March 28, 2025

Wifey-Weak

[BOB 6]

Taehyung boshini ish stoliga qo‘ydi. Ko‘zlarini yumdi. Ichidan chuqur nafas oldi. U shunchaki Raksanani unutishga harakat qildi. Ammo bu oson emas edi. Ko‘z oldida Raksanani ko‘raverardi. Uning jilmayishi, sochlarini quloq orqasiga tashlashi, qovoqlarini xiralatib qarashlari...

Taehyung qo‘llarini boshiga tirab, bosh barmoqlari bilan chakkalarini uqaladi. Keyin birdan joyidan turib, o‘zini chalg‘itish uchun maxsus jarrohlik kiyimlarini kiyishga tushdi. Bugun u operatsiya o‘tkazishi kerak edi. Shuning uchun o‘zini qo‘lga olishga harakat qildi. Lekin yuragi... yuragi baribir Raksanani sog‘inardi.

*

Ertalab quyosh ilk nurlarini yerga socha boshlaganida, Jungkook allaqachon uyg‘onib bo‘lgandi. U yotog‘ida xotirjam yotib, tanasida kechagi tunning shirin horig‘ini his qildi. Garchi kecha juda ham charchagan bo‘lsa ham, bugun o‘zini g‘ayratli his qilardi.

U sekin yotoqdan turdi va stol ustida turgan hujjatlarga qo‘l uzatdi. Ko‘zlari pastga tikilgan holda maxfiy hujjatni yozishga tushdi. Bu kompaniyaning eng asosiy va sirli hujjatlaridan biri edi. Agar u yo‘qolsa, yoki noto‘g‘ri qo‘lga tushsa, kompaniyaning taqdiri butkul o‘zgarishi mumkin edi.

— Jungkook (past ovozda g‘udranib):
— Agar bu hujjat kimningdir qo‘liga tushsa, u odam kompaniyani bemalol o‘ziga olishi mumkin…

U hujjatni ehtiyotkorlik bilan to‘ldirib bo‘ldi va xotirjamlik bilan orqaga suyanib oldi. So‘ng yoniga qaradi. Ji-an hali ham uyquda edi. Jungkook asta unga yaqinlashdi va yelkasiga sekin teginib, uyg‘otmoqchi bo‘ldi.

— Jungkook (xotirjam):
— Uyg‘on.

Ji-an kipriklarini qimirlatib, ko‘zlarini ochdi. Uxlashdan uyqusi qochmagan edi. Qaddini rostlamoqchi bo‘ldi, lekin tanasi unga bo‘ysunmadi. Qaltirab ketdi.

— Ji-an (cho‘g‘dek qizarib, past ovozda):
— Yurishga holim yo‘q...

Jungkook bir lahza unga tikilib qoldi. So‘ng ichida yengil so‘kindi va shartta Ji-anni ko‘tarib oldi.

— Jungkook (hafsalasiz, lekin qat’iy):
— Qanchalik ojizsan...

Ji-an hech narsa deyishga ulgurmadi. Chunki Jungkook allaqachon uni bag‘riga bosib oshxonaga olib borayotgan edi.

Jungkook hech nima bo‘lmagandek telefoniga tikildi, go‘yo Ji-anning reaktsiyasi uni umuman qiziqtirmayotgandek edi. Lekin Ji-an tinchlanmasdi.

— Ji-an (bosinqirab):
— Sen nimaga unday deding? Qanday qilib men... Nega?..

Jungkook chuqur nafas oldi, keyin hech nima demay turib boshqa xonaga chiqib ketdi. Ji-an esa darrov unga ergashdi.

— Ji-an (shoshilib):
— Jungkook! Bu rostmi? Sen hazillashyapsanmi? Yo‘q, yo‘q, sen bunday hazil qilmaydiganga o‘xshaysan... Lekin bu qanday sodir bo‘lishi mumkin? Albatta, qanday sodir bo‘lganini bilaman, lekin...

Jungkook shartta joyida to‘xtadi va o‘girilib qaradi.

— Jungkook (asab bilan):
— Shunaqangi ko‘p gapirasanki, boshingni kesib olsam ham, og‘zing gapirishda davom etadi!

Ji-an ko‘zlarini pirpiratib, yutindi.

— Ji-an (pichirlab):
— Demak, haqiqatdan ham homiladorman?..

