#" Qizil qalpoqcha ertagi "# Ep:6
Taehyung atrofdagi hamma ularga qarab turganini sezib Yonaga tikildi. Yona ham bu holatdan hijolat bo'lyotgandek edi. Yigit qizga mayin jilmaygancha ohista qo'lidan ushlab zalning markaziga olib chiqa boshladi. Yona boshidan hayronlik bilan yigitga qaradi. Tushundiki Taehyung ikkisini ham bu holatdan olib chiqmoqchi edi. Taehyung Yonani o'ziga yaqinroq tortib bir qo'lini uning belidan o'tkazdi. Yona qo'lini qarshisidagi yigitning yelkasiga qo'ydi. Ular musiqaga mos harakat bilan tebranishar ekan. Hammaning ko'zi ularda edi. Burchakda esa Sua ularga jizg'anak bo'lgancha qarab turardi. Yona yengil titrardi. Birdan qandaydir sokin ammo tinchlantiruvchi ovozni quloqlari ostida his qildi.
- Titrama.. tinchlan - Taehyung qaltirayotgan qizni qulog'iga ohista pichirladi. Yona uning ko'zlariga boqdi. Ularning ko'zlari bir biriga bog'lanib turar ekan Taehyung yengil kulimsiradi. Va yana qizning qulog'iga biroz engashib qaynoq nafasda pichirladi.
- Har holda raqs maktabida o'qiysan.. buncha hayajon qayerdan
Yona o'zini qo'lga olib huddi yigit kabi u ham shivirladi.
- O'qishim.. ya'ni mashg'ulotlarim ular keyingi haftadan boshlanadi.
- Tushunarli.
Musiqa ajoyib tarzda tugar ekan asosiy qahramonlarimiz ham raqsni yakunlashdi.
Baland poshna va uzun va noqulay bo'lgan oq libosdan bezigan Yona etagini ko'targancha mashinaga chiqdi. Uning yoniga kelib joylashgan eri ham chuqur uh tortdi.
- Vanihoyat bu tomoshalar ham tugadi - Yona boshini ortga tashlab ko'zlarini yumgancha dedi. Taehyung nimadir demoqchi ediki telefoni jitinglashi unga qarashga majbur qildi.
- Eshitaman Sua - past ammo qattiq ohangda dedi yigit.
- Yaxshi.. biror bo'sh xonaga joylash
Taehyung telefonini o'chirib hali ham ko'zini yumib olgan qizga qaradi. Yonaning yuzida charchoq va uyqu bilinib tursa ham bu uni yanada latofatli ko'rsatardi. Kichik yuz, ingichka pushti lablar, uzun qora kipriklar. Kichik jussa va uzun jigarrang qo'ng'iroq tarzda oldiga tushib turgan sochlar va juda yarashgan oq libos.. barchasi oddiy ko'rinsada yigit unga uzoq tikilib qoldi. Birdan o'zini qo'lga olgan holda yo'lga qaradi. Ular katta uy oldiga kelib to'xtar ekan Taehyung oldidagi qizga qaradi. Yona boshini mashina oynasiga tiragancha uxlab qolgandi.
- Hoy qalpoqcha... Yona uxlab qoldingmi - Qizdan javob kelmagach uning yuziga yaqin egilib tushib turgan sochlarini uning qulog'i ortiga olib tartibladi. Taehyung Yonani yuziga shu qadar yaqin turar ekan qizning bir tartibda olayotgan nafasi yigitning yuziga urilar edi. Taehyung hayoliga kelgan be'mani o'ylardan o'ziga kelolmay qizning lablariga engashganda birdan Yona gavdasini ko'tarib boshi bilan yigitning burniga urildi. Taehyung burnini ushlab ortiga tisarildi. Yona esa peshonasini ishqalab nima bo'lganini tushunishga urinardi.
- Jin ursin bu nimasi - Yona peshonasini silar ekan dedi.
- La'nati.. boshing toshdanmi nima - yigit burnini ushlab qoshlarini chimirgancha qizga tikildi
Yona oynadan qarab uyga kelishganini bildi.
- Kelibmizku.. men uxlab qoldimmi - qiz ko'zlarini ishqalagancha mashinadan tushishga shaylandi.
Ular uyga kirishar ekan hizmatkorlar allaqachon ketishgandi. Sua ichkaridan qo'lida may bilan chiqib keldi. Taehyung sezdiki Sua allaqachon mast bo'lgan. Lab uchida jilmayib ochiq kiyingan qizni oldiga asta yaqinlasha boshladi. Yona hozir qanday ishlar bo'lishini taxmin qilib yuqoriga etagini ko'targancha chiqib ketdi.
