January 16

Hidden Love 💔 Episode 11

Bósa olish mobaynida Ynning beli tomon qoli bilan silay boshlarkan
Yn birdan seskanib ketti
Scoup tezda ozini tortti
Scoup. Kechir,men unday qilmasligim kerak edi
Men....
Deya ornidan turgancha orqa ogirib ketarkan
Eshikdan chiqishga ulgurmasidan Yn uni orqasidan quchib oldi...
Yuzini uning orqasiga qoygancha uni yanada qattiq quchdi
Scoup esa tushunarsiz holda turardi
Ammo,ich ichidan xursand
Yn. Scoup,meni xato tushunma
Men shunchaki menda birinchisi yaxshi bolmagani sabab juda qorqaman...
Butun tanamni titroq bosadi
Scoup asta orqaga qaradi va Ynni yuzlaridan ushlab oziga qaratdi
Scoup. Seni tushunaman...
Senga buni qilganni aslo kechirmayman
Menga ishonasanmi
Yn. Haaa
Deya bosh irgadi
Ikkisining ham nigohlari toqnash turardi
Yn asta Scoupni koksiga qolini qoydi
Yn. Men senga ishonaman,butun vujudim bilan
Ammo,hali bunga tayyor emasman
Scoup. Xop sen qachon tayyor bolsang,oshanda
Ungacha seni kutaman Nurim
Yn. Rahmat tushunganing uchun
Scoup. Bugun yoningda uxlasam maylimi
Shunchaki,bagrimga bosib uxlamoqchiman
Yn. Mayli
Deya ikkisi quchoqlashgancha uxlab qolishdi...

Time Skip ✨
2 kundan song
Scoup ishdan charchagancha uyga keldi
Ammo Seokjin bilan oynab hamma charchoqlari chiqib ketgandek boldi
Seokjin uxlab qolgach,pastda sharbat ichayotgan Ynni oldiga keldi
Yn. Uxlab qoldimi
Scoup. Ha judayam shirin bolib uxlayabdi polvonim
Yn asta borib Scoupni bagriga kirdi
Yn. Sendan ajoyib ota chiqadi bilsang
Scoup. Usiz ham ajoyib otaman😁
Ha aytgancha Yn
Men ertaga Koreyaga ketyabman
Yn. Tinchlikmi
Scoup. Kompaniya ishlari sabab,u yerdagi filialni ochilishi boladi
Hammasiga ozim bosh qosh bolishim kerak
Yn. Nahotki bizni tashlab ketsangiz
Scoup. Buni xohlamayabman
Ammo,seni otmishni eslab qiynalishingni xohlamayman
Yn. Unday emas,men ham ozi senga Koreyaga qaytish haqida aytmoqchi bolib yurgandim
Undan tashqari Seokjinni ham ota onamni oldiga olib boray
Ular ham uni ancha soginishgan
Scoup. Yoq yoq,nima u yerga qaytsang togri uyingga bormoqchimisan nima
Yn. Albatta
Scoup. Bunaqasi ketmaydi
Oglimsiz men nima qilaman....
Yn. Mayli mayli,unda birga qaytamizmi
Scoup. Albatta,unda men hozir hammasini togirlay
Sen esa tayyorgarliklarni kor
Yn. Xop deya Scoupni yonogidan opgancha yuqoriga kotarilib ketti

Author. Scoup va Yn bundan bir yil avval unashtirilgandi
Ynning ham qalbida Scoupga nisbatan hislar paydo bolgandi
Scoupning ota onasi boshida bunga qarshi edi,ammo Scoupning qatiyati va muhabbatini korgach rozi bolishdi,hozir ular ham Ynni yaxshi korishadi va Seokjinni oz nebarasi deb qabul qilgandi
Ular tez tez LA ga kelib turishardi,Ynni ota onasi ham
Yn uyda xizmatchi bolishini xohlamagani uchun faqat Scoup,Seokjin va Yn yashardi
Yn ajoyib uy bekasi va mehribon ona edi
Undan tashqari Scoupni kompaniyasida ham ishlardi
Bu vaqtda Seokjinga enaga qarardi

