May 5

Criminals ✨

Episode 10.

( Kutganing men emasman..

Seungmin tun yarimida òz honasida kozini ovhdi. Dastlab sekin keyin keskinlik bilan atrofga qaradi. Òrnidan turishga uringanida oyoĝi nimagadir achishib oĝridi. Polga qaraganida honaning poli shisha va yoĝoch mebel siniblariga tòlgan edi. U yalang oyoq holda keskir siniblar orasida turib qoldi. Sokin. Bòsh va hissiz. Atigi ikki soat oldin honani bu holatga keltirgandagi kuchi hozr yoq..balki endi u kuch qaytmasa ham kerak.
Flashback 💥
U Chris ning qòlidan yulqinib chiqib uni yuziga musht tushirdi. Yigit hech nima demadi. Qiziq u hatto jilmayardi. Seungmin yana urishga qol kotargan ediki uni kulishini kurib qotib qoldi. Hech kim qarshi chiqa olmaydigan kichik boshliq..hozirda bosh directorning boysunmas ĝazabi hozirgina qarshisida paydo bòlgan yigitning birgina kulgusiga tohtadi. U huddi urushsiz taslim bòlgan davlat askati kabi edi. Qollari ikki yoniga shilq etib tushdi. Chrisning yerga uzanga oyoqlari ustidan hatlab òtib honasi tomonga yura boshladi. Qadamlariga polatdan qolip quyilgandek oĝir edi. Hatto nafas olmay qòygandek tuyulardi. Quloĝida dastlab chiyillash paydo bòldi. U qolini boshining ikki yoniga olib borib qattiq bosdi ammo ovoz tinmadi..
U bunga vhiday olmay yerga sekin otirar ekan baqirib yubordi...
Sm: aaahhhh hammang ket....bu sen emas.......kett...
Uni jazavasi tutib òrnidan turib honani koziga koringa burchagidagi buyumlarni bir joydan boshqasiga uloqtirardi. Hammasi òsha yoqimsiz ovozni bosish uchun. Ammo buning òrniga u miyyasida battar kuchayar edi holos. U zalni va òz òrnida qolgan honalarni ham vayron qildi. Ohiri honasida yerga qoqilib yiqilar ekan yuzi bilan atirgullar sochilgan sovuq polga yiqildi. Shu holida jim qolib yuĝlardi. Uning kozlaridan oqqan yosh tanasidan ham sovuq marmarga tishar ekan dodlashdan faqat atrofidagilardan uyalish hissi uni ushlab tirar edi. U shu holida ancha yotdi. Tepaga qarab . Jim va yolĝiz. Endi uni quloĝida chiyillash emas..kulgu eshitilar edi. Juda yoqimli..kulgu..sekin kòzini yumdi. Yana òsha manzara..kulgan yigit uni oldida tinmay gapirib ketar.. maktab formasining oldi ochik keng yerlkalaridan oftob nuri tushgan..oq sariq qollari bilan nimalarnidir tasvirlar..va bir sozni kop aytardi.. KICHKINTOYIM...
Seungmin kozini ochdi. Yana òsha tom..yana òsha naqshinkor devorlar..yerdagi atirgullar uni yuziga tegar koz yoshi sabab gullarninh qizil oq barglaridan baxilari yuiziga yopishgan edi. U turishni istamadi. Hech bolmasa yana bir bor kòrish uchun hammasiga tayyor odamini endi butkul unutishni istamadi..yana ozroq iltimos deb pichirlardi u.
Buvisi uni bu qadar qutirishini birinchi martta guvohi boldi. Te hoo esa bunga òrganib ketgan. Ammo Chris. Bu unga begona ammo qandaydr yoqimli edi ham. U yordam uchun egildi va uni ikki qollab dast kotardi. Seungminni kòzlari ĝazabdan qoraydi. Ortga sakragan yigit mohirona ywrga yengil qonib uni koksiga tepdi. Ammo Chris uni tutib qoldi. Seungminni tizzasi va belidan qolini yana òtkazib busafar juda mahkam ushlab qoldi. U qanchalik qimirlab qochishga urinmasin baribir uni qoyib yubormadi. Uni honasiga olib otib yotoqqa tashlagandi hamki ozi poldagi bir narsaga qoqilib uni ustida egilib qoldi. Ularning kozlari toqnashdi. Juda uzoq tikilishdan tohtamagan Seungmin uni yuzini oziga yaqinlashtirdi. Kozlarini yumib uni yuzini paypaslab sekin tasavvur qila boshladi ...ular bir hil..ammo shu bilan birga boshqa boshqa ham. Chris uning bu qiliĝiga indamadi aksincha yanada yaqin keltirib berdi.
Seungmin yana òsha kulguni eshita boshladi..tasvirlar koz òngida tiklana boshladi..
Sm: Chan.
U shunday deb pichirlab kozlarini ochdi. Unga qarab turgan yigitga tikildi. Jismonan yaqin ammo ruhan oralarida butun bir somon yòli bòlgan bu odam u uchun somon yòlidan chiqib boshqa olamdan kelib qolgan òzga ruhiyat edi.

