Qor parchasi
Qor ayovsiz yog‘ardi. Osmon oppoq tilla changiga o‘xshab yerga mayin tushayotgan bo‘lsa-da, Layloning yuragida bu qor iliqlik emas, og‘irlik bag‘ishlardi. Sovuq havo yuzini qizarib ketishiga sabab bo‘ldi, lekin u buni sezmadi ham. Yuragi siqilganidan nafas olishi qiyinlashardi. Bugun uning to‘yi edi… U esa hali turmushga tayyor emasdi.
"Yor-yor" sadolari osmonu falakni larzaga keltirar, atrofdagi olomon shodon edi. Laylo esa atrofga yovvoyi begona tush bo‘lib boqardi. Ko‘ksida og‘riq, ko‘zlarida yosh bilan u asta-sekin qadam tashlardi. Oq libosi qorda yaltirardi, ammo yuragida faqat zulmat hukmron edi.
Qanchalik yuragini bo‘g‘ayotgan bo‘lsa-da, u ota-onasining so‘zini ikki qila olmasdi. Shu bois, boshini egib, asta-sekin qadam tashladi. To‘rt taraf bayram kayfiyati bilan to‘la edi, lekin Laylo buni his qilmasdi. U bu to‘yni istamagan edi.
Manzilga yetib kelishganda, Laylo ko‘zlarini katta ochdi. Qarshisida ulkan villa qad rostlagan edi. Uning bolaligidan yashagan kichkina uyi oldida bu bino naq bir saroyga o‘xshardi. Darvozalar baland, fasad hashamatli, bog‘ esa qor ostida ham go‘zallikni saqlab qolgandi.
Bu joy xuddi boshqa dunyoga o‘xshardi… va Laylo o‘zini shu dunyoga tegishli emasdek his qildi.
Murod—endi uning turmush o‘rtog‘i—so‘zsiz oldinga yurdi. Laylo esa yurak hovuchlab unga ergashdi. U hali ham bu hayotiga ishonolmas, bu eshik ortida uni qanday taqdir kutayotganini tasavvur ham qila olmasdi.
Ichkariga kirishi bilan, iliq havoning yuziga urilishi uni bir zum titratib yubordi. Ammo bu issiqlik ham yuragidagi muzlikni eritib yubora olmadi.
Ustidan qalin oq ro‘molini yechib, atrofga ko‘z yugurtirdi. Har bir burchak boylik, hashamat va sovuqqonlik bilan yo‘g‘rilgan edi. Yuragi yana siqildi.
Laylo seskanib, Murodga qaradi. U esa sukut saqlab, ortiga ham qaramasdan zinadan yuqoriga ko‘tarildi. Laylo uning ortidan jimjiklik bilan yurdi.
Ko‘zlaridan yosh bemalol oqardi. Bu yangi hayot, bu devorlar, bu notanish odam… Hali hammasi tushga o‘xshardi, faqat tushlar odatda iliq bo‘lardi. Bu esa… shunchaki sovuq edi.
Tashqarida qor yog‘ishda davom etardi…
' Qor parchasi Layloning kaftiga qo‘ndi, ammo u erib ketdi… Xuddi uning orzulari singari. '
Ular yotoqxonaga kirishdi. Xona yirik va hashamatli bo‘lsa-da, Layloga bu joy begona va sovuq tuyuldi. Yuragi gupillab urar, kaftlari muzlab qolgandi. Murod eshikni sekin yopdi-da, unga bir lahza tikilib turdi.
— Murod (sovuqqonlik bilan):
— O‘tir.
Laylo bir so‘z demay, unga bo‘ysundi. Ehtimol, shunchaki ortiqcha gap-so‘z bo‘lishini istamaganidan, ehtimol, yuragi haddan tashqari tez urayotganidan. U asta kresloga cho‘kdi, kaftlarini tizzasiga qo‘ydi.
Murod unga yaqinlashdi. Sekin qo‘lini uzatib, Layloning mayin, titroq barmoqlarini ushladi. U bir necha soniya qo‘llarini ushlab turdi, keyin ohista lablariga olib borishga urindi.
Ammo Laylo shartta qo‘lini tortib oldi. Ko‘zlari qo‘rquv va noilojlik bilan chaqnadi. Nafasi tezlashdi.
