"Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Jizzax viloyat filiali
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi to'g'risida"gi PF-5466-son Farmoni ijrosini ta'minlash bo'yicha Jizzax viloyatida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yoshlarni tadbirkorlikga jalb qilish, ularning biznes g'oyalari, startap loyihalarini qo'llab - quvvatlash maqsadida 2018 - 2020 - yillar davomida 524 nafar yoshlarning ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi sohalari bo'yicha loyihalari uchun 12 mlrd. 865 mln. 200 ming so'm qiymatidagi imtiyozli kreditlar ajratilib, loyihalarni amalga oshirish jarayonida 2 ming 389 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bundan tashqari, viloyatda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish ularga bo'sh binolarni ijaraga berish uchun 15 ta "Yoshlar mehnat guzari" kompleksi foydalanishga topshirildi.
Yoshlarni biznesga jalb qilishda qo'shimcha shart - sharoitlar yaratish maqsadida 5 ta "Yosh tadbirkorlar" COWORKING markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi.
Shuningdek, "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi ijrosi bo'yicha Jizzax viloyatida 1 571 marotaba o'quv - seminarlar, biznes - sayohatlar va turli targ'ibot tadbirlari tashkil etilib, tadbirlarda 49 541 nafar yoshlar ishtiroki ta'minlandi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi № 936-son Qaroriga asosan Jizzax viloyatining Do'stlik, Sh.Rashidov va Zomin tumanlarida "Yosh tadbirkorlar" texnologik parklari qurilish ishlari jadal davom etmoqda.
Texnologik parklar ishga tushirilishi ortidan 1 100 nafar yoshlar bandligi ta'minlanishi rejalashtirilgan
"Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi tomonidan qishloq xo'jaligi faoliyatini rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, qishloq xo'jaligi sohasiga qiziquvchi yoshlarni qamrab olish, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida "Yoshlar agroklasteri" tashkil etilishi rejalashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi hududida koronavirus pandemiyasi kirib kelishi davomida kam ta'minlangan va doimiy ish bilan ta'minlanmagan oilalar daromad manbai te'ran ma'noda uzilishlar bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Shunday, og'ir vaziyatlarda Jizzax viloyatida o'z faoliyatini yo'lga qo'ygan yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan "Saxovat va ko'mak" umumxalq harakati dasturi doirasida oilalarga ko'mak berildi.
O'zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son Qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan 70 nafar yoshlar kasb - hunar va biznes ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha o'qitildi hamda o'quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga AT "Mikrokreditbank" tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish uchun sertifikatlar berildi.