July 5

Sans Amour🪼 Season 2 episode 10

Operatsiya xonasi. Soat 02:45.
Xona daxshatli darajada oq va sovuq. Faqat tibbiy asboblarning muntazam «piiip-piiip» tovushi va shifokorlarning pichirlashib aytayotgan buyruqlari sukunatni buzadi. Min Suganing tanasi stol ustida yotibdi, koʻkragi esa yorilgan. Qon toʻxtovsiz sizib chiqmoqda.

Suga oʻzini butunlay qorongʻu, cheksiz tubsizlikda his qildi. Bu oʻlimning daxshatli darajada sovuq qoʻli edi. U yugurishga urindi, lekin oyogʻi yerdan uzilmadi. Uning atrofida hech narsa yoʻq, faqatgina sakkiz yil davomida yuragida yashirgan eng ogʻriqli xotiralari kino tasmasidek birin-ketin oʻtib borardi:
"Mana, Sarang... Uning oʻsha daxshatli nafrat toʻla koʻzlari. Men uni yoʻqotgan tunim. Mening qoʻllarimdagi dushman qoni... hammasi qora va xira. Xudo, nahotki men shu qorongʻulikda qolib ketishga loyiq boʻlsam? Nahotki bitta xato butun hayotimning yakuni boʻlsa?"
Toʻsatdan, tubsizlikning eng chuqur joyida mitti bir chiroq yonadi. U yerdan Junhoning faryodi eshitiladi: "Dada!" Keyin esa Sarangning yigʻlab aytgan soʻzlari: "Uni bu dunyoda ham, u dunyoda ham aslo kechirmayman!"
Suga daxshatli bir zarba bilan joyidan qoʻzgʻaldi.
"Yoʻq! Kechirmayman deb aytma, Sarang! Men oʻlmayman! Men senga vaʼda berdim! Oʻgʻlimiz endigina meni 'dada' dedi... Men unga qancha ertaklar aytib berishim, uni qancha himoya qilishim kerak! Sarang... men sening oʻsha sohil boʻyidagi jilmayishingni yana bir bor koʻrmagunimcha, oʻsha nikoh uzugini yana barmoqlaringda yaltirashini koʻrmagunimcha bu qorongʻulikdan chiqib ketaman! Bu oʻlim emas, bu shunchaki sinov!"

Operatsiya xonasida:

Monitor chizigʻi keskin tekislanib qoldi. Daxshatli, uzluksiz "Piiiiiiiiii..." tovushi butun xonani tutib ketdi.
— Yurak toʻxtadi! Defibrilatorni tayyorlang! — deb baqirdi bosh jarroh.
Suga oʻzining tanasidan yuqorida turib, operatsiya stoliga tikildi. U oʻzining oqarib ketgan yuzini, shifokorlarning shoshilinch harakatlarini koʻrdi. U oʻz tanasiga kirishga urindi, ammo xuddi shisha devorga urilgandek orqaga qaytdi.

"Tingla meni! Men bu yerda, Sarang! Men shu yerdaman! Meni eshitmayapsanmi? Men oʻlmayman, eshityapsanmi, men senga qaytishim kerak!" — Suga bor kuchi bilan baqirdi, lekin ovozi chiqmasdi.

Jarroh defibrilatorning ikkita metall qismini Suganing koʻkragiga bosdi:
— Raz, dva, tri!
Tanasi daxshatli darajada sasilab, yuqoriga sakradi. Suganing ruhi boʻshliqda yana bir bor siltandi.

"Sarang... Junhoo... Men kelayapman!"

— Yana bir bor! — shifokor yana bosdi.
Bu safar Suga bor kuchini toʻplab, oʻzining nur sochayotgan niyati va muhabbati bilan oʻsha qorongʻu "shisha devorni" yorib oʻtdi. U daxshatli darajada kuchli bir zarba bilan oʻz tanasining ichiga shoʻngʻidi.
Monitor yana oʻz ritmiga qaytdi: "Piiip... Piiip... Piiip..."
Jarroh peshonasidagi terni artdi:
— Yurak ritmi qaytdi! Operatsiyani davom ettiramiz!
Suga tanasiga qaytgan boʻlsa-da, hali ham chuqur uyquda edi, lekin endi uning yuragi atrofidagi qorongʻulik chekinib, oʻgʻlining "dada" degan soʻzi va Sarangning koʻz yoshlari uni hayotga bogʻlab turgan daxshatli darajada mustahkam arqonga aylangan edi. U endi qaytib kelgandi.

