July 7

Sans Amour 🪼 Season 2 Episode 12

FINAL

Shanhay, Klan Qarorgohi. Kechki soat 23:00.
Qoʻrgʻonning bosh majlislar zalida dabdabali qandillar oʻchirilgan, faqat klan rahbarining stoli ustidagi chiroqqina xonani yoritib turardi. Sarang deraza yonida turib, tungi Shanhayning cheksiz chiroqlariga tikilardi. Sakkiz yil davomida uni dahshatga solgan, ayni paytda boʻysundirgan bu shahar endi u uchun shunchaki oʻtmish edi.
Eshik taqillab, ichkariga Jian Jao kirdi. U har doimgidek bosiq va sodiq edi.
— Meni chaqirtirdingizmi, Xonim LA? — dedi u ohista bosh egib.
Sarang ortiga oʻgirildi va stol ustida turgan klan muhrini hamda barcha maxfiy shartnomalar jamlangan papkani Jian Jaoga qarab surdi.
— Men endi ketyapman, Jian. Butunlayga, — dedi Sarang, uning ovozida hech qanday afsus yoʻq edi. — Bugundan boshlab Xitoydagi barcha klan ishlari, hududlar va bu muhr seniki. Men seni oʻzimga voris etib tayinladim.
Jian Jao hayratdan bir muddat qotib qoldi, soʻng chuqur taʼzim qildi:
— Xonim... Bu men uchun ulkan sharaf. Ammo sizsiz klan...
— Klan endi tinch, Jian. Dushmanlar yoʻq qilindi. Menga sodiq boʻlganing kabi, bu odamlarga ham adolat bilan rahbarlik qil. Men oʻz hayotimni yashash vaqti keldi, — Sarang mayin jilmayib, sodiq yordamchisining yelkasiga qoʻlini qoʻydi. — Rahmat barchasi uchun.

Xuddi shu vaqtda. Seuldagi maxfiy qarorgoh bilan video-aloqa.
Suga kabinetida oʻtirgancha, ekrandagi Hyunjinga tikilib turardi. Hyunjin hamon oʻsha sovuqqon, magʻrur, ammo Sugaga cheksiz hurmat bilan boquvchi yigit edi.
— Demak, qaroringiz qatʼiy, boshliq? — soʻradi Hyunjin ekranning u yoqidan.
Suga qoʻlidagi qadaxni stolga qoʻyib, qadrdon yordamchisiga qaradi:
— Ha, Hyunjin. Seulga qaytyapman, ammo mafia olamiga emas. Men faqat qonuniy bizneslarimni va kompaniyani oʻz qoʻlimda ushlab qolaman. Qora dunyo, yer osti shartnomalari, qurol-yarogʻ nazorati — barchasini bugundan boshlab senga topshiraman. Seul yer osti dunyosining yangi qiroli sensan.
Hyunjin ekranda biroz jilmaydi, uning koʻzlarida Sugaga boʻlgan cheksiz minnatdorchilik bor edi:
— Siz yuzingizni yorugʻ qilib ketdingiz, boshliq. Men qurgan imperiyangizni zarracha boʻlsa ham qulatmayman. Sarang va Junhoo bilan baxtli boʻling. Siz bunga hammadan koʻproq loyiqsiz.
Suga aloqani uzdi-da, stuliga suyandi. Yelkasidagi daxshatli yuk birdan gʻoyib boʻlgandek, uzoq vaqtdan beri ilk bor yengil va erkin nafas oldi.
Ertasi kuni. Seul Xalqaro Aeroporti.
Yozgi mayin shabada Seul osmonida suzib yurgan ulkan samolyotning oynalariga urilardi. Samolyot qoʻnish yoʻlagiga kelib toʻxtaganida, Junhoo birinchi boʻlib oynaga yopishdi.
— Oyijon! Dada! Qaranglar, bu yer boshqacha ekan! Hamma joyda koreyscha yozuvlar! — deb baqirdi bolakay quvonib.
Suga kulib yubordi va mitti oʻgʻlining boshini silab, uni bagʻriga bosdi:
— Bu yer sening vataning, polvonim. Endi biz shu yerda yashaymiz.
Ular samolyot trapidan pastga tushishayotganda, Sarang bir soniya toʻxtab qoldi. U Seulning toza, qadrdon havosini oʻpkasini toʻldirib ichiga yutdi. Sakkiz yil avval u bu yerdan yigʻlab, qochib, hayoti parchalangan holda ketgan edi. Endi esa u oʻzining eng suyukli erkagi va mittigina dunyosi boʻlgan oʻgʻli bilan qaytib keldi.
Suga uning toʻxtab qolganini koʻrib, Sarangning nozik kaftini oʻzining issiq va baquvvat qoʻllari orasiga oldi. Ularning koʻzlari toʻqnashdi.
— Qoʻrqmayapsanmi, Valentin? — deb soʻradi Suga ohista, koʻzlarida cheksiz mehr bilan.
Sarang uning qoʻlini mahkamroq qisdi, lablarida haqiqiy muz malikasining emas, balki baxtli ayolning tabassumi porladi:
— Sen yonimda ekansan, endi hech narsadan qoʻrqmayman, Suga. Biz uydamiz.
Junhoo ikkalasining oʻrtasiga suqilib kirib, qoʻllaridan tortdi:
— Dada, yuring tezroq! Koreyscha pankeyklarni tatib koʻrmoqchiman!
Ularning quvnoq kulgisi aeroport yoʻlagi boʻylab yangradi. Ular ilk qadamlarini toza, ozod va baxtli hayot sari tashlashdi.

