April 5, 2025

Alpha Mareonette

' BOB - 1: Kutilmagan taqdirim '

Bilasizmi? Bu dunyoning eng dahshatli qo‘rquvi nimada yashiringan?

Albatta, hokimiyat tepasiga Alfa irqi o‘tirishida. Bu qo‘rquv endi orqaga qaytmaydi. U amalga oshdi. O‘sha qudratli, hukmron alfalar bir kun kelib butun dunyoni boshqarishini aytishgandi — va shunday ham bo‘ldi. Ular hokimiyat tepasida turgan betalarni qulatdi. Endi qonunlar ham, adolat ham faqat alfa irodasiga bo‘ysunadi.

Mana, besh yildirki, beta irqiga mansub insonlar jamiyatda ezilib yashaydi. Ular uchun hech qanday imkon, umid, huquq qolmadi.

Lekin bu falokat betalarga emas, eng avvalo bizga – omegalar uchun qaratilgan.

Men — 16 yoshli omega qizman. Va men belgilangan emasman. Ya’ni, hali hech bir alfaga tegishli emasman. Bu so‘z — ilgari erkinlik belgisidek tuyular edi. Ammo endi u xavf degani. Belgilanmagan har bir omega, alfalar uchun o‘lja hisoblanadi. Istalgan vaqtda, istalgan joyda, istalgan alfa seni o‘ziga "tegishli" qilib belgilab qo‘yishi mumkin. Bu — qonun. Bu — jazo. Bu — qutulib bo‘lmas taqdir.

Men hali alfaga tegishli emasman. Shu sabab, men yashirinaman. Nafas olishga jur’at qilolmayman. O‘z soyamdan ham qo‘rqaman.

Avvallari alfalar faqat birgina juft tanlashi mumkin edi. Bu tartib edi. Bu axloq edi. Lekin hozir? Endi ular ochko‘zlikda chegarani ham unutishgan. Ular istagancha omegani belgilay oladi. Istagancha egallaydi. Istagancha tortib oladi.

Shaharda belgilanmagan omegalar soni 8 foizgacha tushgan. Biz kammiz. Kam va zaif. Har kuni bittamiz yo‘qoladi. Har kuni bittamiz "egalanadi".

Eng og‘ir zarba esa shunda bo‘ldi: ilgari omegani belgilash mumkin bo‘lgan yosh 21 deb belgilangan edi. Endi esa bu yosh 16 ga tushirildi.

Men hozir aniq nishondaman.

Men — navbatdagi belgi ostidagi "o‘lja"man.

O‘zimni ko‘zguda ko‘rganimda, hali ham bolaligimni ko‘raman. Lekin ular men uchun faqat bir narsa ko‘rishadi — belgilanmagan omega.

Men hayotimda hech kimga kerakli bo‘lmaganman. Onam meni tug‘ayotganida vafot etgan. Otam esa… meni bu dunyoga "foydasi" uchun olib kelganini hech yashirmagan. Endi esa, bu yangi qonunlar unga imkon berdi — u meni bir alfaga "sotishga" harakat qilmoqda.

Men bu dunyoda hech narsaga ega emasman. Faqat bitta narsam bor — umid. Va ehtimol, qochish uchun bir imkon.

Bu tun... boshqalardan farqli edi.

Men yotoqda qilt etmay yotardim. Ko‘zim yumuq edi, lekin yuragim tinch emas. Har doim uxlab qolishimdan oldin, yuragimda bir savol paydo bo‘ladi: "Ertaga men ham yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lamanmi?"

Oshqozonim g‘ash edi, yuragim esa og‘ir. Qorong‘ilik, sokinlik, faqat yelkamda past ovozda ishlayotgan ventilyatorning shivillashi.

Shunda… kimningdir nafas olishini eshitdim.

Sekin, biroz ehtiyotkor harakatlar. Qadam tovushlari. Xonamning eshigi g‘iyq etib ochildi. Ko‘zlarimni ochmaslikka harakat qildim, ammo yuragim urib ketdi.

Shiqillab tushirilgan narsa ovoz chiqardi. Klik.

Kameraning ovozi.

Sekin ko‘zlarimni ochdim.
Klik. Yana rasm. To‘shagim tepasida otam turardi.

— Jiwon (qattiq nafas oldim)
— Ota! Nima qilyapsiz! — deya uchqirdim.

Otam orqasiga qaradi. Qo‘lidagi eski, chang bosgan telefonini ko‘rsatdi. So‘ng tirjaydi. O‘sha jirkanch, beg‘am, beparvo tirjayish. Men hech qachon uning kulgisidan iliqlik sezmaganman.

— Endi hammasi tayyor, — dedi u, ovozida shunchalik yengillik bor ediki, yuragim orqaga tortildi. — Sening rasmlaringni allaqachon yuklab bo‘ldim. E’lon ham chiqdi. Qiymating yuqori, Jiwon. Juda ham yuqori. Bugun ertalab bir necha alfalar savdolashishni boshlashdi.