Shanhay markaziy shifoxonasi. Tun yarmidan oqqan mahalla.
Sarang shifoxonaning sovuq va tushkun havosida mitti oʻgʻlining charchoq va qoʻrquvdan daxshatli darajada toliqqanini his qildi. Sakkiz yoshli bolakay uchun bugungi kecha juda ogʻirlik qilgandi. U Jian Jao va klan tansoqchilarini yoniga chaqirib, daxshatli bosiqlik bilan buyruq berdi:
— Junhooni qoʻrgʻonga olib ketinglar. Uni shaxsiy xonamga joylashtiring va eshik oldiga eng kuchli jangchilarni qoʻying. Men... men shu yerda qolaman.
Junhoo onasining boʻynidan mahkam quchoqlab, yigʻlagancha mashinaga yoʻl oldi. U dadasini endigina topganda yoʻqotishni istamasdi, ammo onasining koʻzlaridagi oʻsha klan rahbariga xos qatʼiyatga boʻysunishga majbur boʻldi.
Oʻgʻli ketgach, yoʻlakda qolgan oʻsha daxshatli sukunat Sarangni butunlay yutib yuborayozdi. U yana oʻsha sovuq polga, devorga suyangancha oʻtirib qoldi. Atrofda hech kim yoʻq, faqatgina operatsiya xonasining tepasidagi qizil chiroq uning qonga belangan kiyimlariga gʻaribona nur sochardi. U koʻzlarini yumib, qoʻllarini koʻksiga bosdi. Sakkiz yillik soxta muz poydevori tamoman qulagan, uning ichki monologi bor ovozi bilan yolvorar edi:

"Iltimos, Suga... Meni yana bu daxshatli dunyoda yolgʻiz qoldirma. Men seni kechirdim... Oʻsha oʻrmonda uzugimizni koʻrib, senga hamma narsani qaytadan boshlash uchun imkon bermoqchi edim. Sakkiz yil davomida men faqatgina qatʼiyatli, shafqatsiz klan qirolichasi niqobini kiyib yashadim, ammo ich-ichimdan oʻsha Seul qasridagi mitti Valentin edim. Agar sen hozir ketsang, mening bu dunyoda qolishimdan, bu tojlardan, bu boyliklardan nima naf? Menga Shanhay ham, taxt ham kerak emas, Suga... Menga faqat sen keraksan. Iltimos, nafas ol... Meni bu oʻlik sukunat ichida yakka tashlab ketma!"

Toʻsatdan, operatsiya xonasining daxshatli, ogʻir eshiklari shiddat bilan ochildi.
Sarang xayollaridan choʻchib koʻzlarini ochdi. Xonadan bir nechta hamshiralar va shifokorlar daxshatli vahima bilan yugurib chiqa boshlashdi. Ularning yuzlaridagi qoʻrquv Shanhay tunidan ham qorongʻuroq edi. Yoʻlakda tibbiy apparatlarning asabiy jiringlashi va tartibsiz qadam tovushlari aks sado berdi.
Sarang qaltirab oʻrnidan turdi. U yugurib borib, dori-darmonlar qutisini koʻtarib shoshilinch ichkariga qaytayotgan hamshiraning bilagidan mahkam tutdi. Uning mitti barmoqlari qoʻrquvdan muzlab qolgandi:
— Nima boʻldi?! Unga nima qildi?! — deb baqirdi Sarang, ovozi boʻgʻziga tiqilib.
Hamshira shoshilganidan dovdirab, Sarangning qonga belangan kiyimlariga bir qarab oldi-da, daxshatli xabarni aytdi:
— Bemorning... Min Suganing yuragi toʻxtab qoldi! Defibrilyator ham yordam bermayapti, shifokorlar uni qaytarishga urinyapti! — Hamshira qoʻlini yulib olib, shoshgancha ichkariga kirib ketdi va eshik yana darsillab yopildi.
"Yuragi toʻxtab qoldi..."
Bu uch ogʻiz soʻz Sarangning qalbini ming boʻlakka boʻlib yuborgan daxshatli oʻq boʻldi. Uning quloqlari ostida dahshatli vizillagan ovoz eshitila boshladi, butun shifoxona yoʻlagi uning koʻz oldida aylanib ketdi. Devorlar, chiroqlar, poldagi qon izlari — barchasi bir soniyada ulkan qorongʻulik qaʼriga gʻarq boʻldi.
"Yuragi toʻxtadi... Yoʻq... Yoʻq, Suga! Bizni tashlab ketdingmi?! Sakkiz yillik kutishimning yakuni shumi?!" — degan soʻnggi chorasiz ichki faryod uning ongida portladi.

