Criminals 💫
Chris kozini qisib unga qaradi.
Ch: bu nima deganing..nima u òlganmidi.
Seungmin yerga qaradi. Chuqur tin oldi. Shu holatda bilmagan odam uni uhlayapti deb oylar edi. Indamay yelkasini keng tutdida sekin bosh irĝab qoyib uni oldidan òtib ketti. Barchasiga tushungan qoriqchi unga yetishib olish uchun tez yurib ortidan quvdi. Seungmin oshxonaga tushib muzlatkichdan narsalarni olishni boshladi. Boya soĝinch ustunlik qilib sezmagan ekan. Oyoĝini osti butunlay kesilib ketganidanmi yura olmaydigan qilib oĝritar unga sayin òtkirlanmagan pichoq qolida turmay mahsulotlarni yaxshi kesmas edi. Sabr kosasining tolishiga bir tomchi qolgandi. Shu donani Chris quydi. U tinmay sayrar edi. Kerakli keraksiz. U eshitishni istagan va istamagan..har narsa . Asosiysi u gapiriahdan tohtamayotgan edi. U bir muddat ozini bosish uchun kozlarini yumdi shu mahal boshida issiq kaftlarni his qildi. Chris uning peshonasiga tushgan cholka sochlarini orasiga qolini kirgazib silayotgan edi. Seungmin ihtiyorsiz yutib qòydi.
Sm: qòlingni ol.
Ch: nega sen yiĝlamagin deb shunday qilayotgandim..men..yigitingga òxshaymanku..ahr..men..
Ammo u gapini tugatmay Seungmin uni bòĝziga pichoqni tiradi. Chris nafas ham olmay qolini kotardi..
Sm: aslo..aslo uni òzingga teng kòrma. Sen uni oldida chaqa pulga ham arzimaysan..mayda holingga meni yagona muhabbatim bilan ozingni teng koryapsanmi.. Qanchalar achinarli..sen uni darajasiga yetishing uchun senga qayta tuĝilish ham yordam bermaydi..
Chris ehtiyotkor yutinib sekin kozini yumib ochdi
Ch: iltimos buni ol.
Sm: meni tushundingmi oldin shuni ayt.
Seungmin òtmaslashgan ammo polatdek yarqirab kozlarida aks etayotgan pichoqni yanada unga yaqin keltrdi.
Chris bosh irĝab qoydi..
Seungmin yana ishiga qaytdi. Shu òtgan 6 yil ichida u ancha ulĝaygan. Endi avvalgi har narsa uchun chidam va bardosh qiladigan yosh bola emas aksincha òziga yoqmagan odamlardan juda oson kechadigan va rahm qilmaydigan erkakga aylangan edi. Ular jimlikda qolishdi. Ovqat uchun guruchni qaynatishga qòygan Seungmin unga qaradi.
Sm: kozimdan yoqol.
Chris birdan aytilgan gapdanmi yoki tarqoq hayollaridanmi ishqilib bir chochib tushdi. Ozi bilmagan holda Seungminni qolida nimadr yoqligini tekshirib olib past ovozda sòradi.
Ch: nega. Mehmon kutyapsanmi.?
Seungmin unga shundey qaradiki Chrisning badanidan yengil nimadir muzlatib tuklarini tikka qildi. Bu qarashlar ĝalati darajada qorqinchli bolib korinchi. Hotirjam ammo sovuq.
Ha bu kòzlar qachonlardr quvonchdan porlagan. Sevgidan yashnagan. Soĝinchdan qizarib nuri hiralashgan edi.
Mana bugun qarshisida turgan yigitga qarab shuni bildiki kòzlari ohirgi umidini ham ichidagi 7 ummonni tòplagan nigohlarining tub tubiga choktirgan. Orzularini òzi qotili bòlgan yigitning kòzlari endi butunlay bòsh edi. Balki shungadir Chris bunchalik qorqib ketgani.
Sm: ket!
Chris hop degandek ishora bilan pastga tushdi. Ostonadan hatlab kochaga chiqquncha uni Seungmin balkondan kuzatib turdi. U mashinasiga òtirib uzoqlashgandagina yengil nafas chiqardi.
Sm: shu eng toĝrisi.
Christopher uni kuzatib turishini his qilgandek umuman yolda tohtamadi. Shaxar postiga yetganda qahva ichayotgandek ozini tutib telwfonidan habar yozdi.
Ch : U yaxshi. Unga qaradim. Yura oladi. Hozircha tirik. Yana nimadir qilaymi.
Javob uzoq kuttirmadi.
#?! : undan soniyaga bòlsa ham ayrilma. U bizga kerak. Vahti tugaguncha hayotda yashab qolsin.
Chris javob yozmay raqamni royhatdan òchirdi. Telwfonni tozalab yana mashinani òrnidan siljitdi..
Seungmin esa hech nimadan behabar uyida edi. Har doim qilganidek ikki kishi uchun taom tayyorladi. Stolni ham juftlik uchun tayyorladi. Uni kòrgan odam rafiqasini uchrashuvga chaqirgan erkak deb òylaydi. Stolga òtirgan Seungmin duo òqib (xristian) ovqatni boshladi. Ammo birinchi qoshiqni qarshisida unga jilmayib rasm orqali qarab turgan Changa tutdi. Huddi òyin qilgandek:
Sm: ma yeysanmi. Bilaman ochsan. Yòqmi ozing bilasan..