Men battar qo‘rqdim. Nafasim tezlashdi.

— Jiwon (ko‘zlarimda yosh, lekin ovozim qattiq)
— Siz… siz meni sotayapsizmi?! Men odamman! Qizingizman axir!

U esa faqat kuldi.

— Pulni olganimdan keyin yangi hayot boshlayman. Endi men seni boqish uchun yashamayman. E’lonning oxirida yozdim: "To‘liq huquq bilan topshiriladi." Yaxshi narxda ketasan.

Shunchaki shunday dedi-da, go‘yo bu hech qanday ahamiyatga ega emasdek, xonadan chiqib ketdi.

Men esa yotoqda qotib qoldim.

Ichimda nimadir portladi. Nafrat, iztirob, umidsizlik. Va eng ko‘p — g‘azab.

Men tirikman. Men narsamasman. Va men bu dunyoda sotiladigan buyum bo‘lish uchun tug‘ilmaganman.

Bu yerda qololmayman. Qochishim kerak. Hozir. Shu tun. Shu on.

Bu tun... boshqalardan farqli edi.

Men yotoqda qilt etmay yotardim. Ko‘zim yumuq edi, lekin yuragim tinch emas. Har doim uxlab qolishimdan oldin, yuragimda bir savol paydo bo‘ladi: "Ertaga men ham yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lamanmi?"

Oshqozonim g‘ash edi, yuragim esa og‘ir. Qorong‘ilik, sokinlik, faqat yelkamda past ovozda ishlayotgan ventilyatorning shivillashi.

Shunda… kimningdir nafas olishini eshitdim.

Sekin, biroz ehtiyotkor harakatlar. Qadam tovushlari. Xonamning eshigi g‘iyq etib ochildi. Ko‘zlarimni ochmaslikka harakat qildim, ammo yuragim urib ketdi.

Shiqillab tushirilgan narsa ovoz chiqardi. Klik.

Kameraning ovozi.

Sekin ko‘zlarimni ochdim.
Klik. Yana rasm. To‘shagim tepasida otam turardi.

— Jiwon (qattiq nafas oldim)
— Ota! Nima qilyapsiz! — deya uchqirdim.

Otam orqasiga qaradi. Qo‘lidagi eski, chang bosgan telefonini ko‘rsatdi. So‘ng tirjaydi. O‘sha jirkanch, beg‘am, beparvo tirjayish. Men hech qachon uning kulgisidan iliqlik sezmaganman.

— Endi hammasi tayyor, — dedi u, ovozida shunchalik yengillik bor ediki, yuragim orqaga tortildi. — Sening rasmlaringni allaqachon yuklab bo‘ldim. E’lon ham chiqdi. Qiymating yuqori, Jiwon. Juda ham yuqori. Bugun ertalab bir necha alfalar savdolashishni boshlashdi.

Men battar qo‘rqdim. Nafasim tezlashdi.

— Jiwon (ko‘zlarimda yosh, lekin ovozim qattiq)
— Siz… siz meni sotayapsizmi?! Men odamman! Qizingizman axir!

U esa faqat kuldi.

— Pulni olganimdan keyin yangi hayot boshlayman. Endi men seni boqish uchun yashamayman. E’lonning oxirida yozdim: "To‘liq huquq bilan topshiriladi." Yaxshi narxda ketasan.

Shunchaki shunday dedi-da, go‘yo bu hech qanday ahamiyatga ega emasdek, xonadan chiqib ketdi.

Men esa yotoqda qotib qoldim.

Ichimda nimadir portladi. Nafrat, iztirob, umidsizlik. Va eng ko‘p — g‘azab.

Men tirikman. Men narsamasman. Va men bu dunyoda sotiladigan buyum bo‘lish uchun tug‘ilmaganman.

Bu yerda qololmayman. Qochishim kerak. Hozir. Shu tun. Shu on.

Men darrov o‘rnimdan turdim. Yuragim bo‘g‘zimga tiqilib kelardi. Eshikdan qochsam otam ko‘rib qolishim mumkin. Shuning uchun deraza tomon yugurdim. Sovuq edi. Shunday bo‘lsa-da, qalin sviterimni yechakdan ushlab olib boshimdan o‘tkazdim. Pastda qanday tushishimni o‘ylamay, faqat ketish kerakligini bildim.

Sumkamni tortib chiqardim va tezlik bilan ichiga kerakli narsalarni joyladim: telefon, zaryadlovchi, suvli shisha, ozgina naqd pul, va eski daftarim. Men uchun eng aziz narsa edi u daftar. Bolaligimdagi orzularim, chizmalarim, she’rlarim bitilgan.

Derazani ochdim. Tashqarida sukunat. Osmon qorong‘u, shamol esa begona kabi yuzimni yalab o‘tardi. Osmonga bir qaradim. Bu mening birinchi qochishim, va ehtimol oxirgisi. Lekin boshqa choram yo‘q edi.