Sarangning tizzalaridan daxshatli bir darmonsizlik oʻtdi. Uning koʻz oldi mutloq qorongʻulashdi. Vujudi kuchli ogʻriq va ruhiy zarbadan falaj boʻlgan Xonim LA — oʻsha daxshatli, magʻrur klan qirolichasi — oʻz hayotining yagona ustuni qulaganini his qilib, sovuq pol ustiga hushsiz, jansiz tanadek qulab tushdi. U endi butunlay zulmat ichida, Min Suganing toʻxtagan yuragi bilan birga sukunatga ketgandi.

Boshqa tomonda esa, oʻsha daxshatli zulmatli tun ortda qolib, shifoxona yoʻlaklariga tonggi sukunat choʻkkan edi. Shifokorlarning moʻjizaviy harakatlari bilan Min Suganing daxshatli jarohati bartaraf etilib, operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi va u reanimatsiya boʻlimiga olingan edi.
Kuchli ruhiy zarba va charchoq sababli hushidan ketgan Sarangni ham shifokorlar darhol alohida palataga joylashtirib, tinchlantiruvchi osma ukollar (kapelnitsa) ulab qoʻyishgandi. Woo Dohwan esa klan qirolichasining shaʼni va xavfsizligi uchun tuni bilan uning kravati yonida, daxshatli darajada hushyor boʻlib poyloqchilik qilib chiqdi.
Tong otishiga yaqin, Suganing ahvoli toʻliq barqarorlashgach, uni ham shifoxonaning eng xavfsiz va tinch hududidagi palataga, yaʼni Sarang yotgan xonaning roʻparasiga koʻchirishdi.
Ertalabki oltinrang quyosh nurlari derazadan sizib kirib, Shanhay osmoniga oʻz nurini taratarkan, Sarang daxshatli ogʻirlik bilan koʻzlarini ochdi. U bir necha soniya qayerdaligini tushunolmay atrofga qaradi, ammo kechagi voqealar — oʻgʻlining oʻgʻirlanishi, portdagi qonli bosqin va eng dahshatli... hamshiraning: "Min Suganing yuragi toʻxtab qoldi!" degan soʻzlari xuddi daxshatli chaqmoqdek miyasida urildi.

"Yoʻq... Yoʻq! Suga... Sen meni tashlab ketdingmi?!"— degan ichki faryod vujudini qamrab oldi.

