Sweet home
Cheonsa endi bu joyga biroz ko‘nikib qolgandi. U hanuzda o‘zining oldingi hayotini qo‘msasa ham, endi ko‘proq Taehyung va Hwa-young bilan gaplashib vaqt o‘tkazardi. Ular bilan suhbatlashish unga yoqardi — ayniqsa, Taehyungning hazillari va Hwa-youngning yoqimli tabassumi uni biroz bo‘lsa-da taskin berardi.
Ammo bu orada Jimin tobora Harangga bog‘lanib borardi.
Jimin endi hech qachon Harangdan uzoqlashmasdi. U doimo uning yonida edi.
Har kuni ertalab unga o‘zi tayyorlagan shirinliklarni olib kelardi. Kekslar, pishiriqlar, hatto ba’zan turli xil mevali desertlar ham bo‘lardi. Bu shirinliklar har doim yoqimli, lekin g‘alati edi.
Harang dastlab bu mehribonlikni oddiy mehr sifatida qabul qilgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tgan sari ichidan qandaydir bexushlik sezayotgandek edi.
Harang har kecha tush ko‘rardi.
Bu tushlar g‘alati edi. Tushida Jimin unga so‘zsiz tikilib turardi.
Qorong‘u xonada, u hech qanday tovush chiqarmasdi. Shunchaki, uning yonida turardi. Ba’zan jilmayardi. Ba’zan esa yuzida hech qanday ifoda bo‘lmasdi.
Harang bir kuni bu haqida Jiminga gapirishga qaror qildi.
U Jiminni yana oshxonada topdi. Jimin bugun ham o‘zining maxsus shirinliklaridan pishirayotgandi. U shirinliklarni shunchalik mehr bilan tayyorlardiki, bu qarash hatto Harangning yuragini siqib qo‘yardi.
— Harang (jim turib, chuqur nafas olib):
— Jimin…
Jimin xamirni aralashtirayotgan qo‘lini sekin to‘xtatdi va unga qaradi.
— Jimin (muloyim jilmayib):
— Hm?
— Harang (tashvish bilan):
— Men… so‘nggi vaqtlarda g‘alati tushlar ko‘ryapman.
Jimin uning ko‘zlariga tikildi. Tabassumi biroz so‘ndi.
— Jimin (sekin so‘radi):
— Qanday tushlar?
— Harang (lablarini tishlab, o‘ylab turib):
— Tushlarimda sen bo‘lasan. Lekin… sen hech narsa demaysan. Faqat yonimda turasan. Ba’zan jilmayasan, ba’zan esa… Men seni tushunolmayman.
Jiminning lablari qimirlamadi, ammo uning ko‘zlari bir lahzaga yorug‘liksiz ko‘rindi.
— Jimin (past ovozda, asta-sekin):
— …Qiziq.
U kulib qo‘ydi. Harang bu kulgi ortida nimadir borligini sezdi.
— Jimin (yanada yumshoq ovozda, xuddi chaqalog‘iga gapirgandek):
— Balki… bu shunchaki sening xayollaringdir?
Harang Jiminning ko‘zlariga tikilib turdi. Yo‘q… bu oddiy xayol emasdi.
Ammo Jimin shirin jilmayib, shirinlik tayyorlashda davom etardi.
— Jimin (kulimsirab, unga yaqinlashib):
— Harang… sen mening yonimda ekaningdan baxtliman. Men seni hech qachon hech kimga bermayman.
U barmoqlari bilan Harangning yonoqlarini silab qo‘ydi.
Harangning yuragi shiddat bilan urardi.
Bu gaplar… unga qandaydir begona va ayni paytda tanishdek tuyulardi.
U endi tushlarida Jiminning nega o‘ziga tikilib turishini tushunayotgandek edi.
Harangning badanini iliq qo‘llar mahkam quchib turganini his qilib, o‘zini shirin, xavfsiz qo‘rg‘onda yotgandek his qildi. Jiminning bag‘ri uni tinchlantirardi.