Jungkook kaftini peshonasiga bosdi.

— Jungkook (og‘ir xo‘rsinib):
— Ha, va men bu haqda aytmay yurmoqchi edim.

Ji-an bir lahzaga jim qoldi. Keyin sekin-asta ko‘zlari chaqnay boshladi. Yuziga hayrat va quvonch aralash ifoda kirdi. So‘ng u shunchaki qichqirib yubordi.

— Ji-an (quvonib baqirib):
— MEEEN ONA BO‘LAMAAAN!

Jungkook beixtiyor orqaga tisarildi.

Ji-an to‘shak ustida sakray boshladi.

— Ji-an (sakrab-sakrab):
— Bolajoooniiiim! Men sening onangmaaan!

Jungkook bu manzaraga tushunmay qarab turardi. U Ji-anning yig‘lashini, shokda qotib qolishini yoki undan qochib ketishini kutgandi. Lekin bu nima?!

Ji-an to‘satdan sakrashni to‘xtatdi va shartta Jungkookning oldiga yugurib bordi-da, uning yuzidan bexosdan o‘pib qo‘ydi.

— Ji-an (kulib):
— Demak, sen shuning uchun menga yaxshi muomalada bo‘la boshlagan ekansan, ha?

Jungkook hayratdan ko‘zlarini pirpiratdi.

— Jungkook (o‘ziga kelolmay):
— Nima? Yo‘q! Bu... men... sen...

Ji-an esa hali ham yotoqda sakrashda davom etardi.

Jungkook chuqur nafas oldi.

Ji-an birdan jim bo‘ldi. So‘ng tomog‘ini qirib, ohista yotoqqa o‘tirdi. U Jungkookga sinovchan nigoh tashladi, go‘yo nimanidir rejalashtirgandek. Sekin qo‘lini Jungkook tomonga cho‘zdi.

— Ji-an (mayin ohangda):
— Qo‘limni o‘p.

Jungkook uning gapidan hayratga tushdi. Qovog‘ini uyib, unga tikildi.

— Jungkook (qoshlarini chimirib):
— Nima?

Ji-an esa o‘zini juda jiddiy tutib davom etdi.

— Ji-an (hushtak chalib):
— Bundan buyon meni "Sultonxonim" deb chaqir. Huddi Muhtasham Yuz Yil filmidagidek.

Jungkookning asabi joyidan qo‘zg‘aldi. Jimgina boshqa tomonga qaradi, go‘yo Ji-an umuman mavjud emasdek.

— Jungkook (sovuqqonlik bilan):
— Sen mutlaqo aqldan ozgansan. Hech qachon.

Ji-an og‘zini ochib, unga g‘azab bilan tikildi. Keyin birdan deraza yoniga bordi va shartta oynani ochdi.

— Ji-an (qo‘llarini osmonga ko‘tarib):
— Agar meni "Sultonxonim" deb chaqirmasang, hozir shu yerning o‘zida o‘zimni tashlab yuboraman! Keyin esa xotin va bolasiz qolasan!

Jungkook esa beparvo yelka qisdi va qo‘lini chalishtirib, unga sovuq qaradi.

— Jungkook (muttahamona jilmayib):
— Agar bas qilmasang, o‘zim seni derazadan uloqtirib yuboraman. Ishon, farqi bo‘lmaydi.

Ji-an beixtiyor lablarini burdi va nosog‘lom tarzda ingrab yubordi.

— Ji-an (gina bilan):
— Shavqatsiz yirtqich… Men senga yuragimni berdim! Men senga bolajonimni beryabman! Endi bitta so‘z aytishing qiyinmi?

Jungkook unga shubha bilan tikildi.

— Jungkook (og‘ir xo‘rsinib):
— Sen menga yurak berdingmi? Rosti? Qaysi kuni? Men qachon qabul qilib olgan ekanman uni?

Ji-an esa bu gaplarga umuman e'tibor bermay, oyoqlarini polga urib, yana talab qila boshladi.

— Ji-an (o‘jarlik bilan):
— "Sultonxonim" deysan! Bo‘ldi, gap tamom! Aytmasang, men… men...

— Jungkook (ko‘zlarini yumib):
— Xudo, bu qiz mendan qasos olyapti…

Ji-an esa mamnun jilmaydi. Bu hali faqat boshlanishi edi.