Murod bir lahza sukut saqladi. So‘ng, yuzidagi sovuq ifodani yo‘qotmagan holda, sokin, lekin aniqlik bilan gapira boshladi.
— Murod (xotirjam, qat’iy ovozda):
— Men senga shunchaki xotin sifatida qaramayman, Laylo. Menga avlod kerak. Bolam bo‘lishini istayman. Yoshim o‘tib boryapti. Ortiq kutolmayman.
Laylo beixtiyor titrab ketdi. Uning nafasi bo‘g‘ildi. Onasining oldida tug‘uruq jarayonlarida qancha ayollarni qiynalayotganini ko‘rgan bolaligi yodiga tushdi. Og‘riq, qichqiriqlar, ko‘z yoshlari…
Ko‘zlari katta-katta ochildi. Oyoqlari muzlab, yuragi g‘ujanak bo‘ldi. U g‘ing‘illab yubordi:
— Laylo (tovushi titrab, zo‘rg‘a):
— Men… men tug‘a olmayman… Yani, men bundan… men bundan qo‘rqaman…
Murodning yuzi qorayib ketdi. Ko‘zlari o‘tkir va muzdek bo‘ldi. U bir necha soniya Layloga tikilib turdi, so‘ng sekin oldinga egilib, sovuq ovozda gapirdi:
— Murod (qat’iy, buyruq ohangida):
— Bu sening tanloving emas, Laylo. Sen bu uyning kelinisanku, shunday emasmi? Demak, o‘z vazifangni bajarasan.
Laylo bu so‘zlarni eshitishi bilan butun tanasi muzlab qolgandek bo‘ldi. Yuragi shiddat bilan urardi. U o‘zini bir changal ichida qolib ketgandek his qildi.
Ko‘zlaridagi yosh endi ortiq ushlanmasdi. U qaltiragancha, bosh chayqadi va Murodning oldida tiz cho‘kkan holda iltimos qildi:
— Laylo (yig‘lab, iltijo ohangida):
— Iltimos, hech bo‘lmasa ozroq vaqt bering! Men tayyor emasman… iltimos!
Ammo Murodning yuzi o‘zgarmadi. Uning nigohlari qattiq va sovuq edi. U go‘yo Layloning so‘zlarini umuman eshitmayotgandek oldinga bir qadam tashladi.
— Murod (e’tiborsiz, sovuq ohangda):
— Vaqt yo‘q.
U Layloning bilagidan ushlamoqchi bo‘ldi. Ammo shu onda Laylo ortga harakatlandi. Ko‘zlari qo‘rquv bilan chaqnadi. Yuragi gurs-gurs urib, tanasi qattiq titrar edi.
Murod hayratdan qoshlarini chimirdi. Uning nigohida bir lahza tushunmovchilik aks etdi. U bunday qo‘rquvni kutmagandi.
— Murod (hafsalasi pir bo‘lib, chuqur nafas olib):
— Nima qilyapsan, Laylo?
Lekin Laylo allaqachon esankiragan, vahima ichida edi. U hatto o‘ylashga ham ulgurmadi. Faqatgina yuragi unga bitta narsa buyurardi—qoch!
Oyoqlariga qanchalik og‘ir kelmasin, u yashin tezligida eshikka qarab intildi. Yuragi gupillab urib, nafasi bo‘g‘ilib ketayotgan edi. Bu joy, bu odam, bu devorlar… barchasi uni bo‘g‘ayotgan edi!
— Murod (g‘azab bilan baqirib):
— Laylo! To‘xta!
Lekin Laylo eshitmasdi. Faqat oldinga, faqat qochishga harakat qildi. U zinapoyaga yetib keldi va pastga qarab yugurdi. Ammo ortidan shiddat bilan kelayotgan Murodning og‘ir qadam tovushlari yuragini battar siqib qo‘ydi.
Laylo shosha-pisha zinadan tushishga urinarkan, to‘satdan uzun ko‘ylagi oyog‘iga chirmashib ketdi. U muvozanatini yo‘qotib, oldinga qoqildi. Yuragi dahshat bilan siqilib ketdi.
Ammo yiqilishiga ulgurmay, kimdir uni mahkam tutib oldi. Kuchli qo‘llar belidan mahkam ushlab, yuqoriga ko‘tardi. Laylo ko‘zlarini katta ochdi—bu Murod edi.
