March 26, 2025

Yolvoraman, xiyonat qilma

Bugun hammadan ham o'zim hursandman. Chunki men tug'ildim. Ha bugun meni tug'ilgan kunim. Hayotimning 17-bahori. Hozir ham oynaga o'z chiroyimga mahliyo bo'lib o'tirar ekanman oyimni ovozi tashqaridan eshitildi

--Qizim.. Gulsum.. honangdamisan..
Fotima aya qizining honasiga kirib kelar ekan chaqirdi.
--Ha oyi.. keling shu yerdaman..
--Honangda o'tiravermasdan men bilan pastga tush..
--Oyi.. dadam ketguncha honamda o'tiray.. keyin ham nonushta qilaveraman..
Gulsum oyisiga yalinchoqlik bilan mo'ltirab gapirar edi.
--Dadangni jahlini bilasan. Yaxshisi pastga tush.. qani tur..
Fotima aya shunday degancha honani tark etdi.

Yo'q. Men aslida honasiga berkinib oladigan qizlardan emasman. Shunchaki dadamni oldida be'malol nonushta qila olmayman holos. Har holda bugun tug'ilgan kunim. Yaxshisi pastga tushaman. Gulsum ro'molini o'ragancha pastga ota onasini oldiga tushdi.
--Assalomu alaykum..
Gulsum odob bilan salom berib otasini ijozat berishini kutdi.
--Va alaykum assalom.. kel o'tir qizim..
Gulsum dadasidan ijozat olgach ularning yonidan joy oldi.
--Bugun qizimizning tavallud kuni ekan.. mendan nima so'raydilar
Gulsumning dadasi har tug'ilgan kunida bir iltimosini amalga oshiradi.

--Bir iltimosim bor edi..
Gulsum past ovozda iymanibgina so'radi.
--Madrasaga yana bir bor harakat qilmoqchiman.. agar ruxsat bersalar..
--Bir marotaba urinib ko'rdingiz.. qizim.. bundan buyon uyda onagizga osh tavoqda qarashganingiz ma'qul..
Gulsumni dadasi qizlarini hech qachon "sen" deb aytmagan. Har doim ularni sizlab murojaat qilgan. Gulsum bir marotaba madrasaga harakat qilgan lekin kirolmadi. Hozir uyda onasining yonida. Lekin uyda qolishni hohlamaydi. U o'qishni istaydi. Ko'p narsani bilishni, ilm olib qolganlarga ilm ulashishni istaydi. Bu sukunatni Fotima aya buzdi.
--Ha mayli dadasi hech bo'lmasa o'quv kurslariga ruxsat bering..
--Ilmini o'rgansin mayli.. faqat.. ko'chada ko'p yurmasinlar..
--Alloh sizdan rozi bo'lsin raxmat dadajon.

Gulsum ota onasidan ruxsat so'rab honasiga chiqib ketdi. O'quv markaziga borish uchun tayyorlana boshladi. Oppoq hijobini chiroyli qilib o'radi shunga monand oq uzun o'ziga yarashib turadigan ko'ylagini kiydi.

~

--Dada.. dadajon..
Honada qizaloq dadasini chaqirar ekan. Dadasi bu yerda ham yo'qligini bilgach boshqa honaga qarab yura boshladi. Birdan katta qo'llari uni ko'tarib oldi..
--Meni malikam
--Dadajon sizni boyadan beri qidiraman..
Usmon 5 yoshli qizini yuzidan o'parkan yerga qo'ydi.
--Siz menga vada bergansiz esizdami
Qizaloq qora ko'zlari bilan mo'ltirab gapirarkan dadasini yuziga tabassum yugurdi.
--Markazga borishni istaysanmi.. yoki Muhabbat opangni oldigami..
--Men bu yerda zerikaman Muhabbat opam men bilan o'ynayvermaydi.
--Hop malikam olib boraman..
Usmon qizini buvisini qo'liga berib o'z honasiga kirib ketdi.

~

Bugun 17 yoshga to'ldim. Oldin ham o'quv markazga borardim u paytlar juda yosh edim. Endi ulg'aygan sarim meni dadam uyga qamab qo'yyapti. Lekin yana ruxsat berishdi. Darslar boshlandi. Bu yerda eng yaxshi ustozlar ta'lim beradi. Darslarni tugatib ketmoqchi bo'lganimda administrator menga uchrashib ket degani esimga tushdi. Uning honasini ohista taqillatdim.
--Bu yerda hech kim yo'q..
Adashmasam qizchani ovozi eshitildi. Honaga kirdim. Kursida muzqaymoq yeb o'tirgan qizchani ko'rib beixtiyor tabassum qildim. U o'rnidan turib meni yonimga keldi. Uni bo'yi barobar egildim.
--Salom qizaloq.. isming nima..
Administratorni qizi bo'lsa kerak deb o'yladim.
--Ismim Oysha..
--Oysha juda chiroyli isming bor ekan.. Muhabbat opani qizimisan..
--Yo'q.. men dadamni qiziman.. siz kimsiz..
--Meni ismim Gulsum..
--Sizniyam ismingiz chiroyli ekan..
Bu qizni yaxshi ko'rib qoldim. Juda yoqimtoy. Huddi farishtaning o'zi. Birdan eshik ochilib bir erkak kirib keldi. Men Oysha bilan miriqib kulishib o'tirgandim.

