Mr Nothing
Ertasi kuni Xanlin erta uyg‘ondi. Kechikib qolmaslik uchun shoshilib yuvindi, kiyindi va nonushta ham qilmasdan maktabga otlandi. Kechagi kechikishidan saboq olib, bu safar ancha erta yetib bordi.
Maktab hovlisidan tez yurib o‘tib, zinadan yuqoriga ko‘tarildi va sinf eshigini ochdi. Ammo ichkariga qadam qo‘yishi bilan ko‘zlari katta-katta ochilib ketdi. Uning partasi yonida qizlar galasi to‘planib, go‘yoki urush maydonida bo‘lgandek bir-birining sochini tortib, itarib, joy uchun kurashayotgan edi.
— Xanlin (hayratda):
— Bu nimasi!
Uning ovozi sinf bo‘ylab jaranglab ketdi. Hamma birdan jim bo‘lib, unga qaradi. Xanlinning jahl otiga minayotganini ko‘rib, ayrim qizlar sekin joyidan sirg‘alib chetga chiqdi, lekin ba’zilari yana o‘z joyi uchun kurashaverdi.
— Xanlin (qahr bilan, qo‘llarini beliga qo‘yib):
— Mana bu joy MENIKI! Kim bo‘lsang ham, qayerdan kelgan bo‘lsang ham, bu yer AZALDAN MENING joyim!
Boshqa qizlar bir-biriga qarab, biroz dovdirashdi. Shu payt Taehyung partada yengil kulimsirab, qo‘llarini boshining orqasiga qo‘yib, bo‘shashgan holda o‘tirgan edi. U bunday shovqinlardan zavq olayotganga o‘xshardi.
— Taehyung (xotirjam, qiziqib):
— Hmm... Tushunishimcha, sen o‘tiradigan joying uchun jonini berishga tayyor bo‘lganlardan ekansan-a?
Xanlin unga qahr bilan qaradi. Uning yuragi battar g‘ash bo‘ldi. Kecha ham yetmaganday, bugun yana Taehyung tufayli sinf qizlari bilan urishib turishi kerakmi?
— Xanlin (o‘zidan ketib):
— Bu joy meniki bo‘lgandan keyin, albatta himoya qilaman!
Barcha qizlar sekin-sekin joylariga tarqalishdi, lekin yonoqlarini dam chiqarib, Xanlindan hasad bilan qarab turishdi. Xanlin esa chaynalgan partasiga o‘tirarkan, yuragi g‘azabdan hali ham urib turardi. Taehyung esa unga qarab mayin jilmaydi.
— Taehyung (kulimsirab):
— Juda qiziq qiz ekansan...
Xanlinning yana jaxli chiqdi. U bugun tinch kun bo‘lishiga umid qilgan edi, ammo yana birinchi darsdayoq asabiylashishga majbur bo‘ldi. Taehyung esa xotirjam, hayotdan zavq olib, unga kulib qarab turardi...
Jungkook sinfga kirib kelishi bilan sinfxona jim bo‘ldi. U qat’iy qadamlar bilan doska yoniga bordi va darsni boshladi.
— Jungkook (sog‘lig‘ini tekshirib turgandek tomoq qirib):
— Bugungi darsni diqqat bilan tinglaysizlar! Kimning boshi aylansa, derazani ochib havodan nafas olishi mumkin, lekin hech kim mendan ruxsatsiz gapirmaydi!
Sinf o‘quvchilari bosh irg‘ab, e’tibor bilan tinglay boshlashdi. Biroq Xanlinning xotirjamligi uzoqqa cho‘zilmadi. U orqa tomondan nimadir uchib kelayotganini sezdi.
Qog‘oz! U sinchkovlik bilan uni ochib ko‘rdi. Ichida esa «Sen yomon qizsan!» deb yozilgan edi. Xanlin o‘qib ulgurmasdan, yana bir nechta qog‘oz uchib keldi. Ayrimlari yuziga, ayrimlari partasiga tushdi. Ularning ichida har xil masxaraomuz gaplar yozilgandi:
«Taehyung bizniki!»
«Ko‘zlaringni och, sen unga arzimaysan!»
Xanlin ich-ichidan g‘azab bilan yonib ketdi. Dastlab u bu qog‘ozlarni e’tiborsiz qoldirmoqchi bo‘ldi, ammo har soniyada yangi qog‘ozlar kelayotgan edi. Nihoyat uning sabri tugadi va u butun sinf bo‘ylab jaranglagan ovozda qichqirdi:
— Xanlin (asabiy):
— YANA KIMDIR QO‘G‘OZ OTSIN, O‘SHA QO‘LLARNI QO‘LBO‘G‘LAM QILAMAN!!!
