Two Hearts - One Silence 💞 Ep⁸
Shovqin-suronli, rang-barang chiroqlar sharpasi ostida gumburlayotgan tungi klub. Jin barda oʻtirgancha, oʻzining oʻsha alamini, yuragidagi ogʻriqni oʻldirmoqchi boʻlgandek, qadah ortidan qadah boʻshatib, boʻkkuncha ichayotgan edi. Ichkilik uning tomirlarida olovdek yonsa-da, miyasidagi Ynning dahoona va muzdek chehrasini oʻchirolmayotgandi.
Uning yonida oʻtirgan yaqin doʻstlari Jinning bu ahvolini koʻrib, boshlarini chayqashdi. Ulardan biri Jinning yelkasiga qoʻlini qoʻyib, past ovozda gapirdi:
— Jin, oʻzingni bunchalik qiynama. Baribir Ynni u uyda yolgʻiz qoldirib kelganing sening eng katta xatong boʻldi. U qanday qiz ekanini bilasan-ku, oʻrtalaringizdagi sovuqlik battar chuqurlashadi.
Jin doʻstining qoʻlini yelkasidan siltab tashladi. Uning koʻzlari ichkilikdan va alamdan qizarib ketgandi.
— Menga farqi yoʻq! — dedi u ovozini baland koʻtarib, asabiy ohangda istehzo qildi.
— Uning nima qilishi, yolgʻiz qolishi menga mutloq qiziq emas. U oʻzi shuni xohladi!
U gapini isbotlamoqchi boʻlgandek, yana bir qadahni simirdi-da, atrofida unga tikilib turgan, eʼtibor kutayotgan qizlarga qaradi. Oʻzini goʻyo nihoyatda baxtli va beparvo koʻrsatish uchun ularni yoniga chorladi, soxta kulgilar bilan ularning qurshovida ovvora boʻla boshladi. Ammo bu koʻngilxushlik uning qalbini zarracha ham toʻldirmayotgan, aksincha, ichidagi boʻshliqni battar kattalashtirayotgan edi.
Nihoyat, Jin bu soxtalikdan charchab, oʻziga tinmay suykalanayotgan qizlardan birining belidan tutdi va u bilan birga klubning tinchroq, nimqorongʻi VIP xonasiga kirib ketdi.
Xonaga kirishlari bilan qiz Jinni oʻz domiga tortishga urindi. U Jinning boʻynidan quchib, uni erkalab oʻpa boshladi, uning qimmatbaho kostyumining tugmalarini birin-ketin yechishga kirishdi. Qizning har bir harakati odatda erkak kishini telba qilishi mumkin edi, biroq Jin hozir mutloq boshqa dunyoda edi. Qiz uning lablaridan oʻpayotgan, uni quchayotgan bir paytda, Jinning miyasida, koʻz oldida faqat va faqat bitta inson — Yn aylanardi.
Ynning bugun ertalabki oʻsha darmonsiz, unga boʻysungan qarashlari, ortidan kelib mahkam quchganidagi tafti va "Sening soxta sevgingga ishonmayman" degan oʻsha koʻz yoshli, yaralangan ovozi Jinning ongini chil-chil qilib sindirayotgan edi. Qarshisidagi qiz esa unga xuddi soxta bir maxluqdek koʻrinib ketdi.
Jin birdan oʻziga kelib, qizni oʻzidan shiddat bilan itarib yubordi.
Qiz kutilmagan bu qoʻpollikdan divanga yiqilib, hayron boʻlib qarab qoldi. Jin esa unga qaytib qayrilmadi ham. U tugmalari yechilgan koʻylagini asabiy toʻgʻrilab, u yerdan yashin tezligida chiqib ketdi.
Klubning zax havosidan tashqariga otilib chiqqan Jin tunning sovuq havosidan toʻyib-toʻyib nafas oldi. U oʻzidan daxshatli darajada nafratlandi — oʻzini aldashga, Ynni unutishga uringani uchun oʻzini kechira olmayotgandi. U gandiraklagan qadamlar bilan borib mashinasiga oʻtirdi. Ichgan boʻlishiga qaramay, hozir koʻziga hech narsa koʻrinmasdi. Rulni mahkam qisgancha, mashinani yuritdi va kottej tomon, uning barcha ogʻriqlari va muhabbati yashiringan oʻsha manzil sari yoʻl oldi.
