#"Qizil qalpoqcha ertagi"# Ep:4.
Yigit uni devorga tirab ko'zlariga tikilib turar ekan undan uzoqlashdi.
Taehyung: Sendan jirkanaman.. - sovuq va vahimali ovozda gapirdi.
Yona unga tik qaradi. Ham qo'rquv ham g'azab uning ko'zlarida aks etardi. Taehyung gapida davom etdi - sen bilan birga bo'lishga ham jirkanaman.. sen axlatsan holos.. o'z otasiga ham kerak bo'lmagan bir vosita.. - Taehyung Yonaga jirkanganday qaradiyu honadan chiqib ketdi. Birozdan so'ng honani qulflangani eshitilidi. Yona shu zahoti ushlab turgan yoshlarini qo'yib yubordi. Devorga suyangancha polga o'tirib qoldi. Kaftlari bilan lablarini to'sgancha yig'lardi.
Taehyungni ham maqsadi shu edi. Qizni yerga urish va bosim o'tkazish. Undan qanday niyatda foydalanishini o'ylab yuzida g'alati tabassum o'ynadi. O'zining ofis honasida o'tirar ekan qizni nima qilish, qanday azoblash yoki qayerga sotish haqida o'ylab yanada kengroq jilmaydi. Derazaga qarab shularni hayol surar ekan uyiga kirib kelayotgan qizni ko'rib yuzi jiddiylashdi. Qiz honaga ruxsatsiz tabassum bilan kirib keldi.
Sua: Taehyung... - qiz mayin ovozda yigitga yaqinlashdi. Yigit hamon jim. - Gaplashib olamizmi - bu safar qizni yuzida umid bor edi.
--Aynan nimani - yigit bir qoshini ko'tarib tushunmay qizga qarab turardi.
Sua: Tae.. - qiz erkalanish bilan yigitning ismini chaqirdi - kechirishing uchun nima qilishim kerak - Sua Taehyunga man'oli qarab qo'llarini uning sochlariga olib bordi. Taehyung ham g'alati tirjaydi.
--Xursand qila olasanmi - o'ynoqilik bilan berilgan savolga qiz ham shunday tabassum qildi. Yigit biladi qiz uni hech qachon rad etmaydi aksincha o'zi bunga yo'l ochib beradi.
Sua: Xonanga boraylik..
Taehyung Sua yotoqxonani nazarda tutayotganini bildi ammo u yerga boshqasi (Yona)ni qamab qo'ygani esiga tushdi - shu yer ham bo'laveradi.. - yigit shu so'z bilan kifoyalandi.
Yona yig'layverib ko'zlari qizarib ishib ketdi endi u atrofga qaradi. Katta va did bilan bezatilgan hona jihozlaru mitti detallargacha qimmatbaholik ko'rinib turardi. Keng yotoq chiroyli tartiblangan. Yona o'rnidan qaltirab turdi. Derazani oldiga keldi. Qora panjaralar bilan o'ralgan katta derazalardan chiqishning imkoni yo'q. Endi eshik tomon bordi. Qulf. Qizning jahli chiqyapti. Yonani ho'rligi keldi. Nega u har doim tutqunlikda yashashi kerak. Nega bunday holat uning boshiga tushdi... Yona eshikdan biroz uzoqlashib uning ortiga burchakka oyoqlarini yig'ib shu ko'yda o'tirib qoldi. U bundan keyin nima qilishni o'ylayapti.
Sua Taehyung bilan vaqt o'tkazgach uyiga ketdi. Avvalgi muammoni ochishni istamadi. Yigitini jahlini yaxshi biladi. Menimcha ham oila qurishga hali erta deb o'zini tinchlantirdi.
Taehyung eshikni ochib ichkariga kirdi. Honani ko'zdan kechirar ekan hech kim yo'q edi. Birdan eshik burchagi bo'lgan joydan ovoz kelgach o'sha tomonga burildi. Ko'zlari yig'idan ishib ketgan yonoqlari qizarib qolgan Yona o'tirar edi. U Taehyungni ko'rib o'rnidan turmadi.
--Joyingni o'zgartiribsanmi.. - yigit u tomon kelarkan so'radi.
--Meni nima qilasan.. - Yona qaltiragancha so'radi. Honada Taehyungni yengil kulgusi eshitildi.
--mmm.. shunchaki honamga bezak sifatida shu burchakda qolishing mumkin.. - yigit unga yaqinlashib yelkalaridan ushlab turg'izdi.