Sinf jimib qoldi. Faqatgina jung‘ullagan qog‘ozlar stolga tushayotganini eshitish mumkin edi. Xanlinning nafratdan yonayotgan ko‘zlari butun sinf bo‘ylab aylanib chiqdi.
Jungkook esa yalt etib Xanlinga o‘girildi va qoshlarini chimirdi. U stol ustidagi bo‘rni qo‘liga oldi va nihoyatda aniqlik bilan Xanlinning peshonasiga mo‘ljal oldi.
— Jungkook (sovuq ohangda):
— Sinfdan tashqariga chiq!
Bo‘r Xanlinning peshonasiga tekkanida, u bir zum boshi orqaga ketdi. Sinf bo‘ylab bekinib kulayotgan ovozlar eshitildi. Xanlin esa lablarini tishlab, norozilik bilan oyoqqa turdi.
— Xanlin (nolib):
— Oh, bu juda adolatsiz...
Jungkook unga orqasini o‘girib, darsni davom ettirarkan, Xanlin sekin yurib, sinfxonadan chiqib ketdi. Eshik ortidan qattiq xo‘rsingani eshitildi.
Bu orada Taehyung tishini tishiga qo‘yib, kulmaslikka harakat qilardi. U Xanlindan ko‘z uzmay, qiyshaygancha jilmayib turdi. Nihoyat u kulgudan titray boshladi va past ovozda pichirladi:
— Taehyung (kulgu orasida):
— Bunday qiziq qizni hech uchratmagandim...
U o‘zini kulishdan tiyishga harakat qilayotganida, Plop! — yana bir bo‘r to‘ppa-to‘g‘ri uning peshonasiga uchib kelib tegdi.
Taehyung ko‘zlarini katta-katta ochdi va asta-sekin Jungkook tomonga o‘girildi. Jungkook esa qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, sovuq nigoh bilan unga tikildi.
— Jungkook (jiddiy ohangda):
— Sinfdan tashqariga chiq!
Sinf bo‘ylab qahqaha yangradi. Taehyung bo‘ynini qashib, hafsalasi pir bo‘lgancha joyidan turdi va sekin eshik tomon yurdi. Eshikni ochgan zahoti oldida yana Xanlini ko‘rdi. Xanlin qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, unga xuddi qasos olmoqchi bo‘lgandek qarab turardi.
Taehyung yelkasini qisdi va kulimsirab dedi:
— Taehyung (kinoyali ohangda):
— Ko‘rinib turibdiki, bu yerda qamoqxonamiz bir xil ekan...
Xanlin esa unga tikilgancha ko‘zlarini qisib pichirladi:
— Xanlin (xo‘mrayib):
— O‘ch olish kunim yaqin...
Taehyung esa shunchaki kulib qo‘ydi. Bu kun uning uchun haqiqatan ham juda qiziq boshlangandi.
Xanlin qo‘llarini ko‘kragiga chalishtirib, Taehyungga qahr bilan tikildi.
— Xanlin (asabiy pichirlab):
— Bu hammasi sening aybing...
Taehyung qiziqib qoshlarini ko‘tardi.
— Taehyung (bemehr iljayib):
— Nima? Endi mening kelishganligim ham muammo bo‘lib qoldimi?
— Xanlin (tirjayib):
— Ha! Sening haddan tashqari kelishganing tufayli mening tinch hayotim butunlay izdan chiqdi!
Taehyung kulib yubordi va Xanlinning oldiga qadam tashladi. U orqasini devorga tirab turgan Xanlinnig yuziga yaqinlashib, qosh qoqdi.
— Taehyung (kinoyali ohangda):
— Demak, meni kelishgan deb o‘ylaysan?
Xanlin birdan qizarib ketdi va tezda o‘zini o‘nglab oldi.
— Xanlin (jahldor):
— Men buni yomon ma’noda aytdim!
— Taehyung (mazax bilan):
— Hmm... Bilasanmi, agar men kamroq kelishgan bo‘lsam, hayoting yaxshi bo‘larmidi?
— Xanlin (pichirlab):
— Albatta!
— Taehyung (kulimsirab):
— Demak, men seni butunlay aqldan ozdirish uchun yanada jozibador bo‘lishim kerak ekan-da?
— Xanlin (jahli chiqib):
— SEN!!!
Xanlinning sabr kosasi to‘ldi, lekin u baqirishga ulgurmasidan TAP! — nimadir qattiq boshi ustidan urildi.
U tizzalarini ushlagancha sekin ortiga qaradi va yuragi yana bir bor urib yubordi—bu direktor edi! Qattiq qoshlarini chimirib, Xanlin va Taehyungga sovuq nigoh tashlab turardi. Uning qo‘lida esa qalin lilinka bor edi.
