MA BELLE FOLIE 😈 FINAL...!!!
Tungi Seul oʻzining behaddan koʻp rangli chiroqlari va shahar shovqini bilan dengiz kabi mavjlanardi. Ammo pentxausning ulkan, shiftgacha yetuvchi shaffof oynalari ortida mutlaqo boshqa bir dunyo, boshqa bir olam hukmron edi. Bu yerda faqat tunda yonayotgan mayin, xira oltinrang chiroqlar, poldan taralayotgan issiq va xushboʻy atirgul hamda vanil isi va ikki qalbning bir-biriga qoʻshilib ketgan nafas shabada-yu ovozi bor edi.
Kechki ovqatdan soʻng Taehyung Yujinning qoʻlidan ohista tutib, uni zal ortidagi yumshoq, keng divanga olib oʻtdi. Ular yonma-yon oʻtirishganida, Taehyung bir soniya ham Yujinning barmoqlarini qoʻyib yubormadi. Uning yirik, issiq va qatʼiyatli kaftlari Yujinning nafis, goʻyo ipag-u chinidan yasalgandek nozik barmoqlarini mahkam va avaylab chirmab olgandi.
Taehyung sekingina Yujinga yaqinlashdi. Uning qop-qora, ehtiros va cheksiz samimiyat toʻla koʻzlari Yujinning nigohiga qadaldi.
— Jinnie... — dedi u past, ipakdek mayin va titroq ovozda. Uning har bir soʻzida shunday bir mehr bor ediki, Yujinning koʻksidagi muzlagan barcha burchaklar bir zumda erib ketgandek boʻldi. — Baʼzan menga sening yonimda turganging, mana shu nafasingni his qilayotganim xuddi moʻjizadek tuyuladi. Qanchalik koʻp sinovlar, daxshatlar va sovuqliklar boʻlmasin... sen baribir mening yonimdasan.
Yujin uning koʻzlariga tikilib, soʻzsiz qoldi. Uning koʻksida, aynan oʻsha koʻk zumrad toshli oltin zanjir ostida joylashgan yuragi shiddat bilan ura boshladi. U oʻzining oʻtmishidagi barcha qorongʻu va qonli soyalardan soʻng, faqat va faqat Taehyungning bu begʻubor, issiq nigohi qarshisida oʻzini tirik va haqiqiy ayoldek his qilardi.
Taehyung dabdabali va ehtiyotkorlik bilan bir qoʻlini Yujinning nozik beliga qoʻydi, ikkinchi qoʻlining barmoqlari bilan esa uning chakkasiga tushgan ipak soch tolalarini avaylab orqaga surdi. Uning issiq barmoq uchi Yujinning yuziga, soʻngra yengil titrayotgan lab chetiga tegib oʻtdi.
Yujin ixtiyorsiz ravishda koʻzlarini yumdi va chuqur, shirin nafas oldi.
— Koʻzlaringni ochma, Jinnie... — pichirladi Taehyung, uning yuziga yanada yaqin kelib. Uning issiq va xushboʻy nafasi Yujinning lablariga urilardi. — Faqat meni his qil. Uning har bir urishini, har bir soniyasini...
Taehyung sekingina egilib, avval Yujinning chakkasidan, soʻngra uning nozik va issiq qovoqlaridan ohista oʻpib qoʻydi. Uning boʻsalari shunchalik mayin va shirin ediki, goʻyo u dunyodagi eng moʻrt, eng qimmatbaho javohirga tegayotgandek ehtiyotkor edi.
Soʻngra u Yujinning boʻyniga egildi. Uning lablari Yujinning qulogʻi ostidagi, tomir urib turgan nozik nuqtaga tekkanda, Yujinning butun vujudidan mayin va shirin bir titroq oʻtdi. U Taehyungning keng yelkalaridan mahkam ushlab, uni oʻziga tortdi.
— Taehyung... — pichirladi Yujin, ovozida cheksiz ehtiros va xotirjamlik qorishib ketgandi. — Men faqat sening bagʻringdagina nafas olaman.
Taehyung boshini koʻtardi va Yujinning ochilgan, baxt va sevgi bilan yonayotgan koʻzlariga tikildi. Endi ular oʻrtasida hech qanday parda, hech qanday sir yoki soxtalik qolmagandi.
Taehyung Yujinning yuzini ikkala kafti orasiga oldi va uning shirin, nordon sharob va vanil taʼmi kelib turgan lablaridan oʻpishga tushdi.