Koreyadagi Qadrdon Qoʻrgʻon. Soat 11:30.
Suga, Sarang va mitti Junhooni olib kelayotgan qora rangli dabdabali mashina darvozadan ichkariga kirib keldi. Sarang mashina oynasidan atrofga qararkan, yuragi gupillab ura boshladi. Bu oʻsha qadrdon, unutilmas qoʻrgʻon edi. Ammo hovli daxshatli darajada jim-jit, goʻyo ichkarida hech kim yoʻqdek tuyulardi.
Suga mashinani toʻxtatib, Sarangga qarab sirli jilmaydi, ammo hech narsa demay, eshikni ochib pastga tushdi. Aslida esa, u Seulga uchishdan oldin hamma qadrdonlariga yashirincha xabar yuborgan va ularni shu yerga toʻplagan edi.
Suga oʻgʻli Junhooni dast koʻtarib oldi, Sarang esa hayron boʻlgancha uning yoniga keldi:
— Suga, nega atrof bunchalik jim-jit? Hamma qayerda? — deb soʻradi u sekin.
— Ichkariga kirsak, bilasan, Valentin, — dedi Suga koʻzlari qisilib, ayyorona kulimsirarkan.
Ikkalasi qoʻl ushlashib, mitti Junhoo bilan birga qoʻrgʻonning ulkan, dabdabali eshigini ochib, ichkariga qadam qoʻyishdi. Mehmonxona daxshatli darajada qorongʻu edi. Sarang chiroq tugmasini bosish uchun qoʻl choʻzgan ham ediki...
— SYURPRIZ!!! XUSH KELIBSIZLAR!!! — degan hayqiriq butun qoʻrgʻonni tutib ketdi!
Bir soniyada ulkan qandillar yonib, xona yorishib ketdi. Shiftlardan rang-barang konfettilar va sharlar uchib tushdi. Sarang hayratdan daxshatli darajada qotib qoldi, mitti barmoqlari bilan lablarini toʻsib, koʻzlariga ishonmay qarshisidagi manzaraga tikildi.
Eng oldinda Sarangning oʻgay akasi Taehyung oʻzining oʻsha mashhur va kelishgan tabassumi bilan turardi, uning yonida goʻzal sevgilisi Jisoo koʻzlarida yosh bilan jilmayib turardi.
Ularning ortida esa oʻgay singlisi Jennie va uning eri Jungkook qoʻllarini silkitib turishardi. Ularning yonida mitti, shirin bir oʻgʻil va bir qizaloq — ularning farzandlari quvnoq sakrashardi.
Yana bir chetda esa Suganing eng yaqin doʻsti Jimin xotini Rose bilan birga turardi. Rose qoʻlida mitti qizalogʻini bagʻriga bosgancha, baxtdan yigʻlayotgan edi.
— Sarang!!! — Jennie barcha rasmiyatchiliklarni unutilib, birinchi boʻlib singlisi tomon yugurdi va uni mahkam quchoqlab oldi. — Sogʻinganimni bilmaysan, ahmoq qiz! Nega shuncha yil bizni intizor qilding?!
Sarangning koʻzlaridan daryodek issiq yoshlar sizib chiqdi. U Jennieni mahkam quchib, oʻpkasi toʻlib yigʻlab yubordi:
— Men ham... men ham sizlarni rossayam sogʻindim, Jennie!
Taehyung ham yaqinlashib, ikkala singlisini ham oʻzining baquvvat qanotlari ostiga oldi. Uning ovozi biroz titrardi:
— Xush kelibsan, kichkintoy. Nihoyat, oilamiz yana bir butun boʻldi. Endi seni hech qayerga qoʻyib yubormayman, — dedi u Sarangning sochni ohista silab.
Sarang akasining, opasining, barcha qadrdonlarining taftini his qilib, oʻzini baxtning eng choʻqqisida his etardi. Sakkiz yillik sovuq va ayovsiz ayriliq mana shu birgina issiq quchoqlarda erib ketayotgan edi.
Shu payt Jungkook va Jimin Suganing yoniga kelishdi. Jungkook gʻolibona ohangda Suganing yelkasiga urib qoʻydi:
— Boshliq! Demak, daxshatli rejangiz amalga oshibdi-da? Muz malikasini va mitti shahzodani Seulga qaytarib kelibsiz!
Jimin esa erda turgan mitti Junhooga hayrat bilan tikilib qoldi. Bolakay xuddi Suganing mitti nusxasi kabi magʻrur turardi:
— Voy xudoyim... Suga, bu bolakay sening aynan oʻzing-ku! Qosh-koʻzlari, hatto turishi ham daxshatli darajada senga oʻxshaydi! — dedi Jimin kulib.
Rose va Jisoo ham darhol Junhoning qarshisida choʻkkalab oʻtirishdi:
— Salom, mitti toychoq! Biz sening ammang va xolang boʻlamiz! — deyishdi ular bolakayning shirin yuzlaridan oʻpib.
Jennie va Jungkookning oʻgʻli hamda qizi ham darhol Junhoning yoniga kelishdi. Mitti bolalar bir soniyada bir-biri bilan til topishib, qoʻrgʻon hovlisiga qarab oʻynashga yugurib ketishdi.
Sarang koʻz yoshlarini artib, Sugaga qaradi. Suga unga cheksiz bir mamnuniyat va muhabbat bilan tikilib turardi. Sarang hamma qadrdonlarini birma-bir quchoqlab chiqdi, Jisooni, Roseni bagʻriga bosdi. Sakkiz yillik ayriliqdan soʻng bu uchrashuv daxshatli darajada chiroyli, issiq va samimiy oʻtayotgan edi.