--Meni qo'yib yubor.. baribir senga kerak emasman.. yetarlicha qasos olding - Yona unga tik qarab jahl bilan gapirdi.
--Yo'q qalpoqcham o'yin endi boshlandi.. nimani istasam o'shani qilaman.. - yigit ham qizga munosib javob qaytardi.
Taehyung honani tark etarkan ortidan kelgan ovozdan joyida to'xtadi.
--Men baribir sendan qochib ketaman.. meni buyum kabi yerga urolmaysan..
Taehyung Yonani so'ngi so'zlaridan jilmaydi - buni hali ko'ramiz.
Yo'q bu bo'lishi mumkin emas. Dadam menga buday qilmasligi kerak edi. Yomon odam bo'lsa ham men ularni yaxshi ko'rardim. Hozir esa bir buyumdek berib yubordi. Hatto qayrilib ham qaramadi. Qattiq og'riyapti... qalbim qattiq og'riyapti... alam qilyapti.. erkin nafas ololmayapman... kech kiryapti.. 2 kundan beri tuz totmadim.. turishga ham holim yo'q. Endi nima qilaman. Ey hayot yana qanday sinovlaring bor...
Yonani qorni ochgandi. U shundog'am juda kam ovqatlanar ozg'ingina edi. Hozir ham ochlikdan holdan toyyotgandi.
Taehyung pastga tushdi va hizmatchiga Yona uchun taom tayyorlab honasiga olib kirib berishini buyurib kampaniyasi tomon ketdi. Hizmatkorlar Yona uyga kelib honadan chiqmasada uni yoqtirishmadi. Xo'jayinlari undan foydalanib* ko'chaga uloqtirishini kutishgandi. Lekin hamon Yona uyda edi. Hizmatkorlar shuni bilishadiki u Taehyung uchun bir chaqalik qadri yo'q. Shu sababli ham Yosh hizmatkor qiz zahar handalik bilan bepisandlarcha ovqat tayyorlab Taehyungni honasiga olib kirdi. Burchakda uxlab qolgan qizga o'qrayib qaragach patnisni shisha stol ustiga qo'ydi. Qo'pollik bilan kelib qizni turtkilay boshladi.
--Tur tursangchi.. tur..
Yona bezovtalanib ko'zlarini ochdi. Tepasida unga salkam baqiryotgan ayolni ko'rdi - yemishingni olib keldim tez turda yeb ol. - Yona ko'zlarini ishqalab o'rnidan turdi. Unga "yemishingni" deb aytgan so'z qalbini yana vayron qilishga ulgurgandi. Lekin na iloj yashash uchun kurashish kerak. Stol oldiga kelib ovqatlana boshladi. Uncha yaxshi bo'lmasada taom Yonaga biroz kuch bergandi.
Taehyung ofisda ishlarga ko'milib yotardi. Eshik taqqilatmasdan ochilib yopildi. Taehyung boshini ko'tarib baqirmoqchi bo'lganda do'sti kirib kelgandi.
--Hoy hoy o'zingni nega buncha ishga ko'mib tashlading..
--Kampaniya daromadi tushub ketyapti..
--Tae senda bu kampaniyalardan anchagina bo'lsa bittasi uchun joningni halakka qo'yma..
--Men uchun hammasi teng ketishi kerak..
--Hop mayli..
--Aytgancha bugun menikiga kel qolganlarni ham olib kel..
--Hoo sen qachondan mehmodo'st bo'lib qolding..
--Jihoo mayli agar istamasang..
--Yo'q yo'q men yigitlarga aytaman senga esa omad.
Jihoo honani tark etdi.
Bu vaqtda Sua yana Taehyungni uyiga kelgandi
Uydagi hizmatkorlar ham Suani bilishadi shunga hech kim unga qarshilik qila olishmaydi. Hizmatkor Yona haqida yashirincha Suaga yetkazgandi. Sua hizmatkordan kalitni olib to'g'ri Taehyungni honasiga chiqdi. Eshikni ochib ichkariga kirdi. Yona hali ham burchakda o'tirardi. Yona uni ko'rib o'rnidan turdi.
--Hıh... qiziq nima uchun u seni yotoqqa qamadi ekan
--Tushunmadim.. sen kimsan - Yona Suaning gapiga tushunmay qarab turardi. Birdan honada Suaning o'ynoqi kulgusi yangaradi.
--Men.. kimman.. hah shu yotoq egasining sevgilisi.. -Sua g'ururlangandek gapirdi - o'zing kimsan? - Sua unga qoshlarini chimirgancha savol berdi. Yona birdan o'ylanib qoldi.