Time Skip ✨
Koreya Seoul
Park x. Yaxshi keldinglarmi qizim
Ohh nabiram ozimni
Buncha shirin bolmasa aaa
Deya Seokjinni quchogiga oldi
Scoup. Xolajon,otasiga oxshaydida..
Dadasining polvoni
Yn. Scoup
Deya uni turtti
Buni korgan janob Park va Park xonim kulib yuborishdi
J Park. Seokjin nabiram bobosini erkatoyi....
Ularga nabirasi bolsa boldi edi
Scoup Ynni peshonasidan opdi
Scoup. Men kechqurun sizlarni olib ketgani kelaman
Ungacha ozingni va oglimizni ehtiyot qil
Yn. Xop sen ham ozingni ehtiyot qil
Deya jilmaydi
Scoup. Seni sevaman
Deya jilmayib mashinasiga otirgancha kompaniyasiga ketti
Yn ham Scoup ketgach ichkariga kirdi


Jeon Korporation.
Kotib. Janob Jeon Yn xonim uyida ekan
Jeon. Rostanmi,nabiram ham yonidami
Kotib. Ha janob
Jeon. Xop unda men boray
Ishga ozing koz quloq bol
Deya ogzi qulogida jilmaygancha kompaniyadan chiqib ketti
Jk otasini bunday holatda anchadan buyon kormagandi
Shu sabab biroz hayron qoldi
Jk. Dadam bugun juda xursand korinadi...
Deya u ham oz ishlari bilan band boldi

Janob Jeon Yolda xotini Hannani ham oldi va birga Park xonadoniga bordi
Hamma jamul jam bolishdi
Hamma bola bilan band bolib,Seokjin uchun hatto tortishib ham otirgandi
Yn esa ularni jilmayib kuzatishardi
Jeon. Ha Yn qizim,bola bilan bolib hammamiz senga qaramabmiz ham ku
Yn. Hechqisi yoq
Jeon. Nabiram juda shirin
Hanna. Ha judayam,qizim ozing yaxshimisan
Yn. Ha menda hammasi yaxshi xolajon
Jeon. Qizim endi shu yerda yashaysizlarmi
Yn. Ha Koreyada yashaymiz
Kechqurun Scoup olib ketgani keladi
Jeon. Ha bu yaxshi unda
Sen ertaga kompaniyaga kel
Yn. Tinchlikmi amaki
Jeon. Tinchlik qizim
Kompaniyada hal qiladigan ishlar bor edi
Yn. Ha albatta xop amaki
Jeon. Bolangga qaraydigan
Yn. U yogidan havotir olmang,uning enagasi bor
Jeon. Ha unda yaxshi
Hanna. Scoup korinmaydi
Yn. Ha u ishda,yangi kompaniyasini ochyabdi
Shunga biroz band
Hanna. Haa bu juda ajoyibku
Jeonpov. Ehhh oglim,shunday qizni qoldan boy berding aaa
Ogling ham senga ota demaydi
Bu sening jazoying...
Hanna. Toyingiz qachon endi qizim
Yn. Bilmasam,lekin yaqin orada otkazmoqchimiz
Shu kompaniyasini ochib olsin avval
Hanna. Ha haqsan
Deya hammasi jilmayib kongildan gaplashib otirishdi

*

Jk ishdan charchagancha uyiga keldi
Sera esa hali uyda emas
Jk jahli chiqgancha Seraga qongiroq qilarkan
Sera eshikdan kirib keldi
Jk. Qayerlarda yuribsan aaaa
Sera. Jahl qilmang,shunchaki dugonalarim bilan uchrashgandik
Jk. Oxirgi vaqtlarda bu kopayib ketmayabdimi
Sera. Jonimga tegdingiz,men erkin insonman
Ozgina ochiq havodan nafas olsam maylimi aaa
Nima endi kun boyi uydan chiqmay otirishim kerakmimi
Jk. Jin ursin,yoqol xonaga,kozimga korinmay tur biroz
Hozir biron nima qilib qoyaman bolmasam
Deya jahl bilan niqtab gapirdi
Sera ham achchiqlangancha zarda qilib yuqoriga chiqib ketti
Jk gazabini bosolmay osha yerda turgan narsalarni otib sindirib tashladi
Jkpov. Oxirgi payt Sera ikkimiz kop janjallashib qolyabmiz
Unga farzand koraylik desam,qomatim buziladi deyabdi
Undan tashqari mana bunday odatlar chiqargan
Gazabimni bosolmayabman
Ishdan charchab kelganimda ochiq chehra bilan qarshi olsa deymanu,faqat qovogi uyilgan,hamma narsadan norozi ayolga duch kelaman
Juda charchadim
U yoqda ota onam ham men bilan gaplashmay qoygan
Faqat ish masalasida gaplashadi...
Uff,jonga tegdi hammasi...
Jk qahrini sochgancha uydan chiqib ketti va mashinasiga otirib,klubga ketti
Xizmatkorlar Jk sindirgan joylarni yigishtirib olishdi
Mina. Yn xonim bolganida janob hozir bunday yurmasdi
- ha haqsan,Yn xonim baribir yaxshi edi
Qiziq,hozir u qanday ekan aaa
Mina. Men ular bilan gaplashib turibman
U kelishgan yigit bilan unashtirilgan
Bitta ogli ham bor
- ogli dedingmi
Mina. Ha Janob Jungkookning ogli
Ammo,uning qalligi bolani oz bolam deb qabul qilgan va unga otalik qilmoqda
- janob Jungkook hatto farzandidan ham voz kechganmi mana bu alvastisini deb
Mina. Shuni ayt,oglini korsang edi,biram shirin...
- senda rasmi bormi,menam koray
Mina. Ha hozir mana
Deya Seokjinni rasmini tomosha qilishdi
Yuqorida Sera yuvinib chiqdi va vino ichib uxlab qoldi

