May 21

Two hearts — One Silence 💞 Ep⁴

Oradan bir hafta oʻtdi. Bu bir hafta ichida Seul matbuoti va biznes olami faqat bitta mavzuni — Kim va Jeon imperiyalarining toʻyini muhokama qildi. Va nihoyat, oʻsha dabdabali nikoh oqshomi yetib keldi.
Seulning eng hashamatli mehmonxonasi bugun kechasi faqatgina oliy tabaqa vakillari, nufuzli siyosatchilar va biznes magnatlari bilan toʻlgandi. Hamma yoq oppoq gullar va billur qandillar bilan bezatilgan boʻlib, ertaknamo muhit yaratilgan edi.
Mehmonlarni kutib olish va ular bilan esdalik uchun rasmga tushish uchun ajratilgan maxsus, ulkan va chiroyli zalda kelin — Jeon Yn oʻtirardi.
U egnidagi oʻta nafis, yelkalari ochiq va uzun shleyfli oppoq toʻy libosida shunchalar chiroyli ediki, goʻyoki yerdagi odamga emas, osmondagi farishtaga oʻxshardi. Sochlari mayin toʻlqinlar bilan yelkasiga tushgan, boshidagi nafis tilla toj va boʻynidagi yorqin toshlar uning qiyofasini yanada mukammal koʻrsatib turardi. Biroq, bu oppoq va baxtli kelin qiyofasi ortida, uning koʻzlarida haligacha oʻsha magʻrur, sovuq va daxshatli xotirjamlik hukmron edi. U kelgan mehmonlar bilan shunchaki professional darajada jilmayib, rasmga tushardi. U uchun bu kecha baxt oqshomi emas, oʻzining eng buyuk shartnomasi imzolangan kun edi.

Seokjin uzun va magʻrur qadamlar bilan Yn oʻtirgan joyga yaqinlashdi. Uning nigohlari oppoq koʻylakdagi qizni koʻrib bir lahza qotgan boʻlsa-da, u oʻzining oʻsha oʻziga bino qoʻygan, klassik tabiati bilan vaziyatni oʻz qoʻliga oldi. Bu 6yy6666Kamera chiroqlari ostida, hamma unga havas bilan qarab turgan bir paytda, u Ynning roʻparasiga kelib toʻxtadi.
U Ynga yuqoridan pastga qarab, labining chetida pichingli va oʻziga ishongan jilmayish bilan gap boshladi. Rasmga tushish uchun qizning yoniga oʻtirarkan, faqatgina kelin eshitadigan darajada pichirladi:

— Jeon xonim... Toʻgʻrisini aytsam, bugun chiroyligina boʻlibsan. Lekin baribir ortiqcha hayajonlanma... Chunki dunyoda hech kim, hatto bugun oppoq koʻylak kiygan boʻlsang ham, men kabi goʻzal boʻlolmaydi. Men bilan yonma-yon turganda, baribir bir oz xunukroq kelin boʻlib koʻrinyapsan, tan ol

dedi-da, kameraga qarab gʻolibona jilmayib qoʻydi.
Yn Seokjinning bu oʻta ketgan magʻrurligi va "World Wide Handsome" (Dunyo miqyosidagi goʻzal) degan xarakteridan kelib chiqib gapirayotganini eshitib, asabiylashish oʻrniga jimgina kulib qoʻydi. U kameraga qarab goʻzal tabassum qilishni toʻxtatmagan holda, boshini ohista Seokjin tomonga burdi. Uning koʻzlarida daxshatli darajada aqlli va gʻolibona nigoh yondi:

— Janob Kim, siz oʻzingizga haddan tashqari yuqori baho berib yuboribsiz, — dedi u labini qimirlatib, mayin ovozda. — Siz nima qilsangiz ham, qanday kiyinsangiz ham, baribir menga yetolmaysiz. Chunki odamda faqatgina tashqi koʻrinish emas, aql ham boʻlishi kerak. Men nafaqat tashqi tomondan, balki aql jihatidan ham sizdan oʻn qadam oldindaman va ancha ustun turaman. Bugun esa siz oʻsha aqli ojizligingiz sababli menga va otangizning shartlariga yutqazib, yonimda turibsiz. Shunday ekan, maqtanishni bas qiling.