Ji-an qo‘llarini bir-biriga ishqab, qornini biroz ko‘tarib, xonimlardek ohangdor yurishda davom etdi. Go‘yo saroy malikasi kabi yurarkan, ko‘zlarini yumib, qo‘lini silkitdi.

— Ji-an (nazokat bilan):
— Birinchidan, endi men hech qachon o‘zimga ovqat tayyorlamayman. Ikkinchidan, har kuni ertalab menga issiq kakao olib kelasan. Uchinchidan...

Lekin u gapini tugatishga ham ulgurmay qoldi. Jungkookning nigohi bir zumda qorong‘ulashdi. Birdan kamarini oldi va unga yaqin bordi. Qattiq harakat bilan kamarni Ji-anning bo‘ynidan o‘tkazib, uni o‘ziga tortdi. Ji-anning nafasi bo‘g‘ildi, ko‘zlari katta ochildi.

— Jungkook (pichirlab, ammo g‘azabdan qaltirayotgan ohangda):
— O‘ylab gapir, Ji-an. Men istagan payt seni ham, bolangni ham qabrga tiqib kelishim mumkin. Sen yegan kaltaklarni esingdami? Yana bir bor o‘ylab, erkalik qil.

Ji-anning lablari titradi. Bu hazil emas edi. Jungkookning sovuq nafasi yuziga urildi. U muzdek nigohlarini Ji-an ko‘zlariga qadagancha, asta kamarni bo‘shatdi va unga pastga qarashni buyurgandek qaddini to‘g‘riladi.

So‘ng uning boshidan ohista o‘pdi. Bu ta’salli emas, balki ogohlantirish edi.

Jungkook orqaga yurib, hech narsa demay, uydan chiqib ketdi. Mashinasiga o‘tirib, dvigatelni ishga tushirdi. Yo‘lga chiqarkan, yuragining tubida qandaydir g‘ashlik sezdi. Shu tobda Ji-anning yosh to‘la ko‘zlarini esladi. Lekin o‘ziga keldi, boshi bilan qattiq silkidi.

— Jungkook (o‘ziga pichirlab):
— Yana nimani o‘ylayapman?

Ji-an esa joyida qaltirab qotib qoldi. Ko‘zidan bir tomchi yosh oqar, ammo u og‘zini ochib hech narsa deya olmasdi. U faqat bir narsani tushunib yetdi — Jungkook hali ham o‘sha shafqatsiz odam edi. Va bu hech qachon o‘zgarmasdi.

Ji-an Jungkookning ketganiga ishonch hosil qilgan zahoti o‘zini yotoqqa tashladi. Tanasi yotoqqa tushishi bilan, g‘azabdan oyoqlari bilan tepina boshladi.

— Ji-an (tishlab-tishlab pichirladi):
— Uff! Ahmoq, toshyurak, monster!

Uning mushtlari yostiqqa urildi. Endi tilining tagidagi bor so‘zlarni Jungkookni yo‘qlab turib baqirib aytmoqchi edi, ammo... Bir soniya to‘xtab qoldi.

Ko‘zlari shiftga tikildi.

Shunda esiga tushdi.

Uy bo‘ylab kameralar bor edi.

Ji-anning yuzi bir lahzada oqarib ketdi. Og‘zi ochilgancha shiftga qarab, qo‘lini qimirlatmay qotib qoldi. Yuragi shuv etib ketdi.

— Ji-an (pichirlab, hayratdan ovozi titrab):
— U hammasini ko‘rib turibdi...

U chuqur nafas olib, qattiq uf tortdi. So‘ng, bir chekkada turgan yostiqni olib, g‘azabdan kuchukcha kabi tishladi. Ko‘zlari yonayotgan edi.

— Ji-an (g‘o‘ldirab, yostiqni tishlar ekan):
— Seni ko‘rishga toqatim yo‘q, Jungkook!

Ammo qanchalik g‘azablangan bo‘lsa ham, o‘zini tiya olmadi. Xona bo‘ylab qo‘llarini oldinga cho‘zib, zombie kabi qadam tashladi. O‘zidan “uhh, argh” degan ovozlarni chiqarib, shiftga tikilgancha, xonani aylana boshladi.

— Ji-an (yengil ohangda, chayqalib yurarkan):
— Men seni yomon ko‘raman, Jungkook... Men seni yomon ko‘raman... Men seni... qarg‘ayman...