Sarangning koʻzlaridan daryodek issiq yoshlar quyilib ketdi. U oʻzini boshqara olmaydigan darajada daxshatga tushgan edi. Qoʻliga ulangan dori tizimlariga, osma ukollarga ham qarab oʻtirmay, ularni bir lahzada shafqatsizlarcha yulib otdi. Qoʻlidan qon sizib chiqa boshlaganiga parvo ham qilmay, yalangoyoq holatda shoshilgancha palatadan tashqariga, kechagi operatsiya boʻlgan yoʻnalish tomonga qarab yugurdi. Uning miyasi falaj boʻlgan, faqat bitta haqiqatni — Suganing jasadi qayerdaligini koʻrishni istayotgandi.
Uning shoshilib chiqqanini va qoʻllaridan qon oqayotganini koʻrgan Woo Dohwan darhol uning ortidan yugurib, yoʻlak oʻrtasida Sarangni mahkam toʻxtatib qoldi.
— Sarang! Toʻxta! Oʻzingni qoʻlga ol! — deb baqirdi Dohwan, uni yiqilib tushishdan asrash uchun elkasidan mahkam tutib.
Sarang uning quchogʻida chorasiz toʻlgʻonarkan, daxshatli alam va yurakni tiluvchi ovozda baqirib yigʻlay boshladi. Uning bu faryodi butun shifoxona yoʻlagini titratib yuborgandi:
— Qoʻyib yubor, Dohwan! Meni uning yoniga qoʻyib yubor! — U Dohwanning koʻkragiga mitti mushtlari bilan urib, oʻksib yigʻlardi. — U oʻlmadi deb ayt, iltimos... Menga uning tirikligini ayt! U bizni tashlab ketishi mumkin emas! Qoʻyib yubor meni!
Dohwan uning bu daxshatli azobini koʻrib, ovozini imkon qadar mayinlashtirib, uning koʻzlariga qaradi:
— Sarang, u oʻlmadi! Tinchlan, iltimos... Min Suga tirik! Operatsiya yaxshi oʻtdi, u yashaydi!
Sarang eshitgan gaplariga ishonishni istasa-da, kechagi daxshatli sahna koʻz oldidan ketmayotgandi. U aqldan ozayozgan holatda boshini sarosimaga solib siltadi, koʻz yoshlari yuzini yuvib borardi:
— Ishonmayman... Yoʻq, men senga ishonmayman! Iltimos, meni yupatish uchun aldama, Dohwan... Agar u oʻlgan boʻlsa, men qanday yashayman?! Meni ichkariga qoʻyib yubor, oʻz koʻzlarim bilan koʻrishim kerak, iltimos! — deya u bor kuchi bilan qarshisidagi xona eshigiga intilib, qattiq-qattiq yigʻlardi. Uning klan qirolichasi degan magʻrurligidan asar ham qolmagan, u faqat sevgan erkagining hayoti uchun iltijo qilayotgan chorasiz ayol edi.

Dohwan Sarangni yiqilib tushmasligi uchun bor kuchi bilan mahkam quchgancha: "Sarang, iltimos, menga qara, u tirik! Oʻzingni qiynama!" deb ovutishga urinardi. Ammo Sarang hech narsani eshitishni ham, tushunishni ham xohlamas, Shanhay yer osti dunyosini titratgan magʻrur ayoldan asar ham qolmay, yoʻlakni faryodga toʻldirib baqirgancha yigʻlardi. Uning uchun butun dunyo toʻxtab qolgandek edi.
