July 3

MA BELLE FOLIE 😈 Episode 8

Katta koʻrgazmaga atigi bir kun qolgan edi. Bu kun Kim kompaniyasi uchun ham, Yujinning atelyesi uchun ham eng ogʻir, hayajonli va tarang kun boʻldi. Butun jamoa oyoqqa turgan, kutyure liboslar joylashtirilgan gʻildirakli ilgichlar xonalar aro tinimsiz harakatlanardi.
Yujin oʻziga kelgan va daho dizaynerlik vajohatini yana qayta kiygan edi. U har bir kiyim andozasini, har bir mato burmasini va hatto modellarning taqinchoqlarigacha oʻta sinchkovlik bilan tekshirib chiqdi. Uning qoʻl ostida hamma narsa mukammal, aʼlo darajada tayyorlandi. Hech qanday xatoga yoʻl qoʻyilishi mumkin emas edi.
Taehyung esa koʻrgazma zalining yoritilish tizimi, musiqiy ketma-ketlik va eng nufuzli mehmonlarning oʻtirish tartibini shaxsan nazorat qildi. Ular tun yarmigacha tinimsiz yugur-yugur va tayyorgarlik bilan band boʻlishdi.

Kechki soat oʻnlar atrofida, koʻrgazma zalining sahna orti qismida Taehyung matbuot vakillari bilan oʻtadigan intervyu kiyimini kiyib koʻrayotgan edi. U shoshilganidan koʻzguga qarab galstugini toʻgʻri bogʻlay olmayotgandi.
Buni chetdan kuzatib turgan Yujin qoʻlidagi mato boʻlaklarini chetga qoʻyib, ohista uning qarshisiga keldi.
— Sen barcha biznes loyihalarni mukammal boshqarishing mumkin, janob Kim, lekin mana bu oddiygina tugunni bogʻlashni hamon bilmas ekansan, — dedi Yujin biroz piching aralash hazil ohangida.
U yaqin kelib, Taehyungning koʻylagi yoqalarini toʻgʻriladi va galstugini oʻz qoʻliga oldi. Taehyung uning bu kutilmagan yaqinligidan nafasini ichiga yutib, qizga yuqoridan pastga tikilib qoldi. Yujinning nozik barmoqlari yigitning boʻyniga, koʻylak matosiga tegib turar, uning ifori Taehyungning boshini aylantirayotgan edi.
Yujin galstuk tugunini ohista tortib toʻgʻrilarkan, koʻzlarini uning koʻksidan uzib, toʻgʻridan-toʻgʻri Taehyungning olovli nigohiga qaradi:
— Tayyor. Endi haqiqiy kompaniya rahbariga oʻxshading, — dedi u lab chetida sirli jilmayib.
Taehyung esa uning ketishiga yoʻl qoʻymay, bilagidan ohista tutib qoldi:
— Ertaga hamma narsa tugaydi, Yujin... Lekin men sening ketishingni istamayman. Buni bilasan-a?
Yujin uning koʻzlaridagi oʻsha oʻziga egalik qilishni istayotgan kuchli tuygʻuni koʻrib, ich-ichidan titrab ketdi. Ammo oʻzini sirlilik pardasi ortiga yashirib:
— Buni ertaga, gʻalaba qozonganimizdan keyin gaplashamiz, — dedi-da, mayinlik bilan qoʻlini boʻshatib oldi.

~~~

Tungi soat ikkiga yaqinlashganda zalda deyarli hamma ish yakunlangandi. Xodimlar tarqalgan, faqat Taehyung va Yujin podium chetidagi oʻrindiqda charchab oʻtirishardi.
Taehyung charchoqni yozish uchun yelkalarini uqalayotgan edi. Yujin unga qarab turdi-da, kutilmaganda uning ortiga oʻtdi. Oʻzining mayin va kichkina kaftlarini yigitning keng, baquvvat yelkalariga qoʻydi.
— Nima qilyapsan? — Taehyung hayron boʻlib ortiga qaramoqchi boʻldi.