Shu payt, birdan telefon stol ustida miltilladi. Bu Jungkook edi.

Ji-an birdan to‘xtadi. Ko‘zlari katta ochildi.

— Ji-an (sekin ovozda, nigohi telefonda):
— Yo‘q, yo‘q... u endi baqirmoqchi...

Telefon yana bir bor miltilladi. Ji-an esa ko‘zlarini yumib, past ovozda o‘zini ruhan tayyorladi.

— Ji-an (sekin pichirlab):
— O‘zingni bos, Ji-an... Tayyor bo‘l... Sen hozir 100% issiqqina kaltak yeysan...

Ji-an qattiq yutinib, qo‘rqa-pisa telefonni oldi va asta-sekin go‘shakka yaqinlashdi. Yuragi gupillab urayotgan bo‘lsa-da, yuziga majburan hotirjam ifoda berdi.

— Ji-an (qaltiragan ovozda):
— A... Allo?

Biroq kutganidan farqli ravishda, Jungkookning ovozi g‘azab bilan baqirish o‘rniga ajoyib darajada hotirjam eshitildi.

— Jungkook (ohista, odatdagidan ko‘ra yumshoqroq ohangda):
— Bugun kech kelaman.

Ji-an ko‘zlarini pirpiratdi. Shu xolos?! Hech qanday baqiriq yo‘qmi?!

— Jungkook (xuddi hech narsa bo‘lmagandek davom etdi):
— Shkaf ichida qora karta bor. Aylandib kel. Do‘konga kirib, xohlagan narsangni ol.

Ji-an ko‘zlarini katta ochdi. Bu... nega?

— Ji-an (g‘alati his qilib):
— Xohlagan narsamni... olsam bo‘ladimi?

Jungkook javob o‘rniga faqat bir og‘iz so‘z aytdi.

— Jungkook:
— Hm.

So‘ng aloqa uzildi.

Ji-an go‘shakka uzoq tikilib qoldi. So‘ng birdan butun tanasi quvonchdan yonib ketdi.

— Ji-an (sevinch bilan yostiqni mahkam quchoqlab):
— Pul!!! Do‘kon!!! Xohlagan narsamni olish!!!

U yostiqni osmonga uloqtirdi-da, tezda yotoqdan sakrab tushdi. Endi Jungkookni iloji boricha tezroq uydan yo‘qotish kerak edi.

U tezda shkafni ochdi. Qora karta chiroyli charm g‘ilof ichida turgan edi. Uni ohista oldi-da, o‘zini bir zum millioner his qilib, xonada xuddi malika kabi yurdi.

— Ji-an (karta bilan o‘zini chiroyli tutib yurarkan):
— Bugun men shopping qirolichasi bo‘laman...

U birdan Jungkook qayerdaligini bilish uchun deraza yoniga bordi. Ko‘chada turgan qora mashina endi asta-sekin harakatlana boshlagan edi.

Ji-an tezda eshik oldiga yugurdi. U balki Jungkook yana nimadir unutib, orqaga qaytib kelar deb xavotirlanib, oyog‘iga botinka kiyib ham o‘tirmadi. Atigi ikki daqiqa ichida u eshikdan chiqib ketdi.

Hozir unga faqat do‘kon, pul va shopping muhim edi!

Ji-an do‘kondan chiqib, quvonch bilan qornini silab qo‘ydi. Bugun juda mazali taomlar yedi, eng chiroyli kiyimlarni oldi, va eng muhimi – barchasini bepul.

U asta-sekin uyga qarab yo‘l oldi. Kech tushayotgan edi. Ko‘chalar unchalik gavjum emas, ammo yengil shabadada yurgan odamlar hali ham bor edi.

Birdan uning yuragi g‘ash bo‘la boshladi. Go‘yo kimdir ortidan kuzatayotgandek.

U boshini burib atrofga qaradi. Hech kim yo‘q.

Ji-an lablarini tishlab, yurishni tezlashtirdi. Qadam tovushlari... ha, shubhasiz, kimdir uni ortidan ergashayotgan edi.

— Ji-an (ichida vahima bilan):
— Bilmadim, balki shunchaki tasavvurimdir...

U hali ham qo‘lida do‘kondan olgan qadoqlarni mahkam ushlagancha tez-tez yurdi. Ammo ortidan yurayotgan odam ham xuddi shunday tezlashdi.

