January 6, 2025

Ishlaydigan reja. Abdusattor Abduraximov

Ramziy sanalarda biror ishni boshlash qoʻl kelishi isbotlangan. Ammo natija uchun ramziy sanalar muhim emas, natija uchun toʻgʻri rejalashtirish muhim.

Gʻalabani his qilib koʻrmagan odamga katta maqsadlar zararga ishlaydi. Ruhan ezib qoʻyadi. Shu sababli minumumlardan boshlang. Kichik maqsadlar tomon kichik harakatlardan.

Motivatsiyani oʻchirib qoʻying. Oʻtmishni tahlil qiling. Oʻtmishda qilgan xatolarni takrorlamaslik uchun xatolaringizni tahlil qiling. Yozing. Kecha harakatingizni cheklagan omillarni topib oling. Ularni bartaraf etishingiz uchun nima qilishingiz kerak va bu sizga nima beradi. Qilingan xatolardan xulosa olmaslik nimaga olib kelishini yozing va oʻzingizga tushuntiring.

Maqsadlaringiz orasida minumumlarini va asosiy bitta maqsadni ajratib oling va shunga koʻproq focus qarating. Shunda siz quyidagi Paretto qonuniga asoslangan harakat qilgan boʻlasi —>

Paretto qonuniga binoan, 80% harakat qilib 20% natija olmang, aksincha20% harakat bilan 80% natija olishga intiling.