U titrab nafas oldi. Jiminning lablari bo‘ylab issiq bo‘salar taraldi. Harang asta-sekin boshi Jiminning ko‘ksiga tushayotganini his qildi… va uyquga ketdi.
Harangning quloqlari ostida to‘satdan soatning dahshatli bong ovozi yangradi.
Uning yuragi gupillab urdi. Nafasi tiqildi. Ko‘zlarini keng ochdi.
O‘sha qorong‘u, sovuq xona. To‘rt tomon devorlar qorong‘ilik bilan siqilayotgandek.
Jiminning yuziga oy nuri tushib turardi.
Ammo… Harangning yuragi urib ketdi.
Dahshatli, hech qanday his-tuyg‘usiz, quvonchmi yoki g‘azabmi — farqlab bo‘lmas jilmayish bilan.
Lablarida shu qotib qolgan tabassum… ko‘zlari esa hech qanday hayot alomatisiz qorong‘u jarlikdek chuqur edi.
Harang og‘ir nafas olib, uni gapirtirmoqchi bo‘ldi… lekin ovozi chiqmasdi.
Nafasi bo‘g‘ila boshladi. Yuragi gup-gup urardi.
To‘satdan nariroqda nimadir shitirladi.
Harang ko‘rmaslikka harakat qildi. Ammo bu mavjudotning borligi ichini qaqshatib yubordi.
Va shu zahoti dahshatdan qaltirashni boshladi.
Lekin… uning boshi 360° ga burilib ketgandi.
Ayol unga to‘g‘ri tikilib turardi.
Harang beixtiyor yutindi. Qo‘llari muzdek bo‘lib ketdi. Nafasi siqila boshladi.
Jimin hanuzda hech narsa demay, o‘sha JILMAYISH bilan unga tikilib turardi.
O‘zini o‘zi anglab bo‘lmaydigan, sirli, yovuz jilmayish…
Jiminga tikilib qolgancha, yuragi o‘zining to‘g‘ri joyida emasdek his qildi.
Harangning butun tanasi qotib qolgandi. Nafas olishi qiyinlashib, yuragi qinidan chiqib ketayozardi.
U ohista o‘rnidan turdi. Biror-bir shovqin chiqarmaslikka harakat qilib, sekin qadam tashladi.
Uning tanasi yengil qaltirardi. Eshikni topishi kerak edi. Qanday qilib bo‘lsa ham…
Orqasidan kimdir uni qattiq belidan mahkam quchdi!
Birovning iliq nafasi uning bo‘ynini silkitdi.
So‘ng, qulog‘ining yonginasida…
— Kya’th vrashzhaa'kth mo'vrah...
Harangning miyasiga ignalar sanchilgandek bo‘ldi.
U bor ovozi bilan qichqirib yubordi!
Nafasi bo‘g‘ilib, badanidan ter oqar, titrab, yuragi yana ham qattiq urar edi.
Yonida Jimin ham cho‘chib ketdi.
— Harang! — Jimin shosha-pisha unga yaqinlashdi. Uning yuzidagi ifoda o‘zgarib, qattiq xavotir aralash ovozda so‘radi: — Sen yaxshimisan?
Harang esa hamon bo‘g‘ilib, qo‘rquvdan titrayotgan edi. U lablari qaltirab, beixtiyor qattiq baqirdi:
Uning ko‘zlaridan qandaydir soyalardek nimadir sirg‘alib o‘tib ketdi.
Jiminning ko‘zlari zulmat ichra chaqnab ketdi.
Harangning ovozi butun xonani larzaga soldi, ammo Jimin unga fursat qoldirmadi.
Shartta Harangning lablariga yopishib, uni yotoqqa mahkam bosdi.
Uning lablari sovuq, ammo shafqatsiz edi. Harangning qo‘llari qattiq tirnab, unga qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi, lekin Jimin undan kuchli edi.