Mehmonxonadagi ulkan stol allaqachon dabdabali taomlar va shirinliklar bilan toʻldirilgan boʻlib, hamma qahramonlar shod-xurramlik bilan davra qurishdi. Kulgi, shirin suhbatlar va oʻtmish xotiralari qoʻrgʻon devorlarini titratardi.

Seul. Oradan uch oy oʻtdi.
Koreyadagi hayot xuddi Sarang orzu qilgandek tinch, osuda va cheksiz baxtga toʻla boshlandi. Suga vaʼda qilganidek, mafia olamini butunlay ortda qoldirib, faqat qonuniy biznes va kompaniya ishlari bilan shugʻullanar, har kuni kechki payt vaqtida uyga — oilasining davrasiga qaytardi. Junhoo esa Seuldagi eng yaxshi maktabga bora boshladi, u amakilari Jungkook va Jimin, xolalari Jennie va Rosening farzandlari bilan daxshatli darajada qadrdon boʻlib ketgandi.
Biroq soʻnggi haftalarda Sarang oʻzida gʻalati oʻzgarishlarni payqay boshladi. U ertalablari daxshatli darajada koʻngli aynib uygʻonadigan, odatda yaxshi koʻradigan kofesining hidini ham yoqtirmaydigan boʻlib qoldi. Eng muhimi — u tinimsiz uxlashni xohlar, kayfiyati esa bahor havosidek tez-tez oʻzgarib turardi.
Bugun ham tongda Suga ishga ketganidan soʻng, Sarang yana oʻsha tanish koʻngil aynishini his qildi. Yuragi bir narsani sezgandek shiddat bilan ura boshladi. U chuqur nafas olib, yashirincha sotib olib qoʻygan homiladorlik testini olish uchun hammomga kirdi.
Yuragi qinidan chiqib ketgudek titroq barmoqlari bilan testni qildi va besh daqiqa kutdi. Bu besh daqiqa u uchun xuddi besh yildek tuyuldi. Nihoyat, koʻzlarini mahkam yumib, qaytadan ochganida, test oynasida ikki dona qip-qizil chiziq aniq va ravshan boʻlib turardi!
Sarang hayratdan va cheksiz baxtdan ogʻzini mitti kaftlari bilan toʻsib, koʻz yoshlarini tiyolmay qoldi. U homilador edi! Sakkiz yil oldin Junhooni yolgʻiz, dushmanlar qurshovida, daxshatli qoʻrquv bilan dunyoga keltirgan boʻlsa, endi bu mitti moʻjizani sevimli erining baquvvat yelkalari ortida, tinch va xavfsiz dunyoda dunyoga keltirishi mumkin edi.
Xuddi shu kuni kechqurun. Soat 20:00.
Suga ishdan qaytganida, xona ichi mayin shamlar va dabdabali kechki ovqat hidi bilan toʻla edi. Junhoo allaqachon oʻz xonasida shirin uyquda edi.
Suga ustidagi kostyumini yechib, divanda jilmayib oʻtirgan Sarangning yoniga keldi va uning peshonasidan ohista oʻpdi:
— Valentin... Bugun kayfiyating aʼlo darajada koʻrinadi? Ertalabki oʻsha daxshatli koʻngil aynishlar oʻtib ketdimi? Shifokorga boramiz deb turgandim.
Sarang uning issiq qoʻllarini oʻz kaftlari orasiga oldi. Uning koʻzlarida hayajon olovi porlardi:
— Suga... Men bugun shifokorga bordim. Va senga bitta judayam qimmatli sovgʻa tayyorlab qoʻydim.
Suga qoshlarini biroz chimirib, ayyorona kulimsiradi:
— Sovgʻa? Xonim LA menga yana qanday syurpriz tayyorlagan ekan?
Sarang ortiga yashirib qoʻygan kichkina, chiroyli qutichani chiqarib, Suganing qoʻliga tutqazdi:
— Uni ochib koʻr, Min Suga.
Suga qutichani sekin ochdi va ichidagi narsaga koʻzi tushganda, bir soniyada uning oʻsha sovuqqon, magʻrur nigohlari muzlab, butunlay hayratga aylandi. Qutichaning ichida ikki chiziqli homiladorlik testi va mittigina, oppoq rangdagi chaqaloq paypoqchalari turardi.
Suga bir necha soniya gapira olmay, testga tikilib qoldi. Shanhay daxshatini titratgan, oʻlim bilan yuzma-yuz kelganda ham koʻzini pirpiratmagan bu erkakning qoʻllari hozir xuddi yosh bolanikidek qaltiray boshladi. U boshini koʻtarib, koʻzlarida yosh bilan unga tikilib turgan Sarangga qaradi:
— Sarang... Bu... Bu rostmi? — uning ovozi daxshatli darajada titrab, boʻgʻilib chiqdi. — Sen... biz... yana farzandli boʻlamizmi?
Sarang yigʻlagancha bosh irgʻadi va oʻzini uning baquvvat koʻksiga otdi:
— Ha, Suga! Sening mitti Valentinung qaytyapti! Biz yana ota-ona boʻlamiz!
Suga uni shunchalik mahkam, shunchalik ehtiyotkorlik bilan bagʻriga bosdiki, goʻyo uning ichidagi oʻsha mitti jonni ham oʻz tafti bilan asramoqchi edi. Uning koʻzlaridan baxt yoshlari sizib chiqib, Sarangning nam sochlariga urildi. U hayotida ilk bor oʻzini dunyodagi eng boy va eng gʻolib erkak deb his qildi.
— Rahmat, Valentin... — deb shivirladi Suga, uning lablaridan, yonoqlaridan tinmay oʻparkan. — Sakkiz yillik zulmatdan soʻng, sen menga hayotimdagi eng buyuk quyoshni sovgʻa qilding. Bu safar... men sening yoningda boʻlaman. Tugʻruqxonada ham, har bir tun quchogʻida ham sening qoʻlingni mahkam tutib turaman. Men seni dunyodagi eng baxtli ayol qilaman!