Pastga ilinishdan oldin, oxirgi marta sumkamni ochdim. Bir burchagidan omega heatini berkitadigan dezodorantni oldim. Hidi kuchli, lekin kerakli paytda meni qutqarishi mumkin.

— Ilojsiz emas, Jiwon, — dedim o‘zimga pichirlab. — Bu yer sening qabring bo‘lmaydi.

Shunda o‘zimga eng yaqin daraxt shoxiga oyoq qo‘ydim, derazadan sirg‘anib tushdim. Yerga qattiq urildim, lekin indamadim. Uzoqqa yugurdim, nafasim qisilib, yuragim urib ketardi, ammo har qadamda faqat bitta narsa yodimda edi — endi erkinman.

Men yugurdim. To‘xtamasdan. Nafasim qisilardi, ko‘ksim tirishib og‘riyotgan bo‘lsa ham, to‘xtamadim. Har bir qadamim meni otamdan, uydan, o‘sha jirkanch taqdirdan uzoqlashtirardi. Qorong‘ulik ichida ko‘chalar ketma-ket o‘tardi, oyoqlarim og‘rib ketgandi, lekin yuragim hali ham “tezroq, tezroq” deb urardi.

Shahar tomon yaqinlashayotganimda, atrofimda ko‘proq odamlar paydo bo‘ldi. Ular… ular alfalar edi.

Bo‘y-bastli, g‘ayratli, ba'zilari kostyumda, boshqalari sport kiyimda, ammo barchasining nigohi bir xil edi — tekshiruvchi, sovuq, baholovchi. Ular menga tikilib qarashardi. Men esa ko‘zimni yerga qadab, past bosib yurdim. Nafasimni ushlab, ularning orasidan iloji boricha tez o‘tishga harakat qildim.

Yuragim go‘yoki bo‘g‘zimga tiqilib chiqay deb turardi. Yuzimni burkab olgan edim, lekin baribir o‘zimni yalang‘och his qilardim. O‘zimni shunchalik zaif sezdimki, ichimda qattiq ezilish paydo bo‘ldi.

Ko‘chaning narigi tomonida bir harakat ko‘zimga tashlandi. Men ko‘zimni ozgina ko‘tardim… va yuragim yana urib ketdi.

Bir necha o‘smir alfalar kulib turardi. Ular orasida yerda yotgan yosh omega qizcha bor edi. U quvnoq emasdi, u o‘ynamayotgan edi… faqat bir nimalar deya tinmay iltijo qilardi. Yuzida tirnalgan joylar, qo‘llari ko‘karib ketgan. Uning ko‘zlaridagi umid o‘chib ketgandi.

Men to‘xtab qoldim. Ichim qattiq tirishdi.

— Iloyim… u qutulsin… — pichirladim.

Lekin men yordam bera olmasdim. Menda kuch yo‘q edi. Hozirda na kuch, na vosita, na vaqt… faqatgina yashirinishga, omon qolishga bo‘lgan ehtiyoj.

Men yuzimni yana yerga qaratdim, ko‘z yoshlarimni yutdim va qadamlarimni tezlashtirdim. Har bir qadam — ayb, har bir nafas — g‘azab.

Men endi hech qachon beg‘ubor bo‘lolmayman. Lekin bu shafqatsiz dunyoda kamida yashab qolishim kerak…

Hali kecha oddiy hayot orzusida yurgan bir omega edim. Endi esa… hayot uchun kurashyapman.

Men uzoq yurganimni sezmadim. Nafasim zo‘rg‘a chiqardi, oyoqlarim esa og‘riqdan uvillardi. Oxiri daraxtzor oralab, notanish yo‘lga chiqib qoldim. Qorong‘u osmonda oy yaltirardi, atrofda esa qushlar ham jim edi. Bu yer mashina yo‘liga o‘xshardi, ammo yo‘ldan na ovoz, na nur, na hayot alomati eshitilmasdi.

To‘xtadim.

Atrofimga ko‘z yugurtirdim. Har tomonda faqat daraxtlar. Qorong‘i, qalin va cho‘zilgan daraxtlar… ular shunchalik ko‘p ediki, osmonni ham to‘sib qo‘ygandek tuyulardi.

Yo‘l jimjit edi. Eshiklar yo‘q, uylar yo‘q, odamlar yo‘q… shunchaki yo‘l va daraxtlar.

Bo‘g‘zim quridi. Tilim tanglayimga yopishib qolgandi. Yuragim tez urardi.

— Bu yerda… bu yerda nima bor o‘zi? — deya pichirlab yubordim. Ovozim o‘z qulog‘imga g‘alati, yolg‘iz, dahshatli eshitildi.

Men bu joy haqida hech narsa bilmasdim. Bu yerda yirtqichlar bormi? Yoki alfalar yurganmi?

Yoki... menga o‘xshagan omegalar jasadi ham yotganmi?

Birdan orqamga qaradim. Hech kim yo‘q edi. Lekin yuragim hali ham joyidan otilib chiqayotgandek tuyulardi.

