April 17

Give me Fake Love 🎭 Part 8

“U menga hech narsa demadi… lekin sukuti hammasini aytib turardi.”

...

Kechqurun...

Ishdan qaytgan Jhope uyga kirganida nogohon kózlari bogda Mari xonimni kichkina ógli bilan óynayotgan Namraga tushdi
Namra juda xursand holda,bolakay bilan quvlashmachoq óynardi
Jhope unga qarab turarkan,yuzida óynoqi tabassum paydo bóldi

Bolakay Namra bilan óynayotib,kózlari Jhopega tushishi bilan chaqnab ketti va tezda u tomonga yugurdi

Bolakay: hyung....😍

Jhope: salom Hyunjin

Hyunjin: sizga ham salom😁

Deya Jhopeni quchib oldi
Jhope ham uni quchgancha bagriga olib kótardi
Namra yugurgancha ularni oldiga keldi
Hansirab nafasini chiqararkan
Jhope va Hyunjin mazza qilib uni kuzatayotgandi

Namra: ohhhh ópkam óchib qoldi menimcha....
Buncha tez yugurmasang aaa😮‍💨

Hyunjin: kechiring unnise🥺
Hyungga qarayman deb sizni unutib ketibman....

Namra: mayli hechqisi yóq...😄

Deya shunchaki bolakayga qarab jilmaydi
Ich ichidan Jhopega qarashni xohlayotgan qiz negadur,uni kórgach,erkaligi tutib,arazlagisi kelib qoldi

Jhope: ihm ihm~~~

Namra: Hyunjinieeeeee,ichkarida ovqat tayyor,yur yeb olamiz

Hyunjin: xóp chiroyli unnie😍

Degancha Jhopega qaradi
Namra orqa ógirib,ichkariga kirib ketti
Hyunjin esa Jhopening qulogiga yaqin keldi

Hyunjin: juda chiroyli aaa🤭

Jhope: ha,óta gózal....

Hyunjin: hoy,unday demang😡

Jhope: nega ekan 🤨

Hyunjin: chunki,u meniki...

Jhope: nima😳
Seniki😂

Hyunjinni qólidan tushirgan Jhope tinmay kularkan,Hyunjin qoshlarini kótargancha jahli chiqib turardi

Jhope: uni eri borku ahir....

Hyunjin: hhh😏 sizmi eri😒

Jhope: hadaaaa😁

Hyunjin: men uni sizga berib qóymayman...
Unga ózim uylanaman....
Siz baribir uni menchalik yaxshi kórolmaysiz

Jhope: voy shumtaka,kim aytti senga buni....

Hyunjin: opam hozirgina faqat men bilan ovqat yeyishini aytti
Demakki,u ham meni sevadi
Sizni emas😝

Degancha tilini chiqarib,ichkariga yugurib ketti
Jhope esa negadur kulgisi kelsa,ich ichidan jahli chiqardi

Jhopepov: nima.... Meniki dedimi.... Bekorlarni beshtasini yebdi.... U faqatgina menga tegishli,faqatgina meniki😡
Nega Namra,menga etibor bermadi
Har kuni jilmayib kutib olardi
Ertalab u bilan gaplashmaganim uchun shunchalar xafa bóldimi nima....
Yóq,bunaqasi ketmaydi....
U meni sevadi...
Aniq bilamanki,u meni sevadi
Tóxta, nega ózi kichkinagina boladan uni rashk qilyabman....
Ahhh,ózingni qólga ol Jhope...
Bóldi, tinchlan!!!!

Jhope

Mona ishxonada ishlar bilan band bólgancha ruchkani aylandirib ótirarkan
Qóngiroq keldi
U ekranga qaradida,beparvolarcha javob berdi

Mona: eshitaman

Sohyun: Mona, Namjoonni bugun chalgitishing kerak
Kechagi hujjatlaring tayyormi....

Mona: hammasi tayyor,yarim soatta qólingizda bóladi
Namjoonni nega chalgitishim kerak

Sohyun: bilishimcha u bugun shaxsan ózi bojxonani nazorat qilmoqchi....

