July 10, 2019

Tanishing! Sayyoramizning eng go‘zal o‘nta ayoli (fotogalereya)

Dunyoga mashhur “Stylecraze” sayti sayyoramizning eng go‘zal ayollarining ro‘yxatini tuzib chiqdi. Aytish kerakki, ro‘yxatga dunyoga mashhur bo‘lgan aktrisa, qo‘shiqchi, va modelyerlar kiritildi. Marhamat, ular bilan tanishing.


10. Emma Uotson

• Tug‘ilgan yili: 1990 yil 15 aprel

• Tug‘ilgan joyi: Parij (Fransiya)

• Bo‘yi: 1,65 m

• Kasbi: aktrisa

Aktrisa “Garri Poter”da ijro etgan roli uchun bir necha xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan. Braun universiteti talabasi bo‘lgan aktrisaning “Tortinchoq bo‘lishning yengilliklari” filmidagi roli ham anchagina muvaffaqiyatli chiqqan.

9. Gal Gadot

• Tug‘ilgan yili: 1985 yil 30 aprel

• Tug‘ilgan joyi: Isroil

• Bo‘yi: 1,78 m

• Kasbi: aktrisa

Isroillik aktrisa Gal Gadotga “Mo‘jizaviy ayol” filmidagi mo‘jizaviy ayol obrazi katta shuhrat olib kelgan.

8. Priyanka Chopra

• Tug‘ilgan yili: 1982 yil 18 iyul

• Tug‘ilgan joyi: Jamshedpur (Hindiston)

• Bo‘yi: 1,69 m

• Kasbi: aktrisa

Bir necha marotaba kino borasidagi mukofotlar bilan taqdirlangan aktrisa 2000 yilda “Dunyo go‘zali” tanlovining g‘olibasi ham bo‘lgan edi. U hind aktirisalari orasida eng ko‘p gonoror oluvchi aktrisa bo‘lishdan tashqari, “Time” jurnali tomonidan tuzib chiqilgan “Eng kuchli ta’sirga ega bo‘lgan 100 ta shaxs” ro‘yxatiga ham kiritilgan.

7. Beyonce

• Tug‘ilgan yili: 1981 yil 4 sentyabr

• Tug‘ilgan joyi: Texas (AQSh)

• Bo‘yi: 1,69 m

• Kasbi: qo‘shiqchi va aktrisa Beyons AQSh ilm-fan san’at milliy akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan “Grammi” sovrini bo‘yicha 62 ta nominasiyadan 22 tasining mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u muxlislari tomonidan “Qirolicha B” deb ataladi. Qo‘shiqchi yana bir mashhur qo‘shiqchi Jay-Zning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

6. Ayshvariya Ray Bachchan

• Tug‘ilgan yili: 1973 yil 1 noyabr

• Tug‘ilgan joyi: Mangalor (Hindiston)

• Bo‘yi: 1,70 m

• Kasbi: aktrisa

Hindistonning megayulduzi hukumat tomonidan ta’sis etilgan “Padma Shri” mukofoti bilan taqdirlangan. 1994 yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘olibasi bo‘lgan aktrisa o‘sha davrdan beri tuziladigan go‘zallar ro‘yxatidan doimo o‘rin olib kelgan. U qirqdan ortiq filmlarda suratga tushgan.

5. Liza Xeydon

• Tug‘ilgan yili: 1986 yil 17 iyun

• Tug‘ilgan joyi: Chennay (Hindiston)

• Bo‘yi: 1,78 m

• Kasbi: aktrisa, modelyer, dizayner

“Oysha” filmida ijro etgan debyut roli aktrisa ga shuhrat olib kelgan. Bundan tashqari, u dizaynerlik va modelyerlik sohasida ham salmoqli yutuqlarga erishgan.

4. Anjelina Joli

• Tug‘ilgan yili: 1975 yil 4 iyun

• Tug‘ilgan joyi: Los-Anjeles (AQSh)

• Bo‘yi: 1,69 m

• Kasbi: aktrisa, rejissyor, AQSh elchisi

Anjelina Joli anchagina muvaffaqiyatli aktrisa bo‘lib, Oskar va

Oltin Globus mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Gollivud ning eng ko‘p maosh oluvchi aktrisa si ham hisoblanadi.

3. Bleyk Layvli

• Tug‘ilgan yili: 1987 yil 25 avgust

• Tug‘ilgan joyi: Los-Anjeles (AQSh)

• Bo‘yi: 1,78 m

• Kasbi: aktrisa

Unga mashhurlik olib kelgan rol “G‘iybatchi qiz” serialidagi Serena roli hisoblanadi. Bleyk aktyor Ryan Reynoldga turmushga chiqqan.

2. Skarlett Yoxansson

• Tug‘ilgan yili: 1984 yil 22 noyabr

• Tug‘ilgan joyi: Nyu-York (AQSh)

• Bo‘yi: 1,60 m

• Kasbi: aktrisa va qo‘shiqchi

Aktrisaning “Lusi” va “Don Jon” filmlarida ijro etgan rollari unga haqiqiy shuhratni olib kelgan.

1. Dipika Padukone

• Tug‘ilgan yili: 1986 yil 5 yanvar

• Tug‘ilgan joyi: Kopengagen (Daniya)

• Bo‘yi: 1,74 m

• Kasbi: aktrisa

Yevropada tug‘ilgan hind aktrisasi nafaqat Hindistonda, balki butun sayyoraning eng ko‘p gonorar oluvchi aktrisa si hisoblanadi. “Stylecraze” ro‘yxatida esa unga birinchi o‘rin nasib etdi.