~

Qizim Oyshani administratorim Muhabbatni oldida qoldirgandim. Ammo honaga kirganimda qizim boshqa ayol bilan kulishib o'tirganini ko'rdim. Bu qiz kim bo'ldi. U bilan qizimni birga ko'rib hayron qoldim. Unga qanday tikilib qolganimni bilmay qolibman.

--Qizim Oysha.. ketamiz..
--Hozir dadajon.. Mayli Gulsum opa.. yana kelaman.. birga o'ynaymiza..
--Albatta shirinim birga o'ynaymiz.. boraqol..
Oysha dadasiga yugurib bordi. Uning dadasiga e'tibor bermadim. Lekin u menga boshqacha tikildi. Muhabbat opaga uchrab tezroq uyga ketishim zarur.

Honada biroz kutganimdan so'ng Muhabbat opa keldi.
--Keldingizmi Muhabbat opa..
--Keldim keldim..
--Sizga uchrashim haqida aytgandingiz..
--Ha.. sen tufayli yaxshigina gap ham eshitdim..
--Nima qanday gap..
--Boshlig'imning qizi bilan shu yerdamiding..
--Ha bir qizaloq bilan sizni shu yerda kutgandim. u boshlig'ingizni qizimidi.
--Ha.. Usmon Qudratovichning yakkayu yakka qizi.. biram injiqki.. shu sabab doim gap eshitaman.. nima men uni enagasimidim..
--Menga unday tuyilmadi.. juda yuvosh qizaloq edi.
--Ha yana bilmadim

~
Administrator bilan darslarimni kelishib uyga qaytdim. Hali ham o'sha qizni hayolimdan ketkazolmayapman.

~

--Dada Gulsum opamni oldiga yana olib borasiza..
--U qizni yana ko'rasanmi yo'qmi buni bilmaymiz qizim..
--Gulsum opam juda yaxshi ekan.. yana birga o'ynash uchun boramana

--Qizim senga aytdim u senga begona..
Biroz jahl bilan gapirdim. Qizim buni sezib jim bo'lib qoldi. Nima qilay axir.. onasi tashlab ketgandan beri ko'ngliga qarashga urinaman. U qiz kim bo'libdiki qizimga umid beradi.

Ha uning onasi Yulduz. Uni jonimdan ham ortiq sevardim. Qizim tug'ilganda mendan baxtli inson bo'lmagan. U bo'lsa kichik narsalardan katta muammo yaratib janjal chiqaradigan bo'lib qoldi. Qizimga ham e'tibor bermay qo'ydi. Keyin nima bo'ldi bir yarim yoshlik qizimni menga tashlab o'zi esa ketdi. Shunchaki qo'l siltab ketdi. Lekin uni hali ham unutolmayman.

Onam ko'p bor uylanishim kerakligini aytdi. Qizimga ona kerak dedi. Lekin men Yulduzdan boshqasini sevolmadim. Sevolmayman ham. Qizimni haqiqiy onasi u. Qachondir baribir qaytib keladi.

~

Uyga kelib oyimga uy ishlarida qarashdim. So'ng honamga chiqib oyatlarimni yodladim. Biroz shug'ullanib uxlab qoldim. Uyg'onsam bomdodga biroz vaqt qolibdi. Tez o'rnimdan turib harakatimni boshladim.

Pastga tushib nonushta tayyorladim. Dasturxon yozdim. Ota onam bilan birga nonushta qildim. Darsliklarimni olib o'quv markazga jo'nadim.

~

--Yangi o'qituvchilarga ehtiyoj yo'q.. bu yerdagilar o'zi yetarli..
--Hop bo'ladi Usmon Qudratovich..

Administratorim bilan ba'zi bir muammolarni muhokama qilar ekanman darsga yugurib kirib ketayotgan qizni ko'rib og'zim ochilib qoldi. Bu qiz nega yuguradi. Qizimni o'ziga o'rgatib olgan o'sha qiz.

--Muhabbat..
--Labbay Usmon Qudratovich..
--Anavi qiz kim.
--Ha umi.. Gulsum.. uni ismi Gulsum.. shu darslarda qatnashadi. Men bilan ham yaqin..
--Hmm..
Usmon indamay honasiga kirib ketdi.

Muhabbat uning honasiga tabassum bilan qahva olib kirdi.
--Usmon bey.. qahvangiz..
Usmonga endi yaqin bo'lish uchun qulay vaziyat bo'ldi deb o'ylagan edim.
--Dada ketaylik zerikdim..
U menga e'tibor ham bermadi.
--Hop qizim ketamiz..

~
Darsim ham tugab honadan chiqar ekanman o'sha qizni ko'rdim. Meni ko'rishi bilan oldimga yugurib keldi. Men ham unga egilib qo'llarimni ochdim. Uni bag'rimga bosib lo'ppi yuzlaridan o'pib oldim.

Bu qiz rostdan ham chiroyli va yoqimtoy. Uni yaxshi ko'rib qolyapman. Uni faqat shu markazni egasini qizi ekanligini bilaman holos.

Lekin Oyshani aytgan gapidan hayratim oshdi.
--Gulsum opa meni oyim bo'ling..

✨Stardusts yangi hikoya yozib keldim.

Ko'proq reak va cament kutaman😊

Davomi bor...