— Qimirlama, — dedi Yujin buyruqomuz ohangda va uning taranglashgan yelka mushaklarini ohista uqalay boshladi. — Ertaga butun matbuot va otangning qarshisida tik turishing kerak. Sening charchagan va singan rahbar boʻlib koʻrinishingga yoʻl qoʻyolmayman. Bu mening nufuzimga ham toʻgʻri kelmaydi.
Taehyung qizning kaftlari haroratidan va yelkalaridagi mayin harakatlardan koʻzlarini yumib, rohatlanib jilmaydi:
— Sen daho dizaynerlikdan tashqari, ajoyib massajchi ham ekansan. Senga kompaniyadan alohida maosh tayinlashim kerak ekan.
Yujin uning qulogʻiga yaqin kelib, past ovozda pichirladi:
— Mening xizmatim daxshatli darajada qimmat turadi, Taehyung. Bunga sening kompaniyangning bor pullari ham yetmasligi mumkin.
Taehyung shartta ortiga oʻgirilib, Yujinning belidan tutdi va uni oʻziga yaqinlashtirdi. Ularning lablari orasida atigi bir necha millimetr masofa qolgandi.
— Unda pul oʻrniga oʻzimni toʻlasam-chi? Bu senga yetarli boʻladimi? — dedi Taehyung koʻzlari ehtiros bilan yonib.
Yujin bu safar uning nigohidan qochmadi. U yigitning lablariga tikilib turarkan, yuragi yana oʻsha daxshatli tezlikda ura boshladi. Uning daho hiylalari bu yigitning toza va kuchli sevgisi qarshisida butunlay erib bitgandi.
— Buni ertaga koʻramiz, janob Kim... — deb pichirladi Yujin va u daxshatli intizorlik uygʻotgan holda Taehyungdan uzoqlashdi.
Ular oʻsha tunda xonani eng soʻnggi bor koʻzdan kechirib, ertangi buyuk gʻalabaga mutlaqo tayyor holda tarqalishdi. Taehyung Yujinni hayotidan hech qachon qoʻyib yubormaslikka qaror qilgan, Yujin esa oʻzi tuzgan tuzoqqa oʻzi butunlay asir boʻlgan edi.

Taehyung

Taehyung Yujinni tunda uning uyi oldigacha shaxsan mashinasida olib borib qoʻydi. Mashinadan tushayotganda ular bir-birlariga xayrli tun tilashdi, ammo ikkalasining ham xayoli hamon bir-birida edi. Yujin chuqur nafas olib, hashamatli, ammo u uchun hamisha sovuq va begona boʻlgan uyiga qadam bosdi.
Ichkarida daxshatli sukunat hukm surardi. Yujin zinalardan oʻz xonasi tomon ohista koʻtarilib, endigina eshik tutqichini ushlagan ham ediki, yoʻlakning narigi tomonidagi eshik shartta ochildi. Ichkaridan uning otasi gʻazabli va qatʼiy chehra bilan chiqib keldi. Uning koʻzlarida hech qanday otalik mehri yoʻq, faqat qattiqqoʻllik va jaxl aks etardi.
— Shu vaqtgacha qayerda yuribsan?! — deb baqirdi u, ovozi butun yoʻlakda aks-sado berib. — Soat necha boʻlganidan xabaring bormi?! Kim oilasi bilan boʻlgan mojarolardan keyin sening ham isming matbuotga aralashib qolishini istamayman!
Yujin uning bu vajohatidan choʻchib ketmadi. U oʻzini magʻrur tutib, ovozini xotirjam qilishga urindi:
— Men ishdaligimni bilasiz-ku, ota... Ertaga katta koʻrgazma... — U hali gapini tugatishga ulgurmagan edi.
*SHARTT!*
Kutilmagan shafqatsiz tarsaki Yujinning yuziga daxshatli ogʻriq bilan tushdi. Qizning boshi yon tomonga burilib ketdi, oʻng yanogʻi bir soniyada yonib, qizarib ketdi.
— Meni aldama! — deb oʻshqirdi otasi barmoqlarini unga bigiz qilib. — Qaytib bu uyga yarim tunda, mana shunday ahvolda qaytganingni koʻrmay! Sen oʻz brendingni va mening nomimni bulgʻashga haqqing yoʻq!
