December 4, 2019

Dunyo va Davr канали ўқувчисидан мурожаат...

Каналимизга Наманган туманида яшовчи юртдошимиздан муаммоли мурожаат келиб тушди. Биз ушбу фуқаронинг мурожаатини ҳеч қандай таҳрирсиз беришга қарор қилдик. Муаммо эса суратларда акс этиб турибди. Биз эса ушбу масала бўйича тегишли мутасаддилардан расмий жавоб кутиб қоламиз.

Келтирилган манбага муаллиф ҳам жавобгардир.

"Assalomu aleykum !

Biz bir necha kun avval Namangan vil, Namangan tuman, Ibrat MFY dan murojaat etgan edik. Murojaat etishimizdan sabab, 2-ta ko'chaga asfal, yoki iloji bo'lmasa shag'al to'kib berishlari so'ragan edik, chunki oxirgi marta bu yo'lni Ibrat MFY, Charog'bon ko'chasiga asfal qilinganiga chamasi 30-yil bo'ldi. Ikkinchisi esa Ibrat MFY ning Yoshlar ko'chasi yani u ko'cha Xo'jaobod ko'chasiga ulab beradigan eng yaqin yo'lga xech bo'lmasa shag'al to'kib berishlari so'ragan edik, chunki Charog'bon va Xo'jaobodni bog'lab beradigan yo'l Yoshlar ko'chasiga ham chamasi 10-yildan oshdi asfal emas, shag'al to'kilganiga.

Murojaatimiz ko'rshibdi e'tibor berishibdi raxmat lekin biz Charog'bonga asfal iloji bo'lmasa usha katta chuqurlik yo'llarni shag'al bn bo'lsa ham yopishlari so'ragan edik. Yoshlar ko'chasiga ham to'liq qalin qilib shag'al to'kib berishlari so'ragan edik, bular nima qilishibdi deng bular murojaat ko'rib chiqib raxmat lekin ish qilibsizlar ammo buni qilgandan qilmaganiz afzal edi. Chunki Charog'bonga turboq aralash shag'al to'kibsiz, u turpoq ertaga bitta yomg'irdan so'ng battar atala bo'ladiku yo'l naxotki shunga aqliiz yetmasa mutasaddi xodimlar, men Ibrat MFY Raisi Sadridin akani yomonlamoqchi emas man, u inson tog'ri qo'lidan kelmaydi, buni tan olaman, sabab bu kishi raisla xolos, nima bo'lsa Sadridin aka aybdor emas umuman bu yo'llarga Ibrat MFY Raisi abdor emas.

Xo'sh mavzu qaytsak nega Charog'bon o'ziga 90% turpoq ,10 shag'al qo'shib biz aytgan joy yamadiz ? , biz shunday yamash talab qoldikmi? , undan ko'ra yamaman yo'lni endi battar bo'ladiku, Yoshlar ko'chasi qachon endi 100% shag'al to'kiladi?, qachon Charog'bon asfal bn taminlanadi 100% asfal bn 2020 yil emas 2019 yil.

Qani o'zini saylovga nomzod qo'ygan Deputatlar, partiya raislari?, telvizor chiqib xar xil bo'lar bo'mas gap bn bizni aldayassiz. Tv ga chiqib kar - kar qilasiz amalda nima qildiz? qani usha partiya? qani usha nomzod qo'ygan deputat !, agar shu yo'llar tamirlab bersa borku usha partiyaga ovoz berar edik, usha tamirlagan yo'lga chiqib kerak bo'lsa mayli xar bir xonadon eshigiga o'z partiya logosi yopishtirsin kegin bemalol xoxlagan joyiga chiqib baxs qilsin mana men shu joylar obod qilib berdim deb.

Iltimos sizlardan shu murojaat yana ertak aytib 2020 qilamiz demay 2019 - yil saylovga qadar qilib ketinglar bu xalqni murojaati."