Oldimda uzun yo‘l. Orqamda xiyonatkor otam va qo‘rqinchli shahar. Yonimda esa faqat daraxtlar.

Men o‘rtada qolgan edim.

— Endi faqat oldinga. Faqat… oldinga, — dedim, yutunib.

So‘ng yana yurishni boshladim. Har bir qadamim daraxtlarning shivir-shiviriga aralashdi. Go‘yoki ular ham nimanidir aytmoqchidilar.

Bu yo‘l meni qayerga olib borishini bilmasdim. Lekin hozircha... bu men bor oladigan yagona yo‘l edi.

Taxminan bir soatcha yurdim. Oyoqlarim uvillab, bosganimda qaltirab ketardi. Og‘zimdan faqat og‘ir nafaslar chiqardi. Havo ham muzdek edi, har bir yutgan havoyim go‘yoki ichimni qirib tushayotgandek edi.

Tanamdagi issiqlik asta-sekin so‘nib borayotgandi, lekin yurishdan to‘xtash — bu o‘lim edi.

Birdan… uzoqdan mashina chiroqlari ko‘zga tashlandi.

Ko‘zlarim katta ochildi. Yuragim bir urib, so‘ng yana qattiq urdi.

— Mashina... — deb pichirladim.

Tezda yo‘l chetiga cho‘kdum va boshimni pastga egdim. Sochlarim yuzimni yopdi. Nafasimni ham ichga oldim.

Mashinani ko‘rib yuragim yana bir bora titradi.

Raqam... bu raqamni tanirdim. Bu oddiy raqam emas edi.

Bu turdagi raqamlar faqat hukumatdagi yuqori lavozimda ishlovchi alfalar, yoki... mafiya boshliqlariga tegishli bo‘lardi.

Bo‘g‘zim qattiq quridi. Ichimdan: “Faqat to‘xtama iltimos... iltimos…” deya yolvordim.

Mashina yurishda davom etdi. Men hatto bosh ko‘tarmadim, faqat g‘ildirak tovushlari uzoqlashishini kutdim.

Uzoqlashdi. Chindan ham ketdi.

Endi biroz nafas olishga ulgurdim. Ichimdan bir yengillik tuyildimi, ko‘zimni yumdim.

Ammo... orqamda eshitilgan sharrrqk degan tormoz ovozi yuragimni yana o‘rnidan sug‘urib olgandek bo‘ldi.

Boshimni ko‘tarmay qotib qoldim. Nafas olishni ham unutdim.

— Yo‘q… yo‘q iltimos… — deya o‘zimga zorlandim.

Orqamdagi mashina asta burilib, men tomonga qaytdi.

Men bo‘lsa, hech narsa demay yugura boshladim.

Barcha og‘riq, charchoq, muzdek havo — bir zumda yo‘qoldi. Faqat yurish, yugurish… tirik qolish kerak edi!

Qorong‘u o‘rmon ichiga, qalin daraxtlar orasiga sho‘ng‘idim. Tikanlar yuzimni tirnadi, shoxlar kiyimimni yulqiladi, lekin to‘xtamadim.

Orqamdan mashina motorining tovushi quvib kelayotganini eshitib yuragim ko‘ksimga sig‘masdi.

Faqat yugur, Jiwon… Faqat yugur!

O‘rmon ichida ancha chuqurga kirib ketdim. Daraxtlar tobora zichlashib, havo og‘irlashayotgandek tuyulardi. Atrofda faqat qushlarning g‘amgin ovozi va barglar orasidan shamol yurgandek shitir-shitir eshitilar edi. Qayerga kelib qolgandim? Bilmadim.

To‘g‘riga yurishda davom etdim. Har bir qadamimda yuragim tez urardi. Birdan qandaydir g‘alati ovozlar qulog‘imga chalindi. Yo‘q, bu qushlar emas edi. Bu… odamning qadam tovushlari edi.

— Yo‘q… iltimos, yo‘q... — deya lablarimni tishladim va yana yugurdim.

Ammo charchoq tanamni bo‘sh qo‘ymadi. Oyoqlarim ostidagi ildizlardan biri oyog‘imni chaldi va men yuztuban yiqilib tushdim. Og‘riq hatto ko‘z yoshlarimni to‘xtata olmadi.

— Yordam bering… kim bor u yerda?! — deya pichirlab yig‘lay boshladim.

Qo‘llarim bilan sudraldim, lekin kuchim yo‘q edi.

Shu payt...

Kimgadir qo‘lim tegib ketgandek bo‘ldi, yoki yo‘q… bu u menga tegdi.

Kichkina belimdan kimdir qattiq ushladi va birdan ko‘tardi.

Og‘zimni qo‘li bilan bekitdi, nafas olishim ham to‘xtab qoldi.

— Mmmm…! — deya bo‘g‘iq ovozda qichqirmoqchi bo‘ldim.

U esa menga hech narsa demasdan, tezlikda daraxtning yirik, ichi chuqur kovagiga meni olib kirib, ikkovimizni yashirib oldi.