Yujin yuzidagi achishishni va ichidagi portlayotgan gʻazabni zoʻrgʻa yutdi. U ohista boshini koʻtardi. Lab chetida shunday alamli, daxshatli darajada sovuq bir jilmayish paydo boʻldiki, bu uning taslim boʻlmaganidan darak edi. U otasining koʻzlariga tik qarab, har bir soʻzini donalab, taʼkidlab aytdi:
— Men... ishda... edim... dedim.
Bu qaysarona va boʻyin egmas javob otasining gʻazabini battar alovlantirib yubordi. U yana bir bor shafqatsizlarcha uning yuziga tarsaki tushirdi. Yujin bu safar zarbning kuchidan devorga urilib ketishiga bir baxya qoldi.
Otasi unga nafrat bilan tikilib, yuragini chil-chil qiladigan oʻsha gapni aytdi:
— Sening xuddi oʻsha oying kabi suyuq boʻlib ketmasliging uchun harakat qilgandim! Uni tarbiyalay olmagandim, seni esa toʻgʻrilamoqchi edim... Lekin sen ham xuddi oʻsha onangning oʻzi boʻlding! Hech qanday farqing yoʻq!
U jahl bilan Yujinning yelkasidan qattiq turtib yubordi-da, uning yonidan tez qadamlar bilan oʻtib, zinalardan pastga tushib ketdi.
Yoʻlakda yana oʻsha sovuq sukunat tiklandi. Yujin devorga suyanib qolgandi. Otasining bu soʻzlari uning qalbida oʻchmas bir chiziq tortgandek ogʻir botdi. Onasining xotirasi, uning taqdiri va oʻziga nisbatan aytilgan bu iflos haqorat uning tomirlaridagi qonni muzlatib qoʻygandek edi. Uning koʻzlari beixtiyor yoshga toʻldi, koʻz qorachigʻidan bir tomchi issiq yosh sizib chiqib, yongʻin chiqayotgan yanogʻi boʻylab pastga dumaladi.
Biroq Yujin oʻsha soniyaning oʻzidayoq tishlarini bir-biriga botirdi.
"Yoʻq... Sen yigʻlamaysan, Park Yujin. Faqat ojizalar yigʻlaydi. Sen hech qachon hech kimning qarshisida, hatto mana shu daxshatli uyda ham ojiz boʻlishga haqqing yoʻq!" — deb pichirladi u oʻziga-oʻzi.
U oʻsha bir tomchi yoshni barmogʻining orqa qismi bilan shartta artib tashladi-da, xonasiga kirib, eshikni qattiq yopdi va qulfladi.
Eshikka suyanganicha uning nafasi tezlashib, butun vujudi titray boshladi. Ichidagi asbiylik, gʻazab va alam shu qadar ulkan ediki, u stol ustidagi andozalarni, eskiz daftarlarini polga otib yubordi. U oʻzini boshqara olmayotgandi. Butun dunyoni oʻz qoʻllari bilan boshqaradigan daho manipulyator qiz bugun mana shu xonada oʻz oʻtmishi va otasining shafqatsizligi qarshisida yolgʻiz, asabiy tushkunlik ichida qolgandi. Unga hozir faqatgina bir narsa — Taehyungning oʻsha issiq, daldali kaftlari va uning himoyasi yetishmayotgan edi.

Yujinning nafas olishi yanada tezlashdi, oʻpkasiga havo yetishmayotgandek boʻgʻila boshladi. Otasining oʻsha gaplari — *"Suyuq onangning oʻzi boʻlding!"* — miyasining ichida daxshatli aks-sado berib, minglab ignalar kabi sanchilardi. Bu shunchaki jahldan chiqqan asbiylik emas, balki yillar davomida ichiga yutib kelingan, bolalikdagi ogʻir travmalar va yolgʻizlik uygʻotgan chuqur panik xuruj va psixik tushkunlik (isterika) edi.
U koʻzguda oʻzining qizarib ketgan yonoqlarini, titrayotgan lablarini koʻrdi. Oʻzining bunday ojiz va singan holati uni battar jinnilik yoqasiga olib kelayotgandi. U nafratlanardi — otasidan ham, oʻzining mana shu ojizligidan ham.
