandi. U boshini chayqab, oʻz mashinasiga oʻtirdi va portlashga shay boʻlib turgan bu uyni tinch qoʻyish maqsadida oʻz yoʻliga ketdi.
Tun Seul osmonini butunlay oʻz domiga tortgan, kottej ichidagi havo esa xuddi momaqaldiroqdan oldingi daxshatli sukunat kabi ogʻirlashgan edi. Yn ishdan chiqib, nihoyat uyga qaytib keldi. U ostonadan hatlab oʻtishi bilan dahlizning nimqorongʻi chirogʻi ostida oʻzini kutib turgan Jinning qaddiga koʻzi tushdi.
Yn toʻxtab, erining yuziga razm soldi. Kunduzgi toʻpolon asorati oʻlaroq, Jinning lab chetidagi kichik bir yirtilish va qonagan joy sezilib turardi. Jin esa unga faqat gʻazab, alam va ichidagi oʻsha bitmas-tuganmas rashk olovi bilan tikilib turar, ammo lablaridan biron bir soʻz chiqmasdi. U dahoona gʻururi bilan qizning oʻzini qanday tutishini kuzatayotgandi.
Yn indamay sumkasini chetdagi stol ustiga qoʻydi. U baqirib-chaqirish yoki asabiylashish oʻrniga, daxshatli bir xotirjamlik bilan dahlizdagi javondan tibbiy dori qutisini oldi. Soʻng Jinning yoniga yaqinlashdi-da, uning qotib qolgan qoʻlidan mahkam tutib, divan tomon yetakladi va ohista oʻtqazdi. Oʻzi ham uning roʻparasiga, divan chetiga joylashdi.
Dori qutisini ochib, ichidan jarohatlarni bitiruvchi maxsus malhamni oldi. Jin qizning har bir harakatini dahoona diqqat bilan kuzatarkan, uning nima qilmoqchi ekanini juda yaxshi bilsa-da, miq etmay jim oʻtirardi. Hozir u uchun bu malhamdan koʻra, Ynning lablaridan chiqadigan birinchi soʻz, uning beradigan oʻsha daxshatli izohi qiziqroq edi.
Yn barmogʻiga bir oz malham olib, nihoyatda mayin va ehtiyotkorlik bilan Jinning jarohatlangan lab chetiga surta boshladi. Uning barmoqlari teginganida Jin beixtiyor yengil titrab ketdi, ammo nigohini qizning yuzidan uzmadi. Yn xuddi bir shifokor kabi sovuqqon, ammo harakatlarida daxshatli bir gʻamxoʻrlik bor edi.
U ishini tugatgach, malham idishini dori qutisiga qaytarib qoʻydi. Qoʻllarini tushirib, nihoyat boshini koʻtardi va Jinning oʻsha portlashga tayyor turgan olovli koʻzlariga tik, dahoona sovuqlik va qatʼiyat bilan qaradi. Oradagi sukunat pardasi uzilish arafasida edi.
Jinning koʻzlariga tikilib turgan Ynning xayolidan dahoona bir tezlikda yetti yil avvalgi xotiralar zanjiri oʻtdi. Oʻshanda ham aynan shunday boʻlgandi. Jin boshqa maktabning bezori bolalari bilan urishib, lab cheti yirtilgan, koʻzlari koʻkargan holatda uning qarshisiga kelib turgandi. Oʻshanda Yn uning bu ahvolini koʻrib daxshatga tushgan va yigʻlab yuborishdan beriga borib jarohatlariga dori surgandi. Yillar oʻtib, hamma narsa oʻzgargan boʻlsa-da, qarshisidagi erkakning oʻsha oʻzgarishsiz qolgan feʼl-atvori, asabiy jahlkorligi oʻtmishni qayta tiriltirgandek edi.
Yn ichidagi oʻsha qadrdon tuygʻularni jilovlay olmay, beixtiyor qoʻllarini uzatdi va Jinning sovuq yuzini kaftlari orasiga oldi. Barmoqlari bilan uning yuzini daxshatli bir mayinlik va sogʻinch bilan silab qoʻydi. Uning bu kutilmagan, iliq harakatidan Jinning koʻzlaridagi oʻsha quturgan gʻazab bir soniyaga soʻngandek boʻldi.
