March 24, 2025

wild flower

' 1- qism, yoqimli mutolaa! '

Qishning sovuq shamollari deraza ortida uvullardi. Dasturxon atrofida og‘ir sukunat hukmron edi. Faqat ba’zan so‘zlar tig‘dek havoni kesib o‘tardi.

— Odil (qattiq ohangda):
— Bu holing bilan qayergacha borasan, Aziz? O‘z hayotingni barbod qilayotganingni tushunmayapsanmi?!

— Gavhar (hafsalasi pir bo‘lib):
— O‘g‘lim, iltimos, o‘zingni yig‘ishtir. Biz seni yaxshilik bilan ogohlantirayapmiz.

Aziz esa beparvo ohangda qoshiqni likopchaga urib, kulimsiradi.

— Aziz (beparvo):
— Meni o‘z holimga qo‘yingizlar.

Mohira esa sukut saqlab, telefon titkilab ovqatlanishda davom etardi. Uning bu beparvoligi Azizni g‘azablantirdi.

— Aziz (jahli chiqib):
— Bu yerda hamma senga xizmat qilishi kerakmi, Mohira?!

Mohira asta boshi­ni ko‘tarib, sovuq nigoh tashladi.

— Mohira (xotirjam):
— Men senga xalaqit bermayapmanku Aziz.

— Aziz (hirs bilan kulib):
— Albatta! Chunki bu uyda senga hamma etibor beradi! Men esa ortiqcha odamman, shundaymi?!

Odilning qahrli nigohi o‘g‘liga qaratildi.

— Odil (tanbeh ohangida):
— Yetar endi! Mohira bizning qizimiz, sen ham uni singling deb qabul qilishga majbursan.

— Aziz (achchiq kulimsirab):
— Singlim? Heh… U faqat begona. Bu uyga ham, bu oilaga ham begona.

Gavhar yuzini qo‘llari bilan yopib oldi. Mohira esa chuqur nafas oldi, lekin gap qaytarmadi. U bolaligidan buyon Azizning o‘ziga nisbatan nafratini his qilib ulg‘aygan edi. Shu bois bu so‘zlar unga ta’sir qilmasdi.

Ammo Aziz jim tura olmadi. Yuragidagi barcha g‘azabni Mohiraga sochmoqchi edi…

Azizning yuzi tundlashdi. U qoshiqni likopchaga tashlab, stulga suyanib oldi.

— Aziz (masxaraomuz):
— Qara-ya, malikamiz hatto qosh-qovog‘ini chimirmaydi ham. Axir bu uy seniki, shundaymi? Men esa keraksiz odam.

Mohira bir lahzaga qo‘lidagi telefonni chetga qo‘ydi. Nigohlari sovuq, ohangi esa zaharli edi.

— Mohira (keskin):
— Ha, sen keraksizsan, Aziz. Chunki hech narsa qilmay, lekin hamma narsani talab qilasan. Nega seni hurmat qilishlari kerak?

Azizning yuragi qizidi. Ammo Mohira davom etdi.

— Mohira (kinoyali kulimsirab):
— Balki shuning uchun ota-onang menga ko‘proq e’tibor beradi? Chunki men hech bo‘lmaganda kelajagimni yo‘q qilmayapman.

Azizning ko‘zlari qinidan chiqqudek bo‘ldi. 16 yoshli qizdan bunday gaplarni kutmagandi. Ota-onasi og‘iz ochib ulgurmay, Aziz stulni orqaga surib o‘rnidan turdi.

— Aziz (o‘tkir nigoh bilan):
— Bu yerda qolib, sening vujud borlig‘ingni ko‘rib o‘tirishdan ko‘ra, ko‘chada izg‘ib yurganim yaxshi.

Odil va Gavhar bir narsa demoqchi bo‘ldi, lekin Aziz ularni eshitmadi. Yuzini sovuq shamol urganida ham g‘azabi bosilmadi. Ichida faqat bitta fikr aylanardi: Agar xolasi tirik bo‘lganda, Mohira bu yerda bo‘lmasdi. Unga atalgan mehr hamon o‘ziga tegishli bo‘lardi.

