Sans Amour 🪼 Season 2 Bonus qism
Tugʻruqxona bloki. Soat tungi 23:45.
Xonadagi daxshatli hayajon va taranglik eng yuqori nuqtasiga yetgan edi. Apparatlarning bir maromdagi signallari, shifokorlarning qatʼiy koʻrsatmalari va Sarangning bor kuchi bilan berayotgan nafaslari bir-biriga qorishib ketgandi.
Suga maxsus tibbiy kiyimda, Sarangning bosh tomonida turardi. U hayotida hech qachon bunday chorasizlikni va ayni paytda bunday buyuk moʻjizani his qilmagan edi. U oʻng qoʻli bilan Sarangning terga botgan sochlarini ohista silar, chap qoʻlini esa Sarang daxshatli ogʻriq kuch kelganda bor kuchi bilan siqib, ezib tashlagudek ushlab turardi. Suganing barmoqlari uje mutloq koʻkarib, qon yurishmay qolgan boʻlsa-da, u buni sezmasdi ham. Uning bor diqqat-eʼtibori faqat xotinida edi.
— Sarang, menga qara... Koʻzlaringni och, Valentin, — dedi Suga, ovozi qaltirab, ammo ichki bir qatʼiyat bilan. — Menga qara. Men shu yerdaman. Sakkiz yil oldin seni yolgʻiz qoldirgan oʻsha laʼnati tun ortda qoldi. Hozir men yoningdaman va sening har bir ogʻrigʻingni birga his qilyapman. Sen buni uddalaysan, mening jasur malikam.
Sarang ogʻriqning navbatdagi daxshatli toʻlqinidan koʻzlarini katta ochib, Sugaga tikildi. Uning nigohida ham charchoq, ham Suganing yonidaligidan paydo boʻlgan cheksiz bir kuch bor edi.
— Suga... daxshatli darajada... ogʻriyapti... — pichirladi u, bor ovozi bilan chuqur nafas olib.
— Bilaman, goʻzalim, bilaman. Oxirgi marta, bor kuchingni yigʻ, bizning mitti malikamiz senga talpinyapti, — Suga engashib, uning peshonasidan ohista oʻpdi.
Shifokor baland ovozda buyruq berdi:
— Xonim Sarang, oxirgi harakat! Mana, bolaning boshi koʻrindi! Kuchaning!
Sarang Suganing qoʻlini shunday daxshatli kuch bilan qisdiki, hatto eng baquvvat erkak ham buni koʻtara olmasdi. U bor kuchi bilan oxirgi marta borligʻini yigʻib intildi va...
Tungi soat 23:58 da butun shifoxona blokini, Seulning sokin tunini titratib, daxshatli darajada tiniq, shirin va yangi hayotning boshlanganidan darak beruvchi mitti ovoz yangradi:
*“Uaaaa... Uaaaaa... Uaaaa...”*
Xonadagi boyagi taranglik bir soniyada gʻoyib boʻldi. Shifokor mitti, oppoqqona, qizgʻish tanali chaqaloqni koʻtarib, mayin jilmaydi:
— Tabriklayman! Sogʻlom, daxshatli darajada goʻzal qizaloq!
Sarang uje charchoqdan koʻzlarini yumib borayotgan edi, ammo chaqaloqning yigʻisini eshitib, kipriklari ohista pırpıradi. Uning yuziga dunyodagi eng goʻzal, eng nurli tabassum yugurdi. Koʻzlaridan baxt yoshlari tinmay oqardi.
Suga esa oʻzini tutib tura olmadi. Shanhay yer osti dunyosini dahshatga solgan, muzdek nigohli Min Suga hozir chaqaloqqa tikilib, bolalarcha yigʻlayotgan edi. U hayotida birinchi marta oʻz farzandining kindik qonini kesish baxtiga muyassar boʻldi. Shifokorlar mitti malikani maxsus yoʻrgakka oʻrab, dadasining baquvvat qoʻllariga topshirishganda, Suganing butun tanasi titrab ketdi.
U mitti odamchani bagʻriga bosib, Sarangning yoniga oʻtirdi. Chaqaloq dadasining koʻksiga tegishi bilan birdan yigʻidan toʻxtab, shirin pishillay boshladi.
— Valentin... qara, — dedi Suga, ovozi yoshga toʻlib. — Bizning qizimiz. Xuddi sening mitti nusxang. Koʻzlari, lablari sening oʻzing...
Sarang bor darmonini yigʻib, boshini koʻtardi va Suganing bagʻridagi mitti jonga tikildi:
— Sogʻlommi, Suga? Hammasi joyidami?
— Hammasi mukammal, baxtim. Senga rahmat... Menga mana shunday moʻjizani sovgʻa qilganing uchun, meni dunyodagi eng baxtli dada qilganing uchun rahmat, — Suga egilib, Sarangning lablaridan uzoq va daxshatli darajada shirin oʻpdi.