--Suaa.. nega buncha ko'p ichding - Yigit qizni yiqilmasligi uchun tirsagidan ushlab turar ekan dedi. Sua kulimsirab ko'zlarini suzgancha javob berdi.
--Seni to'yingni nishonladim.. uylanganingni..
--Sua.. hozir o'zingda emassan..
Sua boshini yigitning ko'ksiga tiradi.
--Taee.. men.. - Sua gapini yakunlab ulgurmay yiqilmoqchi bo'lganda Taehyung uni ushlab qoldi. Uni tepa qavatga olib chiqib bo'sh yotoqhonaga yotqizib chiqib ketdi.
Yona atirgul yaproqlari bilan bezatilgan yotoqqa kiyimini almashtirmasdan o'zini tashladi. Chuqur uh tortdi. Gavdasini ko'tarib o'rnidan turdi va shkaf oldiga keldi. Qo'llarini orqaga olib borib oq ko'ylagini zamogini yechishga urindi. Yona uzoq urinishdan qo'llari toliqdi.
--Jin ursin bu nimasi bo'ldi endi.. yechila qolsangchi
Yona o'ziga o'zi g'ingshir ekan zamogda turgan qo'llarida o'zga qo'llarini his qildi. Yonani ko'zlari katta katta bo'lib ochildi. Ortiga o'girilmoqchi bo'lganda qattiq va katta qo'llar egasi bunga yo'l qo'ymadi. Quloqlari ostida yana o'sha qaynoq nafasni his qildi.
--Tshshsh.. tinchlan.. shunchaki yordam beraman..
Yigitning qo'llari ko'ylak zamogini ohista pastga tushirar ekan Yona nafas olishi tezlashdi. Qizning qo'rquvi va hayajonlanishi yigitga yanada zavq berardi. Zamog yetrlicha pastlar ekan Yona zudlik bilan ortiga o'girildi va o'zini ortga oldi.
--Yordam uchun raxmat.. endi chiqishing mumkin.
Yigit lab uchida jilmayib qizning sochlarini tartiblab qo'ydi.
--Yaxshi dam ol.. qalpoqcham.. - so'ngi so'zlarni qizning qulog'iga pichirlagancha honani tark etdi. Yona ushlab turgan nafasini tashqariga chiqardi. Kiyimini yumshoq pijamaga aylantirib yotoqqa yotdi va uyquga ketdi.
Tong. Yona yaxshi kayfiyatda uyg'ondi. Chunki uning bugun birinchi o'qish kuni edi. Opera va ballet maktabiga boradi. Sochlarini tartiblab kiyinib pastga tushdi. Hizmatkorlar Taehyungni oldida unga yaxshi muomalada bo'lardi. Yona allaqachon bu holatga ko'nikkandi. Stolda Taehyung yolg'iz o'zi o'tirardi. Yona ham sekin kelib uning qarshisiga o'tirdi.
--Hayrli tong - jiddiy ohangda dedi yigit.
--Senga ham hayrli tong - qiz ham sokin va past ovozda dedi.
--Kel sen bilan kelishib olamiz - Taehyung tirsagini stolga tiragancha sovuq ohangda dedi. Yona boshida bu holatga tuahunmay turdi.
--Sen endi meni rafiqam ekansan.. ya'ni Kim familyasini ko'tarib yurar ekansan.. yaxshigina qoidalarga bo'ysunishga majbursan.. yarim tunda daydishlar.. klubda do'stlar bilan ko'ngil xushliklar taqiqlanadi.. bu uyda ichish.. chekish.. baland ovozlarga ham ruxsat yo'q
--Nima? Lekin kecha Sua ham ichib olgandi aytmoqchimanki men ichmayman.. va do'stlarim ham yo'q.. lekin menga chegara qo'yolmaysan..
Taehyung sovuq va tubsizlikni eslatuvchi nigohlari bilan qizga tikildi. Yona ham unga o'zining ohu ko'zlari bilan boqdi.
--Men seni eringman yaxshi gapirganimga haddingdan oshma.. va.. meni chegaradan chiqishimga majbur qilma
Yona kecha tunda bo'lganlarini eslab yuragida g'ashlik uyg'ondi. Qarshisidagi yigit uni istagan payt istagan holiga solishi mumkin. Yona bir yutunib ko'zlarini boshqa tomonga olib qochdi. Yigit uni qo'rquvini his qilib turibdi.