Ko‘nglim yana bir bor ag‘darildi. Nafasim qaltirab, ko‘zlarim yoshga to‘ldi. Tanam esa qattiq titrardi

Shu payt… fanar nuri daraxtlar orasidan porlab tushdi.

— Tezroq qaragin, o‘sha tarafga ketdi menimcha! — degan erkak ovozi eshitildi.

— Topishimiz kerak! — dedi boshqasi.

Fanar yorug‘ligi biz yashirinib olgan kovakdan atigi bir necha metr naridan o‘tdi. Nafas olishimni to‘xtatdim. Yig‘layotgan bo‘lsam-da, ovozsiz yig‘lardim.

Meni quchib turgan yigit… yoki kim bo‘lsa, u ham jim edi. Nafaqat jim, balki tinch va sovuqqon.

U shunchaki ko‘rsatkich barmog‘ini lablariga yaqin olib borib jim bo‘lish ishorasini qildi.

Men esa titrab, ko‘zlarimni katta ochgancha unga qarardim.

Bu kim? Qayerdan paydo bo‘ldi? Nega meni qutqardi?

Ammo savollar juda ko‘p edi… hozircha faqat jim turish kerak edi. Jim va tirik.

30 daqiqa davomida hammasi sukutda o‘tdi. Hatto shamol ham to‘xtagandek edi. Yuragim yuragimga sig‘masdi, nafasim esa baribir qaltirab chiqardi. Meni ushlab turgan inson harakat qilmasdi, faqat tinch va barqaror nafas olayotgani eshitilardi.

So‘ng u asta harakatlana boshladi. Meni ohista yerga qo‘ydi, keyin esa ehtiyotkorlik bilan kovakdan chiqdi.

Men ham sekin chiqdim va ustimdagi loyni qoqishga tushdim.

Ko‘zlarim beixtiyor unga tushdi. U ko‘zlarini ko‘tarib, menga bir qarab oldi — bu qarashda tahdid yo‘q edi. Faqat charchoq va biroz og‘riq.

Yigit betadek ko‘rinardi. Uning yengilgina kalta sochlari, biroz qop-qora ko‘zlari va labining chetidagi qon — u ham kurashgan, u ham yashirinayotgan.

— U... beta… — deya pichirlab yubordim. Yuragimda ozgina yengillik sezildi. Demak, xavfli emas.

Yigit indamay o‘z yo‘lida yurishni boshladi. Ammo bir oyog‘i sezilarli oqsoqlardi. Qadamlarini ehtiyot bilan bosardi, lekin og‘riq baribir harakatlarida sezilib turardi.

— Kut… kuting… — deb asta uning ortidan yurishni boshladim.

Yigit to‘xtadi. So‘ng ortiga burilib, jiddiy nigohda menga qaradi.

— Ergashma. Bu sening muammoing emas, — dedi sovuq ovozda.

Men yurishni to‘xtatdim… ammo ko‘zlarim hanuz u tomonda.

— Bilaman, lekin… men yolg'iz qo'rqaman. — deya qo‘rquv aralash qaysarlik bilan unga tikildim.

U charchagancha yuzini pastga soldi, so‘ng biroz jim turdi.

— Qaytib keta olmaysan, shundaymi? — dedi ohangsiz ovozda.

Men boshimni sekin qimirlatdim.

— U holda...ergash.

Shu so‘zlardan so‘ng u yana harakatlandi. Men esa ortidan asta qadam tashlab ergashdim.

Qorong‘ulik ichida, noma’lum yo‘lda, bir beta va bir omega, har biri o‘zining sindirilgan qismini ko‘tarib yurardi.

Uzoq yurishdan so‘ng nihoyat daraxtlar orasidan kichik, lekin shinam kulba ko‘rinib qoldi. Yigit hech narsa demay, to‘g‘ri u yoqqa yo‘l oldi. Men esa orqadan yurarkanman, yuragimda yana g‘alati tuyg‘ular uyg‘ona boshladi. Bu joy... nimagadir notanish emasdi. Huddi ilgari bu yerda bo‘lganmanu, eslay olmayotgandek.

U eshikni ochib ichkariga kirdi. Men ham orqasidan ohista qadam bosdim. Ichkarida issiq edi. Yog‘och hidi, shinam gilamlar, kichik pechka, polga qo‘yilgan yostiqlar — barchasi huddi oila bo‘lib yashaydigan joyga o‘xshardi.

Yigit og‘riq bilan biroz cho‘kib oldi va so‘ng yotoqqa yotdi. Uni yurishidan ko‘rib turardim — oyoq og‘riyapti. Ichim achidi.

Men sekin yoniga bordim va yerga tiz cho‘kdim. U menga qaradi, biror so‘z demadi. Men esa hech narsa so‘ramasdan uning shishgan oyog‘ini ohista ushlab, muloyim harakatlar bilan massaj qila boshladim.

U ko‘zlarini yumib jim qoldi. Men esa nafasimni ichga yutib, sekin gapira boshladim:

— Siz... bu joyni egasimisiz?