Oradan ikki soat oʻtdi. Palata.
Sarang uje dam olib, oʻziga kelgan edi. Chaqaloq uning yonidagi mitti beshikda shirin uxlab yotardi. Palata eshigi ohista ochilib, ostonada daxshatli darajada hayajonlangan, qoʻlida mitti pushti rangli aybcha oʻyinchoqni ushlab turgan 8 yoshli Junhoo koʻrindi. U oyoq uchida, ohista yurib kirdi.
— Oyijon... Dada... — pichirladi bolakay, koʻzlarini katta-katta ochib beshikka yaqinlasharkan.
Suga oʻgʻlini bagʻriga oldi va uni beshikning yoniga koʻtardi:
— Tanish, janob Min Junhoo. Bu sening mitti singling — Min Sarangning va mening mitti malikamiz.
Junhoo mitti singlisining qip-qizil yuzchasiga, mitti barmoqlariga tikilib, hayratdan ogʻzi ochilib qoldi. U oʻzining 8 yoshli mard qalbi bilan nimanidir his qildi va ohista qoʻlidagi oʻyinchoqni beshikning chetiga qoʻydi. Keyin esa onasiga qarab jilmaydi:
— Oyi, u rossayam chiroyli ekan... Xuddi sizga oʻxshaydi. Men endi uni maktabdagi hamma bolalardan asrayman. Hech kim uni xafa qilolmaydi, chunki uning menimdek baquvvat akasi bor!
Sarang oʻgʻlining qoʻlidan oʻpib, uni ham bagʻriga tortdi. Suga esa xotini va oʻgʻlini, mitti qizchasi bilan birga daxshatli darajada mahkam quchoqlab oldi.
Palata oynasidan Seulning tonggi nurlari tusha boshlagandi. Bu yangi otayotgan tong ularning hayotidagi nafaqat yangi kunning, balki hech qachon tugamaydigan, hech qanday dushman buza olmaydigan abadiy va eng mukammal baxtning boshlanishi edi.
Seul. Oradan uch yil oʻtdi.
Sokin Seul osmonida mayin bahor shabadasi esib, Min oilasining dabdabali, ammo daxshatli darajada shinam qoʻrgʻoni hovlisidagi gilos gullarini ohista toʻzgʻitardi. Sakkiz yillik oʻsha daxshatli oʻtmish poyoniga yetib, ularning hayoti ertaklardagidek mukammal va osuda oʻtmoqda edi.
Suga vaʼdasiga sodiq qolib, mafia olamiga mutloq qaytmadi. U Seulda faqatgina eng yirik qonuniy biznes imperiyasini boshqarar, ammo soat kechki 18:00 boʻlishi bilan har qanday uchrashuvni toʻxtatib, uyga — oʻzining goʻzal "davlat"iga oshiqardi.
Hovlidagi yam-yashil maysazorda mitti va quvnoq shovqin-suron aks sado berardi. 11 yoshga toʻlib, allaqachon maktabning eng aʼlochi va mard yigitiga aylangan Junhoo oʻsha dadasidan qolgan qora mitti kvadrosikl ustida oʻtirar, uning ortida esa... endigina uch yoshga toʻlgan mitti malika — Yuna quvnoq qichqirib, akasining belidan mahkam quchoqlab olgandi. Yuna daxshatli darajada goʻzal, xuddi onasi Sarangning mitti nusxasi edi, ammo tabiati va oʻjar koʻzlari xuddi dadasining oʻzi edi.
Suga kostyum-shlomini yechib, koʻylagining yenglarini shimarib, hovliga chiqdi. Uni koʻrishi bilan mitti Yuna kvadrosikldan shartta tushib, mitti oyoqchalari bilan dadasiga qarab yugurdi:
— Dadaaaa! Keldingiz! — deb baqirdi qizaloq.
Suga bir soniyada tiz choʻkib, mitti qizini dast koʻtarib oldi va uning atirgulgacha taralgan iforidan toʻyib-toʻyib hidladi. Unig koʻzlarida cheksiz bir mehr bor edi:
— Keldim, mening mitti malikam. Bugun akang seni xafa qilmadimi? Agar xafa qilgan boʻlsa, ayt, hozir uni klan qoidasiga koʻra jazolaymiz, — deb hazillashdi Suga qizini bagʻriga bosib.
Junhoo kvadrosikldan tushib, qoʻllarini choʻntagiga solib, huddi dadasidek magʻrur qadamlar bilan yaqinlashdi:
— Hecham-da, dada. Men dunyodagi eng kuchli akaman-ku, qanday qilib mitti Yunani xafa qilaman? Men shunchaki unga rulni qanday boshqarishni oʻrgatayotgandim.
Suga oʻgʻlining ulgʻaygan qiyofasiga, oʻziga daxshatli darajada oʻxshash magʻrur nigohlariga qarab jilmaydi. U chap qoʻli bilan Junhooni ham oʻziga tortib, bagʻriga bosdi:
— Barakalla, janob Min. Sen bilan faxrlanaman.