Sarang uning koʻz yoshlarini barmoqlari bilan artib, shirin kulib yubordi:
— Bilaman, Suga. Ammo bitta muammo bor...
Suga qoshini koʻtardi:
— Qanday muammo?
— Ertaga oʻgʻling uygʻonganida, unga endi yotoqxonada faqat men emas, balki mitti uchinchi raqib ham uxlashini qanday tushuntiramiz? Kvadrosikl endi yordam bermasa kerak? — dedi Sarang ayyorona koʻz qisib.
Suga baland ovozda, daxshatli darajada baxtiyor boʻlib kulib yubordi va Sarangni dast koʻtarib, xona boʻylab aylantirdi:
— Xavotir olma, muz malikasi! Janob Min Junhoo bilan yangi shartnoma imzolaymiz. Bu safar unga mitti yaxta olib berishimga toʻgʻri kelsa ham, bu joyni hech kimga bermayman!
Ularning shirin va quvnoq kulgisi tun bagʻrida, tinch va ozod Seul osmonida aks-sado berdi. Ularning uzoq, azobli va ayriliqlarga toʻla yoʻli nihoyat eng mukammal, eng goʻzal va eng yorugʻ yakuniga — haqiqiy oila baxtiga yetib kelgan edi.

Seul. Ertasi kuni ertalab. Soat 08:30.
Oshxonadan yangi pishgan shirin quymoqlar va mevali sharbatlarning yoqimli hidi taralardi. Min Suga va Sarang nonushta stolini bezatib boʻlishgach, Junhoo oshxonaga kirib keldi. U endi oʻsha dadasining quchogʻiga arang sigʻadigan, boʻylari oʻsib qolgan, koʻzlari daxshatli darajada aqlli boʻlib boquvchi haqiqiy maktab oʻquvchisi edi.
— Xayrli tong, oyijon... Xayrli tong, dada, — dedi bolakay maktab sumkasini chetga qoʻyib, stulga oʻtirarkan.
Suga va Sarang bir-biriga qarab, sirli va daxshatli darajada hayajonli jilmayib qoʻyishdi. Suga darhol oʻgʻlining yoniga kelib, uning yelkasidan quchdi:
— Xayrli tong, janob Min Junhoo! — dedi Suga, oʻgʻlining ulgʻaygan qiyofasiga magʻrurlik bilan tikilib. — Bugun senga juda ham muhim gapimiz bor. Bu oilamiz darajasidagi eng maxfiy va eng quvonchli yangilik!
Junhoo qoshlarini jiddiy chimirib, dadasiga va onasiga qaradi. U 8 yoshga toʻlayotgan yigit boʻlgani uchun har bir gapni daxshatli darajada tez tushunardi:
— Qanaqa yangilik, dada? Maktab ishlari bilan bogʻliqmi? Yoki menga oʻsha vaʼda qilgan narsangizni olib keldingizmi?
Sarang uning bu jiddiyligidan ohista kulib yubordi va Junhoning roʻparasiga oʻtirib, uning qoʻllarini oʻz kaftlari orasiga oldi:
— Yoʻq, toychogʻim. Bu safar boshqacha yangilik... Junhoo, sen tez orada juda ham muhim, masʼuliyatli va daxshatli darajada mard insonga aylanishing kerak. Bizga haqiqiy aka kerak.
Junhoo hayron boʻlib, koʻzlarini katta-katta ochdi:
— Aka? Men-a? Ammo men oilada bittaman-ku?
Suga oʻgʻlining yelkasiga qoʻlini qoʻyib, chuqur va faxrli ovozda eʼlon qildi:
— Ha, oʻgʻlim! Sen tez orada haqiqiy Aka boʻlasan! Onangning qornida hozir mittigina hayot bor. Yaqin oylarda sening mitti ukang yoki singling dunyoga keladi. Sen allaqachon 8 yoshga toʻlyapsan, maktabga boryapsan, demak u tugʻilganda unga eng yaxshi oʻrnak va eng kuchli himoyachi aynan sen boʻlasan!
Junhoo bir necha soniya gapira olmay, dadasiga angrayib qarab qoldi. U goʻyo bu maʼlumotni oʻzining aqlli miyasida tahlil qilayotgandek edi. Keyin esa yuziga cheksiz bir bolalarcha quvonch va hayrat yugurdi. U onasining hali mutloq tekis boʻlgan qorniga tikildi:
— Nima?! Rostdanmi, oyi? Men endi yolgʻiz emasmanmi? Maktabda hamma doʻstlarimning akasi yoki ukasi bor edi, endi mening ham mitti odamcham boʻladimi?
— Xuddi shunday, mard yigitim, — Sarang jilmayib, uning qoʻlchasini olib, oʻz qornining ustiga ohista qoʻydi. — U hozir shu yerda shirin uxlab yotibdi. U tugʻilgach, uni asraydigan, unga oʻyinchoqlarini beradigan va dadasining oʻsha qora kvadrosiklini haydashni oʻrgatadigan mard akaga ehtiyojimiz bor. Buni faqat sen uddalay olasan, chunki sen endi mutloq katta yigit boʻlding.
Junhoo onasining qornidagi mitti taftni his qilgandek boʻldi. Ammo birdan uning esiga kechagi yotoqxona masalasi tushib qoldi. U darhol dadasiga ayyorona va gʻolibona tikildi:
— Dada... Demak, u tugʻilgach, oyimning yonida uxlash uchun yana bitta odam koʻpayar ekan-da?
Suga buni eshitib, baland ovozda kulib yubordi va xotiniga qarab koʻz qisdi:
— Ha, janob Min! Shuning uchun aytdim-ku, bu joy uchun kurash endi daxshatli darajada qiyinlashadi deb!
Junhoo stulidan shartta turib, onasini boʻynidan mahkam quchoqlab oldi va dadasiga qarab magʻrur jilmaydi:
— Baribir yutqazdingiz, dada! Men allaqachon 8 yoshga toʻlyapman, maktabga boryapman, demak kuchim ham, aqlim ham siznikidek koʻp! Men endi nafaqat oyimni, balki mitti ukamni ham asrayman. Men dunyodagi eng kuchli aka boʻlaman! Siz baribir divanga borasiz!
Oshxonani uchta qalbning sof, begʻubor va daxshatli darajada baxtiyor kulgisi tutib ketdi. Ertalabki Seul quyoshi ularning shinam xonasini oltin nurlari bilan yoritar, oʻtmishning barcha qora kunlari, daxshatli ayriliqlari mana shu 8 yoshga toʻlayotgan oʻgʻlining quvonchi va yangi tugʻilajak moʻjizaning umidi ichida butunlay erib, yoʻq boʻlib ketgan edi.

