Nimalari bor:
• Dizayn. Quloqchinlar “palochka” shaklida, lekin oddiy plastik emas, balki yumshoq silikon uchliklari bilan. Quloqqa zichroq o‘rnashadi va yurganda tushib ketmaydi.
• Ovoz. Bitta dinamiki bor, lekin bassni ham “uradi”, ovozlarni ham tiniq qiladi. Yo‘lda musiqa tinglash uchun yetarli.
• Suhbatlar. Uchta mikrofon shovqinni filtrlab beradi. Masalan, avtobusda yoningda kimdir baland gaplashsa ham, suhbatdoshing faqat seni eshitadi.
• Shovqinni bosish. 32 dB gacha kamaytiradi — ya’ni metro yoki konditsioner shovqini ancha pasayadi. Kerak bo‘lsa, atrofdagilarni eshitish rejimi ham bor.
• Aqlli funksiyalar. Quloqda tarjimon ishlaydi, telefon va planshet o‘rtasida avtomatik almashadi, yo‘qolgan quloqchinni ilova orqali topish mumkin.
• Batareya. Shovqinni bosish bilan 6 soatgacha, keys bilan esa 30 soatgacha ishlaydi. Kun-kunga yetadi.
• Himoya. IP54 — yomg‘ir va changdan qo‘rqmaydi, sportzalga ham mos.
— Ko‘p yo‘l yuradigan va transportda tinchlikni xohlovchilar uchun.
— Talabalar va sayohatchilar uchun — quloqda tarjimon jiddiy yordam beradi.
— Samsung telefoni borlar uchun — bu quloqchinlar ularning ekotizimi bilan eng yaxshi ishlaydi.
Oldingi versiya bilan taqqoslash
Buds FE (2023) oddiyroq edi: himoyasi zaifroq, tarjimon va ovozli boshqaruv yo‘q edi. Yangi model ancha rivojlangan.