U javob bermadi.

— Ular sizni ham quvishyaptimi?

Yana jim.

— Nega menga yordam berdingiz?

Hamon jim. Nafaqat og‘zi, balki butun vujudi go‘yo har qanday hisni to‘sib turgandek edi.

Men ko‘zlarimni yumdim. Ichimda minglab savollar girdobda aylanardi. Ammo tilimdan faqat bitta savol chiqdi:

— Sizni... nima deb atashim mumkin?

U ko‘zlarini ohista ochdi va menga qaradi. Ko‘zlarining chuqurida charchoq, og‘riq va yashirin bir sir bor edi.

— Sunwoo, — dedi nihoyat, past ovozda. — Meni Sunwoo deb chaqir.

Unga qarab bosh irg‘adim. Ichimda qandaydir yumshoqlik paydo bo‘ldi.

— Men Jiwonman, — deb pichirlab aytdim.

Kulba ichida yana sokinlik hukmron bo‘ldi. Tashqarida shamol shivirlar, ichkarida esa ikki begona jon, asta bir-birining mavjudligiga o‘rgana boshlardi.

Sunwoo nihoyat og‘riqqa chiday olmadi. Tishlarini qattiq qisib, yostiqqa suyanib o‘rnidan turdi. Oyoqlari hamon qaltirardi, lekin ko‘zida nimagadir qat’iy qaror porlardi.

— Sen bu yerda qol, — dedi u menga qarab, xuddi bu iltimos emas, balki buyruqdek yangradi.

U devorga suyanib, eski boltani oldi. Qo‘liga olishidan sezilib turardi — bu uning uchun begona emas. So‘ng asta, oqsoqlanib, uyning orqasiga o‘tib ketdi.

Men qo‘llarimni birlashtirib, jimgina qoldim. Yuragim g‘alati bir bezovtalik bilan urardi, ammo baribir joyimdan siljishga jur’atim yetmadi.

“Nima qilmoqchi u?..” — degan savol miyamda charx urar, lekin javobi yo‘q edi.

To‘satdan, boltaning qattiq nimagadir urilgan sadosi havoni tilib o‘tdi.

Dunk!

Shu payt Sunwooning og‘riqli, bo‘g‘iq nolasi qulog‘imni teshib o‘tdi. Nafasim to‘xtab qoldi. Qo‘rquv butun vujudimni qamrab oldi. O‘rnimdan siljiy olmadim. Qo‘rquv... dahshat... va chalkashlik. Harakat qilishga harakat qildim, lekin oyoqlarim go‘yo yerga mixlanib qolgandi.

10 daqiqa o‘tdi. Menga esa bu butun bir umrdek tuyuldi.

Nihoyat eshik ochildi. Men sekin boshimni ko‘tardim. Va... ko‘zlarim keng ochilib ketdi.

Sunwoo eshikda turardi. Ammo endi u... boshqa edi.

Chap oyog‘i tizzasidan pastga yo‘q edi. Qon va yirtilgan matolar bilan o‘rab qo‘yilgandi. Qon oqishda davom etar, yuzidagi rang esa sarg‘ayib ketgandi. Ko‘zlari esa... shishgan, ichi bo‘sh, lekin baribir o‘sha qat’iyat bilan to‘lib turardi.

U og‘ir nafas olib, eshikka suyanib menga qaradi.

Men qotib qolgandek unga tikildim. Va bir zumda tushundim...

U... o‘z oyog‘ini kesib tashlagandi.

— Sunwoo... — (qattiq nafas oldim) — siz... nega?..

U jimgina menga qaradi, lablari qilt etib qimirladi. Ammo u aytmoqchi bo‘lgan so‘zlar tilidan chiqmay qoldi. Faqat bir nigoh... o‘sha nigoh menga hammasini tushuntirdi.

U meni himoya qilish uchun... meni olib qochishmasligi uchun... o‘z izini yo‘q qilish uchun buni qilgan edi.

Sunwoo og‘ir nafas olib, bir oyoqda sakrab-sakrab yotoqqa qaytdi. Qon izlari orqasidan tortilib qolar, ammo u bunga ahamiyat bermayotgandek edi. U yotoqqa cho‘kib, eski, yirtilgan ko‘rpaning chetini tishlari bilan yulqib, oyoqning to‘g‘ilgan joyini mahkam bog‘lay boshladi. Qo‘llari qaltirardi, lekin harakati aniq, qat’iy edi.

Men esa bir chetda, qotib qolgancha, uning har bir harakatini tomosha qilardim. Yuragim bo‘g‘zimga tiqilib kelayotgandek edi.

— Sunwoo… — (pichirlab) — bu… buning barchasi…

U ko‘zini menga tikdi. Bu safar nigohi qattiq edi. Nimalarnidir aytmoqchi bo‘ldi, nihoyat, og‘zidan so‘z chiqdi.

— Buni... sen uchun qilganim yo‘q.