Aziz sovuq shamolni pisand qilmay ko‘chani kesib o‘tdi. Kechasi shaharning havo yo‘lagi sigaret va yoqilg‘i hidiga to‘lib, uning ichidagi g‘azabni yanada qo‘zg‘ardi. Atrofida harakatlanayotgan odamlar unga mutlaqo begona edi.

U birinchi duch kelgan do‘konga kirdi.

— Aziz (zerikkancha):
— Bitta "Marlboro".

Sotuvchi unga e’tibor ham bermay, sigaretni uzatdi. Pulini tashlab, do‘kondan chiqdi va qorayib turgan bir binoning oldiga borib o‘tirdi. Gugurt chaqib, sigaretni yoqdi. Havo ichiga tortildi. Yo‘q, bu ham uni tinchlantirmasdi.

U bolaligini esladi. Har doim e’tibordan chetda qolgan paytlarini. Xolasi hali tirik paytda ham ota-onasi unga yetarlicha mehr bermagan edi. U o‘zining keraksizligini his qilgan, asta-sekin shafqatsiz va befarq insonga aylangan edi. Lekin Mohira...

U orqasidagi devorga mushti bilan urdi. Og‘riq kaftidan yuragiga o‘tdi. Agar u bo‘lmaganida, balki ota-onasi unga ko‘proq e’tibor qaratardi. Hamma narsa unga tegishli bo‘lishi kerak bo‘lgan holda, Mohira hammasini tortib olgan edi.

Aziz sigaretni tashladi va o‘rnidan turdi. Bu tun shunchaki ko‘chada o‘tmaydi. U klub tomon yo‘l oldi.

Klub ichkarisidan portlayotgan musiqa ovozi ko‘chaga chiqib ketayotgandek edi. Yorug‘liklar betartib miltillardi, havo spirt va tamaki hidiga to‘lib ketgan. Aziz ichkariga kirishi bilan o‘zini yengil his qildi. Bu yerda hech kim undan nimanidir talab qilmasdi.

U bar yoniga borib, eng qimmat skotchdan buyurtma berdi. Qorong‘u burchakda uch kishi unga zimdan qarab turardi.

— Farruh (piqirlab):
— Ko‘ryapsanmi? Oddiy odam bunday skotch icholmaydi.

— Rustam (qiziqib):
— Ha, balki u bizga kerak bo‘lishi mumkin.

— Jalol (sokin ohangda):
— Kelinglar, uni sinaymiz.

Jalol o‘ziga xos vazminlik bilan stulidan turib, Aziz tomon yurdi.

— Jalol (do‘stona ohangda):
— Salom, uka. Bir o‘tirib, biz bilan bir stakandan ichmaysanmi? Ko‘rinishing o‘zingga yarashgan.

Aziz yelka qisdi. Bu kecha u biror narsa haqida o‘ylashni istamasdi.

— Aziz (beparvo):
— Nega yo‘q ekan?

U Jalolning yoniga bordi. Rustam va Farruh ham jilmayib, unga joy bo‘shatishdi. Skotch suzilgan stakanlar bir-bir urildi, ichimlik tomog‘idan quyilib tushgan sari suhbat ham ochildi.

— Farruh (yengil kulib):
— Bilasanmi, bu yerda chindan ham qiziqarli narsa bo‘lishi mumkin.

— Aziz (qiziqib):
— Qanaqa?

Rustam jilmayib, kartalarni olib chiqdi.

— Rustam (pichirlab):
— Qimor. Eng qimmat garovlar bilan.

— Jalol (kuchli ohangda):
— Pul, mashina, hatto odamlar ham.

Azizning qoni qizidi. Pul unga hech qachon ortiqcha bo‘lmagan. U qimorga tikilgan narsalarni eshitib, bir lahza ham o‘ylamay bosh irg‘adi.

— Aziz (kulimsirab):
— Men o‘ynayman.

U kartalarni qo‘liga oldi. Bu tun uzoq bo‘lishi aniq edi.

' Aziz, 21 yoshda '

Aziz kartalarni aralashtirar ekan, ro‘parasida o‘tirgan Jalolga beixtiyor ko‘zi tushdi. Uning yuzi qandaydir g‘alati edi – qari, tajribali, ammo ayni paytda o‘zidan nimadir sovuq taratardi. Go‘yo u hamma narsani avvaldan biladi. Ko‘zlari tubsiz, tabassumi esa juda sun’iy tuyuldi.