Yoongi yoʻl-yoʻlakay shahar markazidagi eng nufuzli restoranlardan biriga toʻxtab, Yn yaxshi koʻradigan, achchiq boʻlmagan va nihoyatda mazali taomlardan xarid qildi. Paketlarni mashina oʻrindigʻiga qoʻyarkan, uning xayoli faqat qizning telefondagi chorasiz ovozida edi. U daxshatli tezlik bilan mashinasini haydab, nihoyat Jin va Yn yashayotgan kottej hovlisiga yetib keldi.
U mashinadan tushib, eshik qoʻngʻirogʻini chaldi va xavotir aralash qizning chiqishini kutdi. Biroz oʻtib, eshik ohista ochildi-da, ostonada charchagan, ammo Yoongini koʻrib koʻzlari biroz porlagan Yn koʻrindi.
Yoongi dahoona vazminligini saqlashga urinsa-da, koʻzlaridagi oʻsha oʻtkir xavotirni yashirolmadi. U qoʻlidagi issiq ovqatlar solingan paketlarni qizga uzatarkan, birinchi boʻlib uning shikastlangan qoʻliga qaradi:
— Mana, senga yoqadigan taomlardan oldim. Qoʻling qalay? Juda qattiq kuydirib olmadingmi? — deb soʻradi u shoshilib.
Yn paketlarni qabul qilib, unga minnatdorchilik bilan boʻqdi. Keyin esa oʻng qoʻlining koʻrsatkich barmogʻini Yoongiga koʻrsatdi:
— Rahmat, Yoongi. Xavotir olma, hozirgina oʻzim biror amal qilib dori surtdim va oq bint bilan bogʻlab qoʻydim, — dedi u biroz oʻngʻaysizlanib, barmogʻini koʻrsatarkan.
Yoongi qizning mustaqil ravishda oʻziga birinchi yordam koʻrsatganini koʻrib, biroz tinchlandi, ammo baribir uning bu holatda yolgʻiz qolganidan gʻash boʻldi. U qatʼiy va amirona ohangda unga tikildi:
— Agar yana shunday holat takrorlansa, menga darhol xabar berishingni soʻrayman, Yn. Va iltimos, boshqa oʻsha gaz pechiga umuman yaqinlashma. Oʻzingni jarohatlashing shart emas edi.
Yn Yoongining bu har doimgidek qaygʻuradigan, biroz jiddiy gaplaridan soʻng yuziga yetti yildan beri ilk bor samimiy va mayin bir jilmayish yugurdi. U boshini biroz egib, hazilomuz ohangda javob berdi:
— Toʻgʻri aytasan... Oshxona va ovqat pishirish men uchun emas ekan, buni bugun uzil-kesil tushunib yetdim.
Ular eshik oldida kulib turganlarida, Jinning mashinasi kottej hovlisiga kirib keldi va ular tomonga burilib toʻxtadi. Mashinadan tushgan Jinning koʻzlari roʻparasidagi manzaraga tushishi bilan uning ichkilikdan boʻlgan sarxushligi xuddi shamol uchirgan changdek bir zumda tarqalib ketdi.
Yoongi va Yn... Yarim tunda, uyning ostonasida, bir-biriga jilmayib turishibdi. Bu manzara Jinning miyasini qonga boʻyadi. Gʻazab uning butun vujudini titratib, koʻzlariga qon toʻldi. U mashinasini qoldirib, shiddatli qadamlar bilan ular tomon bosib keldi.
Yoongi nima boʻlayotganini anglab ulgurmay, Jin uning yoqasiga chang soldi.
— Bu yerda nima qilyapsan?! — deya baqirdi Jin, ovozi gʻazabdan boʻgʻilib. — Tun yarmida erli ayolning uyiga kirib olishdan uyalmaysanmi? Nima haqqing bor seni bu yerda koʻrishimga?!
Yoongi esa bunga javoban qoʻrquv emas, balki chuqur nafrat va mensimaslik bilan qaradi. U Jinning oʻziga yopishib turgan qoʻlini shiddat bilan siltab tashladi va uning koʻzlariga tik qarab, sovuq ohangda gap boshladi
— Qoʻlingni tort! — dedi Yoongi oʻtkir nigoh bilan.