*

Scoup ishdan juda kech chiqdi
Rostan ham yangi kompaniya ochish ishlari uni charchatib yurgandi
Song togri Parklarning uyiga yol oldi
Soat esa tungi 11 dan oshgan
Yn Seokjinni uxlatib Scoupni kutib otirgandi
Scoup eshikdan kirishi bilan uni oldiga bordi
Yn. Yaxshi keldingmi
Deya jilmaydi
Scoup Ynni tabasum ila kutib olganini kordiyu,butun charchogini yoqotti
Scoup. Seni kordimu,hammasi yaxshi boldi
Deya Ynni belidan tutib oziga tortti va bagriga bosdi
Yn ham uni quchdi
Yn. Juda charchagan korinasan
Kechgi ovqat tanavvul qildingmi
Scoup. Rostini aytsam yoq
Olgudek oshman
Polvon oglim uxlab qoldimi
Yn. Bu nimasi,nega ovqatlanmading
Ha u allaqachon uxlab qolgan
Appa,appa deb qulogimni yedi
Scoup. Uzur kech qoldim...
Yn. Hechqisi yoq
Yur oshxonaga,birga ovqatlanamiz
Scoup. Sen ovqatlanmadingmi hali
Yn. Boya ovqatlandim,lekin hozir yana ochman
Bol,bol tez
Deya Scoupni qolidan tortgancha uni oshxonaga olib bordi va muzlatgichdan ovqatlarni olib isitib dasturxonga qoydi
Scoup qoliga suyangancha uni moroq bilan kuzatardi

Scoup

Keyin birgalikda ovqatlanishdi
Ikkisi kulishgancha idishlarni yuvisharkan
Ularni eshik ortidan Janob Park va Park xonim xursand holda kuzatishardi
J Park. Qizimiz oz baxtini topganga oxshaydi
Park x. Ha,Scoupning kozlarida sevgi uchqini porlab turibdi
Eng muhimi endi qizimiz baxtli
Nabiramizni ham qaygurmasak boladi
J Park. Ha shu,juda xursandman
Deya uning kozlari yoshlandi
Park xonim Erining yiglayotganini korib,kulgancha erini qolidan ushlab xonasiga ketishdi

Yn. Bugun juda charchagansan,shu yerda qola qolaylik
Ertaga yangi uyga boramiz
Nima deysan
Scoup. Men rozi,chunki rostan ham juda charchaganman
Menga xonamni korsatib yubora olasanmi
Yn. Meni yonimda uxlaysan
Scoup. Rostanmi🥹
Yn. Fikrimdan qaytmasimda tezda xonaga bor va senga tayyorlab qoygan yengil kiyimlarni kiyib ol
Scoup. Xop xop
Hozir
Deya kulgancha yuqoriga ketti
Yn esa idishlarni joyiga qoygancha hamma ishni boldi
Suv quyib icharkan,hayolida harxil narsalar aylandi...