Ular qoʻl ushlashib oshxonaga kirishganda, Sarang kechki ovqat stolini bezatayotgan edi. Uning yuzida endi oʻsha qadimgi sovuqqon "Xonim LA"dan asar ham qolmagan, u faqat baxt va xotirjamlik nurini taratardi.
Sarang ularni koʻrib, soxta qoshlarini chimirdi:
— Xoʻsh, janoblar va mitti xonim... Yana qoʻllarni yuvmasdan oshxonaga kirdingizmi? Suga, senga necha marta aytganman, bolalarni erkalatib, qoidalarni buzma deb.
Mitti Yuna darhol dadasining boʻynidan mahkam quchoqlab, onasiga tilini chiqardi:
— Oyijon, dada bilan men qoʻllarimizni yuvamiz! Dadajon meni hammadan koproq yaxshi koʻradi!
Suga ayyorona kulib, Sarangga koʻz qisdi:
— Koʻrdingmi, Valentin? Qizing mening tomonda. Bu uydagi ittifoq mutloq mening foydamga oʻzgargan.
Junhoo esa stol atrofidan joy olarkan, dadasiga qarab kulimsiradi:
— Dada, hali ham magʻlubiyatni tan olmabsiz-da? Singlim siz tomonda boʻlishi mumkin, ammo oyim baribir men tomonda. Shunday emasmi, oyi?
Sarang ota-bolaning, mitti qizining bu shirin janjaliga tikilib turarkan, yuragi yana bir bor cheksiz minnatdorchilik va baxtdan toshib ketdi. U yaqinlashib, Suganing boʻynidagi oʻsha oʻzining mitti uzugi osilgan zanjirni toʻgʻrilab qoʻydi va erining lablaridan ohista oʻpdi:
— Men ikkalangizni ham, mening mitti moʻjizalarimni ham birdek yaxshi koʻraman. Qani, tezda hamma qoʻlini yuvib, stolga oʻtirsin!
Kechki ovqatdan soʻng, bolalar oʻz xonalarida shirin uyquga ketishgandi. Suga va Sarang yotoqxona ayvonida (balkonida) turib, tungi goʻzal Seul chiroqlariga tikilib turishardi. Yozgi mayin shabada ularning sochlarini ohista oʻynardi.
Suga ortidan kelib, Sarangning belidan mahkam quchdi va iyaklarini uning yelkasiga qoʻydi:
— Nimalar haqida oʻylayapsan, muz malikam? — deb shivirladi u, uning boʻynidan mayin oʻpib.
Sarang boshini uning keng va issiq koʻksiga suyadi:
— Oʻtmishni oʻylayapman, Suga... Sakkiz yillik oʻsha zulmatli yoʻlimizni. Baʼzan bularning barchasi shirin tushdek tuyuladi. Men haqiqatan ham shunday buyuk baxtga erishganimizga ishonolmayman.
Suga uning qoʻlini olib, oʻzining yurak urishi ustiga qoʻydi:
— Bu tush emas, Valentin. Bu bizning haqiqiy hayotimiz. Biz oʻsha daxshatli boʻronlardan oʻtdik, chunki bizning sevgimiz har qanday mafiyadan, har qanday klandan va har qanday oʻlimdan kuchliroq edi. Endi bizni hech kim va hech narsa ajratolmaydi. Sen, Junhoo, mitti Yuna va men... Biz abadiy birgamiz.
Sarang ortiga oʻgirilib, Suganing olovli va cheksiz muhabbat toʻla koʻzlariga tikildi. U oʻzini dunyodagi eng omadli ayol his qilardi. Ular Seul osmoni ostida, miltillayotgan yulduzlar va mitti farzandlarining shirin uyqusi guvohligida bir-birlarining lablaridan abadiy, shirin va olovli baxt oʻpichi bilan boʻsa olishdi.
Ularning daxshatli dostoni tugagan, ammo goʻzal va abadiy sevgi qissasi endi har bir tong kabi qaytadan boshlanayotgan edi.
Ushbu hikoyaning har bir satrida men bilan birga boʻlganingiz, qahramonlar hayotini men kabi yurakdan his qilganingiz uchun barchangizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Qalbingizni hech qachon gʻam, hayotingizni esa zulmat qoplamasin. Xuddi bizning qahramonlarimiz kabi, har biringizga hayot yoʻlingizda daxshatli darajada buyuk, goʻzal va haqiqiy baxt, cheksiz omad yor boʻlishini tilayman! ❤️
Orzularingiz sari intilishdan hech qachon toʻxtamang. Yangi gʻoyalar, yangi qahramonlar va daxshatli darajada ajoyib boʻlgan mutloq yangi fanfiklarda (new ff) yana uchrashguncha...
Xayr demayman, koʻrishguncha deyman! 🧚🏻♀️✨
Hurmat bilan, muallifingiz: Park Yoona