Mona: evaziga nima olaman

Sohyun: ahir Mona biz kelishgandik

Mona: biz bir narsaga kelishganmiz

Sohyun: mayli,nima istaysan

Mona: bu boshqa gap
Qadrsiz otajonim...

Sohyun: aytasanmi?!

Mona: hmmm,nima desam ekan....
Eshitishimcha THV korporationni siquvga olayotgan ekansiz va bankrot qilishga urinayotgan ekansiz

Sohyun: buni senga nima dahli bor

Mona: men u kompaniya bilan shartnoma imzolaganman
Ularga zarar yetsa,menga ham zarar yetadi
Shunday ekan,kompaniyaninh yólini ochasiz va shunchaki ósha kompaniya haqida unutasiz

Sohyun: aslo....

Mona: unda ózingiz bilasiz
Bugungi mollar bilan xayrlashing...

Monapov: sizni bilmas ekanmanmi?! 13 mlrdlik molni qandaydur kopmaniya sabab qóldan boy berolmaysiz!😏

Sohyun: mayli roziman

Mona: bunga kim kafolat beradi

Sohyun: ósha kompaniyaga tegishli bólgan hamma hujjatni oldingga jónataman
Yarim soatta qólingda bóladi

Mona: bu boshqa gap
Xayr,qadrsiz otajonim😒

Mona telefonni joyiga qóydiyu istehzoli kulib qóydi

Monapov: nega Taehyungga yordam berishni tanlaganimni ózim ham bilmayman...
Ammo,u hozir aynan otam bólmish Lee Sohyun sabab qiyin ahvolda... Men uni kompaniyasiga borganimdayoq,otamning qóli borligini bilgandim
Dadamning bittagina tarafini yaxshi kóraman
Aytdimi,doimo bajaradi...
Eng muhimi endi Taehyungni kompaniyasidan ancha foyda ola olaman😄

U shunday degancha ertalab Namjoon tashlab ketgan gullarni qóliga oldi

Mona: chiroyli.... Ammo,ogrituvchi tikonli atirgul😏
Xuddi,menga óxshab...
Namjoon,bugundan etiboran óyinni boshlaymiz...

Mona

Jhope yuqoriga chiqib,kiyimlarini almashtirib,pastga tushdi
Namra va Hyunjin kulishgancha ovqatlanishayotgan edi...
Jhope ularni oldiga jilmaygancha kelarkan
Unga hechqanday idish ham,ovqat ham qóyilmagandi

Jhope óz joyiga ótirdi va Namraga tikilib qoldi
Xuddi,mening ovqatim qani degandek...
Namra esa óziga tikilib turgan bir juft kózlariga boshida etibor bermaslikni tanlasada,oxiri chidolmay unga qaradi

Namra: nimadur bóldimi...?

Jhope: meni ham qornim och....

Namra kulib yuboray dediyu,ózini bosib qoldi va qovogini solib,hech narsa demay oshxonaga ketti
Jhope esa nega bunday deganini hatto ózi ham anglamay uyalib ketti

Hyunjin: nima sizni oyoq qólingiz yóqmi...😡
Meni bólajak xotinimga buyruq berasiz😤

Jhope: nima,bólajak xotining😳😒

Hyunjin: ha,ular menga rozilik berdi
Avval katta bólishim kerak ekan

Jhope: órgildim,rozilik berganmush...😒

Namra oshxonada idishlarga ovqat solarkan,ularning suhbatini bemalol eshitayotgandi
Qiqirlab kulgancha ovqatni suzayotgandi

Namrapov: yoo Xudoyim,bu nimasi bóldi,nima u meni shu 5 yoshli boladan rashk qilyabdimi ...😂
Hechqisi yóq,ertalabki qilgan beparvoligingiz uchun bu sizga jazo Janob Jung😏
Ózini mendan olib qochganiga ólaymi....

U shunday degancha ovqatni Jhopeni oldiga olib borib qóydi va Hyunjin bilan kulishgancha xuddi Jhope yóqdek ovqatlandi
Jhope esa judayam jahli chiqgan holda ovqatni kovlab ótirardi

Namra

Namjoon maxfiy faylni qóliga maxsus kiyimlarini kiyish uchun hozirlayotgandi
Shu payt unga qóngiroq keldi

"" Malagim❤️ ""

Namjoonning yuzida ajoyib bir tabassum paydo bóldi va soniyalarni ham boy berishni xohlamay,tezda javob berdi

Namjoon: eshitaman Malagim...