— Sening nima deb oʻylashing umuman qiziq emas, Jin. Men bu yerga Ynni koʻrgani emas, uning ochligini va yordamga muhtojligini bilib, yordam bergani keldim. Sen esa... sen shu mahal xotiningni yolgʻiz, och va yaralangan holda uyda qoldirib, oʻzing qayerlarda daydib yuribsan?!
Jin gʻazabdan qotib qoldi, Yoongining har bir soʻzi unga qamchi kabi tegardi.
— Aybni boshqalardan izlama, Jin
deb davom etdi Yoongi, endi ovozini pasaytirib, ammo har bir soʻzi oʻq kabi tegar darajada keskin.
— Aybni oʻz gʻururingdan va xotiningga boʻlgan beparvoligingdan qidir. Aynan sen uni shu ahvolga tushirding!
Atrofda qalin sukunat choʻkdi. Yn esa eshik ostonasida qotib qolgan, Jinning koʻzlaridagi olov va Yoongining qatʼiyatli nigohlari oʻrtasida qolgandi. Uydagi sovuq urush endi ochiq maydonga, jismoniy toʻqnashuv arafasiga koʻchgandi.
Jin Yoongining siltab tashlagan qoʻllariga va uning oʻtkir gaplariga qaramay, battar gʻazab otiga bindi. U barmogʻi bilan Yoongini koʻrsatib, tishlari orasidan pishqirdi:
— Menga aql oʻrgatma! Nima boʻlganda ham, bu yer mening uyim, u esa mening xotinim! Yarim tunda bu yerga kelishing sening eng katta xatong, Yoongi! Sening bu yerda hech qanday haqqing yoʻq!
Yoongi esa zarracha chekinmadi, aksincha, bir qadam oldinga bosib, Jinning koʻzlariga nafrat bilan tikildi:
— Men Ynni sen kabi vijdonsizga xor qildirib qoʻymayman! Uni mana shu ahvolda tashlab ketganingdan keyin, mening kelganim eng toʻgʻri ish boʻldi. Agar unga yana bir marta zarar yetkazsang, qarshingda meni koʻrasan!
Oʻrtadagi atmosfera shu qadar taranglashdiki, hozir yana bir ogʻiz soʻz jismoniy jangga aylanib ketishi aniq edi. Vaziyat daxshatli tus olayotganini koʻrib turgan Yn ortiq chidab turolmadi. U qoʻlidagi issiq ovqatlar solingan paketni ohista yerga qoʻydi-da, yashin tezligida ularning oʻrtasiga tushdi.
Yn bor kuchi bilan Jinning koʻkragidan va qoʻllaridan ushlab, uni oʻzidan va Yoongidan ortga qarab shiddat bilan itardi. Uning nigohida oʻsha dahoona prezidentlik qatʼiyati va ayni damda ulkan bir charchoq aks etgandi
— Boʻldi, yetar! Ikkalalarring ham bas qil!
deb baqirdi Yn. Keyin esa ortiga oʻgirilib, Yoongiga qaradi:
— Yoongi, hammasi uchun rahmat. Menga qilgan yordamingni aslo unutmayman. Endi esa iltimos, ket... Senga oq yoʻl.
Yn Yoongining eʼtiroz bildirishiga qoʻymay, Jinni bilagidan mahkam qisgancha, uni daxshatli bir kuch bilan uy ichkarisiga qarab sudray boshladi. Jin ichkilik va gʻazab asoratida boʻlsa-da, Ynning kutilmagan bu qatʼiy va qattiq harakatiga qarshilik koʻrsatolmay, uning ortidan uy ichiga kirib ketishga majbur boʻldi. Ogʻir kottej eshigi daxshatli gumburlash bilan yopildi.
Tashqarida, sukunat qoʻynida yolgʻiz qolgan Yoongi bir necha soniya yopiq eshikka tikilib turdi. Uning ichida daxshatli bir boʻron quturardi. U chuqur va alamli xoʻrsindi-da, yerda qolgan ovqat paketiga achinish bilan qarab, ortiga oʻgirildi.
U gandiraklagan va asabiy qadamlar bilan borib oʻz mashinasiga oʻtirdi. Eshikni yopishi bilan ichidagi bor gʻazabi, chorasizligi va alamli tuygʻulari portlab ketdi. U bor kuchi bilan mashina ruliga qattiq-qattiq urdi. Ruldan chiqqan ovoz tun sukunatini buzib yubordi. Yoongi qoʻllari titragancha mashinani oʻt oldirdi va bor gʻazabi bilan gazni bosib, hovlidan chiqib, oʻz uyiga tomon ketdi. Endi uch burchakli bu ishq olovi yanada balandroq alandalar bilan yona boshlagandi.