— Yoʻq... Yoʻq! Men unga oʻxshaganim yoʻq! — deb pichirladi u gʻazab bilan.
Ichidagi oʻsha daxshatli ogʻriqni, ruhan ezilishni jismoniy ogʻriq bilan bostirish, oʻziga zarar yetkazish (self-harm) istagi miyasini egallay boshladi. U gʻira-shira ong bilan stol ustidagi oʻtkir dizaynerlik qaychisini koʻrib qoldi. Qoʻllari titragancha qaychini oldi, uning oʻtkir uchi tunda sovuq yaltirab turardi. U qaychini bilagiga yaqinlashtirdi...
Biroq aynan shu daxshatli soniyada uning koʻz oldida kechagina u uchun qaygʻurib yigʻlayozgan, uning barmogʻidagi arzimas qonni toʻxtatish uchun titragan Taehyungning nigohi gavdalandi. *"Agar sen shikastlansang, bu gʻalabaning menga kerigi yoʻq..."* degan issiq ovoz miyasida jarangladi.
Yujin daxshatga tushib, qaychini shartta yerga otdi. Metalldan chiqqan sovuq ovoz uni oʻziga keltirgandek boʻldi. U oʻziga zarar yetkaza olmasdi, chunki endi uning tanasi va hayoti faqat oʻziniki emas, u uchun qaygʻuradigan oʻsha yigitga ham tegishli edi.
U oʻzini toʻxtatish uchun shoshilgancha yuvinish xonasiga kirdi. Shkafchani ochib, oʻzining maxsus kuchli tinchlantiruvchi dorisini (antidepressant/trankvilizator) qidira boshladi. Qoʻllari shu qadar qattiq titrayotgan ediki, dori qutisini ochayotganda ichidagi oq tabletkalar polga sochildi. U yerga tiz choʻkkancha, polga sochilgan dorilardan ikkitasini oldi va suvga ham qaramay, quruq oʻzini yutib yubordi.
Soʻngra oʻzini boshqarish, ichidagi olovni oʻchirish uchun rakovinani sovuq suvga toʻldirdi va yuzini shartta oʻsha muzdek suvning ichiga tiqdi. Suv ostida oʻn soniya... yigirma soniya... oʻpkasidagi oxirgi havo tugaguncha turdi. Muzdek suv uning yonayotgan yuzini va aqldan ozayotgan ongini asta-sekin hushiga keltira boshladi.
.

Muzdek suvdan boshini koʻtarganida, Yujin ogʻir va chuqur nafas olar, dori ham asta-sekin oʻz kuchini koʻrsatib, tanasidagi daxshatli titroqni jilovlay boshlagan edi. U yuvinish xonasining sovuq devoriga suyanib, asta-sekin polga oʻtirdi va nam sochlari orasidan yerda sochilib yotgan oq tabletkalarga termildi.
Ayni shu lahzada, dorining karaxt qiluvchi taʼsiri ostida uning ongida alamli, siniq va bir vaqtning oʻzida daxshatli darajada sovuq boʻlgan ichki monologi boshlandi:
"Mana sening haqiqiy tushing, Park Yujin... Dunyo senga daho deb qaraydi, kiygan liboslaringni sanʼat asari deb koʻklarga koʻtaradi. Ammo mana bu devorlar ortida sen hamon oʻsha kichkina, oʻgay ona va shafqatsiz ota qoʻlida xor boʻlgan, burchakda titrab yigʻlaydigan yetim qizchasan... 'Onang kabi suyuqsan' emish... Meni har bir qadamimni oʻlchab bosishga, mukammal boʻlishga, hissiz robotga aylanishga majbur qilgan mana shu haqoratlar emasmidi?! Men oʻzimni himoya qilish uchun hamma narsani va hammani oʻyinchoq qildim. Tuygʻularni andozadek qirqib tashladim...Lekin... Taehyung... Sen nega mening hayotimga kirding? Agar hozir sen boʻlmaganingda, men mana shu oʻtkir qaychi bilan oʻz aqldan ozgan ongimni, jismoniy ogʻriq bilan jazolayotgan boʻlardim. Nega sening oʻsha qaygʻuli koʻzlaring, barmogʻimni bogʻlagan issiq qoʻllaring meni oʻz xudbinligimdan qutqarib qoldi? Men seni oʻyinimning bosh qahramoni, oʻz maqsadlarim yoʻlidagi qurbon deb bilgan edim... Ammo hozir, mana shu sovuq polda oʻtirib, faqat sening iforingni sogʻnyapman. Sen meni shunchaki daho emas, asrab-avaylanadigan qizdek koʻrding. Bu daxshatli uydagi hayvonlar ichida menga insondek qaragan yagona odam sen boʻlding, Taehyung... Men yigʻlamayman. Ertaga oʻsha koʻrgazmada men otamga ham, senga xiyonat qilgan oʻsha Choi oilasiga ham kimligimni koʻrsatib qoʻyaman. Men gʻalaba qozonaman... va seni hech qachon yonimdan qoʻyib yubormayman..."
