Wifey Weak
Ji-an Jungkookning bag'rida hali ham qaltirab yotardi. Uning boshi Jungkookning yelkasiga suykalgan, ko'zlari esa hanuzcha yoshdan nam edi. Ular uyning oldiga yetib kelishganda Jungkook kalitni bir harakatda burib, eshikni ochdi. Ji-an asta ko'tarilgancha, kuchli erkak qo'llari orasida u bilan birga ichkariga kirdi.
Eshik ochilishi bilan ularni og'ir jimlik va tartibsizlik qarshi oldi.
U o'zini Jungkookning qo'lidan tushirib, zudlik bilan oldinga yurdi. Ko'zlari kattalashib, xona bo‘ylab nazar tashladi. Polga sochilgan narsalar, sindirilgan stakanlar, yiqilgan stullar, ochiq tortmalar...
Ji-an:
— Men chiqishimdan oldin... hammasi toza edi... bu... bu qachon...?
Jungkook atrofga ko‘z yugurtirib, barchasini bir qarashda anglab oldi. Ichidagi g‘azab yana bosh ko‘tardi, ammo bu safar u jim qoldi. U zudlik bilan nima sodir bo‘lganini tushundi.
Kimdir uyga bostirib kirgan, nimanidir qidirgan va ketgan. Bu oddiy o‘g‘irlik emasdi. Bu aniq qidiruv edi.
Jungkook:
— Ular aniq bir narsani qidirishgan...
U qattiq yutundi. Ichida yondiruvchi bir tuyg‘u harakatga keldi. Ji-anni quchog'iga qayta olib, boshi ichida fikrlar aylana boshladi.
Jungkook (ichidan o'ziga):
— Yaxshi… yaxshi bo‘ldi… unga do‘konga chiqishga ruxsat berganim yaxshi bo‘ldi…
U labini tishladi, yuragi ohangda urar edi. Chunki u bilardi — agar Ji-an uyda qolganida...
U boshini pastga egib, Ji-anning yuziga qaradi.
Jungkook (ichidan):
— Unga nimadir bo‘lsa… men o‘zimni hech qachon kechira olmayman…
Ji-an esa hali ham shokda edi, ammo Jungkookning qo‘llari orasida o‘zini nisbatan xavfsiz his qila boshladi. Bu safar, u uni asradi. Yana asradi.
Ammo ikkalasi ham yaxshi bilardi — bu endigina boshlanishi edi.
Ji-an yuzida vahima va hayrat aralash holatda Jungkookka tikildi, uning ko‘zlarida qorong‘ilik, yuragida esa savollar girdobi to‘lqinlanardi.
Ji-an:
— Bu... kim bo‘lishi mumkin? Nima qidirishgan?
Jungkook asta yelkasini pastga tushirdi, yuzi birdan qorong‘ilashdi. Nafasini chuqur olib, chuqur va sovuq ohangda gapira boshladi.
Jungkook:
— Kompaniyamning asosiy hujjatlari...
Jungkook:
— Ha... Agar ular o‘sha fayllarni topsa, kompaniyani menga bog‘liq bo‘lmagan nomga rasmiylashtirib olishlari mumkin. Har qanday pul, aktiv, hatto binolar ham boshqa nomga o‘tadi.
Jungkook nigohini yerga qadab, kaftini siqdi.
Jungkook:
— Bu faqat o‘g‘rining ishi emas. Menimcha... bu ishning boshida kimdir bor.
Ji-anning ko‘zlari kattalashdi. U bir qadam ortga chekindi.
Jungkook chuqur nafas oldi, yuzida yillar davomida bosilgan iztirob aks etdi.
Jungkook:
— Bor edi. Va hozir ham bor... faqat... uni "aka" deyish og‘ir.
Ji-an jim bo‘ldi. U Jungkook haqida ko‘p narsani bilaman deb o‘ylagan edi, ammo hozirda undan butunlay begona bir qismni ko‘rib turgandek edi. Shu lahzada, oralaridagi sirlar ortib borayotganini his qildi.
Jungkook chuqur nafas olib, sekin divanga o‘tirdi. Uning ko‘zlarida allaqanday charchoq va qora og‘riq uyg‘ongan edi. U gapirishdan oldin lablarini bir necha bor siladi, so‘ng past ohangda davom etdi:
Jungkook:
— Mendan sakkiz yosh katta akam bor. Ismi... Seongho. U har doim muammo bo‘lgan. Qimor, qarz, soxta do‘stlar. Har doim meni bir narsaga tortgan...