Ular ichkariga kirishlari bilanoq, Jin barcha nazoratni yoʻqotdi. U eshikni qarsillatib yopdi-da, Ynning bilaklaridan mahkam qisib, uni dahliz devoriga shiddat bilan tiradi. Jinning koʻzlaridan goʻyo oʻt sachrar, nafasidan taralayotgan ichkilik hidi asabiyligini battar kuchaytirayotgan edi. U Ynning yuziga yaqin kelib, gʻazabdan boʻgʻilgan ovozda hisob soʻray boshladi:
— Nima qilyapsan sen?! Nega yarim tunda begona bir erkak sening eshiging tagida turibdi?! Menga tushuntir, Jeon Yn! — deya baqirdi u qizning koʻzlariga tikilib.
Yn uning bu kutilmagan shiddatidan qaltirab ketdi, ammo baribir oʻzini magʻrur tutishga urinib, barmogʻidagi oq bintni yashirishga harakat qildi:
— U shunchaki... u menga ovqat olib kelgandi, xolos...
— Ovqat?! — Jin daxshatli tarzda asabiy kuldi. Uning sabr kosasi toʻlib-toshgandi. — Oʻzing tayyorlasang oʻlib qolarmiding?! Shuning uchun birovni chaqirish shartmidi?!
Jin gapini tugatishi bilanoq, bor gʻazabini toʻkib, Ynning boshiga juda yaqin joyga — devorga qattiq musht tushirdi. Dahlizda daxshatli gumburlash ovozi eshitildi.
Yn yetti yil avvalgi tanishuvlari davomida Jinni biror marta bunday daxshatli, aqldan ozgan va jahldor ahvolda koʻrmagandi. U qoʻrquv va kutilmagan zarbadan koʻzlarini mahkam yumib oldi. Uning butun vujudi beixtiyor qattiq titray boshladi.
Devorga urilgan mushtning ogʻrigʻi va qizning qaltirashi Jinni biroz oʻziga keltirdi, uning hovuri sal boʻlsa-da bosildi. U sekin qoʻlini devordan oldi va Ynning titrayotgan vujudiga qarab, bir necha qadam ortga chekindi. Ammo uning koʻzlaridagi alam toʻla nafrat hali soʻnmagandi. U Ynga qarab, sovuq va daryodek toshgan ovozda oʻzining soʻnggi hukmini aytdi:
— Bilasanmi nima... Aslida sen menga xiyonat qilgansan, Yn. Sen meni hech qachon, aslo sevmagansan! Oʻsha paytda ham sening ishing, oʻsha karyerang sen uchun eng boshidan hamma narsadan, mendan ham muhim boʻlgan! Shuning uchun ham indamay ketib qolgansan. Bugun esa hamma aybni menga yuklash... bu sen uchun eng oson yoʻl edi, shundaymi?! Shunda oʻzingni oppoq koʻrsatish oson-da!
Jin qadamini eshik tomon burarkan, ortiga qaramay soʻnggi bor gapirdi:
— Men seni aslo kechirmayman. Va senga qasam ichib aytaman... qaytib seni hech qachon sevmayman!
U gapini tugatib, oʻz xonasiga kirdi va eshikni daxshatli darajada qattiq yopdi.
Dahlizda yana oʻsha oʻlik sukunat tiklandi. Qiynalgan, charchagan va bugun ilk bor yuragiga quloq solgan Yn Jindan eshitgan bu gaplaridan soʻng tamoman sindi. Yoʻq, u Jinning xiyonatini oʻz koʻzi bilan koʻrgan edi, u qanday qilib aybdorga aylandi? Nega Jin uni tushunmayapti?
Ynning yuragi chidab boʻlmas darajada daxshatli ogʻridi. Koʻzlaridan oqqan yoshlar yuzini yuvib tusharkan, u darmonsiz holda devor boʻylab pastga sirgʻaldi va sovuq polga oʻtirib qoldi. Tunda yolgʻiz qolgan qiz oʻzining bitmas-tuganmas gʻam-gʻussalari va alamli xotiralari ichida chorasiz edi.