Yujin nam sochlarini orqaga tashlab, yerda yotgan dorilar va qaychiga qarab sovuq jilmaydi. U oʻzini yana bir bor yengishga muvaffaq boʻlgandi.
U dori asoratida asta-sekin karaxt boʻlib, karavotiga oʻtdi. Divanga oʻzini tashlarkan, qoʻliga telefonini oldi va kontaktdagi faqat bitta ismga — Taehyungga tikilib turdi. Unga hozirgina qoʻngʻiroq qilgisi, yigʻlab hammasini aytgisi, uning baquvvat yelkalariga bosh qoʻygisi keldi, ammo u Park Yujin edi. U sirli va kuchli boʻlib qolishi kerak.
U telefonni quchoqlab, Taehyungning kecha kiygan issiq kostyumi iforini hayolan eslab, dorining ogʻir uyqusi ostida nihoyat koʻzlarini yumdi. Ertaga u yana oʻsha magʻrur va daxshatli darajada goʻzal malikaga aylanishi shart edi.

Ertalab dorining asorati va kechagi ogʻir tun ortda qolib, Yujin mutlaqo boshqa odam boʻlib uygʻondi. Kechagi siniq, titroq qizdan asar ham qolmagandi. U oʻziga eng yarashgan, qomatini xuddi haykaldek koʻrsatib turuvchi qora, oʻta nafis va magʻrur kutyure libosini kiydi. Kechagi tarsaki izlarini professional pardoz ostiga yashirdi — endi uning yuzida faqat daho dizaynerning sovuq va maftunkor jozibasi bor edi. U chuqur nafas oldi-da, gʻalaba qozonish uchun koʻrgazma zali tomon yoʻl oldi.

Koʻrgazma saroyi haqiqiy turnaqator odamlar, matbuot vakillari va Seulning eng yuqori tabaqa vakillari bilan toʻgʻri kelgandi. Kameralarning miltillashi, chiroqlar va odamlarning shivir-shiviri havoni taranglashtirib yuborgandi.
Yujin sahna ortiga (backstage) kirib kelganida, uni daxshatli hayajon ichida yurgan Taehyung kutib oldi. Taehyung uni koʻrishi bilan barcha narsani unutib, unga yaqinlashdi. Ammo qizning yuzidagi mukammal pardoz ostida yashiringan oʻsha gʻalati sovuqlik va kechagi charchoq asoratini sezdirmaslikka urinishini yigitning oʻtkir nigohi baribir payqadi.
— Yujin... Ahvoling yaxshimi? Kechasi yaxshi dam oldingmi? — deb soʻradi Taehyung past ovozda, uning koʻzlarida hamon oʻsha cheksiz gʻamxoʻrlik bor edi.
Yujin uning koʻzlariga qarab, lab chetida oʻsha sirli va olovli tabassumini hadya qildi. Kechagi daxshatli tundan keyin bu yigitning ovozi unga goʻyoki najotdek eshitildi:
— Men aʼlo darajadaman, janob Kim. Bugun butun dunyo bizning poyimizda yiqiladigan kun. Tayyormisan?
Taehyung qizning bu qatʼiyatidan kuch olgandek, uning koʻzlariga tikilib jilmaydi:
— Sen bilan har qanday jangga tayyorman.