Ynpov. Hozirgi vaqtda juda baxtliman....
Scoup meni chindan sevadi
Seokjin tugilmasidan oldin oz oglim deya qabul qildi va hozir ham Seokjin Scoupni Appa deydi
Jungkook mening katta xatoyim edi
Uni sevganim mening eng katta xatoyim edi
Ammo,Seokjinni xato deb qabul qilolmayman
U mening quvonchim
Osha kuni Scoup bilan ketgach,u meni har kuni psixologga olib bordi
Yana hayotga qaytardi
Meni yana kulishimga sabab bolgan inson bu Scoup
Avvallari unga etibor bermasdim
Ammo,hozir unday emas
Uning yuzi juda yoqimtoy,tanasi esa mukammal
Va eng muhimi meni telbalarcha sevadi
Men u bilan juda juda baxtliman

Yn shunday qilib xonasiga bordi
Qarasa Scoup allaqachon uxlab qolgandi
Yn. Juda charchagan korinadi...🫠
Deya yoniga borib u ham uxlab qoldi

Scoup and Yn
Tasavvur uchun

Yangi kun
Yn Jeon Korporationga yetib keldi va togri Janob Jeonning xonasiga bordi
Jeon. Xush kelding qizim
Yn. Xush kordik amakijon
Deya ozi bilan olib kelgan shirinliklarni stol ustiga qoydi
Jeon. Oo bular mengami qizim
Rahmat
Yn. Rahmatga hojat yoq
Ahir kopdan beri kelmagandim
Jeon. Ha mana bu hujjatlarga imzo qoyishing kerak
Deya faylni uzatdi
Yn fayllarni korib kozlari kattalashdi
Yn. Amaki,men bunga imzo qoya olmayman
Jeon. Unday dema qizim
Bbu akciyalar nabiram uchun
Uning kelajagi uchun
Yn. Ahir amaki,usiz ham nabirangizni kelajagi porloqku
Jeon. Rad javobini qabul qilmayman qizim
U katta bolgunga qadar,akciyalar seni nomingda boladi
Yn. Ammo,bular kop emasmi
20% akciya kam emas ahir
Jeon. Ha,kop narsalarga seni roziliging kerak boladi
Va kompaniyada ishlaysan
Yn. Ahir dadamni kompaniyasi ham bor,yana Scoupniki ham
Jeon. Qizim,usiz ham nabiram uchun hechnarsa qila olmayabmiz
Iltimos,yoq dema
Kompaniyaga esa xohlagan vaqtingda kelib ketishing mumkun
Yn biroz oylanib qoldi
Yn. Mayli roziman,lekin faqat Seokjin uchun
Albatta oz ishimga yaxshi qarayman
Deya hujjatlarni imzoladi
Birga qahva ichgach Yn xonadan chiqib ketti
Jungkook ish hujjatlarini kozdan kechirarkan
Oz shaxsiy kotibi kirib keldi
Kotib. Janob
Jk. Xosh gapir
Kotib. Hozirgina eshitdimki,otangizni oldiga Yn xonim kelibdi
Jk hujjatlardan kozlarini olgancha qoshlari chimirilib kotibga qaradi
Jk. Yn🧐
Kotib. Ha yana shuni bildimki,Janob Jeon Yn xonimni nomiga 20% akciyalarni otkazibdi
Sababini esa hechkim bilmaydi
Jk. Yn qachon qaytibdi
Uni chetga ketti deb eshitgandim
Kotib. Ha u Aqshda edi,bu yerga qalligi bilan qaytgan
Jk. Qalligi....
Kotib. Ha Yn xonim otgan yili DDAENG kompaniyasini egasi Scoup bilan unashtirilgan
Jk. Scoup😳
Jkpov. Nahotki Yn Scoup bilan unashtirilgan
Nahotki.... Scoup baribir gapidan qaytmabdida
Unda nega Yn kompaniyaga keldikan aaa

Kotib. Ha janob Scoup Koreyada ozining yangi kompaniyasini ochmoqda,shu sabab ular qaytishgan
Jk. Ular birga yashashyabdimi...
Kotib. Yn xonim bilan ajrashganingizdan song janob Scoup kelib Yn xonimni ozi bilan olib ketgan
Oshandan kop otmay ular unashtirilgan...

Jkpov. Men ham,Scoup ham Ynni sevib qolgandik...
Unga men Ynni baxtli qilaman degandim
U esa sendan qoli uzilgan kun uni ozimniki qilaman degandi
Va gapini bajardi
Ammo,menchi...
Men uni baxtli qildimmi ozi
Aksincha baxtsiz qildim...
Agar oshanda uni qolidan tutib,Seradan voz kechganimda,oshanda ozimda kuch topib uni oldiga borib kechirim soraganimda...
Biz farzandli bolardik va hozir juda baxtli bolardik balki....

Jk

Jungkook ornidan turib xonasidan chiqgancha togri Janob Jeonning xonasi tomon yol oldi
Yaqinlab qolganida eshikdan chiqib ketayotgan Ynni korib qoldi
Jk. Yn🥹

Author. Park Yoona