Ji-an asta yon tomonga qarab qo‘ydi, unga bu hikoya og‘ir tus olayotgandek edi.
Jungkook:
— O‘sha yillar... men hali yosh, sodda edim. Boshimda orzular, yuragimda ishonch bor edi.
U o‘zini zo‘rg‘a tutayotgandek, so‘zlarni yig‘ib gapirdi:
Jungkook:
— Men... singlim ham bor edi. Ha. Biz uni “So-min” derdik.
Ji-an birdan unga qayrilib qaradi.
Jungkook:
— U hali atigi 15 yosh edi... Oppoq, tinch, orzulari katta. Har kuni menga bir xil so‘zlarni aytardi: "Oppa, sen meni himoya qilasan, to‘g‘rimi?"
U lablarini tishladi, qo‘llari qaltirardi.
Jungkook:
— Lekin men himoya qila olmadim.
U bir muddat jim bo‘lib qoldi. So‘ng...
Jungkook:
— Seongho... u So-minni... u... zo‘rladi. Va... keyin uni o‘ldirdi.
Ji-anning ko‘zlari yaltiradi, u shok holatida boshqa yoqqa qaradi.
Jungkook:
— Men kechikdim. Juda kechikdim. Faqat jasadini topishga ulgurdim.
Jungkook:
— Keyin Seongho meni odam o‘ldirishga majbur qildi. Qarzlarini yopish uchun, tahdidlar ostida. Va bilasanmi...?
U Ji-anga qaradi. Ko‘zlarida sovuqcha tabassum paydo bo‘ldi:
Jungkook:
— Shundan keyin... o‘ldirishni yoqtira boshladim.
Ji-an birdan asabiylashib, yon tomonga qarab oldi. Ko‘zlari jimjimador, lablari qattiq siqilgan edi.
Jungkook xotirjam, qattiq ohangda so‘zini yakunladi:
Jungkook:
— Huddi o‘sha kecha sen ko‘rib qolganingdek.
Ji-an indamadi. U bu odamning ichida qanday burilishlar, qanday qorong‘u yo‘llar borligini asta-sekin tushunayotgan edi.
Jungkook kaftini changallab, labini tishlab bir lahza jim qoldi. So‘ng birdan yuzidagi og‘riqni, zaiflikni itqitib tashlagandek, ko‘zlariga qat’iyat qaytdi. Uning ovozi hozir endi sovuq va dag‘al eshitilardi:
Jungkook:
— Endi menga baribir, Ji-an. Men allaqachon juda ko‘p narsani yo‘qotdim. Yana biror narsa ketadimi, ketaversin. Men endi u eski Jungkook emasman.
U turdi, yurib deraza yoniga bordi, panjaraga suyanib pastga qaradi. So‘ng jimjitlik ichida davom etdi:
Jungkook:
— Hujjatlar? Ha... ular ishonchli joyda. Hatto sen ham bilmayapsan, qayerda. U axmoq Seongho esa... u buni hech qachon topa olmaydi.
U orqasiga qayrilib, Ji-anga qattiq tikildi.
Jungkook:
— Chunki u endi odam emas. Qora bozorlarning, arzon zaharlarning changida yotgan bir bo‘lak giyohvandga aylangan.
Uning ovozida nafrat aralashgan achinish bor edi, lekin endi u o‘zini zaif qilib ko‘rsatishni istamasdi.
Jungkook:
— Har safar yashirinib keladi, zaharlangan, ko‘zlari qizil, badanida igna izlari. Unga men kerak emasman. Unga faqat pul kerak. Faqat... shantaj, do‘zax, qon.
U qattiq xo‘rsinib, asta qadam tashlab Ji-anga yaqinlashdi.
Jungkook:
— Shuning uchun seni kechqurun do‘konga ketishga qo‘ydim. Bilardim, bu safar ham u biror harakat qiladi. Yaxshiyam vaqtida senga ruxsat berdim...
U Ji-anning yuzini qo‘llari orasiga oldi, ko‘zlariga tikildi:
Jungkook (qattiq ohangda):
— Chunki seni yo‘qotishim mumkin bo‘lgan fikri... bu menda qolgan yagona vahima.