~~~

Musiqa yangradi. Chiroqlar oʻchib, podium markaziga dahoona yoritgichlar yoʻnaltirildi. Koʻrgazma boshlandi.
Yujin va Taehyung tunu kun mehnat qilib yaratgan kolleksiya podiumga chiqqan ilk soniyalardanoq zaldagi barcha mehmonlar, tanqidchilar va matbuot vakillari hayratdan qotib qolishdi. Liboslar shunchaki mato emas, balki jonli haykallarga oʻxshardi. Har bir chok, matolarning shaffofligi va ranglar uygʻunligi tomoshabinlarni butunlay sehrlab qoʻydi.
Kameralarning tinimsiz miltillashi, odamlarning hayrat toʻla pichirlashlari zaldagi muhitni qizitib yubordi. Choi oilasi va raqib kompaniyalar oʻz joylarida daxshatli shok holatida oʻtirishardi — ular Kim kompaniyasining bunday yuksak darajada qayta tirilishini kutishmagandi. Aksiyalar narxi xuddi raketadek yuqoriga qarab shoʻngʻiyotgani haqida kompaniya planshetlariga tinimsiz xabarlar kela boshladi.
Sahna ortida turgan rais — janob Kim hayajondan koʻzlariga yosh olgandek Taehyungning yelkasiga qoʻlini qoʻydi:
— Oʻgʻlim... Biz uddaladik! Natijaga erishdik! Kompaniya tarixidagi eng yirik gʻalaba bu! — dedi u magʻrurlik bilan.
Taehyung esa otasining gaplariga shunchaki bosh silkadi, uning nigohi faqat bir kishida — monitoring orqali modellarni nazorat qilayotgan Yujinda edi.

~~~

Barcha modellar oʻzlarining mukammal liboslarida podium boʻylab eng soʻnggi bor saf tortishdi. Zaldagi qarsaklar ovozi butun binoni larzaga keltirayotgan edi. Va nihoyat, boshlovchining ovozi yangradi:
— Va endi, ushbu misli koʻrilmagan, dahoona kolleksiyaning muallifi — dizayner Park Yujin!
Chiroqlar sahnaning markaziga yoʻnaltirildi. Yujin oʻzining oʻsha qora, daxshatli darajada goʻzal va magʻrur libosida podiumga qadam bosdi. Uning har bir odimi, boshini magʻrur koʻtarishi va sovuq, jozibali nigohi butun zalni oʻziga boʻysundirgandek edi. Hamma oʻrnidan turib qarsak chalar, u esa xuddi butun dunyoni zabt etgan qirolichadek qaddini tik tutib borardi.
U zalda oʻtirgan oʻzining shafqatsiz otasini koʻrdi. Otasining koʻzlaridagi gʻazab oʻrnini hayrat va majburiy tan olish egallagan edi. Yujin unga qarab ichida pichirladi: "Koʻrib qoʻy, ota... Sen suyuq degan oʻsha qiz bugun hammangni poyingga tiz choʻktirdi."
Yujin sahnaning oʻrtasiga yetib kelganida, uning roʻparasidan Taehyung chiqib keldi. Yigitning qoʻlida daho dizayner uchun maxsus tayyorlangan ulkan qizil atirgullar guldastasi bor edi. Taehyung hamma guvohligida Yujinga yaqinlashdi va guldastani unga uzatarkan, past ovozda, faqat uning oʻzigagina eshitiladigan qilib pichirladi:
— Sen nafaqat podiumning, balki mening hayotimning ham eng buyuk sanʼat asarisan, Park Yujin. Endi seni hech qachon qoʻyib yubormayman.
Yujin guldastani olar ekan, Taehyungning olovli va vaʼdaga toʻla koʻzlariga tikildi. Uning ichidagi barcha alamlar, kechagi psixik tushkunliklar va ogʻriqlar shu lahzada butunlay kul boʻlib uchib ketdi. U daho manipulyator edi, ammo hozir oʻz gʻalabasining choʻqqisida turib, bu yigitning sevgisiga butunlay asir boʻlganini baxt bilan his qildi.

By: Park Yoona