Bu shunchaki boʻsa emasdi — bu ikki azoblangan, uzoq vaqt bir-biridan ayro boʻlgan va nihoyat bir-birini topgan qalblarning tuganmas, soʻngsiz va ehtirosli toʻqnashuvi edi. Taehyungning boʻsalari avval ehtiyotkor va mayin boshlanib, dambadam shiddatli, ehtirosli va chuqur tus oldi. U Yujinni oʻz bagʻriga shunchalik mahkam bosib olgandiki, goʻyo uni butun dunyodan, barcha yovuzliklardan oʻz vujudi bilan toʻsib qolishni istardi.
Yujin uning boʻyniga qoʻllarini mahkam chirmab, oʻzini batamom bu issiq va ehtirosli toʻlqinlar ogʻushiga topshirdi. Uning barmoqlari Taehyungning quyuq sochlari orasida aylanar, Taehyungning koʻksidagi shiddatli va bir maromda urayotgan yurak ritmi Yujinning kaftlariga, butun tanasiga aks-sado berardi.
— Yuragimni his qilyapsanmi? — pichirladi Taehyung, bir soniya lablarini ajratib, Yujinning peshonasiga peshonasini tiragancha. Uning nafas olishi tezlashgan, koʻzlarida esa alangali sevgi nur sochardi. — Bu yurak faqat sen uchun, sen bilan birga yashaydi, Jinnie. Sen mening birinchi va soʻnggi sevgimsan.
Yujin uning lablariga yana bir bor intildi.
— Men ham seni sevaman, Taehyung... Barcha narsadan, hatto oʻz hayotimdan ham ortiqroq, — dedi u va ularning lablari yana bir bor, bu safar yanada chuqur va erkalovchi boʻsada birlashdi.
Ular tunda, Seul chiroqlari va yulduzlar shulasi ostida, ushbu keng va dabdabali pentxausda bir-birlarining quchogʻida erib ketishayotgan edilar. Tashqarida dunyo qanchalik murakkab va shafqatsiz boʻlmasin, bu xonada faqat ikkita inson va ularning bir-biriga boʻlgan mangu, soʻnmas va sehrli sevgisi hukmronlik qilardi...
Musiqadek mayin va ehtirosli boʻsalardan soʻng, Taehyung Yujinni oʻz bagʻridan ajratgisi kelmay, uni ohista dast koʻtarib oldi. Yujin uning boʻyniga qoʻllarini mahkam chirmab, boshini Taehyungning koʻksiga qoʻydi. Uning yurak urishi Yujin uchun dunyodagi eng tinchlantiruvchi alla kabi eshitilardi.
Taehyung uni keng, toʻq mermer bilan bezatilgan va iliq chiroqlar bilan yoritilgan yuvinish xonasiga olib kirdi.
Katta, chuqur vannaga allaqachon issiq suv toʻldirilgan, suv yuzida xushboʻy atirgul barglari va mayin koʻpuklar suzib yurardi. Xonada yengil, iliq bugʻ va vanil hamda dolchin hidi anqirdi.
Taehyung Yujinni avaylab vannaning yoniga tushirdi. U Yujinning koʻzlariga cheksiz ehtirom bilan tikilib, uning harir ipak xalatining belbogʻini ohista yechdi. Yujin ham Taehyungning ustidagi koʻylak tugmachalarini birma-bir yechib, uni yelkasidan tushirdi. Ularning har bir harakatida, har bir nigohida aqlbovar qilmas romantika, ishonch va bir-biriga boʻlgan chuqur bogʻliqlik bor edi.
Ular birgalikda xushboʻy va yumshoq koʻpukli suv bagʻriga shoʻngʻishdi.
Taehyung Yujinni orqasidan bagʻriga olib oʻtirdi. Yujin uning keng va issiq koʻksiga suyanib, koʻzlarini yumdi. Suvning yoqimli salqin-issiq harorati va Taehyungning bagʻri Yujinga barcha charchoqlarni, oʻtmishning qorongʻu soyalarini tamomila unuttirardi.
Taehyung koʻpukli suvdan olib, Yujinning nozik yelkalariga, boʻyniga avaylab surta boshladi. Uning barmoqlari Yujinning hoʻl, ipakdek sochlarini orqaga surib, uning qulogʻi orqasidan, nozik boʻynidan ohista oʻpib qoʻydi.
— Suv juda yoqimlimi, Jinnie? — pichirladi Taehyung, uning chakkasiga lablarini bosib.
— Sen yonimda boʻlsang... har bir daqiqa yoqimli, Taehyung, — dedi Yujin mayin va titroq ovozda. U orqasiga oʻgirilib, Taehyungning yuzini kaftlari orasiga oldi. Uning barmoqlari Taehyungning hoʻl kipriklari, kórkam yuz tuzilishi va lablari ustidan ohista sirgʻalib oʻtdi.
