May 2, 2020

Web studia tashkil etish biznes rejasi

MUNDАRIJА

I.Loyiha maqsadi

II.Xizmatlar bozori tahlili

III.Loyiha qiymati          

IV.Marketing strategiyasi

V.Xizmatlar sotish rejasi

VI.Moliyaviy reja

I.Loyiha maqsadi

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi veb studiya tashkil qilish va doimiy 3 kishini ish bilan taʼminlashdir. Loyiha "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Do'stlik tuman filiali tomonidan yoshlar uchun loyihani amalga oshirishga motivatsiya berish uchun test rejimda yaratildi.

Sayt ochish uchun esa taklif etilayotgan saytlar ro'yhati (bepul va pullik):

  1. sayt.uz
  2. lark.ru
  3. wix.com
  4. biz.nf
  5. www.freehostingeu.com
  6. www.awardspace.com
  7. www.jimdo.com
  8. byethost.com
  9. www.webs.com
  10. www.weebly.com
  11. HostUz.ru
  12. NxoSt.Ru
  13. best-hoster.ru
  14. waphoster.net
  15. ohost.biz
  16. anhost.org
  17. avahost.ru
  18. go-xost.org
  19. wapxost.ru
  20. inhoster.net
  21. pwstudio.ru
  22. ht-systems.ru
  23. infobox.ru
  24. hostgrad
  25. xost
  26. v1p.in
  27. masterhost
  28. real-host.ru
  29. wapmedia
  30. way-host.info
  31. mchost
  32. keo.su

II.Xizmatlar bozori tahlili

Bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida internet shiddat bilan kirib bormoqda. Dunyo aholisining taxminan 60 %i internetdan foydalanishmoqda. Respublikamizda esa 20 milliondan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud. Oʼzbekistonda АKT tizimi jadal rivojlanib bormoqda. Buni sohaga oid turli qonunlarning kuchga kirishi, doimiy internetdan foydalanish tezligining yaxshilanishi va internet kanalidan foydalanishning arzonlashuvi bilan izohlash mumkin:

Shuning uchun ham, endilikda oʼz oʼrnini saqlab qolishni, yangi marralarga chiqishni yoxud zamon bilan hamnafas boʼlishni istagan xar qanday korxona tashkilot internetda oʼz veb sayti orqali mavjud boʼlishi davr talabidir. Vebsaytlar mahsus bilimga ega boʼlgan vestudiya dasturilari tomonidan tuziladi.

III.Loyiha qiymati

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun jami 20 000 000 soʼmlik bank kredit mablagʼlari va 3 020 000 so'm o'z mablag'i talab qilinadi. Ushbu mablagʼlar faoliyatni tashkil qilish uchun zarur manbalarga yoʼnaltiriladi. Bunda talab qilinadigan jami mablagʼlar milliy valyutada boʼlib ularni moliyalashtirish rejasi quyidagi jadvalda koʼrish mumkin.

Ushbu jadvaldan koʼrinib turinganidek, xarajatlar kesimining asosiy qismini jihoz va qurilmalar tashkil qiladi. Faoliyat uchun zarur boʼlgan jihoz va qurilmalar roʼyxati bilan quyidagi jadvalda tanishish mumkin:

IV.Marketing strategiyasi

Veb saytlar yaratish sohasi respublikada yuqori tendentsiyalarda oʼsib bormoqda. Har chorakda oʼrtacha 30 000 .uz domeni keyinchalik esa 55 000, 65 000 va 75 000 dan oshiq .uz domeni roʼyxatdan oʼtgan.

Veb saytlar oʼz maqsad vazifalariga koʼra shartli ravishda 3 guruhga boʼlinadi:

  1. Davlat idora va tashkilotlari veb saytlari
  2. Xususiy biznes sektori veb saytlari
  3. Havaskor, informatsion veb saytlar

Bugungi kunda asosan davlat tashkilot va idoralari tomonidan veb saytlarga qiziqish katta.

Taklif qilinayotgan xizmatlar boʼyicha raqobatchilar boʼlganligi sabab, biznesning asosiy muvaffaqqiyati marketingga bogʼliq. Ushbu holatning dolzarbligini anglab yetgan veb studiya kuyidagi marketing ishlarini amalga oshiradi.
1. Mavjud aloqa kanallari orqali (ogʼzaki reklama)
1.1. Tanishlar orqali
1.2. Mavjud mijozlar orqali
2. Internet orqali
2.1. Birja maydonchalariga kirish
2.2.Ijtimoiy tarmoqlarda targʼibot tashviqot qilish
2.3.Jizzax viloyati bo'yicha mashhur internet portallari orqali reklama qilish

V.Xizmatlar sotish rejasi

Faoliyat yuzasidan daromadlar turini 4 turga boʼlish mumkin:
• Mahalliy vebsaytlar • Telegram botlar
• Xorijiy vebsaytlar
• Dizaynerlik xizmati (kataloglar, logotiplar kabi elektron dizayn mahsulotlar)
Veb sayt tayorlash boʼyicha xizmat narxlari 1 000 000 soʼmdan boshlanadi.

Фалиятнинг дастлабки йилида 253 150 000 сўм даромад кўриш режалаштирилган. Йиллик ўсиш бўрсаткичи 10%- 20% қилиб белгиланди.

VI.Moliyaviy reja

Faoliyat davomidagi asosiy xarajatlar ulushini ish haqi tashkil etadi. Korxona faoliyatini yuritishi uchun 3 ta xodim: direktor, marketolog va dasturchi kerak boʼladi. Ish hajmining oshishi bilan dasturchilar sonini koʼpaytirish nazarda tutilgan.

Boshqa xarajat turlari pul oqimlari hisobotining chiqim qismida keltirilgan.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram

Facebook

Online murojaat

Feedback