— Murod (sovuqqonlik bilan):
— San qocha olaman deb o‘yladingmi?
Laylo vahimaga tushib, qutulishga urindi. Lekin Murod uni xuddi bir parcha yengil matodek bemalol ko‘tarib, yana xonaga yo‘l oldi. Laylo bo‘g‘iq yig‘lab, jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatardi.
— Laylo (yig‘lab, yolvorib):
— Iltimos! Murod, iltimos! Meni qo‘yib yuboring… Yalinaman…
Ammo Murod go‘yo hech narsa eshitmagandek davom etdi. Uning yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi—sovuq, qat’iy va murosasiz. U Layloni yotoqxonaning ichkarisiga kiritdi, so‘ng eshikni ichkaridan qulfladi.
Laylo titrar, ko‘zlaridan tinmay yosh oqardi. Yuragi vahm ichida g‘ujanak bo‘lib, bo‘g‘ilib ketayotgandi. Lekin Murod unga hatto bir qarash ham tashlamay, tun qorong‘uligida unga yaqinlasha boshladi...
Ertalab quyoshning zaif nurlari xona burchaklarini yoritardi. Havoda haligacha kechagi og‘irlik osilib turardi.
Laylo asta ko‘zlarini ochdi. Butun tanasi og‘riqdan qahrlandi. Go‘yo har bir qoni siqilib, har bir muskuli ezilib ketgandek edi. U chuqur nafas olib, o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi, ammo tanasi unga itoat etmasdi.
U alanglab atrofga qaradi—haligacha o‘sha begona, sovuq xonada edi. Yuragi siqilib ketdi. Qaltiragancha tizzalarini quchoqlab, boshini ularga tiradi.
Ko‘zlaridan jimjit yosh oqdi. Nafasi qisilib, yuragi siqilardi. Pichirlab shivirladi:
— Laylo (nafrat bilan, titroq ovozda):
— Ota-onam… nega bunday qilishdi? Nega meni sotishdi?..
U o‘zining bo‘g‘iq ovozini eshitib, yanada ezildi. Endi uning orqasida hech kim yo‘q edi. Endi u yolg‘iz edi.
Shu paytda pastda, mehmonxonada Murod noutbuk oldida o‘tirar, xotirjam ishini bajarayotgandi. Uning yuzida odatdagidek sovuqqon ifoda aks etardi, lekin barmoqlari klaviaturada yurarkan, nimadir unga noqulaylik tug‘dirayotganini sezdi.
U harakatini to‘xtatdi va sekin qo‘llariga qaradi. Kecha Layloning tirnog‘idan qirib tashlangan joylari qizarib ketgan, achishib turardi.
Murod chuqur uf tortdi. Og‘riq unga qiziq emasdi—u bunday narsalarga e’tibor bermasdi. Lekin hozir… qandaydir g‘ashlik his qildi.
U stol chetidagi gel shishasini oldi, qopqog‘ini ochib, sovuq dori surtilgan mayin moddaning bir qismini qo‘llariga surtib chiqdi. Keyin esa noutbuk ekraniga qarab, ishini davom ettirdi.
Uning miyasi esa allaqachon Laylo bilan kechagi tunga qayta-qayta borardi.
Oradan vaqt o‘tdi. Laylo xonasidan deyarli chiqmas, u doimiy ravishda o‘zini begona his qilardi. U hech kimga ishonmas, hatto Murodga ham. Uning uchun bu nikoh shunchaki qafas edi.
Murod esa bunga unchalik ahamiyat bermasdi. U har doimgidek tinchgina yangilik kutardi. Hayotida nimadir o‘zgarishini istardi, lekin hozircha hammasi shu holatda davom etardi.
Bugun u doktori bilan uchrashuvga borishi kerak edi. Xonadan chiqib, mashinasiga o‘tirdi va klinikaga yo‘l oldi. Ichkariga kirganida uni allaqachon tanib qolgan hamshira yo‘lak bo‘ylab xonaga boshladi.
— Doktor (qog‘ozlarga qarab, jiddiy ohangda):
— Murod, men senga oldin ham tushuntirganman. Sen kasallikning og‘ir bosqichidasan. OITS bilan yashash qiyin, lekin imkonsiz emas.
Murod kresloga chuqur botib, tizzasini siladi.
