Give me Fake Love 🎭 Part 11
“Ba’zan sevgi niqob taqadi… va biz uni rost deb ishonishni tanlaymiz.”
Namra: tóxta,chindan ham sen😳
Dam olishimiz uchun bilet oldingmi😲
Mona: uff Namra,ha shunday qildim
Jhope va Namjoon ularning suhbatini eshitgancha miriqib kulishayotgandi
Mona nigohini ularga qaratgan edi hamki,ikkisi ham birdaniga jimib qolishdi
Mona: kulib bólgan bólsangiz,masalani hal qilarmiz balki!!!
Mona: juda órinli savol
Indinga ketamiz
Namra: bizning dam olishlarni yoqtirmaydigan malikamiz, birdaniga bunday reja tuzishi
Aqlimgayam sigdirolmayabman
Mona: nima hechbiringizga yoqmayabdimi🤨
Namjoon: gap bunda emas Malak💞
Deya Monaning sochlarini tógirlagan yigit,unga samimiy tabassum ila boqdi va gapida davom etti
Namjoon: shunchaki,bu narsani biz bilan maslahatlashgandan sóng,olsang yaxshi bólardi
Hammamizni ishimiz bor
Yana...
Mona jaqlarini qisgancha Namjoondan uzoqlashdi
Mona: ózlaringiz bilasiz?!
Umrimda birinchi marta qandaydur ahmoqona sayohat uchun reja tuzgandim
Va kórib turibmanki,bunga umuman hojat yóq ekan😒
Namra tezda Monani qóllaridan tutti
Namra: Manducham,notogdi tushunyabsan
Shunchaki,dabdurustdan aytganinga biz ham shok holatiga tushib qoldikda...
Mona: men shunchaki sizlar bilan vaqt ótkazamizmi degandim xolos...
Sizlarga ajoyib syurpriz bóladi deb óylagandim
Ammo,bir narsani unutibman
Hayot doimo biz óylagandek bólmaydi
Deya Namraning qóllarini ózidan bóshatgancha biroz oldin kórsatgan 4 ta chiptani oldida óylab ham ótirmay yirtib tashladi va ahlat idishiga soldi
Dedida orqa ógirgancha ketib qoldi
Namra qancha tóxtatishga urinmasin befoyda edi
Namjoon ham tezda Monaning orqasidan ergashdi
Endi,bilagidan tutgan edi hamki,Mona tezda qólini tortib oldi va baqira ketti
Mona: yaqinlashma😡
Men hozir yolgiz qolishim kerak....
Degancha tez tez qadamlar bilan mashinasiga yetib oldi va ketib qoldi
Monapov: hech tushunmayman...
Ha,bu balki otam aynan óz rejasi uchun hadya etgan biletlari edi
Lekin,men rostan ham ular bilan vaqt ótkazishni,dam olishni xohlagandim...
Lekin,3 tasining ham ishi bor,vaqti yóq....
Doimo,doimo qadrsizligimcha qolganman...
Bu safar ham....
Óz ota onasi yoqtirmaydigan qizni,boshqalar qanaqasiga yoqtirishi mumkun...
Tógrida.... Ahir....
U alamli tabassum qildi
Lekin,bu tabassum bilan birga kózi allaqachon yoshlanishga ham ulgurgandi
Namra: bu qizga hech tushunmadim,tushunolmadimam....
Ahir,hali javobimizni ham aytganimiz yóqku....
Namjoon: u qaysar kiyik bólsa...
Aytgani aytgan bólishi shart
Shundan xafa bólyabdi
Namjoon: bilmasam,lekin rostan ham u tanlagan vaqt,meni butunlay ishdan javob ola olmaydigan vaqtga tógri kelyabdida ...
Namra: ehhh
Lekin,u ancha ózgargan...
Avvallari,bunday narsalar unga yoqmasdi
Namjoon bilan suhbatlashayotgan Namra,bie chetda Monaning orqasidan qarab qolgancha turgan erini hatto payqamadi ham
Jhope esa umuman ularning gapini eshitmas
Faqat,Mona haqida óylayotgandi
Jhopepov: undagi bu hislat....
Judayam galati...
Bizdagi bu óxshashlik,meni doimo hayratga soladi
Unda ham,xuddi mendek ruhiy kemtik bor...