Shu payt shovqinni eshitib, reanimatsiya boʻlimidan shoshilinch chiqqan bosh hamshira ularning yoniga yugurib keldi. U Sarangning ahvolini koʻrib, darhol gap boshladi:
— Xonim LA! Tinchlaning, iltimos! Janob Min tirik! Uning yuragi kecha bir necha soniyaga toʻxtadi, ammo shifokorlarimiz uni hayotga qaytarishdi! Operatsiya muvaffaqiyatli tugadi. Uni hozirgina mana shu roʻparangizdagi palataga joylashtirdik!
Bu soʻzlar Sarangning qulogʻiga etib borishi bilan, uning bor ovozda baqirayotgan faryodi pichoq bilan kesilgandek taqqa toʻxtadi. U daxshatli ogʻirlik bilan chuqur, titroq nafas oldi. Dohwanning qoʻllari sekin boʻshashdi. Sarang bir muddat shifokorlarga, keyin esa roʻparadagi oq eshikka angrayib tikilib turdi. Ichidagi oʻsha daxshatli qoʻrquv toʻlqini asta-sekin chekinib, oʻrnini cheksiz bir yengillikka boʻshatib berayotgandi.
U qoʻlining qonayotganiga ham, yalangoyoq ekanligiga ham eʼtibor bermay, goʻyo sehrlangan kabi ogʻir, titroq qadamlar bilan oʻsha palata eshigi tomon yurdi. Har bir qadami unga ming yilddek tuyulardi.
Eshik dastasini ushladi. Barmoqlari shunchalik qaltirar ediki, eshikni ochish uchun bor kuchini toʻplashi kerak boʻldi. U dastani sekin pastga tushirib, eshikni ohista ochdi va ichkariga qadam qoʻydi.
Palata ichi ertalabki quyoshning mayin, oltinrang nurlari bilan toʻla, Shanhay tongining sokinligi hukmron edi. Xona markazidagi oppoq kravatda, daxshatli darajada oqargan, yuzlarida charchoq va ogʻriq izlari qotib qolgan Min Suga yotardi. Uning koʻkragiga va qoʻllariga koʻplab tibbiy simlar, asboblar ulangan, monitor esa bir maromda, sokin va ishonchli ovozda chiyillab turardi: *«Piiip... Piiip... Piiip...»*
Bu ovoz Sarang uchun dunyodagi eng goʻzal kuydan ham aʼloroq edi. Bu Suga yashayotganini, uning yuragi urayotganini anglatuvchi hayot sadosi edi.
Suga hali chuqur narkoz va dori-darmonlar taʼsirida tamoman hushsiz, jonsizdek yotardi. U oʻzining qaytib kelganini, Sarangning palata ostonasida unga qarab turganini hali bilmasdi.
Sarang eshikka suyanganicha, lablarini tishlab, yana koʻz yoshlariga erk berdi. Ammo bu safar yigʻi alamdan emas, cheksiz minnatdorchilik va shukronalikdan edi. Sakkiz yil davomida yuragining tubiga koʻmib tashlangan oʻsha mitti Valentin butunlay uygʻongan, qarshisida yotgan hushsiz erkakka qarab, hayotida ilk bor taqdirga rahmat aytayotgan edi. U sekin, sekinroq qadamlar bilan uning yotgan yotogʻi tomon yaqinlasha boshladi...