— Direktor (jiddiy ohangda):
— Men senlarni hozir eshitib turdim. Kim kimni aqldan ozdiradi, kim qanchalik kelishgan—bularni sinfxonada emas, direktor xonasida muhokama qilamiz!
Xanlinning yuragi tez urardi. U asta-sekin Taehyungga qaradi. Biroq Taehyung umuman qo‘rqayotgani yo‘q edi. U xotirjam tarzda boshini qashidi.
— Taehyung (sokin ohangda):
— Direktor janoblari, men bu yerda yangi o‘quvchiman. Bilasiz, men faqat sinfdoshlarim bilan tanishayapman xolos...
Direktor Xanlinnig yoniga yaqinlashdi va sovuq ohangda gapirdi:
— Direktor (tanbeh berib):
— Xanlin, sen juda shovqin ko‘tarayapsan! Taehyung oliy tabaqa oiladan ekanini yaxshi bilasan! Sen unga shunday ohangda gapirishga qanday jur’at qilayapsan?
Xanlinning yuragi yana bir bor siqildi. Uning og‘zidan hech qanday so‘z chiqmay qoldi.
— Direktor (qat’iy ohangda):
— Hoziroq undan kechirim so‘ra!
Xanlinning qoni qaynadi. Nima?! Kechirim so‘rashim kerakmi? U qattiq tishlarini g‘ijirladi va lablarini qattiq qisdi.
Taehyung esa bu vaziyatdan zavqlanayotgandek, ikkala qo‘lini orqasiga qo‘yib, yanada jozibali kulimsirash bilan unga qarab turardi.
— Taehyung (mazax bilan):
— Xanlin, direktor janoblari gapirayotganlarini eshitding, to‘g‘rimi?
Xanlin yana bir bor og‘zini ochmoqchi bo‘ldi, lekin direktor unga qahrli nigoh tashladi. U nafrat bilan boshini egdi va sekin pichirladi:
— Xanlin (majbur bo‘lib):
— Kechirasan...
Taehyung bu vaziyatdan zavqlangancha iljaydi.
— Taehyung (masxara bilan):
— Yaxshi qiz...
Xanlinning mushti qattiq siqilib ketdi. Bu hali tugamadi!
Tanaffus boshlanishi bilan direktor xonasiga ketdi. Xanlin g‘azabdan tishlarini g‘ijirlatar ekan, Taehyungga o‘girildi.
— Xanlin (jahl bilan pichirlab):
— Sen...!
U tezlik bilan Taehyungning yoqasidan ushlamoqchi bo‘ldi, lekin yigit allaqachon sinfxonaga kirib ketgan edi. Xanlinning lablari tirjaydi.
— Xanlin (o‘ziga):
— Yugur qo'rqoq...
U ham sinfga kirdi. Jungkook allaqachon ketgan ekan. Xanlin chuqur nafas oldi va partasiga o‘tirish uchun yurmoqchi bo‘ldi, biroq birdan kimdir sochidan changalladi!
Uning ko‘zlari katta ochildi. Bu qiz paralel sinfdan Layla edi. U har doim Taehyungni kuzatardi va undan o‘zgani ko‘rishga ko‘nikolmasdi. Xanlin bilan uning orasida qandaydir bog‘liqlik borligidan esa nafratlanardi.
— Layla (g‘azab bilan pichirlab):
— Sen kim bo‘libsan, ha?! Nega har doim Taehyungning yonidassan?
Xanlin og‘riqdan lablarini tishlab, uning qo‘llarini o‘zi tarafga tortdi.
— Xanlin (jahldor ohangda):
— Meni qo‘yib yubor!
Layla bo‘shashmadi. U Xanlinnig yuziga shartta tarsaki tushirdi.
— Xanlin (yuzini ushlagancha):
— Sen...!
O‘sha onda uning sabr kosasi to‘ldi. Xanlin Laylaning qo‘llaridan chiqib ketdi va tezlik bilan uni polga yiqitdi. Layla yerga yiqilgancha bir lahza nima bo‘lganini anglay olmadi, ammo keyingi lahzada Xanlin uning ustiga chiqib, boshi berk ko‘chaga haydagandek urishni boshladi.
— Xanlin (g‘azab bilan):
— Sen mendan Taehyungni tortib olmoqchisanmi?! Menga baribir u, eshityapsanmi? BARIBIR!
Layla qichqirdi, ammo Xanlin uni tinmay urardi. Sinfxonada o‘tirganlar bu manzarani hayrat bilan kuzatishardi. Ba’zilar shokka tushgan bo‘lsa, ba’zilari kulayotgan edi.