Jimin barmoqlari bilan javonchani paypaslab, qidirayotgan narsasini ushladi—u maxsus kukun edi.
Bo‘sani uzib, Jimin shoshilmay kukunni Harangga ichirishga majbur qildi.
Bu safar Harang taslim bo‘lmadi!
U ichidan qandaydir kuch topdi va Jiminni qattiq itarib yubordi.
Jimin biroz orqaga tislandi. Shu lahzadan foydalanib, Harang bo‘shashib turgan oyog‘i bilan uni butun kuchi bilan tepdi.
Jimin ohangrabo ovozda ingradi va chetga otilib ketdi.
Harang nafasi bo‘g‘ilib, hayajon bilan o‘rnidan turdi. Yuragi shunchalar tez urardiki, hatto qontalash bo‘lib ketgandek edi.
Harang hayrat va dahshat ichida yerga qaradi.
Uning oyoqlari go‘yo ko‘rinmas zanjirlar bilan bog‘lab qo‘yilgandi!
Jimin allaqachon sehrini ishlatib ulgurgandi.
Harang qo‘rqinch va dahshat ichida ko‘zlarini ochdi. Nafasi tez, yuragi esa gupillab urardi.
U atrofga qaradi—hali ham o‘sha xona, hali ham Jiminning bag‘rida edi.
“Tush... ichida tush ko‘rgan ekanman...”
Qo‘rquv uni butun vujudiga singib olgandi. Harang darhol boshini Jiminning ko‘ksiga qo‘ydi, go‘yo shunday qilsa, yuragi tinchlanib ketadigandek edi.
Lekin ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Yelkalari titrab, sekin-sekin yig‘lashga tushdi.
Harangning yig‘layotganini ko‘rib, u taranglashdi.
Juda uzoqdan eshitilgan kabi sokin ovozda so‘radi:
Harang javob bera olmadi, faqat boshini Jiminning ko‘kragiga yanada mahkamroq bosdi.
Jimindagi bezovtalik kuchaydi.
U asta yon tomonga uzalib, stol ustidagi pishiriqni oldi.
— "Mana, shuni ye, shunda o‘zingni yaxshiroq his qilasan."
Harang uning kaftidagi pishiriqqa qaradi.
Oddiy pishiriqqa o‘xshardi, lekin...
Ushbu pishiriqqa allaqachon maxsus kukun qo‘shilgan edi.
Harang Jiminning kaftidagi pishiriqqa tikilib qoldi.
Uning ichida nimadir qattiq qarshilik ko‘rsatardi—bu pishiriqni yemaslik kerak!
U asta boshini ko‘tardi va Jiminning ko‘zlariga qaradi:
— “Menga biroz havo kerak... Karidorda aylanib kelay, maylimi?”
Birinchi marta emas edi—Harang har safar u bergan narsani yemoqchi bo‘lmay, chetlab o‘tishga harakat qilardi.
Jiminning lablarida jilmayish paydo bo‘ldi, ammo ko‘zlari kulmadi.
— “Oldin pishiriqni yegin. Keyin qayerga xohlasang, boraverasan.”
Harangning yuragi yana g‘ashlandi.
U shunday holatda edi—hozir rozi bo‘lmasa, Jimin uni majburlashi aniq!
Og‘ir nafas olib, pishiriqni shunchaki og‘ziga soldi, ammo yutmasdan, tilining ostida ushlab turdi.
Jimin buni sezmay, unga xotirjam jilmayib:
Harang gandiranglab o‘rnidan turdi.
Oyog‘idagi kuch yo‘qolgandek edi.
Xonadan chiqib, qorong‘i karidorga kirdi va maqsadsiz yura boshladi.
Har bir qadamida yengi qaltirab, og‘zidagi pishiriqni chiqarib tashlash uchun joy izlayotgandek edi.