Sarang uning kravati yoniga qanchalik yaqin kelganini oʻzi ham sezmay qoldi. Vujudi hamon titrar, koʻzlaridan oqayotgan yosh tomchilari oq choyshab ustiga tomardi. U ohista egilib, Suganing oʻsha apparatlar ulangan, biroz sovuq qotgan ulkan kaftini mitti qoʻllari orasiga oldi.
Uzuk osilgan zanjir boʻynidan sirgʻalib chiqib, Suganing kaftiga tegib turardi. Sarang uning qonli izlari qolgan qoʻlini mahkam qisib, lablariga bosdi. Sakkiz yillik tosh devorlar, oʻsha shafqatsiz klan qirolichasining niqobi butunlay parchalangan edi.
— Seni sevaman... Esingdami, men doim seni sevganman, Suga, — deb shivirladi Sarang, ovozi oʻksib-oʻksib chiqarkan. U Suganing qoʻlini oʻpgancha, yuzini oʻsha qoʻl ustiga qoʻydi. — Iltimos, koʻzlaringni och... Meni yana bunday daxshatli azobda qoldirma. Men senga kechirishga vaʼda beraman, faqat ketmasang boʻldi...
Xonadagi monitor mayin chiyillashda davom etar, quyosh nurlari ularning ustidan tushib turardi. Shu soniyada Suganing barmoqlari mitti bir harakat qildi. U narkozning daxshatli ogʻirligini engib, oʻzini hayotga bogʻlab turgan oʻsha tanish, mitti taftni — Sarangning yuzini his qildi.
Suga daxshatli bir qiyinchilik bilan, kipriklari titragancha koʻzlarini ochdi. Uning koʻz oldi dastlab xira edi, ammo bir necha soniyadan soʻng u oʻzining qoʻlini mahkam quchib, yigʻlab oʻtirgan yagona baxtini — Sarangini koʻrdi. Uning lablariga zoʻrgʻa seziladigan, zaif va cheksiz baxtli jilmayish yugurdi. U Sarangning mitti qoʻllari ustidan oʻz kaftini mahkamroq yopishga urindi.
— Men ham... seni sevaman, Valentin... — dedi Suga, uning ovozi daxshatli darajada past, pichirlashga yaqin va horgʻin chiqdi. — Meni... kechir... Yigʻlama, iltimos...
Sarang uning ovozini eshitib, goʻyo tok urgandek shartta boshini koʻtardi. Suganing oʻsha chuqur, muhabbat toʻla koʻzlari toʻgʻri unga tikilib turardi! Sarangning quvonchi ichiga sigʻmay ketdi, yuragi shunday kuchli urdiki, oʻpkasiga havo yetmayotgandek tuyuldi. U yigʻlashdan toʻxtay olmasdi, ammo bu safar koʻz yoshlari cheksiz quvonchdan edi.
Suga bor kuchini toʻplab, erkin boʻlgan qoʻlini ohista yuqoriga koʻtardi. Uning titroq barmoqlari Sarangning yuziga tegdi va dumalab tushayotgan issiq koʻz yoshlarini cheksiz bir mehr bilan artdi.
— Men qaytdim... — dedi Suga jilmaygancha, ovoziga biroz boʻlsa-da kuch qaytayotgandi. — Senga va oʻgʻlimizga vaʼda berganman-ku. Min Suga oʻz soʻzida turadi.
Sarang uning kaftini oʻz yuziga mahkamroq bosib, koʻzlarini yumdi:
— Sening yuraging toʻxtadi deyishganda... men ham oʻldim deb oʻylagandim. Agar senga biror narsa boʻlganida, seni aslo kechirmasdim, eshityapsanmi?
Suga ohista kulimsiradi, garchi koʻkragidagi jarohat ogʻriq bersa-da, qalbining ogʻrigʻi butunlay yoʻqolgan edi:
— Sening nafratingdan qoʻrqqanim uchun ham oʻlim toʻshagidan qaytib keldim, muz malikasi... Endi bizni hech kim ajratolmaydi. Junhoo qayerda? U yaxshimi?
— U yaxshi, uni qoʻrgʻonga joʻnatdim. Kecha senga birinchi marta 'dada' deb baqirganida, uning ham yuragi qanchalik senga talpinganini koʻrdim, — Sarang egilib, dadasining uygʻonganidan xursand boʻlib palataga kirishga botinolmay, eshik tirqishidan moʻralab turgan Woo Dohvanga mamnun qarab qoʻydi.
Suga Sarangning boʻynidagi oʻsha oq oltin uzukni koʻrib, koʻzlarida yana oʻsha umid nuri porladi:
— Sakkiz yil... uni oʻzing bilan olib yuribsanmi?
— Sakkiz yil uni har kuni yuragimning ustida asradim, Suga. Chunki men faqat sen bilan oʻsha uch yilda haqiqiy baxtni koʻrgan edim, — Sarang nihoyat mayin jilmaydi, uning yuzidagi barcha gʻam-gʻussa tarqab ketgandi.
Suga uning qoʻlidan tortib, oʻziga yaqinroq keltirdi va lablarini uning peshonasiga ohista bosdi:
— Rahmat, mening baxtim... Endi hammasi boshqacha boʻladi. Biz yangi hayot boshlaymiz, faqat uchtamiz...
Shanhay tongining oltin nurlari bu shinam shifoxona palatasini butunlay yoritib turar, sakkiz yillik daxshatli ayriliq va qonli oʻtmish mana shu xonada, ikki sevgishgan qalbning birlashishi bilan yakun topgan edi.