— Nimalar deyapsan?! Men aqli ojizmanmi?! — Seokjin tishlarini gʻijirlatgancha, kameraga qarab baxtli kuyovdek soxta jilmayishda davom etdi. — Toʻydan keyin bu aqlingni qayerga yashirishni koʻrsatib qoʻyaman senga, Kim Xonim!

— Koʻramiz, janob Kim... Kim kimga koʻrsatishini hayot koʻrsatadi, — dedi Yn ham unga qarab koʻzlarini qisgancha goʻzal jilmayib.

Ikkalasi suratkashning
"Jilmayinglar, kelin va kuyov judayam baxtli koʻrinishyapti!"
degan gaplari ostida, ich-ichidan bir-birini gʻajib yuborishga tayyor holda, har xil zaharli tortishuvlar bilan rasmlarga tushishda davom etishdi. Suratlarda ular dabdabali va ideal juftlikdek koʻrinsalar-da, aslida bu oʻyin ortida olov va muzning daxshatli urushi ketayotgan edi.

Toʻyxonaning ulkan, hashamatli eshiklari dabdaba bilan ochildi. Zal ichkarisidagi yuzlab billur qandillar nuri, tantanali musiqaning sehrli sadolari va yigʻilgan yuzlab nufuzli mehmonlarning joʻshqin qarsaklari ostida Seokjin va Yn asta-sekin qadam tashlay boshlashdi. Seokjin Ynning qoʻlini oʻzining bilagiga mahkam qistirib olgan, yuzida esa butun dunyoga koʻrsatish uchun moʻljallangan, mukammal "baxtli kuyov" niqobi bor edi.
Ular qizil yoʻlakchadan vazmin odimlab borisharkan, Ynning nigohlari zal boʻylab sayr qildi va mehmonlar orasida, oʻz stolining yonida tik turgan Min Yoongini koʻrib qoldi. Yoongi qora kostyumda, juda vazmin va jiddiy koʻrinardi. Uning nigohlarida Ynga nisbatan faqatgina cheksiz hurmat va hamkorini, doʻstini bunday kunda qoʻllab-quvvatlash hissi bor edi. Ammo,shu bilan birga u Ynga xuddi qimmatbaho narsaga qaragandek qarayotgandi.
Yn uchun Yoongi Seulga kelgach,o'zini tushunadigan aqlli va ishonchli doʻst edi. Shu sababli, uni mehmonlar orasida koʻrish qizning koʻngliga biroz boʻlsa-da xotirjamlik bagʻishladi va u Yoongiga qarab juda mayin, samimiy jilmayib qoʻydi.
Seokjin bu lahzani darhol payqadi. Ynning aynan Min Yoongiga qarab jilmaygani uning unashtiruv kuni ayvondagi gaplarini miyasida qayta uygʻotib yubordi. Kechagina Yn uni "jirkanch va yengiltak hayotda, kayfu-safoda yashagan" deb ayblagan edi. Endi esa oʻzi toʻy kuni boshqa bir erkakka bunday iliq tabassum hadya qilyaptimi?
Seokjinning ichidagi erkaklik gʻururi tishlandi. U gʻazabini yashirish uchun yuziga oʻsha soxta, jilmaygan qiyofasini qaytardi. Mehmonlarga qarab qoʻl silkigan holda, Ynning qoʻlini bilagiga yanada mahkamroq qisdi va qizning qulogʻiga yaqinlashib, zaharxanda bilan pichirladi:

— Kecha meni yengiltak hayotda, kayfu-safolarda ayblayotgan eding... Lekin qarorimcha, sen ham mendan qolishmas ekansan, xonim. Toʻy kuni ham koʻzlaring oʻsha doʻstingni qidirib yuribdi...

