Uy sharoitida tovuqchilik
Bugungi biznesimizda #uyda_qoling hashtagiga asosan uyda qolib 100 dona xonaki tovuq boqish hamda yiliga 20 000 000 (yigirma million) so‘mdan ortiq daromad olishni o‘rganamiz.
Avvalo, hammamizda bir savol tug‘iladi: Nimaga aynan xonaki tovuq?
Fabrika tovuqlarining har biri yiliga 300 tadan 350 tagacha tuxum berishi mumkin. Ammo, sizlar ularni uy sharoitida fabrikadagidek parvarish bera olmaysiz. Ularga jo‘jaligidayoq turli kasalliklarga qarshi vaksinalar qilishi kerak. Zotli tovuqlarni tuxum berishi uchun unga yaxshi parvarish va kerakli issiqlikni, tozalikni va eng asosiysi zarur vitaminlarni muntazam ravishda berib turishimiz kerak bo‘ladi. O‘rtacha 1 kilogramm ozuqa 2 500 so‘mni tashkil etadi. Agar siz yuqoridagi sharoitlarning birini yaratib bera olmasangiz, tovuqlardan yetarli darajada tuxum olish mushkul bo‘ladi. Bu esa daromadga va harakatga anchagina ziyon yetkazishi mumkin.
Xonaki tovuqlar
1 ta xonaki tovuq kuniga 80 gramm don va 20 gramm o‘t yeyishi lozim.
1 ta xonaki tovuq kuniga 80 gramm don yesa yiliga 29 kilogramm don yeydi. 20 grammdan beriladigan o‘tni esa tomorqangizdan ham topish mumkin bo‘ladi.
1 kilogramm donning narxi o‘rtacha 1000 so‘m deb baholaydigan bo‘lsak, 1 yilda 1 ta xonaki tovuq 29 000 so‘m qiymatida don isteʼmol qiladi.
Xonaki tovuqlarni oddiy don bilan boqqan taqdirimizda kunlik yiliga 120 - 230 donagacha, agarda, tovuqlarni o‘z vaqtida kerakli vitaminlar tayyorlab boqilsa yiliga 270 - 300 donagacha tuxum berishi mumkin.
Foyda
1 ta tovuq yiliga 29 000 so‘m qiymatida don isteʼmol qiladi.
1 000 ta tovuq yiliga 2 900 000 so‘m isteʼmol qiladi.
100 ta tovuq kuniga o‘rtacha 90 dona tuxum beradi.
100 ta tovuq yiliga o‘rtacha 32 850 dona tuxum beradi.
Tuxum narxi o‘rtacha 7 00 so‘m
90 * 700 so‘m = 63 000 so‘m
100 ta tovuq bir kunda 63 000 so‘m tushum olib kelishi mumkin.
32 850 * 700 so‘m = 29 565 000 so‘m
100 ta tovuq yiliga 29 565 000 so‘m tushum olib kelishi mumkin.
Xarajatlar
1 yilga - 2 900 000 so‘m - don uchun
1 yilga - 500 000 so‘m - turli vitaminlar va veterinariya xizmatlari
1 yilga - 1 000 000 so‘m - ko‘zda tutilmagan boshqa xarajatlar (tuxumlarni tarqatish, tovuqlarning nobud bo‘lishi va boshqa omillar uchun)
1 yilga - 4 500 000 so‘m - soliqlar
Jami: 2 900 000 + 500 000 + 1 000 000 + 4 500 000 = 8 900 000 so‘m xarajat
Sof daromad
29 565 000 - 8 900 000 = 20 665 000 so‘m
Ko‘rinib turibdiki sof foyda bir yilda 20 665 000 so‘mni tashkil etmoqda.
Har oyda esa 1 722 100 so‘m daromad ko‘rishingiz mumkin.
Bundan tashqari tovuq go‘ngi orqali qo‘shimcha daromad olishingiz mumkin.
Tovuq go‘ngi qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun juda foydali bo‘lib, u azot va mineral o‘g‘it singari taqqoslanadi.
Endi don masalasiga to‘xtalsak!
Agar siz ushbu faoliyat turi bo‘yicha shug‘ullanish istagida bo‘lsangiz sizga bug‘doy, makkajo‘xori, tariq muntazam kerak bo‘ladi. Agar siz ushbu mahsulotlarni har kun, hafta yoki oyda sotib oladigan bo‘lsangiz bu sizga qimmatga tushishi mumkin. Bularning barchasini esa sizga yig‘im terim mavsumida yillik kerakli miqdorda sotib olish tavsiya etiladi. Chunki, narx navo turli vaqtda turlicha.
Tovuqlarga har doim bir xil turdagi don mahsulotlaridan bersangiz siz kutgan natija bermasligi mumkin.
Shuning uchun, 100 kilogramm don tarkibida: 40 kilogramm bug‘doy, 35 kilogramm makkajo‘xori, 25 kilogramm tariq bo‘lishi lozim.
Agar, 1 ta tovuq yiliga 29 kilogramm don isteʼmol qilsa, 100 ta tovuq 2 900 kilogramm don isteʼmol qiladi.
Keyingi asosiy masala, tovuqlar uchun joy. 100 ta tovuq uchun uzunligi 35 metr, eniga 2.5 metr, balandligi 1.5 metr bo‘lgan tovuqxona zarur bo‘ladi.
Asosiysi! Hududlarda narx navo turli hilda (tovuq narxi, tuxum narxi va boshqa xarajatlar) bo‘lganligi uchun hisob kitoblarni o‘zingiz qayta hisob kitob qilishingiz mumkin!
Ushbu biznes reja yoshlar uchun #motivation berish hamda ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida ishlab chiqildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | YKMurojaat | Feedback