Biroq, Yn oʻzini tezda qoʻlga oldi. Bu shunchaki oʻtmishning aldovchi aks-sadosi ekanini, endi hech narsani ortga qaytarib boʻlmasligini tushunib, qoʻllarini darhol tortdi va divandan oʻrnidan turishga shaylandi.
— Endi yosh bola emassan, Jin, — dedi u ovozi yana sovuqlashib.
Ammo Jin uning ketishiga yoʻl qoʻymoqchi emas edi. Ichidagi rashk, alam va boyagi mayin teginishdan soʻng uygʻongan daxshatli ehtiros uni aqldan ozdirdi. U jahl va keskinlik bilan Ynning nozik bilagidan mahkam tutdi-da, oʻziga tomon qattiq tortdi. Yn muvozanatni yoʻqotib, qaytadan divanga, deyarli Jinning juda yaqiniga kelib tushdi.
Jin uning bilagini qoʻyib yubormay, qizning yuziga dahoona tahdid va gʻazab bilan yaqinlashdi:
— Ketmaysan! Men bilan oʻsha restorandagi yaramas haqida gaplashmaguningcha, bu yerdan bir qadam ham jilishingga ruxsat bermayman, Yn! — dedi u tishlarini gʻijirlatib.
Yn oʻzini maksimal darajada xotirjam koʻrsatishga urinib, bilagini changallab turgan Jinning koʻzlariga tikildi. Uning qalbida boʻron turgan boʻlsa-da, tashqi qiyofasi dahoona sovuqligini yoʻqotmagandi. Bu xotirjamlik Jinni battar aqldan ozdirardi.
— Senga aytyapman! — Jin gʻazabdan boʻgʻilib, bor ovozi bilan baqirdi. — Oʻsha iflos kim?! Mening koʻz oldimda seni quchoqlagan oʻsha yaramas kim deyman senga?!
Uning bu daxshatli baqirigʻi va Johnni asossiz haqorat qilishi Ynning ham sabr kosasini kshirib yubordi. Qizning koʻzlarida keskin jahl olovi yondi:
— Sening u bilan nima ishing bor?! Ishing boʻlmasin! — deya u ham Jinga tik qarab baqirdi.
Yn bor kuchi bilan Jinning koʻkragidan itarib, oʻzini uning qisovidan qutqardi va divandan shiddat bilan turib ketdi. U ortiq bu haqoratomuz soʻroqqa chidashni istamasdi. Ammo uning ortidan eshitilgan gap butun dunyoni bir soniyaga toʻxtatib qoʻygandek boʻldi.
— U sening sevgiling, shundaymi?! — Jin oʻrnidan turib, Ynning ortidan daxshatli alam bilan hayqirdi.
— Nechta sevgiling bor oʻzi, Yn?! Amerikada nechtasining tagidan chiqqansan oʻzi?!
Bu soʻzlar... Ynning ayollik shaʼniga, dahoona gʻururiga va nomusiga shunchalar qattiq, shunchalar shafqatsiz tegandiki, u bor boʻyi bilan joyida qotib qoldi. Yetti yil davomida begona yurtdagi barcha qiyinchiliklarga, yolgʻizlikka faqat oʻz nomusi va vafosini saqlash uchun chidagan qiz uchun bu gap eng oliy xiyonat edi. Uni begona emas, oʻz eri, yetti yil oldin sevgan insoni fohishaga chiqargandi.
Yn sekin ortiga oʻgirildi. Uning koʻzlarida daxshatli bir alam va nafrat porladi. U oʻzini qoʻlga olishga urindi, ammo tishlari bir-biriga urilib titrayotgandi. Shiddatli qadamlar bilan Jinning roʻparasiga keldi. Jin hali oʻz gapining daxshatini anglab yetishga ulgurmay, havodan Ynning qoʻli keldi va butun kuchi bilan uning yuziga tarsaki tushirdi!