Tun boʻyi davom etgan ruhiy boʻronlar, toʻkilgan koʻz yoshlari va polga mixlangan umidlar ortda qolib, ufqda yangi kunning ilk nurlari koʻrindi. Bu tong har qachongidandir sovuqroq va sukunatliroq edi.
Yn erta tongda, hali quyosh butunlay koʻtarilmay turib uygʻondi. Kechagi ogʻriqlar uning koʻzlarida biroz charchoq qoldirgan boʻlsa-da, u oʻzining oʻsha sinmas irodasini va "temir xonim" qiyofasini darhol yuziga qaytardi. Yigʻlab oʻtiradigan vaqt tugagan edi. U doimgidek oʻzining mukammal va dabdabali rasmiy liboslarini kiydi, sochlari va pardozini joyiga qoʻydi. Jinning xonasi eshigiga bir marta ham qayrilib qaramay, uydan chiqib ketdi. U bu uydagi daxshatli va siquvchi havodan imkon qadar tezroq qochishni xohlardi.
Yoʻl-yoʻlakay u shahardagi tinchgina qahvaxonalardan biriga kirdi. Oynaning yonidagi stolga oʻtirib, achchiq, qora qahva buyurtma qildi. Issiq qahva qadahini qoʻllari bilan tutib, tashqarida uygʻonayotgan Seul koʻchalariga tikildi. Kechagi Yoongining qaygʻurishi, Jinning aqldan ozgan gʻazabi va aytgan ogʻir gaplari miyasida birma-bir aylansa-da, u qahvasidan har bir xoʻplamni yutayotganda bu oʻylarni ham ichiga yutib yuborishga urindi. Qahvaning achchiqligi uning yuragidagi alam bilan teng kelayotgandek edi.
Soat millari roppa-rosa 8:00 ni koʻrsatganda, Yn oʻz ish joyida — "Harrison" kompaniyasining ulkan binosida edi. U oʻz xonasiga kirib, kreslosiga oʻtirdi va kompyuterini yoqdi. Bugundan boshlab u oʻzini butunlay, zarracha ham qoldirmay ishga baxsh etishga qaror qildi. Tuygʻular faqat zarar keltirishini u kecha tunda yana bir bor tushunib yetgandi. Endi uning hayotida faqat bitta narsa bor edi — imperiyaning kelajagi va sovuq hisob-kitoblar.
Ertalab uygʻongan Jin daxshatli bosh ogʻrigʻidan koʻzlarini zoʻrgʻa ochdi. Kechagi ichilgan ketma-ket qadahlar va uning ortidan kelgan gʻazab boʻroni uning ongini butunlay falaj qilib qoʻygandi. U karavotida bir muddat boshini changallab oʻtirdi-da, kecha tunda sodir boʻlgan voqealarni zanjirsimon tarzda eslashga harakat qildi. Daqiqalar oʻtgani sayin xotiralar uning miyasiga qaytib keldi: Yoongining kelishi, uning yoqasiga yopishgani, Ynni devorga tirab baqirganlari, devorga tushgan oʻsha qattiq musht va nihoyat... Ynning koʻzlarida birinchi marta koʻrgan oʻsha cheksiz qoʻrquv va titroq.
Jin oʻzining nihoyatda oshirib yuborganini, gʻazab ortidan qizning qalbini chil-chil sindirganini chin dildan his qildi. Undagi oʻsha asossiz nafrat oʻrnini daxshatli bir vijdon azobi egalladi. U Yndan qanday boʻlmasin uzr soʻrash, kechagi holat ichkilik va jahl ortidan boʻlganini tushuntirish maqsadida shoshilib oʻrnidan turdi.
U darmonsiz qadamlar bilan Ynning xonasi eshigi oldiga bordi va yuragi titrab eshikni taqillatdi:
— Yn... Eshitayapsanmi? Men... kechagi uchun gaplashib olmoqchi edim, — dedi u past ovozda.
Lekin ichkaridan hech qanday ovoz, nafas sharfasi ham chiqgisi kelmadi. Jinning ichidagi xavotir battar kuchaydi, u sekingina eshik dastasini burab, xonaga kirdi. Biroq xona top-toza, oʻrin-koʻrpalar tartib bilan yigʻilgan va ichkarida hech kim yoq edi. Qiz allaqachon uydan chiqib ketgandi.
