Qisqa va lo’nda
Ekran — ko‘zlaringni quvontiradigan texnika
• E-Ink — ko‘zlaringni asraydi. Oddiy qog‘ozdek ko‘rinadi. Yorug‘ quyoshda ham bemalol o‘qisa bo‘ladi.
• Carta / Carta HD / Carta 1300 — tiniq, tez, 300 ppi gacha. Kitobxonlar uchun ideal.
• Kaleido 3 — rangli matnlar, komiks, darsliklar va zamonaviy PDF uchun top-top.
IPS yoki OLED ekranli gadjetlar YouTube uchun, o‘qish uchun emas. Ko‘z og‘riydi, batareya tez tugaydi.
Batareya — o‘ylab ishlangan jihat
• Oddiy E-Ink: 1 oygacha ishlaydi.
• Yoritish (podsvetka) kerak! Issiq va sovuq nurni sozlay oladiganlari ko‘zni charchatmaydi.
Tizim: oddiymi yoki to‘liq erkinlikmi?
• Faqat kitob o‘qish — Kindle yoki PocketBook (o‘zi oddiy, muammosiz).
• Hammasi kerak — Android rider (Onyx Boox): Telegram ham o‘rnatasan, xohlasang brauzer bilan maqola o‘qiysan.
• Audiokitob tinglaysanmi? Bluetooth yoki dinamik kerak bo‘ladi.
✅ PocketBook Era, InkPad Color, Boox Go Color 7 — o‘qiydi ham, gapiradi ham.
• microSD kartasi — kerakli narsa, ayniqsa FB2 va PDF yig‘ib yurgan bo‘lsang.
• Formatlar: EPUB, FB2, MOBI, PDF, DjVu, CBZ – bularni o‘qiy olishi shart.
• Tugmali — ayniqsa yo‘lda, sovuqda yoki yonboshlab o‘qiganda foydali.
Ideal variant — ikkalasi ham bo‘lsa.
• IPX8 — vannaga tushib ketsa, hech narsa bo‘lmaydi (lekin bilib tushirma).
• Chexol shart. Ekran — nozik joy.
Ekran o‘lchami: hayotingga mosini tanla
• 6″ — cho‘ntakka sig‘adi. Metro, uy, sayl uchun ideal.
• 7–8″ — PDF va kitob uchun universal format.
• 10″+ — jiddiy matnlar, maqolalar, grafikalar uchun. Og‘irroq, lekin qulay.
2025-yilning eng zo‘r modellari (internetda yozilganidek):
Kitob o‘qish - Kindle 11, PocketBook Verse
PDF + Android - Onyx Boox Faust 7, Darwin 11