Seul. Oradan ikki oy oʻtdi.
Sarangning homiladorligi 16-haftaga qadam qoʻygan edi. Bugun u hayotida ilk bor hech qanday qoʻrquvsiz, yashirinishlarsiz va dushmanlardan xavotir olmasdan, dunyodagi eng xavfsiz va baxtli ayol sifatida birinchi marta shifoxonaga — ultratovush tekshiruviga (UZI) boradigan kun edi.
Suga oʻsha kuni kompaniyadagi barcha uchrashuvlarni, muhim shartnomalarni bir chetga surib qoʻydi. U Sarangga vaʼda berganidek, har bir soniyada uning yonida boʻlishni, har bir mitti quvonchni birga his qilishni istardi. Sakkiz yil oldin Junhoo dunyoga kelayotganda bera olmagan barcha mehrini, eʼtiborini endi mana shu mitti mitti jonga va Sarangga bermoqchi edi.
Klinika. UZI xonasi.
Xonadagi chiroqlar biroz xiralashtirilgan, faqat UZI apparatining ekrani yorugʻ boʻlib turardi. Sarang maxsus karavotga yotdi, shifokor uning qorniga iliq gellar surtib, datchikni ohista yurita boshladi.
Suga esa Sarangning yonida turib, uning titroq nozik kaftini oʻzining issiq va baquvvat qoʻllari orasiga oldi. Uning koʻzlari ekrandan bir soniya ham uzilmas, yuragi daxshatli darajada shiddat bilan urardi.
Toʻsatdan xonani mitti, ammo daxshatli darajada tez urayotgan yurak urishi ovozi tutib ketdi: *Tuk-tuk-tuk-tuk...*
Sarangning koʻzlaridan baxt yoshlari dumalab tushdi. U Suganing qoʻlini mahkamroq qisdi:
— Eshityapsanmi, Suga? Uning yuragi urayapti...
Suga tomogʻiga tiqilgan hislardan bir muddat gapira olmay qoldi. U egilib, Sarangning nam yonoqlaridan ohista oʻpdi:
— Eshityapman, Valentin... Bu dunyodagi eng goʻzal musiqa. Men shu yerdaman, yoningdaman.
Shifokor ekrandagi mitti tasvirni yaqinlashtirib, mayin jilmaydi:
— Xoʻsh, ota-ona... Mittivoyimiz daxshatli darajada shoʻx koʻrinadi, tinmay harakat qilyapti. Uning rivojlanishi mutloq joyida, hammasi aʼlo darajada. Kichkintoyning jinsini bilishga tayyormisizlar?
Sarang Sugaga qaradi, Suganing ham koʻzlarida cheksiz bir intizorlik bor edi. Ikkalasi barobar bosh silkishdi.
— Tabriklayman, janob Min, Xonim Sarang... Sizlar qiz farzand kutyapsizlar! — dedi shifokor ekrandagi mitti barmoqchalarni koʻrsatib. — Bu mitti malika boʻladi.
Sarang hayratdan va cheksiz quvonchdan ichiga nafas oldi:
— Qizaloq?.. Suga, eshitdingmi, bizning qizimiz boʻladi!
Suga buni eshitgan soniyada uning koʻzlaridan yosh qalqib chiqdi. Shanhay yer osti dunyosini, daxshatli klanlarni titratgan Min Suga hozir xotinining qarshisida baxtdan yigʻlayotgan edi. U Sarangning qoʻllarini oʻz lablariga bosib, tinmay oʻpa boshladi:
— Qizaloq... Mening mitti malikam. Sarang, rahmat sanga... Menga Xonim LAning mitti nusxasini sovgʻa qilayotganing uchun rahmat.
Sarang uning sochlarini ohista silab, koʻz yoshlarini artdi:
— Endi sening uyingda ikkita muz malikasi boʻladi, janob Min. Bizni asrashga kuching yetadimi? — deb hazillashdi u shirin kulib.
Suga ohista kuldi, uning nigohidagi oʻsha olovli qatʼiyat qaytgan edi:
— Men sizlar uchun butun dunyoni oyoq osti qilishga tayyorman, Valentin. Bu safar... men har doim, har bir soniyada yoningda boʻlaman. U tugʻilayotganda ham qoʻlingni qoʻyib yubormayman. Men sizlarni dunyodagi eng baxtli insonlar qilaman.
Kechki payt. Uyda.
Ular uyga qaytishganida, Junhoo maktab sumkasini otib yuborib, darhol ularning yoniga yugurib keldi. U ota-onasining yuzidagi oʻsha daxshatli darajada baxtli tabassumni koʻrib, nima boʻlganini darhol tushunishga urindi:
— Xoʻsh, dada! Oyi! Shifokor nima dedi? Kim boʻlar ekan? Mening mard ukammi yoki?..
Suga Junhooni dast koʻtarib oldi-da, uning burnining uchiga urib qoʻydi:
— Magʻlubiyatingni tan ol, janob Min Junhoo! Sening mitti singling dunyoga keladi. Endi uyingizda ikkita ayol boʻladi va ikkimiz ularni birgalikda dushmanlardan, yomon koʻzlardan asraymiz! Kelishdikmi, mard aka?
Junhoo bir soniya hayron boʻlib turdi, keyin esa yuzi quyoshdek yorishib, onasining qorniga qarab baqirdi:

— Singilcha?! Voy xudoyim, uje daxshatli darajada zoʻr-ku! Men unga maktabdagi hamma oʻyinchoqlarimni beraman, uni hech kimga xafa qildirmayman! Ammo dada...
Junhoo dadasiga qarab koʻzlarini qisdi:
— Baribir yutqazdingiz. Singlim ham baribir oyim bilan men tomonda boʻladi. Siz baribir divanga borasiz!
Oshxonani, butun qoʻrgʻonni ularning quvnoq, samimiy va daxshatli darajada baxtiyor kulgisi tutib ketdi. Seul uzra oqshom choʻkarkan, bu oilaning hayotida endi hech qanday zulmat yoʻq edi — faqatgina yangi tugʻilajak mitti malikaning va ularning abadiy sevgisining yorugʻ nurlari porlab turardi.

Sarangning homiladorligi yettinchi oyga oʻtganida, uning ojarliklari klan urushlaridan ham daxshatliroq tus oldi. Yarim tun. Soat tungi 03:15.
Suga charchoqdan endigina shirin uyquga ketgan edi. Toʻsatdan uning yelkasiga kimdir ohista, ammo qatʼiy urdi.
— Suga... Min Suga, uygʻon, — Sarang pichirladi.
Suga koʻzlarini zoʻrgʻa ochdi, xonadagi tungi chiroq yorugʻida xotinining qovogʻini solib oʻtirganini koʻrdi:
— Valentin? Tinchlikmi? Biror joying ogʻriyaptimi? — uning uyqusi bir soniyada qochib, xavotir bilan oʻrnidan turdi.
— Yoʻq... Menga qara, hozir Shanhayning chekasidagi oʻsha mitti kafeda pishadigan, sershira oʻrdak goʻshti aralashtirilgan lagʻmon kerak, — dedi Sarang judayam jiddiy ohangda.
Suga bir soniya eshitgan gapini miyasida tahlil qilishga urindi:
— Nima? Shanhay?! Valentin, biz hozir Seuldamiz-ku! Ertalab aytganingdek, Xitoydagi hamma narsani Jian Jaoga topshirib kelganmiz. Hozir tun yarmi boʻlsa, men qayerdan Shanhayning lagʻmonini topaman?
Sarangning koʻzlariga darhol yosh qalqdi, lablarini burishtirib, yostiqni quchoqlab oldi:
— Ana! Bilgandim! Sen oʻzgargansan... Shanhayda jarohatlanib yotganingda 'Sizlar mening xazinamsizlar, nima desangiz bajaraman' deb daxshatli vaʼdalar berganding. Seulga kelib klan ishlaridan qutulding-u, bir dona lagʻmonni ham qizgʻanyapsan. Mayli, qizing ikkimiz och qolaveramiz...
Suga sochini asabiy toʻzgʻitib, chuqur xoʻrsindi. U Xonim LAning oʻgʻri koʻzlaridagi daryoni toʻxtatish chorasizligini tushunib, taslim boʻlgandek qoʻllarini koʻtardi:
— Boʻldi, boʻldi, Valentin, yigʻlama. Men hozir Hyunjinga qoʻngʻiroq qilaman. Xitoydan shaxsiy samolyotda oʻsha lagʻmonni pishirtirib, Seulga joʻnatishini aytaman. Faqat yigʻlama, iltimos, mitti malikamiz ham ichingda bezovta boʻlyapti.
Sarang bir soniyada koʻz yoshlarini artdi-da, mayin jilmaydi:
— Rostdanmi? Ayron ham qoʻshib yuborishsin de.