Yn Seokjinning bu gapini eshitib, uning gap tagidagi pichingini — uni ham oʻzi kabi yengiltabiatlikda ayblamoqchi boʻlayotganini darhol tushundi. U qadamini toʻxtatmay, Seokjinga qarab oʻta sovuq va zaharxanda nigohini qaratdi. Uning koʻzlarida Seokjinning bu past ketishiga nisbatan cheksiz nafrat bor edi.
Seokjin esa qizning bu daxshatli nigohini koʻrib, gʻolib kelgandek, uning ustidan kulgandek soxta va kinoyali tarzda jilmayib qoʻydi. U Ynni soʻz bilan burchakka siqib qoʻyganidan va ichidagi alamni qisman boʻlsa-da olganidan mamnun edi.

Jin

Va nihoyat, butun zal intizorlik bilan kutgan eng tantanali lahza yetib keldi. Nikohni qayd etuvchi masʼul shaxs minbar ortida turib, mikrofonda ularning ism-shariflarini barvasta ovozda eʼlon qildi.
Zalga ogʻir, hayajonli sukunat choʻkdi. Janob Kim va janob Jeon oʻzlarining yirik biznes imperiyalarini birlashtirayotgan bu tarixiy lahzani gʻolibona nigohlar bilan kuzatib turishardi.

— Janob Kim Seokjin, siz Jeon Yn xonimni oʻz qonuniy rafiqangiz qilib qabul qilishga rozimisiz?

Seokjin bir soniya Ynning muzdek sovuq chehrasiga qaradi, ichidagi barcha gʻazabini yutib, baland va qatʼiy ovozda javob berdi:

— Ha, roziman!

— Jeon Yn xonim, siz janob Kim Seokjinni oʻz qonuniy turmush oʻrtogʻingiz qilib qabul qilishga rozimisiz?

Yn oʻziga ishonch silliqligi bilan toʻgʻri Seokjinning koʻzlariga tikildi va labida oʻsha magʻrur tabassumi bilan mikrofonga yaqinlashdi:

— Ha, roziman.

— Qonunga muvofiq, sizlarni er va xotin deb eʼlon qilaman!

Shu lahzada butun toʻyxonani daxshatli darajada baland qarsaklar, tabriklar va joʻshqin hayqiriqlar tutib ketdi. Billur qandillar ostidan ularning ustiga minglab oltinrang va kumushrang yaltiroq qogʻozlar yogʻila boshladi. Hamma yoq bayramona shodiyonaga aylangandi.
Kamera chiroqlari toʻxtovsiz porlar, suratkashlar bu "tarixiy baxt"ni muhrlashga oshiqishardi. Seokjin va Yn mehmonlarga, ota-onalariga va kameralarga qarab, yuzlarida nihoyatda goʻzal, samimiy va baxtli juftlikdek jilmayib turishardi. Ikkalasi ham aktyorlik mahoratini eng yuqori choʻqqisiga olib chiqqandi.
Biroq, ularning lablaridagi oʻsha goʻzal jilmayish ortida butunlay boshqa bir daxshat yashiringan edi. Ular bir-birlarining koʻzlariga chuqur tikilib turisharkan, yuzlaridagi oʻsha soxta tabassumni yoʻqotmagan holda, ich-ichidan, pichoqning tigʻidek oʻtkir bir nafrat bilan qasam ichishayotgandi:

“Hali mendan koʻrasan, Jeon Yn... Mening hayotimni oʻyin qilganing uchun senga bu nikohni jahannamga aylantirib beraman!”— deb oʻyladi Seokjin tishlarini yashirincha gʻijirlatib.