Taehyung uning kaftidan oʻpib, Yujinning wet va shirin lablaridan yana bir bor uzun, mayin boʻsa oldi. Suv tomchilari ularning yuzlarida miltillab, chiroq nurida oltinrang tovlanardi. Bu yuvinish xonasidagi har bir lahza xuddi eng goʻzal romantik filmlardagi kadrdek nafis va samimiy kechardi.
Suvdan chiqib, issiq va yumshoq sochiqlarga burkanganlaridan soʻng, Taehyung Yujinni yana oʻsha odatiga koʻra koʻtarib, yotoqxona sari odimladi.
Keng va shinam karavot uzra ipakdek mayin va oppoq choyshablar yozilgan edi. Deraza ortidan Seulning xira, soʻnggi chiroqlari va tunga choʻkkan shahar manzarasi koʻrinib turardi. Xonada faqat uncha baland boʻlmagan tun chirogʻining oltinrang nuri taralardi.
Taehyung Yujinni karavotga yotqizib, oʻzi ham uning yoniga yonboshladi. U Yujinni oʻzining bagʻriga mahkam va avaylab tortdi. Yujin uning koʻksiga bosh qoʻyib, bir qoʻlini Taehyungning beliga oʻradi. Taehyung esa bir qoʻli bilan Yujinning belidan tutib, ikkinchi qoʻli bilan uning yumshoq va hoʻl sochlarini silay boshladi.
— Jinnie... — dedi Taehyung past va mayin ovozda. — seni esingdami, Chejuda oʻsha kampir bizga nima degandi?
Yujin uning koʻksida jilmaydi:
— "Bir-biringizning qoʻlingizni hech qachon qoʻyib yubormanglar", degandi...
— Men bu qoʻllarni hech qachon qoʻyib yubormayman, — pichirladi Taehyung, Yujinning barmoqlarini tutib, ulardan ketma-ket oʻpib. — Sen mening borliq dunyomsan. Uyquga ket, mening malikam. Men har doim sening uyqungni poylayman.
Yujin uning koʻksidagi yurak urishini tinglab, chuqur va xotirjam nafas oldi. Uning koʻksidagi oʻsha koʻk zumrad toshli oltin zanjir Taehyungning koʻylagiga tegib, miltillab turardi.
Yujin oʻzini hayotida birinchi marta bu qadar xavfsiz, bu qadar baxtli va haqiqatan ham "sevilingan" his qilayotgan edi. Uning miyasidagi barcha oʻtmish daxshatlari, oʻsha yertoʻla va sovuq shubhalar Taehyungning bu issiq bagʻrida tamomila erib, yoʻqolib ketgandi. U koʻzlarini yumib, Taehyungning koʻksiga yanada mahkamroq yopishdi.
Taehyung Yujinning peshonasidan soʻnggi bor uzun va shirin boʻsa olib, uning sochlarini silagancha, oʻzi ham osuda va baxtiyor uyquga ketdi.
Ular tunda, xushboʻy va issiq yotoqda bir-birlarini mahkam quchgancha, soʻngsiz baxt va romantikaga burkanib orom olishardi... Bu ularning yangi, tinch va begʻubor hayotidagi eng goʻzal va unutilmas tunlaridan biri edi.
Pentxaus ustiga choʻkkan sukunat tobora ogʻirlashib borardi. Yujin Taehyungning issiq bagʻrida, uning bir maromda urayotgan yurak ritmi ostida koʻzlarini yumgan edi. Ammo u chuqur uyquga ketgan sari, atrofdagi shinamlik va iliqlik gʻoyib boʻlib, oʻrnini nam, sovuq hamda qorongʻu bir zulmat egallay boshladi.
U oʻzini oʻsha daxshatli yertoʻlada koʻrdi. Devorlardan suv tomchilarining sovuq ovozi eshitilardi. Yujin qarshisida standing turgan kimsaga tikildi. Bu u edi — 12 yoshli mitti Yujin. Qizchaning usti-boshi yirtilgan, yuzida esa sovuq va zaharxanda tabassum bor edi.
— Sen oʻzingni baxtli deb oʻylayapsanmi? — dedi mitti qizcha, ovozida cheksiz nafrat bilan. — Oʻzingni aldama, Yujin! Taehyung seni sevmaydi! U sen kabi majruh, qonli va jirkanch mavjudotni hech qachon seva olmaydi! U seni shunchaki rahmi kelgani uchun qoldirgan. Illo bir kun kelib, seni tashlab ketadi!
Yujin gʻazabdan titrab ketdi. Uning koʻzlarida shiddatli olov yondi. U mitti qizcha tomon bir qadam tashlab, baland ovozda baqirdi:
— Yolgʻon! Ogʻzingni yop! Aslo unday emas! — dedi Yujin titroq va keskir ovozda. — Taehyung meni jonidan ortiq sevadi! Men ham uni jonimdan ortiq sevaman! Biz hech qachon, eshityapsanmi, hech qachon bir-birimizni tashlab ketmaymiz! Sen mening baxtimni tortib ololmaysan!