Jin ogʻir xoʻrsinganicha xonadan chiqdi va pastga — oshxonaga yoʻl oldi. U balki Yn oʻsha yerda biror narsa ichayotgandir deb umid qilgandi, ammo oshxonaga qadam qoʻyishi bilan koʻrgan manzarasi uni joyiga mixlab qoʻydi.
Gaz pechi ustida kechadan qolgan tavo, uning ichida koʻmirdek qorayib, kuyib ketgan tuxum qoldiqlari xunuk sargʻayib turardi. Qaynoq yogʻning tavo atrofidagi har bir tarafga, plita ustiga sachragan izlari ochiq-oydin koʻrinib turardi. Stol ustida esa kecha Yoongi olib kelgan oʻsha restoran paketi daxlsiz holatda turardi. Jin beixtiyor borib paketni ochib koʻrdi... Taomlar hattoki ochilmagan, ularga umuman qoʻl tekshirilmagan ham edi.
Ayni oʻsha soniyalarda Jin boshiga birov daxshatli toʻqmoq bilan urgandek boʻldi. U kecha tunda rostdan ham hamma narsani oshirib yuborganini, Ynni mutloq nohaq ayblaganini butun vujudi bilan tushundi. U yetti yil avvalgi oʻsha baxtli kunlarni — Yn doim taom tayyorlashni yomon koʻrishini, oshxonaga umuman qadamba-qadam kirmasligini va doim erkalik qilib undan ovqat kutishini birma-bir esladi.
Jin stolga suyanib qoldi. Ichini vahimali bir oʻy kemira boshladi:
"Nahotki... nahotki Yn shu yetti yil ichida ham biror marta oʻzi uchun oshxonada taom tayyorlamagan boʻlsa? Amerikada ham faqat tayyor ovqatlar bilan yashaganmi? Va kecha tunda u ilk bor men yoʻqligimda, och qolgani uchun oʻziga nimanidir pishirishga uringanmi?!"
U oʻzining kechagi "Oʻzing tayyorlasang oʻlib qolarmiding?!" deb baqirgan soʻzlaridan daxshatli darajada jirkanib ketdi.
Jin ogʻir qadamlar bilan oshxonadan chiqmoqchi boʻlib burildi-yu, ammo muzlatgichning yonidagi kichik tumbochka ustida turgan narsalarga koʻzi tushib, yana toʻxtadi. U yerda uydagi dori qutisi tartibsiz ochilgancha turardi. Yonida esa bint va qaychi... Bintning chetlari darmonsiz, bitta qoʻllab zorga, qiyshiq va keskin qilib kesib olingani koʻrinib turardi. Dori shishasining chetlarida esa kuyishga qarshi surtmaning tomib-tomib, palapartish ishlatilgan izlari sargʻayib qolgandi.
Jin oʻsha bint qoldiqlariga qarab, kecha Yoongining oʻsha gʻazabli soʻzlarini qayta esladi:
"Sen uni shu ahvolda tashlab ketding! U och va yaralangan edi!"
Jin oʻzining daxshatli xatosini butunlay fosh qilgandi. Yn kecha tunda nafaqat och qolgan, balki oʻziga taom tayyorlamoqchi boʻlib qoʻlini, barmogʻini kuydirib olgan edi. U yetti yillik gʻururi va alamli rashki ortidan qizning oʻsha ogʻriq bilan yonayotgan barmogʻini ham, uning chorasizligini ham koʻrmagan, koʻrishni xohlamagan edi. Jin oʻsha dori qutisi qarshisida oʻzini dunyodagi eng tuban insondek his qilib, mushtlarini devorga tiradi.
Yn ish stolida oʻtirgancha, xayolidagi ogʻir oʻylarni haydash uchun hujjatlarga tikilib oʻtirardi. Shu payt eshik ohista taqilladi va uning shaxsiy kotibasi ichkariga bosh supervisor boʻlib kirdi:
— Miss Jeon, sizni koʻrishga janob Min keldilar. Qabul qilasizmi?
Yn hujjatlardan boshini koʻtarib, biroz charchagan nigohini kotibaga qaratdi:
— Ha, ichkariga kirsin, — dedi vazminlik bilan.
Eshik ochilib, Yoongi odatdagidek bosiq va jiddiy qiyofada xonaga kirib keldi. Uni koʻrishi bilan Ynning ichida yana bir bor kechagi noxush manzara jonlandi. Jinning sababsiz baqirganlari va Yoongining yoqasidan olgani uchun u oʻzini Yoongining oldida nihoyatda aybdor va xijolatli his qilayotgan edi.