— Kimdir (hayrat bilan):
— Vay... Xanlin aqldan ozdi!
Layla chinqirayotgan edi. Kutilmaganda uning yubkasi biroz ko‘tarilib ketdi, bu esa vaziyatni yanada sharmandali qildi. Sinfdagi ba’zi bolalar shoshib telefonlarini chiqara boshlashdi.
— Kimdir (hayajon bilan):
— Suratga ol!
— Boshqasi (kulgidan ushlab):
— Bu juda epik holat!
Taehyung esa hammasini tomosha qilayotgandi. U qiziqib, iyagini kaftiga qo‘ydi va sekin kulimsiradi.
— Taehyung (o‘ziga pichirlab):
— Hm... Juda ham yirtqich.
U bir lahza Xanlinnig bu qadar shiddat bilan kurashayotganini kuzatib, unga yana-da qiziqib qoldi. Lekin oxiri o‘rnidan turib, sekin yurdi.
— Taehyung (biroz ochiqchasiga kulimsirab):
— Bas qil, qizcha. Sen uni o‘ldirib qo‘ymoqchisanmi?
Lekin Xanlin eshitmasdi, u butun g‘azabini Laylaga chiqarayotgandi.
Taehyung kulimsirab, chindan ham buni to‘xtatish kerakligini angladi. U Xanlinni qo‘lidan mahkam ushlab, orqaga tortdi.
— Taehyung (xotirjam ohangda):
— Yetar, sen uni o‘ldirib qo‘yasan.
Ammo Xanlin g‘azabdan hech narsani eshitmas, u Taehyungni itarib yubordi va yana Laylaga tashlandi. Layla endi chindan ham yig‘lashni boshlagan edi.
— Layla (qichqirib):
— Iltimos, bas qil!
— Taehyung (o‘ziga pichirlab):
— Agar kuch ishlatmasam, bu qiz to‘xtamaydi...
U bir harakat bilan Xanlinni ko‘tarib oldi.
— Xanlin (tipirchilab):
— Meni qo‘yib yubor, nodon!
Lekin Taehyung uni mahkam tutgancha sinfdan chiqib ketdi. Xanlin tinmay harakat qilib, undan qutulishga harakat qildi, lekin Taehyung unga e’tibor ham bermasdi. Nihoyat, u Xanlinni yuvinish xonasining oldiga olib chiqdi va devorga suyanib turdi.
— Taehyung (sokin ohangda):
— Sen chindan ham aqldan ozganga o‘xshaysan.
U jumrakni ochdi, qo‘liga suv oldi va bir harakatda Xanlinni yuziga sepdi.
— Taehyung (xotirjamlik bilan):
— O‘zingga kelib ol.
Xanlin ko‘zlarini qisib, sirqirab oldi. U qattiq nafas olarkan, Taehyung esa qo‘llarini cho‘ntagiga solib, ortiga burildi.
— Taehyung (orqaga qaramay):
— Bu yerda o‘tirib, aqlingni yig‘ib ol.
Shu bilan u Xanlinni o‘sha joyda tashlab, yana sinfxonaga qaytdi. Layla hali ham polga cho‘kkancha yig‘layotgan edi. Taehyung yengil uf tortib, unga yaqinlashdi.
— Taehyung (yumshoq ohangda):
— Layla, tur, ahmoq bo‘lishni bas qil.
U Laylani asta o‘rnidan turg‘azdi va ustidagi changni qoqlab qo‘ydi. Layla esa ko‘zlarini katta ochib, unga qaradi.
— Layla (yig‘lagancha pichirlab):
— U meni sharmanda qildi…
Taehyung hech narsa demadi, faqat uni bag‘riga tortdi. Layla biroz tinchlandi.
So‘ngra u yonida turganlarga qaradi. Uning ko‘zlarida sovuq qat’iyat zohir bo‘ldi.
— Taehyung (keskin ovozda):
— Kim rasmga oldi?
— Taehyung (o‘tkir nigoh bilan):
— So‘nggi marta so‘rayman.
Bir necha kishi sust qo‘llari bilan telefonlarini chiqara boshlashdi.
— Taehyung (sokin ohangda):
— Hammasini o‘chirib tashlaysizlar. Yoki men o‘zim sizlarni tegishli joyga topshiraman.
Uning ovozidan hech kim hazillashmayotganini angladi. Birin-ketin telefonlardan suratlar o‘chirila boshladi.
Layla boshini Taehyungning yelkasiga qo‘yarkan, yuragida qoniqish hissi paydo bo‘ldi. Xanlin esa hanuz yuvinish xonasida qattiq nafas olib o‘tirardi.