Mitti qizcha baland ovozda, vazmin va daxshatli tarzda qah-qah otib kulib yubordi. Uning kulgisi yertoʻla devorlarida echo berib, Yujinning miyasini yorib yuborgudek yangradi.
Yujin daxshatli vahima ichida koʻzlarini shartta ochdi! U shiddat bilan nafas olardi, peshonasidan sovuq ter tomchilardi.
U darhol yoniga — Taehyungning issiq bagʻriga talpindi. Ammo... uning yonida Taehyung yoʻq edi.
Yujin yonida yotgan kimsaga tikildi-yu, tomirlaridagi qoni muzlab qolgandek boʻldi. Choyshablar ustida, yana oʻsha 12 yoshli mitti qizcha yotardi! U Yujinga qarab, daxshatli va masxarali jilmayib turgandi.
— Sen aldanding, Yujin... — dedi mitti qizcha past, zaharli va boʻgʻiq ovozda. — Taehyung allaqachon ketib boʻldi! U sening aslida qanday jirkanch ekanligingni bildi va seni tashlab ketdi! Sen judayam jirkanch, hech kimga keragi yoʻq ahlatsan! Sen hech qachon baxtli boʻlolmaysan!
Bu soʻzlar Yujinning shuuriga oʻtkir pichoqdek qadaldi. Uning miyasidagi barcha zanjirlar uzilib ketdi. Uning ichida toʻplanib qolgan telbalarcha gʻazab va nafrat vulqon kabi otildi.
— ASLO UNDAY EMAS! — deb boʻkirdi Yujin telbalarcha. — Bu jirkanch mavjudot men emasman! BU SENSAN!
Yujin shiddat bilan qizchaning ustiga tashlandi. U ikkala kafti bilan mitti qizchaning tomogʻini mahkam changalladi. Uning barmoqlari boʻgʻimlarigacha oqarib ketgan, koʻzlarida esa oʻzgacha bir telbalik va qonxoʻrlik yonardi.
— Men seni bugun oʻldiraman! — deb baqirdi Yujin, qizchaning tomogʻini yanada qattiqroq boʻgʻib, uni oʻzi tomonga tortarkan. Uning ovozi xonadagi shisha devorlarni titratib yuborgudek daxshatli edi. — Sen aslo mening baxtimga toʻgonoq boʻlolmaysan! Tushindingmi?! Men seni yoʻq qilaman!
Yujin butun kuchi bilan, qoʻllari titrab boʻgʻishda davom etardi. Mitti qizchaning koʻzlari kattalashib, uning yuzida soʻnggi iztirob va faryod aks etardi. Lekin Yujin toʻxtamasdi. U oʻzining oʻtmishini, oʻsha 12 yoshli yarador va zaharli ruhiyatini oʻz qoʻllari bilan, bu safar va abadiyga boʻgʻib oʻldirmoqchi edi...
U qizchaning tomogʻini shunchalik kuch bilan siqardiki, xonada faqat Yujinning shiddatli nafas olishi va uning daxshatli pichirlashi eshitilardi:
— Oʻl... Oʻl va mening hayotimdan abadiy yoʻqol!..
Yujinning barmoqlari ostidagi qarshilik asta-sekin soʻndi. Mitti qizchaning ojiz harakatlari toʻxtadi, uning daxshat toʻla koʻzlari qotib qoldi. Yujin xuddi elkasidan ulkan tosh olib tashlangandek, koʻkragini toʻldirib yengil va chuqur nafas oldi. Uning yuzida nihoyat oʻtmishdagi oʻsha daxshatli arvohdan, oʻsha 12 yoshli majruh ruhiyatdan abadiy xalos boʻlgan insonning telbanamo jilmayishi paydo boʻldi.
— Boʻldi... — pichirladi Yujin hoʻngrab, entikib. — Endi sen yoʻqsan... Endi u meniki... Faqat meniki...
U qoʻllarini ohista boʻgʻizdan boʻshatdi. Lekin shu soniyaning oʻzida, xonadagi tungi xira nur ostida daxshatli va aqlbovar qilmas bir fojia sodir boʻldi.
Yujinning koʻz oldidagi oʻsha qorongʻu parda, gallyutsinatsiya va telbalik gʻubori bir zumda tarqalib ketdi. Oʻsha 12 yoshli mitti qizchaning qiyofasi sekin-asta erib yoʻqoldi... Va uning oʻrnida, choyshablar ustida tomogʻi koʻkarib, koʻzlarida cheksiz ogʻriq va ehtirom qotgan inson paydo boʻldi.