Ko‘ksimda bir narsa cho‘kib tushganday bo‘ldi. U davom etdi:

— Men majburiy ish lageridan qochganman. Bir oy oldin. U yerda... bizni kun bo‘yi ishlatishar, urishar, sindirishar. Oyog‘imni... — (ko‘zlarini yumdi, so‘ng davom etdi) — sindirishdi. Har kuni azobda yashadim. Lekin qochdim. Shunchaki yashash uchun.

U chuqur nafas oldi, og‘riqdan yelkalari qimirlagandi.

— O‘sha ikki odam... ular meni yo‘q qilish uchun bu yerda. Bu joyni hali topishmagan, lekin yaqinlashishmoqda. Men esa... bu oyog‘im bilan uzoqqa bora olmasligimni tushundim. U faqat og‘riq, faqat xavf olib keladi. U menga kerak emasdi.

Shu so‘zlardan so‘ng u charchoq bilan yostiqqa suyanib, ko‘zlarini yumdi. Keyin yostiqni chetga olib, yerga tushdi. Ko‘rpani yelkasi ostiga tiqdi, sovuq taxtalarga yonboshlab yotdi.

— Yotoq seniki. Men hozir... baribir uxlay olmayman.

Men unga qarab qotib qoldim. Yuragim g‘ijimlanib ketdi. Boshimda yangrayotgan o‘sha dramatik hayollar — "U meni qutqarish uchun oyog'idan ayrildi", degan o‘sha go‘zal, ammo yolg‘on tasavvurlar... chippakka chiqdi.

U buni men uchun emas, o‘zi uchun qilgan edi.

Men ichimda chuqur uyaldim. Labim titradi, bir necha soniya jim qoldim. Sunwoo esa hali ham menga qaramasdi.

Men faqat bir begona edim... bu kulbada panoh topgan, ammo sababchi emas edim.

Sunwoo yostiqqa suyanib yotganicha, ko‘zlarini ochdi. Jiwon hanuz joyidan qimirlamay, o‘yga cho‘mgancha unga tikilib o‘tirardi. U chuqur xo‘rsindi va sust ohangda gapirdi:

— Jiwon, yot... Ertalab barvaqt ketishimiz kerak bu yerdan.

Jiwon cho‘chib tushdi, hayollari zanjiri uzilgandek bo‘ldi. U asta boshini irg‘ab, chang bosgan yotoqqa o‘zini tashladi. Qattiq to‘shak tana og‘rigini yanada kuchaytirgandek tuyuldi, ammo u bunga e’tibor bermadi. Tezda ko‘rpani ustiga tortib, yuzini berkitdi.

Yuragi hanuz notinch urardi. Sunwoo haqida o‘ylashni to‘xtatmoqchi edi, ammo bu o‘ylar xuddi tikanli simlar kabi aqlini qamrab olgan edi. Baribir, ko‘zlarini yumdi. Sovuq ko‘rpaga burkangancha yotdi.

Tun sokin edi. O‘rmon sukunati kulbani o‘rab olgan, tashqarida faqat shamol yaproqlarni shitirlatardi.

Sunwoo esa yotmasdi.

U sekin turgancha, yelkasidagi og‘riqni bosib, eshikni ochdi. Oy nurida qiyshaygan soyasi yerga cho‘zildi. Og‘riq uni egib tashlagan bo‘lsa-da, u qadam tashlashda davom etdi. Ko‘zlari sergak, qulog‘i hushyor edi.

Tun bo‘yi u uyg‘oq bo‘ldi.

U faqat Jiwonni emas, o‘zini ham qo‘riqlardi.

Tonggi havo salqin va yengil tumanli edi. Ko‘zlarimni ohista ochdim, shiftga tikildim. Bir necha lahza qayerdaligimni eslolmadim. So‘ng kechagi voqealar birdan xayolimdan o‘tdi. O‘rnimdan turib, atrofga ko‘z yugurtirdim — Sunwoo yo‘q edi.

— Sunwoo? — deb past ovozda chaqirdim, ammo javob bo‘lmadi.

Sekin yurib eshikni ochdim. Tashqariga chiqqanimda, ko‘zlarim keng ochilib ketdi. U yerda Sunwoo yerga cho‘kkancha nimadurgi mix urayotgan edi. U shunday sinchkovlik bilan ishlayotganki, go‘yo bu oddiy narsa emasdi. Men asta yaqinlashdim. U yasalgan narsani oyoqqa o‘xshatdim. Ha, bu protez edi. U tayyor bo‘lganini bilib, uni ehtiyotkorlik bilan sinab kiyib ko‘rdi. So‘ng tik turdi va uzun, yupqa ishtonining etagini tushirib, yangi “oyog‘ini” yashirdi.

Og‘zimni ochib qarab turdim. Ichimdan faqat bir so‘z o‘tdi: “Aqlbovar qilmaydi…”

Sunwoo menga qarab turmay, xuddi bu oddiy holatdek ohangda dedi:

— Ilgari robototexnikani bo'yicha tahsil olganman. Kichik loyihalardan boshlagan edim ammo…

U so‘zini tugatmasdan burilib ketdi.