Uni ohirgi umidi ham sòndi. Yigitni ozidan itarar ekan ters ogirildi. Chris indamay uni ustiga korpa yopdi va sekin yurib chiqib ketti.
Present moment:
U barini eslab yana qadam bosdi bu safar u oyoĝini chuqur yaraladi. Qadam bosar ekan u yanada koproq jarohat olar ammo buni his qilmas edi. U butunlay umidsiz qoldi. Mashinasiga yurib borib uni ot oldirdi. Tezlik bilan har qanday tosiq va radarni buzib òtgan BMW X5 old buferi shlakbaun asoratida bukilgan holda manzilga keldi. U qoliga mashina old orindiqqa qoyilgan oppoq liliyalarni buketini olib yana yalang oyoq holda toshlar yotqizilgan yolakni bosiq uyga kirdi. Uyni issiq poli uni yaralarini jizillatar ammo u pisanda qilmadi. Toĝri tomga chiqdi. Honaga kirishi bilan unga tanish vanilla hidi urildi. Bangchanni kiyimlaridan keladigan his uni badanidagi soĝinch aralashgan qonini qaynatdi. Qolidagi oshxonadan olgan qadahni bir kotarishda boshatib stoldagi tugallanmagan yuz chizmalari va rasmlar oldiga qòydi. Qolidagi gullarni portret ostiga qoydi. Oq matoni bir martta torganidan Chang kotarilib sekin pastga tushdi va òsha yuz paydo bòldi. Seungmin jilmayib uni yuzini siladi..qoĝoz orqali undan bòsa olgan yigit ikki tomchi koz yoshini qoĝoz vatmon portretga omonat qoldirdi.
Ch: seni sevgilingmi?
Shu tobda ortidan kelgan ovoz uni qurol òqtab burilishiga olib keldi.
Chris: mana nimaga buncha dod solganingni endi bildim.
Chris juda hotirjam yurib uni qolidan qurolni olib divanga tashladi. Ozi esa uni stulga otkazdi. Seungmin yarim hazil yarim ĝazab bilan unga qaradi va.
Sm: kuzatib yuripsanmi?
Ch: ha.
Sm: qanday topding.
Ch: uyni qonli oyoq iziga tòldiribsiz hojayin.
U yengil tabassum qilib uni qarshisida otirdi. Oyoĝini tizzasiga qoyib uni davolashga tayyorlay boshladi. Shundagina Seungmin uninqolidagi tibbiyot qutisini kordi.
Ular hech narsa demay jim qolishdi. Christopher hayratlanarli darajada ehtiyotkor ishlab unga iloji boricha muloyim teginardi.
Seungmin uni yuqoridan kuzatar ekan yuzini portretga burdi..
Bu nigohlar..qani endi..Chrisning orniga sen bolsang degan òy undan òtdi.

Chris ishini tugatib boshini kotardi va unga qol uzatdi. Seungmin hatto bir oĝiz soz demay divandan qutolini olib yana beliga joyladi.
Sm: menga qaraganing uchun rahmat endi ket.
Chris uning bu ishidan hayratda ekanini sir tutmadi.
Ch: nmadir esingdan chiqdi kichik boshliq.
Sm: nma ekan.
Ch: rahmat deyishni orgatishmaganmi.
Sm: birovni stalker kabi kuzatish odobdan emasliginichi?
Ch: juda aniq va qattiq zarba boldi. Ammo bu yerda sen stalkersan.
Seungmin tushunmay qaradi.
Chris devorlaridagi qolda chizilgan va kadrlardan kesilgan suratlarga ishora qildi.
Ch: menimcha sen uni hozr ham kuzatasan. Bu stalkerlik emasmi.
Sm: bilmagan narsangga burun suqma..
U yuzini burib yana divanga sekin yurgan ediki Chris aytgan gapdan tanasi titrab ketdi..
Chris: uni sevgansan u esa seni rad etganmi?
Seungmin achchiq kuldi.. va shu yuz bilan unga qaradi..
Sm: agar u shunday qilganida edi. Hozr men bu ahvolda bòlmas edim..Chunki sen aytgan holat uchun hozr borimni berishga tayyorman..qani edi u meni rad etsa..gapirmasa ham mayli..Faqat shu dunyoda bolsa yetarli edi..
Chris va Seungmin bir biriga tikilib qoldi... Vaht tohtagandek edi...

From Teте: Bazan hislarini aytishga odam qiynaladi ammo kozlar doim bu ishni òz zimmasiga olib kelgan