Bu mitti qizcha emasdi.
Bu Taehyung edi.
Yujinning tomirlaridagi qoni birdaniga muzlab qoldi. Uning yuragi urishdan toʻxtagandek boʻldi. U oʻzining qoʻllariga, soʻngra Taehyungning jonsizlanib borayotgan yuziga tikildi.
Taehyungning lablari yengil titradi. Uning boʻynida Yujinning barmoqlari qoldirgan daxshatli qizil va toʻq koʻk izlar bor edi. U oʻzini zarracha himoya qilishga urinmagandi... U Yujinning koʻzlarida oʻsha daxshatli telbalik va azobni koʻrgan, Yujin oʻzining ichidagi oʻsha iblis bilan kurashayotganini his qilgan va oʻz sevgilisi uchun, uning azoblarini toʻxtatish uchun oʻzini qurbon qilgandi.
Taehyung soʻnggi bor butun kuchini toʻpladi. Uning xira tortayotgan koʻzlarida Yujinga nisbatan zarracha gʻazab yoki nafrat yoʻq edi — faqat va faqat cheksiz, toʻzonli mehr hamda shafqat yonib turardi.
U titrayotgan, ojiz barmoqlarini sekingina koʻtardi va Yujinning koʻz yoshga belangan yuziga touching qildi. Uning barmoq uchi Yujinning yaniga tekkanida, Taehyungning lablari orasidan soʻnggi, qonli va mayin pichirlash chiqdi:
— Yu... jin...
Bu u aytgan soʻnggi soʻz boʻldi.
Taehyungning qoʻli daxshatli bir ogʻirlik bilan Yujinning yuzidan sirgʻalib, choyshab ustiga jonsiz tushdi. Uning koʻzlari mangu sukunatga burkandi. Uning koʻksidagi oʻsha bir maromda urayotgan, Yujinga dunyodagi eng xavfsiz goʻshani taqdim etgan issiq yurak... endi urishdan toʻxtagan edi.
Yujin qotib qoldi. U na nafas ola olardi, na qichqira olardi. Uning aqli, ruhi va butun borligʻi tamomila yakson boʻlgandi. U Taehyungning jonsiz tanasiga, uning ochiq qolgan, ammo endi nur sochmayotgan koʻzlariga tikilib turardi.
— T-Tae...? — dedi Yujin. Uning ovozi xuddi shisha singandek keskir va pichirlash aralash chiqdi. — Taehyung... hazillashma... Iltimos, hazillashma...
U Taehyungning yelkalaridan tutib, uni ohista tebrata boshladi. Lekin Taehyung javob bermasdi. Uning tanasi daqiqa sayin sovib, muzlab borardi.
Yujin Taehyungning koʻksiga boshini qoʻydi. U har doim eshitadigan, uni tinchlantiradigan oʻsha yurak urishini izladi. Lekin u yerda faqat sovuq va daxshatli sukunat bor edi.
— Nega...? Nega sen...? — Yujinning koʻzlaridan issiq yosh seldek oqa boshladi. Uning koʻzlari daxshatli shok va aqlsizlikdan kattalashib ketgandi. U oʻzining qoʻllariga qaradi — aynan shu barmoqlar dunyodagi eng maʼsum, eng begʻubor va uni jonidan ortiq sevgan insonning hayotiga nuqta qoʻygandi.
Yujin Taehyungning jonsiz tanasini mahkam bagʻriga bosdi. Uning ichidan chiqqan faryod xonadagi shishalarni titratib yubordi, ammo bu faryod tashqariga chiqmas, uning ich-ichida, yakson boʻlgan ruhida aks-sado berardi.
U oʻtmishidan qasos olaman deb, oʻzining kelajagini, baxtini va yagona sevgisini oʻz qoʻllari bilan oʻldirgandi. Pentxaus ustiga choʻkkan tungi qorongʻulikda, Yujin Taehyungning sovuq bagʻrida, uning jonsiz tanasidan oʻpib, aqlini batamom yoʻqotgan holda hoʻngrab yigʻlardi... Seul chiroqlari esa bu fojiyaviy va fojiali tunga parvo qilmay, miltillashda davom etardi.
Yujin Taehyungning daqiqa sayin muzlab borayotgan tanasini bagʻriga mahkam bosib olganicha, xuddi kichkina, chora-nochor qizchadek polda buxshashib yigʻlardi. Xonani qoplagan tungi daxshatli sukunatni faqat uning koʻksidan otilib chiqayotgan, boʻgʻiq va oʻtkir faryodi yorib oʻtar edi.