Oshxona va dahlizda tarsaki ovozi jaranglab ketdi. Jinning yuzi chetga burilib qoldi.
Ynning koʻzlaridan quyuq yosh daryo boʻlib oqdi, ammo u yigʻisni ham asabiylik, nafrat aralash kulgi bilan aralashtirib yuborgandi. U baqirib, titrayotgan ovozda gapirdi:
— Ha! Sen nimani haqiqat deb bilmoqchi boʻlsang, sen uchun oʻsha haqiqat boʻla qolsin! Nima deb oʻylasang, hammasini qilganman! Sening dahoona xayoling qaysi ifloslikni oʻylab topgan boʻlsa, hammasi toʻgʻri! Senga tushuntirish berishga oʻzimni munosib koʻrmayman!
Yn gapi tugashi bilan ortiga burildi va zinapoyalardan daxshatli tezlikda yuqoriga koʻtarilib, oʻz xonasiga kirdi. Eshikni shunday daxshatli asabiylik bilan yopdiki, butun uy silkiningandek boʻldi.
Jin yuzidagi achishishni his qilar, ammo bu jismoniy ogʻriq uning ichida boshlangan daxshatli boʻron qarshisida hech narsa emas edi. Ynning oʻsha bor kuchi bilan urgan tarsakisi va uning ortidan aytgan nafrat toʻla soʻzlari Jinni hayrat va chuqur bir karaxtlik ichida qoldirgandi. U oʻz gʻazabi bilan qizning eng nozik nuqtasiga — ayollik shaʼniga va dahoona gʻururiga eng ogʻir toshni otganini endi anglab yetgandi. U eshik ortida qolib ketgan begona bir odamdek, dahliz oʻrtasida muzlab qotgandi.
Ular bir-birlaridan bir necha qadam narida, ammo millionlab chaqirim uzoqlikdagi ikkita mutloq boshqa dunyoda edilar.
Yn oʻz xonasida, eshikka suyangancha sekin yerga oʻtirib qoldi. Uning koʻzlaridan oqayotgan yosh toʻxtamas, butun vujudi asabiy titroq ichida edi. Yetti yil davomida yuragining tubida asrab kelgan oʻsha soʻnggi iliqlik ham, Jinga boʻlgan oʻsha yoshlik xotiralari ham hozirgina butunlay kulga aylangandi. U oʻziga-oʻzi pichirlarkan, koʻz yoshlarini artishga ham urinmasdi:
— Bu rishta... eng katta xato edi. Men seni hech qachon sevmasligim kerak edi, Kim Seokjin. Sen mening hayotimdagi eng daxshatli xatosan. Bundan buyon oʻrtamizda hech narsa qolmadi... biz mutloq begonamiz.
Pastda, nimqorongʻi dahlizda qolgan Jin ham divanga ogʻir choʻkdi. U qoʻllari bilan boshini changalladi. Ichidagi oʻsha magʻrur, asabiy erkak endi joyini chorasizlikka boʻshatib bergandi. U Ynning ketayotganidagi oʻsha nafrat va ogʻriq toʻla nigohini koʻz oldidan oʻchira olmasdi. U ham oʻzining xato qilganini, ammo endi qaytib boʻlmas yoʻlga kirganini his qilib, ichida oʻziga-oʻzi qasam ichdi:
— Haqsan, Yn... Biz bir-birimiz uchun faqat ogʻriq keltiradigan dushmanlarmiz. Seni qaytadan sevishga urinish, senga yaqinlashish mening eng katta xatoyim edi. Men ortiq senga qayrilib ham qaramayman. Bu nikoh, bu rishta — faqatgina qogʻozdagi xato.
Shu tunda bitta tom ostida, lekin ikkita ayro dunyoda ikki daho qalb bir-birlarini qayta aslo sevib qolmaslikka, oʻrtalaridagi barcha koʻpriklarni butunlay kuydirib tashlashga ahd qilishdi. Kottej uzra choʻkkan sukunat esa endi tinchlik emas, balki ikki tirik murdaning daxshatli motomiga oʻxshardi.