--Men Yonaman.. sevgilingdan nafratlanadigan inson - Yona ham u kabi dadil javob berdi.
--Undan nafratlanar ekansan nega uni yotog'idasan.. - Sua asabiy ovozini ko'tardi. Yona ham u kabi balandroq ovozda:
--Buni sevgilingdan so'ra.
Sua ko'zlarini hiyol qisdi. Yonaga nafrat bilan qaradiyu honadan chiqib ketdi.
Bu vaqtda Taehyung ham uyiga yetib kelib ichkariga kirayotgandi. Birdan Sua o'zining honasidan chiqib kelayotganini ko'rib hayron qoldi. Sua uning oldiga zarda bilan keldi. Araz va jahl yuzidan bilinib turardi. Taehyung bunga zig'ircha e'tibor bermay qoshlarini chimirdi.
--Honamda nima qilayotganding.. - sovuq ohangda so'radi.
--Honangda qo'g'irchog'ing bilan tanishyotgandim - zaharhandalik bilan dedi. Taehyung hammasini tushundi - buni senga aloqasi yo'q - deya oldidan o'tib mehmonhona tomon yurdi. Sua ham uning orridan kirdi - Aloqasi yo'q.. Tae men seni honangda begona qizni ko'rib turibman.. shunda ham menga aloqasi yo'qmi - Sua ohangini biroz ko'tardi. Taehyung uning so'ngi gapida tezlikda uning qarshisiga kelib ko'zlariga g'azab bilan tikildi.
--Ko'rdingmi ? - Birdan o'shqirdi. Sua bundan cho'chib tushdi - Ayt.. u bilan nimadir qilayotganimni ko'rdingmi
--T.. Tae.. - Sua dudulib gapirolmay qoldi.
--Ko'rmay bilmay turib mendan hisob so'rama.. bu meni uyim.. unutma..
--Unda u kim - Sua past ovozda so'radi.
--O'zing aytganingdek qo'g'irchog'im... - u ham biroz jahlini bosib dedi. Uni kutmasdan honasiga chiqa boshladi. Sua ham uni ortidan ketdi. Taehyung honaga kirib Yonani oldiga keldi. Sua ham honaga kirib keldi.
--Ikkingiz ham o'tiring.- Taehyung divanga ishora qildi. Yona ham divanga omonatgina cho'kdi.
--Senga taklifim bor.. - Taehyung Yonaga qarab gapirdi.
--Qanday - Yona past ammo qat'iyatli ohangda dedi.
--Aslida biz turmush qurmoqchi edik - endi u yonida o'tirgan sevgilisiga ishora qilib gapirdi - lekin bobom bunga qarshi..
--Menga qanday a'loqasi bor..
--Seni bobomga uylanadigan qizim deyman.. - hotirjam ohangda dedi.
--Tae - honada Suaning norozi ovozi eshitildi - Nega unday qilasiz..
--Chunki u bizga qarshi.. bu shunchaki o'yin.. nahotki bobom shu irkitchani kelin qiladi deb o'ylasang - Taehyung so'ngi so'zlarida Yonaga ishora qilib aytdi.
Pov*Yona
Qarshimda o'tirgan juftlik.. ular mendan nima istashadi. Meni bu yerga olib kelgan odam Tae. Sevgilisi uni shunday chaqirdi. U meni ikkilanishlarsiz yana yerga urdi. Bundan jahlim chiqyapti.
--Ha to'g'ri.. demak siz.. - Sua gapini yakunlab ulgurmasdan Taehyung uni gapini bo'ldi.
--Ha yo unisi yo bunisi - Taebyung g'alati tabassum qildi.
--Ish berarmikan - Sua havotirli ohangda dedi.
--Albatta - Tae o'ziga ishonch bilan dedi.
--To'xtang men hech narsaga tushunmadim sizlar mendan so'radingizmi - Yona ularga savolli qarab dedi.
--Men hech kimdan ruxsat olmayman.. nahot ozod bo'lishni istamasang - Tae bu safar muloyimlik bilan dedi.
--Agar rozi bo'lsam.. qo'yib yuborasizmi - Yona bolalarcha soddalik bilan dedi. Taehyung g'alaba qilgan kabi jilmaydi.
--Agar istasang.. senga imkon beryapman.. bundan foydalan.. sendan shunchaki foydalanib* ko'chaga uloqtirishim mumkin edi..
--Yaxshi men roziman -Yona rozilik bidirdi.
--Juda soz - Taehyung o'rnidan turdi. - Ha bobomning oldiga hozir boramiz - honadan chiqar ekan qo'shimcha qildi.