Uning koʻzlaridan oqayotgan issiq va achchiq yosh tomchilari Taehyungning rang-roʻyi oqargan, xotirotga aylangan yuziga, uning oʻsha Yujin jonidan ortiq koʻrib oʻpgan sovuq lablariga betakror iztirob bilan tomardi.
— Taehyung... iltimos, koʻzlaringni och... Iltimos, meni tashlab ketma... — Yujinning ovozi titrab, uzuk-yuluk pichirlashga aylanib ketardi. U Taehyungning sovuq yuzini ikkala kafti orasiga olib, uning peshonasidan, koʻzlaridan, hoʻkragan lablaridan ketma-ket, aqlsizlarcha oʻpardi. — Men ekanligimni koʻrmadim... Men u deb oʻylabman, Taehyung! Men oʻsha daxshatli oʻtmishimni oʻldirmoqchi edim... Seni emas! Jonim, seni emas!
Uning tizzalari, butun vujudi shafqatsizlarcha titrardi. Yujin oʻzining qonga va gunohga bulgʻangan barmoqlariga qarab, ularni nafrat bilan polga urib yuborgudek holatga kelardi. Aynan shu barmoqlar, aynan shu qasamyod qilgan qoʻllar uning yagona najotkorini, dunyodagi eng begʻubor va pokiza sevgisini bu dunyodan olib ketgan edi.
— Kechir meni... kechira qol, Taehyungim... — Yujin uning koʻksiga yuzini bosib, boʻgʻilib hoʻngradi. U har doim unga orom va xavfsizlik bagʻishlagan oʻsha issiq yurak urishini qayta eshitishni shunchalar xohlardiki, lekin har bir soniya oʻtgani sayin u yerda faqat sovuq va shafqatsiz jimlik hukm surardi. — Meni qanday kechirasan? Men seni oʻz qoʻllarim bilan oʻldirdim-ku... Men kabi iblisga bu dunyoda yashashga nima haq bor?
Yujin Taehyungning jonsiz qoʻlini olib, oʻzining boʻyniga, bir oz avval oʻzi ushlagan oʻsha nuqtaga qoʻydi. U Taehyungning barmogʻini ohista siqdi, goʻyo sevgilisi tirilib, uning ham boʻynini siqib, undan qasos olishini, uni bu azobdan qutqarishini soʻrayotgandek edi.
— Ur meni... meni jazolagin, Taehyung! Lekin bunday jim yotma, iltimos! — Yujinning koʻz yoshlari Taehyungning koʻylagini hoʻl qilib yuborgandi. — Sen menga "hech qachon qoʻlingni qoʻyib yubormayman" deganding-ku... Nega qoʻlimni qoʻyib yubording? Nega meni bu doʻzaxda yolgʻiz tashlab ketding?!
Yujin uning boʻyniga oʻralib, tanasini Taehyungga yanada mahkamroq jigarlab oldi. U sevgilisining tanasidagi soʻnggi iliqlikni ham yutib yuborgisi, oʻzining butun hayotini, jonini unga berib boʻlsa-da, Taehyungni tiriltirgisi kelardi. Lekin vaqt shafqatsiz edi.
Uning lablaridan otilib chiqayotgan "kechir" degan soʻzlari xonaning har bir burchagida tragik aks-sado berar, Yujin esa sevgilisining jonsiz bagʻrida, aqlidan tamomila ozgan va ruhi chilparchin boʻlgan holda, mangu va tuzalmas azob ichida hoʻngrab yigʻlashda davom etardi...
Xonada nafas olish ham ogʻirlashgan, havo muzdek va sovuq bir sukunatga burkangan edi. Yujinning koʻz yoshlari allaqachon qurigan, ammo koʻzlarida faqat va faqat cheksiz, toʻzonli vakuum va qorongʻulik qolgan edi. U Taehyungning allaqachon muzlab boʻlgan yuziga soʻnggi bor tikildi. Uning yuzi haligacha shunday osuda, shunday begʻubor ediki... Yujin uchun bu dunyoda, bu tanada va bu ruhda yashashning biror-bir maʼnosi qolmagandi.
U oʻzining bu gunohini, bu dahshatli xatosini hech qachon kechira olmasligini bilardi. Taehyung boʻlmagan dunyo — u uchun doʻzaxning oʻzi edi.
Yujin sekingina, xuddi bir soya kabi Taehyungning bagʻridan ajraldi. Uning harakatlari mutlaqo sovuqqon va qarorli edi. U polda, bir oz avval atelye/dizayn buyumlari va pichoqlar toʻplamidan tushib qolgan oʻtkir, yaltiroq pichoqqa qarab odimladi.
Pichoqning sovuq tigʻi uning barmogʻiga tegganida, Yujinning yuzida gʻalati, magʻrur va ayni paytda xotirjam bir tabassum paydo boʻldi.