Faqat Suga emas, 8 yoshga toʻlib, maktabga qatnayotgan aqlli va mard Junhoo ham onasining bu davrdagi ojarliklaridan nasibasini olar edi.
Yakshanba kuni ertalab. Junhoo darslarini qilib boʻlib, dadasining xonasiga kirmoqchi edi. Sarang esa divanda oʻtirgancha, televizorda qandaydir gʻamgin dramani tomosha qilib yigʻlayotgandi.
— Oyijon, yaxshimisiz? Nega yigʻlayapsiz? — Junhoo xavotir olib onasining yoniga keldi.
Sarang unga qarab, birdan gʻazablandi:
— Junhoo! Nega bu koʻylakni kiyding? Tezda borib almashtir!
— Nega, oyi? Bu koʻk rangli, maktab formasining sviteri-ku? — Junhoo hayron boʻlib oʻziga qaradi.
— Koʻk rang asabimga tegyapti! — Sarang qoʻlidagi salfetkani stolga tashladi. — Va nega xonaga kirayotganda dadasining nusxasidek magʻrur qadam tashlaysan? Qadamlaring judayam shovqinli! Singlingga xalaqit beryapsan.
Junhoo mitti qoshlarini chimirdi, u dadasidan homilador ayollar bilan qanday muomala qilish kerakligi haqida "maxfiy dars" olgandi. U qoʻllarini koʻksiga qovushtirib, huddi katta erkaklardek xoʻrsinib qoʻydi:
— Xoʻp, Xonim Sarang. Hozir borib dadasining nusxasi boʻlmagan qora sviterimni kiyaman va xonaga oyoq uchida kiraman. Faqat xafa boʻlmang, — bolakay dadasiga oʻxshab ayyorona koʻz qisdi.
Sarang uning ortidan qarab, birdan kulib yubordi:
— Toʻxta, Junhoo! Kel, meni quchoqlab qoʻy, dadasining xuddi oʻzi boʻlgan mitti polvonim. Seni rossayam yaxshi koʻraman.
Junhoo onasini quchoqlarkan, zaldan oʻtayotgan Sugaga qarab pichirladi:
— Dada, menimcha bugun siz oshxonada quymoq pishirishingiz kerak, aks holda oyim ikkimizni ham Shanhay klaniga sotib yuboradi.
Suga oʻgʻlining gapiga qarab, qoʻlini peshonasiga qoʻygancha kulib yubordi.

`~~~

Toʻqqizinchi oyning oxiri. Kechki soat 22:45.
Qoʻrgʻonda birdan daxshatli qichqiriq eshitildi. Sarang oshxonada suv ichmoqchi boʻlib turganda, birdan ogʻriq kuchayib, qoʻlidagi stakan yerga tushib parchalandi.
— Suga!!! Junhoo!!! Boshlandi!!! — deb baqirdi Sarang, qornini ushlab.
Suga kabinetidan otilib chiqdi. U hayotida koʻplab daxshatli janglarda, oʻlim xavfida boʻlgan, ammo hech qachon hozirgidek vahimaga tushmagan edi. Uning rang-personi oʻchib ketdi.
— Valentin! Men shu yerdaman! Junhoo, tezda onangning maxsus sumkasini ol! Mashinani tayyorla! — deb baqirdi Suga, ovozi qaltirab.
8 yoshli Junhoo sumkani dast koʻtarib, eshik tomon yugurdi. U dadasidan koʻra sovuqqonroq koʻrinardi:
— Dada, kalitni oling! Vahima qilmang, siz klan boshligʻisiz-ku!
Suga Sarangni ohista dast koʻtarib oldi. Sarang ogʻriqdan Suganing boʻynidan mahkam quchoqlab, uning qulogʻiga baqirdi:
— Min Suga! Agar mashinani sekin haydasang, seni oʻzim dabdala qilaman! Sakkiz yil oldin yoningda boʻlmaganding, hozir yaxshilab eslab qol!
— Xoʻp, baxtim, xoʻp! Mana, ketyapmiz! — Suga uni mashinaning orqa oʻrindigʻiga ohista yotqizdi.
Mashina daxshatli tezlikda Seul koʻchalari boʻylab shifoxona tomon uchib ketdi. Suga bir qoʻli bilan rulni ushlasa, ikkinchi qoʻlini orqaga uzatib, Sarangning qoʻlini mahkam tutib turardi. Sarang ogʻriq daxshatidan Suganing qoʻlini shunchalik qattiq qisardiki, Suganing barmoqlari koʻkarib ketayotgandi, ammo u zarracha ogʻriq sezmayotgandek faqat xotiniga tasalli berardi.
— Biroz chida, Valentin... Men yoningdaman. Bu safar seni bitta soniya ham yolgʻiz qoldirmayman. Biz uydamiz, hamma narsa yaxshi boʻladi, — deb shivirlardi Suga, koʻzlarida hayajon va cheksiz muhabbat yoshlari bilan.
Junhoo esa oldingi oʻrindiqda turib, onasiga qarab dalda berardi:
— Oyijon, nafas oling! Men maktabda oʻrganganman. Singlim tez orada mard akasini koʻradi!
Shifoxona eshiklari oldiga kelib toʻxtashganda, shifokorlar darhol gurneyka bilan yugurib chiqishdi. Suga Sarangning qoʻlini bir soniya ham qoʻyib yubormay, u bilan birga tugʻruqxona blokining daxshatli va hayajonli eshiklari tomon shiddat bilan kirib ketdi. Sakkiz yillik ayriliqdan soʻng, bu safar u oʻz mardlik vaʼdasini toʻliq bajarishga tayyor edi.

By: Park Yoona