July 27

SUGAning munosabatlari haqida:

Biasi Suga bólganlar bormi oramizda😁
Unda yaqinroq keling🙈

Suganing hozirgi kunga qadar munosabatlari haqida hech qanday rasmiy bayonat yoq🥲
Lekin shiplar juda Kóp...

Suga Suranning "Wine" (2017) qo'shig'iga prodyuserlik qilgan va u juda xit bo'lgandi. 2018-yilda Suran Instagram'ga "shining" (koreyscha Sugi) so'zi va qahva rasmini joylagach, muxlislar buni uchrashuv shifri deb taxmin qilishdi. Shov-shuv shu darajada kattalashib ketdiki, Big Hit Entertainment darhol rasmiy bayonot berib, ularning orasida hech qanday ishqiy munosabat yo'qligini, faqat hamkasb ekanliklarini bildirdi.

Undan keyin esa (2020) Suga va IU birgalikda "Eight" trekini yaratganlarida, ularning yaqin munosabatda ekanligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq bu munosabat mutlaqo professional va do'stona hamkorlik ekani ma'lum bo'ldi. Ularning bir yoshda ekanligi va musiqa tili orqali tez til topishgani muxlislar tomonidan juda iliq kutib olingan.

Jennie bilan shipi esa,hammangiz bilsangiz kerak....
Ósha mashhur,Taenie shipi boshlanmasdan oldin Yoonnie shipi ham mashhur edi
Yani Jennie Suganing postiga layk bosgan va bu tezda viral bóp ketgandi.
Keyin esa Taehyungni Jenniega follow qilishi....
Afsuski,ikkala holatda ham Jennie heyt oldi. Jennie aslida shunchaki qóllab quvvatlovchi manoda layk bosgan va Taeni follow qilishida Jennieni aybini kormadim😆
Nimayam derdim...
Harkim harxil fikrlaydi,bu mani fikrim....

Undan keyin esa Halsey bilan dostligini ham ship qilib chiqishdi. Baholanki,bu vaqtda Halseyni bolalari bor edi va eri bilan ajrashgandi. Suga boshqa ayollarga nisbatan aynan Halsey bilan ancha yaqin munosabatdaligi kopchilikni hayratga solgandi. Hardoim sovuq bop yuradigan Momiqvoyimiz Halseyga kelganda umuman ozgarib qolgandi,sochlarini órdirishi,yana unga kulib boqishi...
Ammo,bu faqat dostlik munosabati edi,undan ortigi emas....

Va yana bir malumot bor,bu Suganing debyutdan oldingi munosabati haqida....

2008-yil 5-sentyabrda (u paytlari Yoongi Daegudagi Gwaneum orta maktabining 9-sinf o'quvchisi edi) u mahalliy radio eshitishiga maktub yo'llagan. Maktub yuborishiga sabab esa maktabda koreys tili o'qituvchisi barcha o'quvchilarga topshiriq sifatida radioning manziliga xat yozishni buyurgan. Yoongi ham shu topshiriqni bajarish uchun o'zining kechinmalarini yozgan.
U maktubda 8-sinfligida bir qizni yaxshi ko'rib qolgani, uyatchangligi sababli u bilan do'st bo'lib yurib, keyinroq sevgisini izhor qilganini yozadi. Qiz uning taklifini qabul qilgan, lekin Yoongi juda tortinchoq va noqulay harakat qilgani uchun munosabatlari tezda sovuqlashgan va qiz yana "shunchaki do'st bo'lib qolaylik" degan. Yoongi maktubda o'sha vaqtdagi ahmoqligi va qizga yaxshiroq muomala qilolmaganidan afsuslanishini, ammo bu xotira u uchun juda qadrli bo'lib qolganini samimiy bayon qilgan.

Aynan mana shu tasdiqlangan malumotni bilaman xolos,kuryerlik davridagi munosabati haqida muhlislar orasida gap bor,ammo u tasdiqlanmagan....