“Hali mendan koʻrasan, Kim Seokjin... Sen ham, sening oʻsha magʻrurliging ham oyoqlarim ostida qanday sinishini oʻz koʻzlaring bilan koʻrasan!” — deb javob qaytarayotgandek edi Ynning oʻtkir nigohlari.

Ular endi rasman er-xotin edilar, ammo bu nikoh ular uchun baxt maskani emas, ikki magʻrur qalbning bir-biri bilan hayot-mamot jangiga kirishgan rasmiy urush maydoni edi.

Kech boʻlib, dabdabali toʻy oqshomi nihoyasiga yetdi. Mehmonlar tarqaldi, chiroqlar oʻchdi. Seokjin va Yn endi oʻsha yuzlab kameralar va soxta tabriklardan uzoqda, mutloq yolgʻiz qolishgandi. Seokjin Ynni oʻzining shaxsiy zamonaviy kottejiga olib keldi. Bu uy uning ota-onasidan uzoqda, faqat oʻzi yashaydigan shaxsiy hududi edi.
Eshik ochilib, ular ichkariga kirishdi. Yn uydan taralayotgan sukunat havosini his qilib, egnidagi dabdabali oppoq toʻy libosida zaldagi har bir burchakka, mebellarga va devorlarga boshdan-oyoq sinchkovlik bilan nazar tashlay boshladi. U uyni xuddi yangi sotib olinayotgan mulkni tekshirayotgandek sovuqqonlik bilan koʻzdan kechirdi, soʻng ogʻir libosini yigʻishtirib, zal markazidagi qimmatbaho charm divanga borib oʻtirdi.
Seokjin uning uyni diqqat bilan kuzatayotganini koʻrib, oʻzining oʻsha oʻta yuqori gʻururi bilan labida magʻrur jilmayish paydo qildi. U boʻyinbogʻini biroz boʻshatib, Ynning roʻparasiga keldi:

— Xoʻsh, xonim? Uyni boshdan-oyoq tekshirib chiqding. Mening didimga qoyil qoldingmi? Tan ol, bunday mukammal uyni hayotingda koʻrmagansan, — dedi u oʻziga bino qoʻygan ohangda.

Yn unga qarab, yuzida mutloq yoqmagandek, hatto ensasi qotgandek ifoda aks ettirdi. U divan suyanchigʻiga suyangancha, Jinga qarab istehzo bilan gapirdi:

— Qoyil qolish? Aksincha, janob Kim... Sizda umuman did degan narsaning oʻzi yoqligiga yana bir bor amin boʻldim. Ranglar uygʻunligi dahshat, mebellar va interyer esa allaqachon modadan qolgan, hammasi eski uslubda. Bu yerda odamning siqilishi aniq, — dedi u uning asabiga oʻynab.

Seokjinning bu gapdan daxshatli darajada jahli chiqdi. U oʻzining tashqi koʻrinishi va shaxsiy tanlovlari borasida hech qachon bunday past baho eshitmagandi. Uning yuzidagi oʻsha magʻrur tabassum birdan yoʻqoldi, koʻzlari gʻazabdan uchqun sachratdi:

— Nima?! Modadan qolgan? Eski?! Sen hali mening didimni shubha ostiga olmoqchimisan?! — deb gʻazab bilan qadam tashladi u Yn tomonga.

Biroq Yn uning bu gʻazabini mutloq eʼtiborsiz qoldirib, gapni butunlay boshqa yerga burib yubordi. U egnidagi ogʻir koʻylakka ishora qilib, vazmin ovozda soʻradi:

— Mening xonam qayerda? Charchadim, kiyimlarimni almashtirib, dam olishim kerak.