Ji-an yurak urishini eshitayotgan edi.

Birdan kimdir uni orqadan mahkam tutib oldi!

— ??? (dag‘dag‘ali ovozda):
— Hujjatlar qayerda?!

Ji-an qo‘rquvdan qichqirib yubordi va tezda qo‘llarini tortib, yugurib qochdi. Uning yuragi dahshatdan urib ketdi, qo‘lidagi paketlarini qattiqroq siqib oldi.

— ??? (orqasidan qattiq hayqirib):
— To‘xta!

Ji-an hech narsani eshitgisi kelmadi. U faqat yugurdi, iloji boricha tezroq, iloji boricha uzoqqa!

Ammo u uzoqqa yetmadi. Kuchli qo‘llar yana uni mahkam tutib oldi va shartta o‘ziga qaratdi.

— ??? (qahr bilan qichqirib):
— Hujjatlar qayerda, ayt!

Ji-an biror javob bera olmasdan, yuzida qattiq zarba his qildi. Tarsaki shu qadar og‘riqli ediki, ko‘z oldi qorong‘ulashib ketdi.

Ko‘zlaridan yosh dumalab chiqdi.

— Ji-an (titulab, qattiq yig‘lab):
— N-nima?! N-nima hujjat?! Men hech narsani bilmayman!!

Erkak tishlarini g‘ijirlatib, uni yanada mahkam siqdi.

— ??? (dag‘dag‘a qilib):
— O‘ynama! Bu hujjatlar menga kerak!

Ji-an dahshat ichida boshi chayqadi. U nima haqida gapiryapti?!

Erkak Ji-anning yelkasini mahkam ushlab, yana unga tarsaki tushirmoqchi bo‘ldi. Ji-an ko‘zlarini yumib oldi, lekin zarba kelmadi.

Chor-atrofda g‘azabga to‘la ovoz yangradi.

— ??? (qattiq, sovuq ohangda):
— Qo‘lingni tort!

Erkakning boshi chap tomonga burildi. Kimdir uning bilagidan qattiq ushlagan edi.

Birdaniga gumburlagan zarba ovozi eshitildi. Erkak o‘zini yo‘qotib, orqaga yiqildi. Ji-anning ko‘zlari keng ochildi. U hushidan ketayozayotgan erkakning orqasida Jungkookning g‘azabga to‘la siymosini ko‘rdi.

U butunlay o‘zini yo‘qotgan edi.

— Jungkook (bo‘g‘iq va vahshiyona ovozda):
— Meniki bo‘lgan narsaga qo‘l tekkizish xayolingga ham kelmasin.

Erkak jonholatda tisarilib, nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Jungkook uni yana bir zarbada pastga urdi. Erkakning yuzidan qon sachradi.

Ji-an qo‘rquvdan qaltirab, orqaga tisarildi. Jungkook esa erkakning qo‘lini tortib olib, uni shartta qayirib yubordi.

— Erkak (qichqirib):
— Aaaaah!

Jungkookning g‘azabi hali ham bosilmagan edi.

— Jungkook (qon tomchilayotgan qo‘llarini artib, past ovozda):
— Agar yana bir bor unga yaqinlashsang… o‘sha joyingda yo‘q qilaman.

Erkak inqillab, yerda ingrab yotdi. Ammo Jungkook unga bir soniya ham e’tibor bermadi.

U Ji-anga qaradi.

Ji-an titrayotgan edi. Qo‘llari ham, lablari ham qaltirardi.

Jungkookning ichidagi g‘azab hali ham yo‘qolmagan bo‘lsa-da, u sekin Ji-anning oldiga bordi va hech narsa demasdan uni quchoqlab ko‘tardi.

— Ji-an (titroq ovozda pichirlab):
— J-Jungkook…

Lekin u boshqa hech narsa deya olmadi. Jungkookning tanasi kuchli va iliq edi.

Uning ko‘zlarida g‘azab va rashk alangasi yondi. Bu ko‘zlar hech kimni kechirmaydi.

Jungkook qattiq qadamlar bilan Ji-anni bag‘riga bosgancha qorong‘u ko‘chalar bo‘ylab ketdi. Va bu kecha, kimdir o‘z jazosi bilan duch kelishini bilmas edi.

' E'tiboringiz uchun raxmat, hikoya muallifi #Diva , tez orada yangi qismlar bilan ko'rishguncha '