Buni kózlari aytib turadi,lekin bu dardni bilmagan odam hecham payqamaydi
Namra,doimo Mona judayam shaddot,jahldor va gururli qiz deydi
Lekin,Men Mona bilan tanishganimdan buyon kórgan narsalarim faqatgina bu uning odamlarga kórsatadigan tashqi niqobi ekanligini bildim...
U ichida singan,kattagina bóshliqga ega va uni tóldirish juda qiyin bólgan qiz...
U xohlaydi,lekin shu bilan birga ortga chekinadi ham...
Hech ham sir boy bermasligi...
U niqobini yechmas ekan,haqiqatni anglash juda qiyin
Namjoon mahkamada ótirarkan
Telefoniga ora orada qarab qóyishni unutmasdi
Namjoon: uff,ahir 3 soatdan oshdi
U esa haliyam xabarlarimni óqimadi, qóngiroqlarimga esa javob bermaydi
U barmoqlarini chalishtirgancha,endi nima qilsa Mona bilan gaplashishi mumkunligi haqida óylardi
Namjoonpov: ahir aynan shu haftada kattagina missiyamiz bor bólsa...
Buni boshqalarga shunchaki tashlab ketolmayman
Ótgan gal ketganimda ham,hammasini barbod qilgandi
Ahhh,Mona ham vaqtini topadida óziyam....
Ehhh,ehhh
Nima qilsam ekan endi
Namjoon mahkamada o‘tirib, baribir ko‘ngli joyiga tushmadi. U stol ustidagi hujjatlarni chetga surib, telefonini qo‘lga oldi va Jhopega qo‘ng‘iroq qildi.
— Jhope, men bunday o‘tirolmayman. U chiptalarni yirtib tashlaganida, go‘yoki biz bilan bo‘lgan umidlarini ham qo‘shib yirtgandek bo‘ldi. Ishni bir amallab rejalashtirdim, o‘rinbosarimga topshiraman.
Jhope telefonning narigi tomonida ma’noli jilmayib qo‘ydi:
— Men ham shuni o‘ylayotgandim, Namjoon. Namra bilan gaplashdim, u allaqachon Monaning chiptalarning nusxasini topdi. Faqat endi hammasi boshqacha bo‘ladi.
Ertasi kuni Mona uyida, qorong‘u xonada deraza yonida o‘tirardi. Kechagi alamli xotiralar uni tark etmasdi. To‘satdan uning eshigi ochilib,xizmatkorlardan biri kirdi. Mona hayron bo‘lib o‘rnidan turdi va unga nima degandek qaradi
Xizmatkor: xonim,buni sizga tashlab ketishdi
Deya qólida turgan konvertni Monaga uzatdi
Mona olishi bilan tazim qilib,xonadan chiqib ketti.
Mona esa hayron bólgamcha konvertni ochdi.
Ichida faqat bitta jumla yozilgan edi:
"Ba'zan sevgi niqob taqadi... lekin bu safar u haqiqat bo'lib chiqadi. Bugun soat 20:00 da o'sha biz yirtgan orzular manzili seni kutmoqda."
Mona avvaliga borishni xohlamadi, lekin qaysarligi baribir ustun kelib, "Nima bo'lar ekan?" degan qiziqish bilan manzilga —aeroportning kutish zaliga emas, balki shahar chetidagi o‘sha sayohat boshlanadigan xususiy terminalga yetib bordi.
Atrof jim-jit. Faqat uzoqdan yoqilgan chiroqlar yo‘lakni ko‘rsatib turardi. Mona yo‘lak bo‘ylab yurar ekan, har bir qadamida kechagi yirtilgan chiptalarning kattalashtirilgan va ramkaga solingan bo‘laklarini ko‘rdi. Har bir bo‘lakda ularning birgalikdagi rasmlari va qisqa eslatmalar bor edi:
Namjoodan: "Sening vaqting mening ishimdan qadrli."
Namradan: "Manducham, bizni kechir."
Jhopedan: "Sening qalbingdagi bo‘shliqni biz to‘ldiramiz."
Yo‘lak oxirida Namjoon, Jhope va Namra qo‘llarida yangi chiptalar va Monaning eng sevimli gullari bilan,yani kók atirgullar bilan turishardi.
Namjoon unga yaqinlashib, sekingina pichirladi:
— Bu safar biz sen uchun reja tuzdik, Malagim. Va bu safar hech qanday "ish" bizni to‘xtata olmaydi.