Ular rasmiy ravishda salomlashib, xonadagi qulay charm kreslolarga oʻtirishdi. Yoongi Ynning yuzidagi charchoq alomatlarini darhol payqab, past va qaygʻuruvchan ovozda soʻradi:
— Ahvoling qalay, Yn? Kechasi yaxshi dam ola oldingmi?
Yn oʻzini iloji boricha tetik koʻrsatishga urinib, sovuqqonlik niqobini taqdi:
— Men yaxshiman, Yoongi. Hammasi joyida, — dedi-da, chuqur nafas olib, gapida davom etdi: — Kechagi voqea uchun... haqiqatdan ham sendan uzr soʻrayman. Mening sababimdan shunday yoqimsiz vaziyatga tushib qolding. Jinning qilgan ishi mutloq notoʻgʻri edi.
Yoongi qizning gapini ohista qoʻl koʻtarib toʻxtatdi. Uning koʻzlarida zarracha ham gʻazab yoki gina yoʻq edi:
— Sen nega mendan kechirim soʻrayapsan? Bu yerda sening hech qanday aybing yoʻq, Yn. Oʻzingni aybdor his qilishni bas qil, — dedi u vazminlik bilan.
Suhbat shu yerga kelganda, Yoongining nigohi Ynning oʻng qoʻlidagi palapartish bogʻlangan oq bintga tushdi. U oʻrnidan turib, Ynning yoniga yaqinlashdi va uning shikastlangan barmogʻini ohista qoʻliga olib, koʻzdan kechira boshladi. Bintning qiyshiq kesilgani va dori izlari uning eʼtiboridan chetda qolmadi.
— Barmogʻingni juda xato bogʻlabsan — dedi Yoongi peshonasini biroz tirishtirib. — Dorini ham qaytadan, toʻgʻriroq surtish kerak. Aks holda oʻrni qolib ketishi hech gap emas.
Yn uning bu jiddiyligiga qarab, yuziga biroz mayin jilmayish yugurdi:
— Yaxshi, keyinroq shunday qilaman... — dedi u qoʻlini tortmoqchi boʻlib.
Biroq Yoongi uning gapini oxirigacha eshitmadi. U xonaning ichida oʻrnidan turib, dori qutisi qayerda boʻlishi mumkinligini qidira boshladi. Yn esa uning bu kutilmagan qatʼiyatidan hayron boʻlib, uni faqat nigohlari bilan kuzatib turardi. Dunyoni titratadigan Harrison prezidenti hozir Yoongining qarshisida goʻyo yosh boladek chorasiz koʻrinardi.
Birozdan soʻng Yoongi shkaflarning biridan kichik dori qutisini topib, qoʻliga oldi. U ortiga qaytib, Ynni stol yonidan ohista yetaklab, xonaning chetidagi qulay divanga oʻtqazdi. Oʻzi esa qizning qarshisiga tiz choʻkib, uning qoʻlidagi oʻsha qiyshiq bintni ehtiyotkorlik bilan yechib tashladi.
Kuygan joy biroz qizargan va shishgan edi. Yoongi qutidan kuyishga qarshi maxsus malhamni oldi va uni barmogʻining uchiga olib, Ynning jarohatlangan joyiga nihoyatda mayin va muloyimlik bilan surta boshladi. U qizning joni ogʻrishi mumkinligini oʻylab, dori surtayotganda barmoq uchiga ohista nafasini urib, puflab qoʻyardi. Malhamni surtib boʻlgach, ustidan toza va tekis qilib steril plaster yopishtirib qoʻydi.
— Mana, endi hammasi joyida boʻldi. Barmogʻing tezda tuzalib ketadi, — dedi Yoongi oʻrnidan turib, dori qutilarini yigʻishtirarkan.
Yn oʻz barmogʻidagi shinam plasterga qarab, ichidagi oʻsha muzlagan qalbi biroz iligandek boʻldi. Yetti yildan beri hech kim unga bunday oddiy, ammo samimiy gʻamxoʻrlik koʻrsatmagandi. U Yoongiga qarab, chin dildan jilmaydi:
— Katta rahmat, Yoongi... Yaxshiyamki, sen borsan.