Negadir qo'rqyapman. Uning sevgan qizi juda mukammal. Yuzi va terisi oppoq va tekis. Kiyimlari ham asl brendniki. Men ustimdagi kiyimlarim esa maktab davridan beri kiyaman. Eeyy bo'ldi Yona o'zingni solishtirishni bas qil. Borasanda haqoratlarga chidab turasanda ko'chaga haydalganingdan keyin ozod qush bo'lasan. Faqat yig'lab yubormay.
Ular mashinada yetib kelishdi. Janob Kimning honasiga to'g'ri kirib borishar ekan Taehyung Yonaning qulog'iga pichirladi.
--O'z boshimchalik qilib hech narsa demaysan. Agar xatolik bo'lsa mendan yaxshilik kutma..
Yona uning vahimali va tahdidli ovozidan yutinib qo'ydi. Taehyung oldinda qora kastyumlarda viqor bilan kirdi. Yona uning ortidan mayda qadamlar bilan kirdi.
--Salom bobojon.. - Tae bobosi bilan iliq salomlashdi.
--Senga ham salom.. - Bobosi odatda qo'pol va sovuq bo'lishiga qaramay uning Taehyunga mehri boshqacha edi.
Taehyung Yonaga ishora qilib yoniga o'tirishiga ishora qildi. Tae masalani cho'zib o'tirmay gapirdi.
--Bobo men Lee Suaga uylanishimga qarshi edingiz..
--Ha men hali ham qarshiman..
--Unda Lee Suani menga loyiq deb topmagan bo'lsangiz men bu qizga uylanaman..
So'ng Taehyung ham bobosi ham Yonaga qarashdi. Yona Taeni bobosiga qarab turaverdi.
--Hmm.. men qarshi emasman.. - bobosi hotirjam ohangda dedi. Buday javobdan Taehyung ham Yona ham hayron qolishdi.
--B..Bobo siz.. Lee Suadan shu qizni ustun ko'ryapsizmi.. u.. sizning obro'yingizga to'g'ri kelmaydi.. - Taehyung rad etganday dedi.
--Lee Sua nafaqat obro'yimga balki senga ham to'g'ri kelmasdi endi shu qizga uylanasan.. endi esa bizni yolg'iz qoldir.
Taehyung yana nimadir demoqchi ediku bobosi bunga ruxsat bermadi. Taehyung honani tark etdi
Yonani mehmonhonada kutar ekan Sua qo'ng'iroq qila boshladi.
--Eshitaman - asabiy ohangda dedi.
--Tae.. - Sua nozlanibgina unga murojaat qildi. Taehyung sochlarini ortga tarab dag'al ovozda gapirdi - Sua gapirsang gapir hozir vaqti emas..
--Nima bo'ldi demoqchiydim..
--Balo bo'ldi.. hammasi rasvo bo'ldi.
Taehyung qizilni bosib aloqani uzdi. Qiziq nima haqida gaplashishayotgan ekana. Taehyung qiziqish bilan eshikka qarab qo'ydi. U Yona hammasini aytib berishidan cho'chiyabdi.
--U bilan birinchi qanday tanishganingdan habarim bor.. - avvalgidan ancha muloyim ohangda dedi. Janob Kimning muloyimligidanmi yolg'iz qolishganidanmi Yona o'zini bo'sh qo'ydi.
--Ha u bilan ilk uchrashuvimiz yaxshi bo'lmadi - hijolatomuz qizarish bilan dedi. Keyin birdan qiziqishi ortib savol berdi - Nega nabirangizni o'z sevgisiga qarshi chiqyapsiz.. - Yona bergan savolini endi o'ylay boshladi. Nima u xato gapirdimi.
--Hmm.. men nabiramni bilaman u juda qaysar va jizzaki.. lekin.. unga bunday qilgan birinchi qiz sensan..
--H..ha shunday bo'lgandi.. men.. o'shanda... - Yona qizarib so'zlarini topolmay ikkilanar ekan Janob Kim so'zlarini davom ettirdi.
--Sen to'g'ri yo'l tutgansan.. u bolaligida onasidan erta judo bo'lgan.. shuning uchun u juda qo'rs.. lekin sen uni tarbiya qila olasan..
Jin ursin bu odam nima deyapti.. o'zi tarbiya qila olmagan nabirasini men tarbiya qila olarmidim. Tezroq ketish kerak.
--Menimcha ularga imkon berishingiz kerak.. men.. unga to'g'ri kelmayman..