U huddi òynashgandek qoshiqni ogziga soldi. Va yutinib kuldi.
Sm: yana ushlay olmading .
Uning kulgusiga bòsh uyning devorlari guvoh bòlardi. Bunday "hazillarga" konib ketgan suratlar esa doimgi ishini qilgandek unga tikilishda davom etardi. Seungmin idiahlarni olib borar ekan bor ovozda stoldagi boshqa rasmga qaradi
Sm: bugun ham men yuvyapman. Sen juda erkalab ketyapsan. Meni roatan sevsang bunday qiynamasding. Yaramas. Men ham charchayman.
U tasavvuridagi Chan bilan tinmay gaplashar ekan yotoqqa bordi. Uy tozalangan ozi ham charchagan edi. Yotoqxonada yana bir vatmon portret bor edi. Bu ham qòlda chizilgan qalamda ishlangan surat. Faqat bu yerda chan bilan birga uni òzi ham bor. Sekin unga qarab yurar ekan oĝriqlari ham charchoq ham esidan chiqdi. Suratda òsha Chan oyoĝini yaralab olgan yomĝirli kuz tongidagi ikki yigit tasvirlangan edi. Bòyi past bola gavdali yigitni bòyin yoqasidan tortib turipdi. Yigit esa undan kozini uzmayapti.
Sm: baribir òzingdek gòzal chiza olmadim..
U shuni pichirlab suratga yuzini bosdi. Yoshlari oqar ekan. Suratni buzmaslik uchuntezda ozini ortga oldi. Shu payt eshik oldida eahikka suyangan Chan ga kòzi tushdi. U huddi òsha kungi qora jaketida edi. Seungmin jilmaydi.
Sm: keldingmi?
Bangchan bosh irĝab qòydi. Seungmin sekin borib unga qaradi.
Sm: men bugun sen kabi birini kòrdim. Ammo u sen emas eding. Imonim komil. Sen menga qaragandek hech kim qaray olmaydi.
Bangchan yana bosh irĝab qoydi.
Seungmin yutinib oldi va yerga qarab erkalik bilan gapirdi.
Sm: bilasanmi bugun men òzim ovqat qildim. Bu ikkinchi martta. U senga yoqdimi? Ahr birga yedikku.
Bangchan indamas. Shunchaki eshikka suyanib bosh irĝab turar edi holos.
Sm: meni erkalab qòymaysanmi?
U shunday deb bir qadam tashladi. Bangchan esa orga qadam tashladi. Seungmin turga joyida qoldi.
Sm: nima bòldi Chan.
Bangchan sekin uni ortiga ishora qildi. Seungmin ortiga qaradi.
U yerda Te hoo qolida dorilar va ovqat bilan uni kuzatib turardi. Nigohi bir damda achinish. Bir damda esa yana shumi" degan manoda Seungminni kuzatar edi.
Seungmin jilmaydi va unga gapirdi.
Sm: Ha Te hoo ku bu..shundan ham tortinasanmi. Aytganimdek Te hoo nega kelganding òzi.
U Te hoo ga qaradi.
Th: kimga gapiryapsan kichik boshliq.
Seungmin qolini eshikka qaratib Chan tirgan joyni korsatdi.
Sm: Changa. U meni oldimga keldi. Qara bu òsha senga aytgan kiyimim. Unga doim shu yarashardi.
Te hoo kozlarini qoli bilan yopib koz yoshlarini yashirdi. Shuncha yillardan bwri ukasidek bolib qolgan bolani kòz oldida harob bòlayotganini kòrish unga kuchli zarba edi. U bor kuchi bilan ozini bosdi. Va unga jilmaydi.
Th: ha ynaa keldimi. Mayli unda ertaroq uhla. Unga salom ayt.
Seungmin huddi besh yoshli boladek boshini mamnun qimirlatib ortiga qaradi. Ammo endi eshikda Chan yòq edi. Seungmin kòzlarini tez tez yumib ochar ekan. Huddi yashin urgandek hayoli nimalar qilganini anglab qoldi. U yana gallutsinatsiyaga tushib qoldi.
Bu daxshatli rangsiz sarob Bangchan shaklida uni bezovta qila boshlaganiga 2 3 oy bòldi. Boshida buni haqiqiy deb òylagan yigit. Psixiyatr bilan bòlgan suhbatdan keyin buni sarob ekanini angladi. Ammo hudo unga sevikli yorini yuzini nasib etgani uchun ham shukur qildi. Va sarobga tobora boĝlanib qoldi..
Hozr ham joyiga chozilar ekan ustini ehtiyotkor yopgan Te hoo ga qaradi.
Sm: u juda realdek edi..
Th: bilaman..bilaman kichik boshliq..ammo ikkimiz ham bu sarob ekanini ham unutmaylik..uhla..
Seungmin asta kòzni yumar ekan derazadan qarab turgan Chan unga jilmayib koz qisib qòydi.
Seungmin uni ham sarob ekaniga ishondi..va uyquga ketti. Ammo quloĝida hamon òsha kulgu alladek jaranglar edi
From Tete: Hamma ham kòringanidek emas. Bazan biz ishongan pardalar ortidagi gòzal manzara shunchaki daraxtlar ostiga yashirinib tunda òz ishini shavqatsizlarcha bajaradigan quzĝunlarni yashiruvchi niqob sanaladi.