Ji-an yuragida titroq sezdi. Uning qarshisida turgan odam — vahshiy, qonxo‘r, jinoyatchi emas edi. Bu odam — o‘zini yo‘qotgan, lekin hali ham bir nuqtada sevgini ushlab turgan bir yurak egasiydi.
Jungkook Ji-anning ko‘zlariga chuqur tikildi. Ammo bu qarashning ichida endi Ji-an emas, balki boshqa bir inson yiltirayotgan edi.
U ko‘zlarini biroz qisdi. Nafas olishi og‘irlashdi.
Va birdan —
...U o‘sha manzarani yana ko‘rdi.
Qorong‘u xona. Achchiq spirt hidi. Derazadan tushgan yuvosh nur.
Pol ustida, qontalash kiyimlar ostida... Uning singlisi.
Endigina 12 ga kirgan edi.
Jungkooning yuragi sanchdi.
Akasining dag‘al qo‘llari singlisining nozik tanasini bosib yotgan edi.
Qizaloq zor bilan ko‘zlarini Jungkookga tikdi.
Qonli lablari zor-zor titray boshladi.
Qo‘llarini cho‘zdi.
Jungkooning yuragi yirtilib ketgudek bo‘ldi. U yugurdi.
— Qo'yib yubor! Axmoq!! Unday qilma!! Axir u singlimiz!! Yo'q!! — deb qichqirdi u.
Ammo akasi orqasiga qayrilib, stol ustidagi temir qattiq buyumni oldi..
...va butun kuchi bilan Jungkookning boshiga soldi.
Qorong‘ilik.
Shovqinsiz sukunat.
Yig‘ining tovushi orqaga tortildi.
Hozir Jungkookning ko‘zlarida o‘sha manzara yaltirab turardi.
Ko‘zining chetida og‘ir, issiq bir tomchi yosh paydo bo‘ldi.
Sekin yuzidan pastga sirg‘alib tushdi.
U birdan Ji-anning yoniga egildi.
Uni quchoqladi.
Qattiq, ammo himoya qilish uchun, mehr bilan.
Jungkook (pichirlab):
— Men seni... hech qachon yo‘qotmayman. Hech qachon...
Ji-an hech nima demadi.
Faqat yuragidagi muz bo‘laklari birin-ketin eriy boshladi.
Tun jimjit edi. Xonani faqat oy nuri yoritardi. Ji-an Jungkookning bag‘rida yotardi, u esa bir qo‘lini Ji-anning qorniga, ikkinchisini yelkasiga qo‘yib, asta nafas olayotgandi. Biroq bir payt... uning peshonasida ter tomchilari paydo bo‘ldi. Naqadar chuqur, og‘ir nafas.
Karidor.
Uzoq, tor, devorlari nur sochayotgan koridor.
Jungkook asta yura boshladi. Oyoq tovushlari ostida aks sado yangradi.
— Aaaa... Aka... Yordam... — degan nolalar.
Bu tanish ovoz edi. Singlisining ovozi.
Jungkook yuragini changallab yugurdi.
Karidor oxiridagi eshik ochiq edi. Ichkaridan oq nur taralardi.
Yana... o‘sha xona.
Singlisi pol ustida, qontalash holda.
Akasining qorong‘i silueti uning ustida.
— Yo‘q! — Jungkook baqirdi va yugurdi.
U bu safar iloji boricha kuchliroq bo‘ldi.
Akasining yelkasidan tortib uni orqaga tortdi.
— Ket undan! Iltimos, ket!
Bu safar... u epladi.
Akasi yiqildi.
Jungkook singlisining yoniga tiz cho‘kdi, uni bag‘riga tortdi.
— Men seni qutqardim... men...
Ammo shu on...
Yana qorong‘ilik.
Nur so‘ndi.
Qizaloqning jismi qo‘lida erib ketgandek bo‘ldi.
Hamma narsa qora bo‘lib ketdi.
Jungkook shu on hushidan ketayotgandek bo‘ldi, yuragi muzlab, titray boshladi.
U qattiq chinqirib uyg‘onib ketdi.
Ji-an cho‘chib ketib yoniga qaradi.
— Jungkook?!
U esa past ovozda nafas olib, ko‘zlarini ochdi...
— Men uni... yana yo‘qotdim...
' E'tiboringiz uchun raxmat, hikoya muallifi #Diva , tez orada yangi qismlar bilan ko'rishguncha '