--Men.. mashg'ulotga borishim kerak.. hop.. lekin o'qishda do'stlar orttiraman va sen bularga qarshilik qilmaysan.. kelishganimizdek bir birimizni hayotimizga aralashmaymiz..
Yona so'zlarini tugatib o'rnidan turdi.
--Unda sen ham Kim familyasiga dog' tushirma.. unga loyiq bo'l - yigit so'ngi so'zlarini yakunlab u ham o'rnidan turdi. Honaga esa Sua kirib keldi. To'g'ri borib Taehyungni bo'ynidan quchoqladi. Yona esa honadan chiqib ketdi. Taehyungni bo'yniga osilgan qiz bo'lishiga qaramay uning ko'zlari yopilgan eshikda edi.
--Taee..
--Sua ota onang bu yerda ekaningni bilishadimi.
--Mmm.. uylanyotganingni eshitib ular qattiq ranjidi. Ammo.. men ularga baribir birga bo'lishimizni aytdim.
--Hmm.. yaxshi nonushta qil.. men ishga ketyapman.. - Taehyung qizdan uzoqlashib kastyumini qo'liga oldi. Eshikdan shunchaki chiqib ketdi. Sua stolga o'tirib nonushta qila boshladi.
--Ho'sh davom etamiz.. birinichi holat.. ikkinchi holat.. uchinchi holat.. - to'rt tomoni oynalar bilan bezatilgan keng honada qizlarning mayin harakati va ustozning ovozi egallagandi. Bir hil kiyimdagi qizlar ustozining aytgan harakatlarini bir hil tarzda bajarishga urinishardi.
Vanihoyat men ballerina libosidaman. Juda xursandman. Bu juda qiyin lekin ishonchim komil men buni albatta uddalayman.
Ular oyoq uchida turib mayin va tekis harakat bilan yuqoriga sakrashardi.
Yona mashg'ulotdan chiqib kiyinish honasiga bordi. U yerda ham bir nechta qizlar bor edi. Yona qizlar bilan yaxshi tanishib olgandi. Ustoz kirib qizlarni bir chetga yig'di. Qizlarning orasidagi biriga qarata dedi.
--Diana yaqinda yangi chiqish bo'lib o'tadi. Yaxshilab tayyorlan.. ular seni tanlashdi.
Diana bundan hayron qolmagan holda shunchaki bosh silkib qo'ydi. Yona yonidagi qizga savol berdi.
--Har yangi chiqishda u ishtirok etadimi.
--Yo'q aslida har bir chiqish uchun bizni sinab ko'rishadi. Kim yaxshiroq harakat qilsa.. o'sha bosh rolga tanlanadi. Diananing otasi bu teatrga homiylik qilladi. Shuning uchun yangi kelgan hamkorlar ballerinalarni ko'rib o'tirishmaydi.. kimning qo'li baland kelsa deganlaridek.. biz hozircha kichik sahnalarda ijro etamiz..
Yona indamay sekin bosh silkin qo'ydi.
Pov*Yona
Ballerina bo'lish oson emas ekan. Hamma joyim og'riyapti.
Yona charchoq bilan mashg'ulotlardan chiqar ekan
Tashqarida bir nechta qo'riqchisi bilan mashinaga minayotgan Dianaga ko'zi tushdi. Diana ketgach Yona atrofga qaradi. "Menimcha u meni unutgan ko'rinadi." Yona shu hayol bilan avtobus bekati tomon yura boshladi. O'qishda birinchi kun juda og'ir va charchoqli o'tgan bo'lsada Yona juda xursand edi. Bekatga kelar ekan atrofda hech kim yo'q edi. Yona atrofga bir nazar solib endigina botayotgan quyoshga qarab xursandligidan baqirib sakray boshladi.
--Aaaa men juda xursandman vanihoyat ballet maktabida o'qiyapman. Yo hudo juda baxtliman.. - Yona tez urayotgan yuragini tinchlantiegandek ko'ksiga qo'lini qo'yib chuqur nafas oldi. Boyagidek baland ovozdan farqli ravishda juda past va sokin ohangda davom etdi.
--Raxmat.. raxmat.. hammasi uchun.. yana yashashga bo'lgan umidimni qaytarganing uchun raxmat.. vada beraman men hali dunyodagi eng baxtli qiz bo'laman..
Avtobus keldi. Yona avtobusga chiqib chekkaroq joyga borib deraza yoniga joylashdi. Boshini derazaga qo'yib quyosh botayotgani uchun qizg'ish tusga kirayotgan samoga boqdi va sekin jilmaydi.