Seokjin uning bu xotirjamligidan va oʻzini xuddi mehmonxonadagidek tutayotganidan battar asabiylashdi. U toʻxtab, labining chetida yovuz va zaharxanda bir kulgi paydo qildi. U qizning bugungi gaplari va kechagi magʻrurligi uchun dars berib qoʻyishning ayni vaqti kelganini tushundi:

— Xonang? — Seokjin piching bilan kulib yubordi. — Kechirasan, xonim. Men senga bu uyda alohida xona tayyorlab qoʻymaganman. Hech kim senga bu yerda besh yulduzli qulaylik yaratib bermaydi. Shunday ekan... hozirgina oʻzing modadan qolgan deb nafratlangan oʻsha divaningda uxlashing mumkin. Sening bugungi yotoqing aynan mana shu yer!

Yn

Yn pashshani urib turgandek bir parvo qilib qoʻydi-da, qoshlarini kibrli tarzda uchirib, dudoqlarini burdi. Uning yuzida zarracha ham qoʻrquv yoki xavotir alomati yoʻq edi.
Seokjin esa uning bu holatidan oʻzicha gʻolib kelgandek, labida istehzoli va mamnun jilmayish bilan shartta ortiga oʻgirildi-da, ikkinchi qavatdagi oʻzining yotoqxonasi tomon yoʻl oldi. Eshikni esa qasddan qarsillatib yopib kirdi.
Yn zalda, oʻsha divanda yolgʻiz qolgach, piching aralash asabiy kulib yubordi:

— Demak, divanda uxlash? Meni kim deb oʻylayapsan, Kim Seokjin? — pichirladi u tishlari orasidan.

U bir necha daqiqa divanda oʻtirgancha chuqur oʻyga toldi. Ammo u Jeon Yn edi! Hayot zarbalaridan sinmagan, taslim boʻlish nimaligini bilmaydigan va oʻz qulayligini har qanday narsadan ustun qoʻyadigan magʻrur ayol. U kimningdir buyrugʻi bilan sovuq divanda tunaydigan qiz emasdi.
Yn oʻrnidan qatʼiyat bilan turdi. Egnidagi ogʻir, dabdabali oppoq toʻy libosining etaklarini balandroq koʻtarib, poshnalarini taqillatgancha toʻgʻri ikkinchi qavatga koʻtarildi. Hech qanday taqillatishlarsiz, Seokjin kirib ketgan xonaning eshigini shartta ochib, ichkariga kirdi.
Xonaga qadam qoʻyishi bilan uning koʻzlari beixtiyor devorlarga tushdi. Pastki qavatni qanchalik yomonlamasin, Jinning shaxsiy yotoqxonasi chindan ham oʻta yuqori va oʻziga xos ajoyib did bilan bezatilgan edi. Xona markazida esa daxshatli darajada keng, qulay va yumshoq yotoq turardi.
Shu payt xonaning ichidagi yuvinish xonasidan suvning shildiragan ovozi eshitila boshladi. Demak, janob Kim allaqachon dush qabul qilayotgan edi.
Yn labining chetida gʻolibona bir jilmayish paydo qildi. U ustidagi oʻsha ogʻir toʻy libosini, noqulay taqinchoqlari va boshidagi tojini oʻylab ham oʻtirmay yechib tashladi. Soʻng xuddi oʻz uyidagidek xotirjam qadamlar bilan Jinning kiyim shkafi tomon bordi. Eshiklarini ochib, ichidan oʻziga bir necha oʻlcham katta keladigan, qora keng futbolka va shortikni tanlab oldi.
Kiyimlarni kiyib, sochlarini boʻshatgach, u oʻzini oʻsha yumshoq, ulkan yotoqning qoʻyniga otdi. Koʻrpani ustiga tortarkan, yostiqqa bosh qoʻyib, shifftga qarab magʻrur pichirladi:

— Men senga aytgandim-ku, Seokjin... Men doimo oʻzim xohlagan ishni qilaman. Va bu uydami, hayotdami — har doim faqat men aytganim boʻladi.

U Jinning dushdan chiqib, uni oʻz toʻshagida koʻrgandagi daxshatli yuz ifodasini tasavvur qilib, ich-ichidan zavqlangancha jilmayib yotardi.

Yn