Yujin pichoqni mahkam ushlab, yana karavot yoniga qaytdi. U Taehyungning yoniga yotib, uning muzdek chap qoʻlini oldi va oʻzining barmoqlari bilan Taehyungning barmoqlarini mahkam chirmashtirib bogʻladi. Ular xuddi Chejuda, xuddi shu pentxausda bir-birlariga vaʼda berishganidek... qoʻllarini tutib turishardi.
Yujin oʻng qoʻlidagi oʻtkir pichoqni chap bilagining tomir urib turgan, nozik nuqtasiga tiradi.
— Men seni kuttirmayman, jonim... — pichirladi Yujin. Uning ovozida endi qoʻrquv ham, yigʻi ham yoʻq edi. Faqatgina qovushishga boʻlgan ehtiros va soʻngsiz sadoqat bor edi. — Bizni hech kim ajrata olmaydi deganding... Mana, men yonangga boryapman.
Yujin hech qanday ikkilanishsiz, butun kuchi bilan pichoqni bilagiga qadab, oʻtkir tigʻ bilan chuqur jarohat yetkazdi.
Issiq, toʻq qizil qon shiddat bilan otilib chiqdi va oppoq, yumshoq choyshablar uzra xuddi fojiaviy gul kabi yoyila boshladi. Yujin pichoqni elkasidan pastga tashladi. Uning tanasidan sekin-asta darmon qochib, koʻz oldi xiralashib borardi.
Yujin oʻzining qonayotgan bilagini Taehyungning koʻksiga qoʻydi. Ularning qoni — Yujinning issiq qoni va Taehyungning jonsiz tanasi choyshab ustida bir-biriga qoʻshilib, mangu bir quyuq chiziq hosil qildi.
Yujin boshini Taehyungning yelkasiga, uning boʻyniga qoʻydi. U ikkinchi qoʻli bilan Taehyungning belidan quchib, oʻzini batamom sevgilisining ogʻushiga topshirdi.
Uning tanasidagi issiqlik va hayot manbai daqiqa sayin, tomchi-tomchi boʻlib uni tark etayotgan edi. Har bir soniyada Yujinning nafas olishi sekinlashib, koʻz qovoqlari ogʻirlashib borardi. Lekin u hayotida birinchi marta oʻzini shunchalik tinch, shunchalik baxtiyor va xotirjam his qilayotgan edi. Uning miyasidagi barcha oʻtmish daxshatlari, oʻsha 12 yoshli mitti qizchaning faryodlari va bu dunyoning azoblari soʻnggi qon tomchisi bilan birga oʻchib borardi.
— Biz... baribir birgamiz... — pichirladi Yujin soʻnggi bor. Uning lablarida maʼsum va shirin bir tabassum qotib qoldi.
Yujin sekingina koʻzlarini yumdi. Uning soʻnggi, yengil nafasi Taehyungning boʻyniga urildi va yertoʻladan, qasosdan, gunohdan va bu shafqatsiz dunyodan xalos boʻlgan ruhi mangu sukunatga choʻkdi.
Seul ustidan qop-qora tun chekinib, uzoqdan oltinrang tong nurlari pentxaus oynasiga tusha boshladi. Quyosh nuri xonadagi oʻsha oppoq, endi esa qizil qonga belangan karavotda bir-birini mahkam quchib, mangu uyquga ketgan ikki oshiqni yoritib turardi. Ular bu dunyoda birga boʻla olishmadi, ammo oʻlim ham ularning sevgisini va chirmashgan qoʻllarini ajrata olmadi...
"Bizni bu dunyo ajrata olmadi, oʻlim ham ajrata olmaydi. Qayerda boʻlsak ham — men baribir sening bagʻringda, sen esa mening yuragimda yashaysan..."
Ular uchun bu dunyodagi ogʻriq, qon va daxshatli kabuslar ortda qolgandi.
Yujin koʻzlarini ochganida, qarshisida na oʻsha nam va sovuq yertoʻla, na pentxausning qonga belangan devorlari bor edi. U cheksiz, koʻz ilgʻmas darajada tiniq, oppoq va mayin nurga burkangan makonda turgandi. Oyoqlari ostida mayin shabada va oltinrang gullar mavjlanar, havodan nafrat yoki qon hidi emas, balki shirin va sokin bayram nafasi anqirdi.
Yujin oʻziga qaradi. Uning ustida oppoq, begʻubor va toza libos bor edi. Qoʻllarida na pichoq izi, na qon va na oʻtmishning qorongʻu zanjirlari bor edi. Uning ruhi yengil, koʻksidagi oʻsha yillar davomida qiynab kelgan ogʻir yuk tamomila yoʻqolgan edi.