Mona nima deyishni bilmay qoldi. Uning ko‘zlaridagi o‘sha sovuq niqob asta-sekin erib, o‘rnini chinakam quvonch yoshlariga bo‘shatib berdi. Jhope unga qarab turib, ichida shunday o‘yladi: "Haqiqat shundaki, u niqobini yechishni juda ham xohlagan edi. Shunchaki unga ishonch kerak edi."
Mona qo‘lidagi gullarni mahkam qisgancha, qarshisida turgan uchovlonga qarab qoldi. Uning lablari titrar, kechagi jahli qayergadir g‘oyib bo‘lgandi.
Mona: Sizlar... axir ishimiz bor degandingiz-ku?!
dedi u ovozi qaltirab😁
Namjoon bir qadam oldinga chiqdi va uning ko‘zlariga tik boqdi:
— Dunyodagi hech qanday ish sening bitta tabassumingga arzimaydi, Mona. Biz shunchaki... sening bu qadar ko‘ngling nozikligini ba’zan unutib qo‘yamiz...
Jhope esa chetda turib, Monaning yuzidagi o‘sha "mustahkam niqob" qanday parchalanganini kuzatardi. U haq edi — Mona singan edi, lekin hozir bu siniqlar mehr bilan qayta yopishtirilayotgandi.
Shunday qilib,ular aytilgan vaqtda uchib ketishga qaror qilishdi
Allaqachon samolyotga chiqishgan
Samoda parvoz qilayotgandi
Samolyot bortida hamma uxlab yotganida, faqat Mona va Jhope uyg‘oq edi. Mona derazadan bulutlarga qarab xomush o‘tirardi
Jhope: Hali ham o‘zingni qadrsiz his qilyapsanmi?
sekin so‘radi u ohistalik bilan
Mona cho‘chib tushdi, lekin nigohini olib qochmadi.
— Bilmadim... faqat, bu baxt menga ko‘plik qilmaydimi deb qo‘rqyapman
Jhope jilmaydi. U qizning qalbida yashiringan o‘sha og‘riqli o‘yni his qilib turardi.
— Sening qiymating boshqalarning senga bo'lgan munosabati bilan o'lchanmaydi, Mona. Sen o'z-o'zingcha bir olamsan. Biz esa shunchaki shu olamda sayohat qilishni xohlovchilarimiz.
Mona Jhopega qarab jilmaydi
Jhope ham unag jilmayib qóydi
Mona: sen rostan ham ismingga monand insonsan...
Insonlarga umid bagishlaydigan,haqiyqiy umid manbayi😄
Jhope: Namra ikkingiz umuman óxshamaysiz
Shu narsa meni hayron qoldiradi
Jhope: ha,ular bir biriga óxshaydi
Sen esa menga óxshaysan
Men doimo senga qaraganimda óz aksimni kórgandek bólaman
Jhope: ha óz aksim....
Deya Jhope boshini orqaga tashladi va uzoq ótmishlarni hayolidan ótkazdi
Ruhiy kasalliklar Shifoxonasi....
2 qavat,310-palata
Deraza oldida tashqariga qarab ótirgan yigit,hayolidan faqat bir narsani ótkazardi
Psixolog vrach kirib kelgach,bemor bólmish Jhopeni oldiga keldi
Jhope gapirish tugul,hatto uni eshitmadi ham...
Psixolog uni yoniga borib,uni qóllaridan ushladi
Jhope nihoyat unga nigohini qaratdi
Psixolog: kel birozgina suhbat quramiz
Nima deysan?!
Deya qogoz va qalamni Jhopeni qóllariga tutqazdi
Sóng,ohista jilmayib
Psixolog: seni aynan nima óylantirayotgani haqida shunga yoz
Maylimi?
Deya yelkasidan qoqib qóydi
Va biroz nariga borib ótirdi
Jhope esa qogozga ancha muddat termulib ótirdi
Sóng,unga ogriq berayotgan va hayolidan chiqmayotgan ismni oq qogozga tushira boshladi
" Naeyon,Naeyon,Naeyon,Naeyon,Naeyon,Naeyon,Naeyon,Naeyon,Naeyon,Naeyon,Naeyon "
Jhope shunchaki ósha ótmishga qaytib qolgandi
Mona esa Jhopeda ham óziga yarasha ótmish ogriqlari borligini his qildi va shunchaki Jhopening yelkasiga qólini qóydi
Mona: Namra bor ekan,endi doimo baxtli yashaysan janob Hope😆
Jhope kózlarini ochgancha Monaga kulib qaradi