--Axir uning o'zi aytdi senga uylanishini.. mayli oila quring.. men qarshi emasman..
Janob Kim boshqa so'z demay Yonaga chiqishga ishora qildi. Yona tashqariga chiqarkan qarshisiga Taehyung birdan paydo bo'ldi.
--Ho'sh nimani gaplashdingiz.. hammasi bizni foydamizga hal bo'ldimi - Taehyung Yonani ikki yelkasidan ushlab so'roq qila boshladi.
--Haligi bilasanmi Taehyung.. bobong aytdiki..
Taehyung uni dudulyotganini ko'rib yelkalaridan qattiqroq siqdi
--Menga ayt Yona.. - qat'iy ohangda dedi. Yona yelkasida paydo bo'lgan og'riqdan uning qo'lidan chiqishga urina boshladi. Lekin Taehyung uni qo'yib yuborish niyati yo'q. U javob olmaguncha uni qo'yib yubormaydi.
--Oila quring deyishdi - Yonaning o'zi ham bu so'zlarni qanday aytganini bilmay qoldi. Taehyung qo'llarini bo'shatdi. Biroz nima bo'lganini tahlil qilib bir nuqtaga qarab qoldi. So'ng Yonani qo'lidan sudrab mashinasiga o'tirg'izdi. Mashina Taehyungni uyiga qarab ketardi.
Ular uyga qaytgach Taehyung Yonani qo'lidan sudrab honasi tomon olib chiqa boshladi. Yona qo'lini bo'shatishga qancha chiranmasin befoyda edi. Yona qaysi honadan chiqib ketgan bo'lsa yana huddi shu honaga qaytdi.
--Ho'sh.. bir boshdan ayt.. - Taehyung g'abga to'lgan ko'zlar bilan Yonaga qarab turardi. Hotirjamlik bilan stol ustida turgan grafindan suv quyib icha boshladi.
--O'zim ham bilmayman.. axir yoningda ham aytishdiku.. - Yona gapini yakunlab ulgurmasdan devorga borib urilgan grafinni ovozi hona bo'ylab yangradi. Yonani qaltiroq tuta boshladi.
--O'zingni go'llikka solma.. - Taehyung gapirish davomida Yona tomon kela boshladi. Yona qo'rqqanidan ortga yura boshladi. So'ngi manzili devor bo'ldi. Taehyung Yonani devorga tirab siquvga ola boshladi.
--Qoch men aytganlaringni qildim.. meni qo'yib yuborishga vada berganding - Yona devor va yigit o'rtasida noqulay ahvolga tushar ekan qochishga urinardi. Lekin yelkalaridan tutgan qo'llar unga imkon bermasdi.
--Qasdma qasdiga o'yin o'ynamoqchimisan - yigit qizning bo'yi barobar egilib yuziga yaqin keldi.
--Men hech narsa qilmadim - qiz ham yigitning ko'zlariga tik qarab qat'iy ohangda dedi. Oraga sukunat cho'kdi. Bir biriga shunchaki tikilib turishar edi. Biri tezroq ketishni o'ylasa biri bu vaziyatni oldini olishni o'ylardi. Eshikning yoqimsiz ovozi ikkisini ham o'zlariga keltirishdi. Taehyung Yonadan uzoqlashib eshik tomon yura boshladi.
--Nimadir bo'ldimi.. - eshikni ochmasdan sovuq ohangda dedi. Eshik ortida turgan hizmatchi uning ovozidan uchib tushdi.
--U..uzr.. janob.. dadangiz habar yuborgan ekanlar..
--Yaxshi uni mehmonhonada qoldiring.
--Hop..
Taehyung Yonaga bir qarab qo'yib honadan chiqmochi bo'lganda Yona ham chiqish uchun eshikka yopishdi.
--Sen qayoqqa.. - yigit eshikni ruchkasini ushlab turar ekan dedi.
--Uyimga - har doimgi dadillik bilan dedi qiz.
--Uying? Otang allaqachon uyingni sotib chetga chiqib ketgan..
--Bari bir ketishni istayman..
--Axir tez orada oila quramiz.. shunday ekan bir qadam ham ko'chaga chiqmaysan..
Yona Taehyungni so'ngi gapini tahlil qilib ulgurmasidan eshikning qulflangan ovozi eshitildi. Yona bo'lib o'tgan ishlarni o'ylab bir nuqtaga tikilgancha qolaverdi...
✨Stardusts✨ bu qism ham o'z nihoyasiga yetdi. Keyingi qismda uchrashguncha