U ohista ortiga oʻgirildi.
U yerda, bir necha odim narida Taehyung turgandi.
Uning egnida ham qordan ham oppoq libos, yuzida esa dunyodagi eng samimiy, eng iliq va begʻubor tabassum bor edi. Uning boʻynida na oʻsha koʻkargan izlar, na koʻzlarida ogʻriq bor edi. U xuddi Yujin birinchi marta koʻrib oshiq boʻlgan oʻsha maʼsum va nurli Taehyungning oʻzi edi.
Taehyung sekingina kollarini yozdi. Uning koʻzlarida Zarracha xafachilik, nafrat yoki gʻazab yoʻq edi — faqat va faqat soʻnsiz, mangu sevgi porlab turgandi.
— Jinnie... — dedi u. Uning ovozi xuddi mayin shabada va eng goʻzal kuydagidek yangradi. — Men seni kutayotgandim.
Yujinning koʻzlaridan bu safar iztirob yoshlari emas, balki baxt va shukronalik yoshlari quyilib keldi. U barcha qoʻrquvlarini, barcha gunohlarini va oʻtmishdagi barcha azoblarini ortda qoldirib, Taehyung tomonga yugurdi.
U oʻzini Taehyungning bagʻriga otdi.
Taehyung uni mahkam, juda mahkam quchib oldi. Bu safar ularning quchogʻida sovuqlik ham, ajralish daxshati ham yoʻq edi. Ular bir-birlarining issiqligini, ruhiy erkinligini va mangu baxtni his qilishardi. Taehyung Yujinni oʻziga tortib, uning sochlaridan, yuzlaridan va lablaridan uzoq, shirin hamda xotirjam boʻsa oldi.
— Men uchun kechir... — pichirladi Yujin uning koʻksiga yuzini bosib.
— Bu yerda kechirim soʻralmaydi, mening malikam, — dedi Taehyung uning yuzini kaftlari orasiga olib, koʻzlariga tikilarkan. — Bu yerda endi neft ham, yertoʻla ham, oʻtmishning daxshatlari ham yoʻq. Bu yerda faqat sen va men bormiz. Abadiyga.
Taehyung Yujinning qoʻlidan tutdi. Ularning barmoqlari yana bir-biriga chirmashdi — bu safar ularni hech qanday gallyutsinatsiya, hech qanday taqdir va hech qanday oʻlim ajrata olmasdi.
Ular yonma-yon odimlab, cheksiz va nurli gorizont sari yurib ketishdi. Ularning ortida qolgan bu dunyodagi barcha azoblar va fojialar erib, yoʻqolib borardi.
Ular bu dunyoda baxtga erisha olishmadi, ammo nargi dunyoda, soʻngsizlik va nur bagʻrida oʻzlarining telbalik bilan boshlangan Muhabbatini mangu baxtga aylantirdilar...
Nihoyat, "MA BELLE FOLIE" (Mening goʻzal telbaligim) deb nomlangan bu uzoq, murakkab va hissiyotlarga boy sayohatimizning eng soʻnggi sahifasiga ham nuqta qoʻydik. Bu shunchaki bir fanfik emas, balki qalbimning eng teran va chigal burchaklarida tugʻilgan, har bir satriga darmon va koʻz yosh singdirilgan haqiqiy bir tuygʻular boʻroni boʻldi.
Bu hikoyada biz inson ruhiyatining eng qorongʻu va daxshatli yertoʻlalariga tushdik. Qasos va nafrat insonni qanday iblisga aylantirishi, ammo shu bilan birga purviqor va begʻubor muhabbat insonga qanchalar kuch va ayni paytda ojizlik berishini birgalikda his qildik. Yujin va Taehyungning taqdiri barchamizning yuragimizda oʻchmas iz qoldirdi, deb umid qilaman. Ularning muhabbati bu dunyoda oʻz tojini kiyolmagan boʻlsa-da, narigi dunyoda cheksiz va mangu nurga aylandi.
Ushbu voqealar zanjirini yozish jarayonida men bilan birga yigʻlagan, har bir bobni dilingizda hayajon bilan kutgan, qahramonlarimning quvonch va azoblarini oʻzingiznikidek qabul qilgan har biringizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Sizning eʼtiboringiz, sharhlaringiz va qoʻllab-quvvatlovingiz boʻlmaganida, bu "goʻzal telbalik" bunday teran va taʼsirli chiqa olmasdi.
Har bir yakun — aslida yangi bir boshlanishdir. Qahramonlarimiz bu dunyoni tark etishgan boʻlsa-da, ularning "MA BELLE FOLIE"si qalbimizda mangu yashaydi.
Cheksiz sevgi va hurmat bilan,
PARK YOONA❤️