Aziz shartta nigohini boshqa tomonga burdi. Muhimi – g‘alaba. Pul har doim kerak. U kartalarini oldi va o‘yinga sho‘ng‘idi.


Bu paytda Mohira mehmonxonada ota-onasi bilan o‘tirardi. Gavhar choy quyarkan, ohangdor ovozda so‘z boshladi.

— Gavhar (xotirjamlik bilan):
— Aziz bugun yana g‘oyib bo‘ldi. Senga gapirmadi, shundaymi?

Mohira qoshiq bilan choyini aralashtirib, beparvo yelka qisdi.

— Mohira (boshini sarak-sarak qilib):
— Uning qayerda yurgani menga farqi yo‘q.

— Odil (chuqur xo‘rsinib):
— Baribir, u sening akang.

Mohira yalt etib otasiga qaradi.

— Mohira (keskin):
— Yo‘q. U mendan yoshi katta bo‘lishi mumkin, lekin menga aka emas.

Stol ustiga og‘ir sukunat cho‘kdi. Gavhar yengil xo‘rsindi.

— Gavhar (yumshoq ohangda):
— Sen baribir haddan tashqari qattiqqo‘lsan, qizim.

— Mohira (tovushini pasaytirib):
— Balki. Lekin men o‘zimning kelajagim bilan bandman.

Mohira bu mavzuni yopishni istadi. U endi Aziz haqida o‘ylashni xohlamasdi. Beparvo ohangda tasdiqladi:

— Mohira (ohista):
— Yaqinda Toshkentda iqtidorlar tanlovi bo‘ladi. Men ishtirok etaman.

Odil va Gavhar bir-biriga qarashdi.

— Odil (faxrlanib):
— Albatta, sen g‘olib bo‘lasan. Pianinoda sening darajangda o‘ynaydiganlar kam.

Mohira yengil tabassum qildi. Ha, bu haqiqat edi. Uning nomi allaqachon mashhur bo‘lib ulgurgan. Har bir chiqishi oilasiga katta daromad keltirgan, Mohiraning o‘zi esa bundan shunchaki zavq olgan.

— Mohira (mehmonxonadan chiqib ketarkan):
— Men mashq qilishim kerak.

U xonasiga yo‘l oldi. Orqasidan ota-onasining nigohi kuzatib qoldi.

Mohira xonasiga kirib, eshikni asta yopdi. Ichkarida faqat o‘zi va sokinlik bor edi. U barmoqlarini cho‘zib, mashq qila boshladi. Uzoq vaqt davomida pianino chalayotgan odam uchun qo‘llar doim mukammal bo‘lishi kerak.

U chuqur nafas olib, pianino oldiga o‘tirdi. Barmoqlari tugmalarga mayin tegdi. Bir necha soniyalik sukunatdan so‘ng, xonani Motsartning ohanglari to‘ldirdi. Birinchi notalardan boshlab, butun uyga yoqimli ohang tarqaldi.

Pastda Gavhar va Odil ovozlarni eshitib, bir zum jim qolishdi. Keyin Gavhar o‘g‘liga ta’na qilgan ohangda kulimsiradi.

— Gavhar (faxr bilan):
— Eshitayapsanmi? Bu Mohira! Bizning qizimiz!

Odil ham bosh silkib, lablarini qimtidi.

— Odil (mag‘rur):
— Qarang-a, qanday iste’dod! Mohira bu oilaga shon-shuhrat keltiradi!

Gavhar kulib, yana qo‘shib qo‘ydi:

— Gavhar (achchiq kinoya bilan):
— Hech bo‘lmasa biri bizni uyaltirmaydi…

Odil tushunarli jilmaydi. Ikkovlari yana Mohirani gapira boshladi, uni maqtab, kelajagi haqida gapirishdi. Aziz esa eslanmadi ham.

Mohira esa pastdan eshitilgan gaplarni eshitmadi. U hozir faqat notalar, musiqa va o‘z olami bilan band edi.

Aziz kartalarni stolga g‘azab bilan tashladi. Ko‘zlari qonga to‘lgandek edi. Uning oldida hech vaqo qolmagan edi. Bor pulini boy berib, endi jahlini tiyolmayotgandi.

— Aziz (tishlarini g‘ijirlatib):
— Bu qanaqasi?!