Sarang palatadan tashqarida uning xavfsizligini taʼminlab turgan Woo Dohwanga yuzlandi. Uning koʻzlarida tun boʻyi hukm surgan daxshatli qoʻrquv oʻrnini endi sokinlik va qatʼiyat egallagan edi.
— Dohwan, qoʻrgʻonga xabar ber. Junhooni bu yerga, dadasining yaniga olib kelishsin. Uni klan tansoqchilarining eng ishonchli mashinasida, shaxsan oʻzing keltir, — dedi Sarang bosiqlik bilan.
Dohwan soʻzsiz bosh silkidi va darhol topshiriqni bajarishga kirishdi. Oralikda oʻtgan ikki soat ichida Sarang shifoxona kiyimlarini almashtirdi, qoʻlidagi jarohatiga yangi bogʻich qoʻydirdi va Suganing yonida oʻtirib, unga mayin gapirib, kuch toʻplashiga yordam berdi. Suganing rangi ham dori-darmonlar va eng muhimi, yonidagi ayolining tafti sababli ancha oʻziga kelib qolgan edi.
Tushga yaqin. Shifoxona palatasi.
Eshikning ohista ochilgan ovozi eshitildi. Palataga dastlab uzun boʻyli, jiddiy qiyofadagi Dohwan kirdi va chetga oʻtib, yoʻl boʻshatdi. Uning ortidan esa mitti, ammo daxshatli darajada mard qadamlar bilan Junhoo koʻrindi. Bolakay hali ham oʻsha kechagi qora koʻylagida, yuzida mitti shilingan jarohati bilan turardi. U ostonada taqqa toʻxtadi.
Junhoning mitti koʻzlari palata markazida, oq yostiqqa suyangancha unga cheksiz sogʻinch bilan tikilib turgan dadasiga tushdi. Suga kechagidek qon ichida emas, balki tirik, unga qarab jilmayib turardi.
Suga mitti oʻgʻlini koʻrishi bilan koʻzlariga yosh quyilib keldi. U daxshatli ogʻriqni ham unutib, qoʻllarini oʻgʻliga qarab keng ochdi:
— Kel, mard oʻgʻlim... Mening qahramonim, yaqinroq kel, — dedi Suga, uning ovozi daxshatli darajada titrab va mehrga toʻlib chiqdi.
Junhoo bir necha soniya joyidan qimirlay olmay turdi. Uning mitti lablari titrar, kechadan beri ichiga yutgan barcha dahshati va bolalarcha chorasizligi mana shu lahzada yuzaga chiqayotgan edi. U dadasining qoʻllarini, uning tirik va salomat ekanini koʻrgach, ortiq oʻzini tutib turolmadi.
— Dada!... — deb yubordi Junhoo. Uning bu safargi ovozi zavoddagi faryod kabi emas, balki dadasini topgan bolaning cheksiz sogʻinchi bilan yangradi.
Bolakay mitti oyoqlari bilan shiddat bilan yugurib borib, oʻzini Suganing kravati chetiga otdi va uning boʻynidan mahkam quchoqlab oldi. Suga uni sogʻlom qoʻli bilan oʻz bagʻriga, jarohatiga tegmasligiga urinib, daxshatli bir shiddat bilan bosdi. Sakkiz yillik boʻshliq, ayriliq, barcha iztiroblar mana shu mitti qomatning taftida erib ketayotgan edi.
Junhoo dadasining yelkasiga boshini qoʻygancha, oʻksib-oʻksib yigʻlay boshladi:
— Men sizni oʻlib qoldingiz deb oʻyladim... Anavi iflos sizga oq uzganda, yuragim toʻxtab qoldi, dada. Sizni endigina topgandim... Iltimos, boshqa meni tashlab ketmang. Men sizni juda ham kuttim...
Suga oʻgʻlining sochlarini ohista silab, uning mitti yelkalarining titrashini his qilarkan, oʻzining ham koʻz yoshlari toʻxtamay oqardi. U hayotida ilk bor mafiya aurasini, klan qoidalarini butunlay unutgan edi. Qarshisida uning zurriyodi, uning hayoti davomchisi turardi.
— Men shu yerdaman, toychogʻim... Menga qara, — Suga oʻgʻlini biroz oʻzidan uzoqlashtirib, uning yuziga tikildi. Kafti bilan Junhoning mitti koʻz yoshlarini cheksiz mehr bilan artdi. — Men senga vaʼda berganman-ku, endi sizlarni hech qachon tashlab ketmayman. Sening oʻsha kechagi 'dada' deb chaqirgan ovozing meni oʻlim changalidan tortib oldi. Sen daxshatli darajada mard bolasan, xuddi onangga oʻxshaysan.
Sarang kravat chetida oʻtirgancha, ota va oʻgʻilning bu daxshatli darajada goʻzal va hayajonli uchrashuvini kuzatib, baxtdan jilmayib yigʻlardi. Junhoo dadasidan ajralgisi kelmay, uning sogʻlom qoʻlini ikki mitti kaftlari orasiga olib, koʻkragiga bosib oldi:
— Men endi sizni onam bilan birga asrayman. Dushmanlar kelsa, ularni birga magʻlub qilamiz, toʻgʻrimi? — dedi Junhoo, yuzidagi jarohatiga qaramay ayyorona jilmayib.

Suga ohista kuldi va Sarangga qarab qoʻydi. Sarang ham ularga yaqinlashib, Junhoning ortidan quchoqladi. Uchala vujud bir nuqtaga birlashgan edi.
— Toʻgʻri, oʻgʻlim. Ammo endi urushlar tugadi, — dedi Suga qatʼiyat bilan, Sarangning qoʻlini ham oʻz kaftiga olib. — Endi biz Shanhay klanlari yoki oʻtmish sirlari uchun emas, faqat bir-birimiz uchun yashaymiz. Men sizlarga dunyodagi eng tinch va eng baxtli hayotni beraman. Bunga Min Suga vaʼda beradi.
Shanhay shifoxonasining bu sokin xonasi, ertalabki quyosh nurlari ostida, sakkiz yillik daxshatli boʻronlardan soʻng butunlay tinchlangan va oʻz egalarini topgan haqiqiy qirollik oilasining yangi hayot poydevoriga aylangan edi.

Junhoo va Suga

By: Park Yoona