Mona: hayrli kech....

Namjoon: senga ham....
Ishdan chiqdingmi....?

Mona: ha,sen qayerdasan....

Namjoon: bugun maxfiy ishim bor...
Ózing,tushunasanku....

Mona: ha,shunday degin...
Mayli,hechqisi yóq
Shunchaki,bugun birga vaqt ótkazamizmi demoqchi edim...
Ammo,band ekansan, mayli,boshqa safar....

Namjoon: Malagim,mendan arazlayabdimi....

Mona: yóq,shunchaki juda zerikgandim....
Mayli,ishingdan qolma...
Xayr....

Namjoon: hoy,tezda óchirmasangchi
Biroz gaplashaylik....

Mona: nimani gaplashamiz...

Namjoon: soginmadingmi meni....

Mona: sogindim desam biron narsa ózgaradimi...?!

Namjoon: balki,kóp narsa ózgarar

Mona: afsuski,ishingiz kóp
Vaqtingizga mendek insonlar uchun bekor sarflamang

Namjoon: Malagim,ahir aytyabmankuuu

Mona: tushundim deyabmankuuu
Bemalol....
Ahir men vadaboz emasman....

Namjoon: Malagim.....

Mona shartta qizilni bosdi,qóydi...

Namjoon

Namjoon biroz asabiylashdi va Monaga qayta qayta qongiroq qila boshladi
Afsuski,barchasi javobsiz
Yana qongiroq qilishda davom etarkan
Ótkazib yuborilgan 30 - qongiroqqa oxirgi urinishida javob berdi
Ammo,lom lum demay jim turardi

Namjoon: Mona....

Mona: ......

Namjoon: darrov xafa bóldingmi...
Ahir bilasanku,ishim oson ish emas...

Mona: ha albatta...
Shu sabab bezovta bólmay,ishingga bor😒

Namjoon: Malagim....
Bu juda muhim ish, ózim bormasam bólmaydi

Mona: albatta,xohlaganingcha bor...
Ahir ishing,doimo mendan ustunku....
Shuni tushundimki,ishing doimo mendan ustun bóladi
Ózi senga ishongan men ahmoq
Menga qaytib qóngiroq qilma....

Deya yana qizilni bosdiva Namjoonni bloklab tashladi

Namjoon esa asabiy holda jag qismi qisilib,bóyin tomirlari bórtib chiqdi

Namjoon: bu nimasi endi...
Yoki biron narsadur bóldimikan
Ertalab hammasi yaxshi ediku...
Ufff,tóxta,ahir u menga birinchi bor ózi taklif berdiku...
Ahhh,jin ursin barini...
Buguncha ish meni kutadi
Monamni oldiga bormasam,undan ajrab qolishim mumkun....
Meni qaysar kiyikcham....😄

Eshik ochilib,ichkariga officerlardan biri kirdi

Officer: janob hamma narsa shay

Namjoon: buguncha ózing borasan
Meni muhim ishim chiqib qoldi

Officer: lekin janob

Namjoon: senga ishonaman
Xayr,ertagacha

Deya officerni yelkasidan qoqib qóygancha xonadan chiqib ketti

Namjoon

Mona asabiy holda mashinasini haydab ketarkan
Yólda avvalgi qahva ichgan qahvaxonasi kelib qoldi
Tógri,ósha yerga borgancha doimgidek Compos Coffee ☕ oldi va atrofdan óziga bósh joy qidirarkan
Oyna oldida qahva ichib ótirgan Taehyungga kózi tushdi va óylab ótirmay uni oldiga bordi

Mona: hayrli kech

Tae: ooo Mona
Kel,senga ham hayrli kech

Mona: rahmat

Deya Taehyungni tógrisidan joy egalladi
Taehyung lab chetida kulgancha Monaga sinchkovlik bilan qarab ótirardi

Tae: bugun asabiy kórinasan🤔

Mona: topding,juda asabim tarang....😮‍💨

Tae: xósh,qulogim senda...