— Murod (sokin, beparvo ohangda):
— Hali ham qancha vaqtim bor?
— Doktor (hafsalasiz):
— Agar dori-darmonlarni o‘z vaqtida qabul qilsang, ehtiyot choralarini ko‘rsang, 10 yil yashash imkoniyating bor.
Murod yengilgina kulib qo‘ydi.
— Murod (o‘ziga pichirlab):
— Atigi 10 yilmi?
Doktor hech nima demadi. Uning bu yengiltak munosabatiga ko‘nikib bo‘lgan edi.
— Doktor (ko‘zlarini qisib):
— Murod, bu hazil emas. Agar jiddiy qabul qilmasang, bundan ham kam yashaysan.
Murod yelka qisdi. U allaqachon real hayotni qabul qilgandi. Aynan shu sabab ham duch kelganga uylangan edi. Chunki hech kim uni ataylab tanlamasdi.
Shifokor yana nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Murod o‘rnidan turib, qog‘ozlarga qaramay chiqib ketdi. Klinika oldida mashinasiga o‘tirarkan, yuragiga allaqanday bo‘shliq cho‘kdi. U atigi 10 yil ichida nima qilishni istardi?
Murod mashinasini sekin haydab borarkan, chuqur o‘yga botdi. Agar omadi kelsa va Laylo homilador bo‘lsa, hech bo‘lmaganda o‘z imperiyasiga voris qoldirgan bo‘lardi. Lekin bola ulg‘ayguncha-chi? O‘n yildan keyin kim uni tarbiyalaydi? Qanday hayot kutadi uni?
Murod barmoqlari bilan rulni ohista taqillatdi. Hayotning bunday rejasiga tayyor emasdi. Lekin vaqt o‘tib borardi…
U yo‘l harakatiga e’tibor bermay, shunchaki mashinani boshqarib borardi. Nigohi bir nuqtaga qadalgan, harakatlari avtomatik ravishda davom etardi. Qizil chiroq yonib, mashinalar sekinlashayotgan edi.
Murodning mashinasi oldida nimadir qattiq zarb bilan urildi. U muzlab qoldi. Yuragi gupillab urardi. Sekinlik bilan tormoz bosib, boshini ko‘tardi. Ko‘chada odamlar hayrat va vahima bilan gaplashayotgan, kimdir qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib shivirlardi.
Murod sekin mashinadan tushdi.
U yerda, yerda yotgan ayol bor edi. U yonga burilib olgan, qo‘llarini qorniga bosib, jon talvasasida ingrayotgandek harakat qilardi.
— Ayol (titroq ovozda, qattiq ingrash bilan):
— Yo‘q… iltimos… menga yordam bering… men… men o‘lyapman…
Murod buni birinchi marta ko‘rayotgani yo‘q edi. Ayolning harakatlari ortiqcha dramatik edi, shuning uchun ham u darrov bu spektakl ekanini tushundi. Bir lahza yuzini burib, sochlarini orqaga silkitdi va chuqur nafas oldi.
— Murod (qattiq xo‘rsinib, sovuq ohangda):
— Yana shunaqalardan biri…
U qadam tashlab borib, ayolni qo‘llaridan shartta ko‘tarib oldi. Ayol hansiragancha, nozik bilaklari siqilgani uchun og‘riq hissini yashira olmadi.
— Ayol (talvasaga tushgancha, beixtiyor baqirib):
— Qo‘yib yuboring! Agar pul bermasang, politsiyaga topshiraman!
Murod unga beparvo nigoh tashladi. Keyin sekin bosh chayqadi.
— Murod (beparvo kulimsirab):
— Politsiyami? Yaxshi, chaqir. Ammo bunga afsus qilishing aniq…
Ayol nigohida ikkilanarli qo‘rquv paydo bo‘ldi. Murod esa uni mashinasining old o‘rindig‘iga joylab, eshikni shart yopdi va o‘zi yoniga o‘tirdi. Mashina ichida og‘ir sukunat cho‘kdi.
Murod rulga suyanib, boshini biroz qimirlatdi.
— Murod (pichirlab, o‘ziga o‘zi):
— Hozir nima qilishim kerak…
' E'tiboringiz uchun raxmat, hikoya muallifi #Diva (N.Mo), tez orada yangi qismlar bilan ko'rishguncha '