Farruh va Rustam kulib, yelka qisishdi.

— Farruh (bosh chayqab):
— O‘yin shunaqa, bola. Yutqazadiganlar har doim bo‘ladi.

Aziz o‘rnidan sapchib turmoqchi bo‘ldi, lekin shu payt Jalol sokinlik bilan oldiga pul tashladi. Juda ko‘p pul. Hatto Aziz hayotida bunchasini bir joyda ko‘rmagan edi.

— Jalol (sokin, ohangdor ovozda):
— Agar shunday pulni doim topishni istasang, men senga imkoniyat bera olaman.

Aziz shubha bilan unga qaradi.

— Aziz (qiziqish va ehtiyotkorlik bilan):
— Qanaqa imkoniyat?

Jalol sekin orqaga suyanib, atrofga ko‘z yugurtirdi.

— Jalol (mamnun ohangda):
— Oddiy ish. Sen shunchaki bir odamni kuzatib yurasan, tamom.

— Aziz (ko‘z qisib):
— Kimni?

Jalol kulimsiradi.

— Jalol (ohista pichirlab):
— Bu hozir senga muhim emas. Muhimi – senga hech qanday zarar yetmaydi. Ishing oddiy: faqat nazorat, vaqti-vaqti bilan bizga ma’lumot berish.

Aziz shubhalanib, o‘ziga tashlangan pullarga qaradi. Jalol esa bardavom so‘zlashda davom etdi.

— Jalol (jiddiy):
— Pul hamisha shu yerda bo‘ladi. Sen faqat kerakli odam bo‘lishing kerak.

Aziz bir lahzaga o‘ylanib qoldi. Bu shubhali edi, lekin... bunday imkoniyat o‘z-o‘zidan kelavermaydi.

Farruh unga qadah uzatdi.

— Farruh (muttahamlik bilan):
— Shunday katta puldan keyin to‘g‘ri qaror qilish kerak, ha, Aziz?

Rustam va Jalol ham qadahlarini ko‘tardi. Aziz ikkilanib turdi-da, so‘ng skotchni olib, ichdi. Uning tomog‘idan achchiq suyuqlik o‘tarkan, atrofdagi kulgilar uning quloqlarida yangradi.

Oradan bir hafta o‘tdi. Aziz endi boshqa hayot kechirayotgandi. Jalolning “ko‘magi” bilan u shaharning eng nufuzli kompaniyalaridan biriga ishga joylashdi. Oddiy xodim emas, balki katta lavozimda.

Bu hammaning hayratiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, ota-onasi buni eshitgach, ko‘zlariga ishonishmadi.

Oilang ichida:

— Gavhar (ajablanib):
— Aziz, sen… sen bu ishni qanday topding?

Aziz kulimsirab, beparvo qo‘llarini yoydi.

— Aziz (mamnunlik bilan):
— Men doim imkoniyat kutganman, oyijon. Va nihoyat, yetib keldim.

Odil unga shubhali tikildi, lekin baribir ich-ichidan o‘g‘li haqida yaxshi o‘ylashni xohlardi.

— Odil (o‘ylanib):
— Mmm… yaxshi. O‘zingni ko‘rsat!

Gavhar ham baxtiyor jilmaydi.

— Gavhar (mamnun ohangda):
— Ha, Aziz, endi sendan shikoyat qilmaymiz, axir rostdan ham voyaga yetding shekilli.

Aziz buni eshitib, ichida g‘alaba tuyg‘usini his qildi. Nihoyat, endi unga hech kim past nazar bilan qarashmaydi. Endi hamma uni hurmat qiladi.

Mohira esa bu vaqtda hech narsaga qiziqmas, doimgidek tanlov dardi bilan band edi. U pianino oldida so‘nggi mashg‘ulotlarini qilib, tanlov uchun mukammal bo‘lishga harakat qilardi. Uning dunyosi san’at va kelajagi edi, boshqa hech narsa uni qiziqtirmasdi.

Aziz esa ichida kulib qo‘ydi. Endi hamma uni hurmat qiladi. Lekin u hali barchasi endi boshlanayotganini bilmas edi...

' E'tiboringiz uchun raxmat, hikoya muallifi #Diva (N.Mo), tez orada yangi qismlar bilan ko'rishguncha '