Mona: nimadan boshlashni ham bilmayman...
Yigitim ishi borligini aytib,menga vaqt ajratmagani jahlimni chiqaryabdi

Bu gapni eshitgan Taehyungning yuz ifodasi sezilarli darajada ózgardi
Taepov: Yigitim,nima uni yigiti bormi🙄 Yoo Xudoyim,hayotimda ilk bora kimnidur sevib qolganimdayaa....🤦

Tae: u qanday ishda ishlaydi

Mona: policiya officeri komissar

Tae: albatta uning vaqt ajratishi qiyin va bu tabiiy hol

Mona: men shunchaki,ózim.ham.tushunmayabman,lekin judayam jahlim chiqyabdi...
Asablarim tarang holda....

Tae: jahli burnining uchida turadigan mitti manducha😆

Mona: nima😂
Mitti Manducha🤣🤣🤣
Hoy,meni unday atama

Tae: senga kulish juda yarashadi🫠

Mona: aaa rahmat,biroz bólsada tinchlanin oldim

Tae: foydam tekganidan xursandman...!

Ular shirin suhbat ustida qahva ichisharkan,Monaga qóngiroq bóldi
Mona qóngiroq egasini kórishi bilan yetarli darajada ózgardi va órnidan turish mobaynida Taehyungga qarab jilmaydi

Mona: yana kórishguncha Taehyung
Men borishim zarur

Deya tezda órnidan turib chiqib ketti

Taehyungpov: oyimning vafotidan sóng,ayol zotini yonimga ham yólatmadim,hatto dóst ham bólmadim...
Lekin,Mona....
U umuman boshqalarga óxshamaydi
Men ayollardan qanchalik ózimni olib qochsan,u erkaklardan ózini shunday olib qochadi...
Ótmishimiz óxshashmi deb óylab qolaman góyo...
Lekin,aynan u hozirgi damda yaralarimga malham bólayotgan yagona inson~~~

Taehyung

Mona tashqariga chiqishi bilan telefonga javob berdi

Mona: nima deysiz

Sohyun: Mona,ishni yaxshi bajarganing uchun uyga kelganingda kattagina mukofot seni kutmoqda...

Mona: yana qanaqa mukofot
Keyin men...

Sohyun: buni uyga borganda bilasan...
Shunchaki, bugun meni juda xursand qilding....
Namjoon allaqachon mahkamadan chiqib ketganmush,yana ishga boshqasini yuboribdi

Mona: ........

Monapov: nima,u men uchun ishidan kechib chiqib ketganmi,ahir boyagina ...
Nahotki,u meni shunchalar sevsa...🥺

Sohyun: nega jimsan,mayli xayr lanat tekgan arzandam....

Mona oxirgi sózlarni eshitib ham ótirmay qizilni bosdi

Mona: doimgidek biz doim bir birimizga asl begonaligimizcha qolamiz Janob Sohyun....!!!
Hamma ikkimizni judayam yaxshi oila,sizni mehribon ota,meni esa aqlli otasiga munosib qiz deyishidan hayron qolasan kishi....😂😏

Mona

Namra idishlarni yuvib,xonaga kótarilar ekan
Yotoq ustida telefon titib ótirgan Jhopega qaradi va indamay oyna oldiga borib óziga aro berar ekan
Jhopega Namjoon qóngiroq qildi va vaziyatni tushuntirdi
Jhope telefonni óchirmagan holatda Namraga qaradi

Jhope: Namra,Monaga qóngiroq qilib, Namjoonni blokdan chiqarishini aytib yubora olasanmi?!

Namra: hatto,siz ham bilasiz va bundan men bugungina xabar topdim
Qoyilman....😒
Hozir qilib kóraychi....

Degancha Monaga qóngiroq qildi
Ammo,Monaning telefoni óchirilganni kórsatib turardi

Namra: óchiq,bugun befoyda,u bilan boglanolmaydi
U echkidek qaysar,osonlikcha odam bilan gaplashmaydi....

Jhope: barini eshitding menimcha Namjoon

Deya aloqani uzdi
Jhope Namrani kuzatarkan,uning jahli chiqayotganini ham tushunib,lab chetida jilmayib qóydi

Jhope

Yoqimli mutoala My Pearl's ❤️

Author: Park Yoona 💜