Men esa bir zum tik turdim, so‘ng yuragimni bosib:

— Kuting… men ham boraman, — dedim va uning ortidan yugurdim.

Nimadir ichimda o‘zgarayotgandi. O‘sha oddiy beta, o‘sha jimjit odam, mendan ancha sirliroq, kuchliroq ko‘rinayotgandi. Shu odamga ergashgim keldi. Shu odamni tushunishni xohlab qoldim.

Ular soatlar davomida yurib, nihoyat katta asfalt yo‘lga yetib kelishdi. Oyog‘im og‘rib, belim zirqirab ketgandi. Qornim ham och edi. Nafas oldim va sumkamni ochib, qolgan yagona suv idishini chiqarib ichdim. Ko‘zlarimni yumib, biroz taskin topdim.

Shu payt orqamdan mashina ovozi eshitildi.

Men sekin burildim… va yuragim to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Bu — o‘sha mashina edi. Kechagi, o‘rmon orasida meni ta'qib qilgan mashina. Raqam ham xuddi o‘sha.

— Sunwoo… — dedim shivirlab va etagini ushladim. — Iltimos, qochaylik…

Ammo Sunwoo hech narsa demadi. U ko‘zlarini qisib mashinaga qaradi, so‘ng menga egilib, meni ko‘tarib oldi. Nafasim qisilib ketdi. Mashina eshigi ochildi va Sunwoo meni ichkariga joylashtirdi. Ko‘nglim ag‘darilib, butun burnimni alfa feromonlari bosib ketdi. Ichimdagi issiqlik qayta uyg‘ondi. Nafasim yutalga o‘xshab tiqilib qoldi.

Mashinada rulda o‘tirgan kishi men tomonga ohista burildi.

U… u alfa edi.

Ko‘zlarida o‘yinchan, ammo xavfli nurlanish bor edi. Nigohi tanamni titratdi. U sekin labini yaladi.

Ichimda vahima ufurdi.

Sunwoo yonimda menga yaqinlashib, meni mahkam quchdi. Nafasim biroz tiklandi, lekin titroqim yo‘qolmadi. U qattiq ohangda, lekin sokin ovozda alfaga murojaat qildi:

— O‘yin qilmagin, Jungho. Vadangni esla. Bizni shahar tashqarisiga tashlab qo‘y.

Rulda o‘tirgan alfa — endi bilsam ismi Jungho ekan — bir kulimsirab menga tikildi, so‘ng o‘ziga xos ohangda shivirladi. Uning lablari harakat qildi:

— “Qaytib ko‘rishamiz, gulim…”

So‘ng yana labini yalab, sekin mashinani haydab ketdi.

Yuragim butunlay ezilib tushgandi. Titroq ichida Sunwooning bag‘riga suyanib, ko‘zlarimni yumdim.

Jungho rulda beparvo ko‘rinishga harakat qilgancha, sekin yon cho‘ntagidan telefonini chiqardi. Barmog‘i tez-tez harakatlandi. Ekranga qarab jilmaydi, labining bir cheti qimirlagancha, yozdi:

“Kechagi jajji narsani topdim. Yana ham yoqimliroq ko'rinar ekan yaqindan. Buyrug'ingizni kutaman, ho‘jayin.”

Xabar yuborilgan zahoti u telefonini orqa joyga irg‘itdi. So‘ng yonoqlaridagi mimikasizlikni saqlab, mashinaning yo‘nalishini biroz burdi. Notinch burilish… tevarak endi tanish yo‘ldek tuyulmay qoldi.

Ammo Sunwoo bunga e’tibor bermadi. U orqa o‘rindiqda, boshini derazaga suyanib, ko‘zlarini qisib o‘tirardi. Uning yuzi oqarib ketgan, rangi sovuq edi. Qo‘li bilan vaqti-vaqti bilan havoni yelpib qo‘yardi — aftidan, u ham feromonlarning ta’sirini his qilardi, ammo sezilmasga harakat qilardi.

Men esa… allaqachon mast edim.

Tanamda alangadek bir narsa yonardi. Nafasim og‘irlashgan, ko‘zlarim loqayd qotib qolgan edi. Menga hech narsa tushunarsiz bo‘lib qolgan edi. Faqat bir istak — bir ichki yong‘in bor edi ichimda.

Sunwoo buni ko‘rib turardi. Ammo biror narsa deya olmas, balki o‘zini tutish uchun kurashar, yana havoni yelpib qo‘yardi.

Mashina esa... sirli yo‘lga burilgancha, noma’lum yo‘nalishda davom etardi.

1-qism yakunlandi. Mazmuniy xato uchun uzur surayman, chunki yozganlarimni chatgpt tekshirib berdi.

' To'g'ri siz kutgandek chiqmadi ammo keyingi qismda siz kutgandek bo'lishiga vada beraman, yoqdi degan umiddaman #Diva '