Yolvoraman, xiyonat qilma
Gulsum
Yuragim muzlab ketdi. Yo'q bo'lishi mumkin emas. U qaytdimi. Qarshimda turgan ayol ortimga yashiringan qizim tomon intildi.
--Qizim Oysha yonimga kelmaysanmi..
Qizim bu ayoldan begonasirab turardi. Axir chaqaloqligida tashlab ketgan bo'lsa tanimaydida
O'zimni qo'lga olishga urinib xonamga kirib ketdim.
Usmon yaxshi kayfiyatda uyiga erta qaytdi. Eshikni taqillatib sabrsizlik bilan ko'rishni istagan bilan uchrashishni kutardi. Eshik ochildi. Usmonning qoshlari g'azab va hayronlikdan chimirildi. Eshikni Yulduz tabassum bilan ochib turardi.
--Sen??
--Assalomu alaykum yaxshi keldingizmi..
Usmon uni gaplariga parvo qilmay uy ichkarisiga kirdi. To'g'ri yotoqxonaga kirgan Usmon narsalarini yig'ayotgan xotiniga duch keldi. Usmon Gulsumni qo'lidan uchlab o'ziga qaratdi.
--Nima qilyapsan?
--Xurmatim borida bu uydan ketyapman.. o'zingiz haydab chiqarmasingizdan avval
--Hech qayerga ketmaysan..
Usmon shunday deb tashqariga chiqdi. Yulduz uni eshik oldida kutardi. Usmon to'g'ri bostirib borib tirsagidan ushlab eshikka yo'naltirdi.
--Ayy.. qo'lim og'riyapti.. nima qilyapsiz.. men hech qayerga ketmayman..
--O'ldirib qo'ymasimdan bu yerdan ketasan..
Yulduz uning qo'lidan siltanib chiqdi. Gulsum ham shovqindan ularning oldiga chiqdi.
--Bilaman men xato qildim.. kechiring..
Gulsum
Men ularni bir chetda kuzatar ekanman erimning ko'zlari hali ham Yulduzni sevgan kabi qarab turardi. Men borligim uchun shunday qilyapti. Bilaman erim hali ham Yulduzni sevadi. Bu qanchalik og'ir bo'lmasin u qizimni haqiqiy onasi.
--To'xtang - Gulsum qat'iyat bilan dedi - Mayli qolaversin.
Shunda Gulsum kutmagan holat yuz berdi. Usmon Yulduzni qo'lini qo'yib yuborib honaga kirib ketdi. Gulsum eri bunchalik oson ko'nishini kutmagandi. Usmon g'azabdan o'zini bosishga urinardi.
Gulsum erini yoniga kirishni istamadi to'g'ri qizini honasiga kirdi. Oysha yotoqda uxlab yotardi. Uning oldiga ohista kelib sochlaridan siladi.
--O'zimni jonim.. haqiqiy oying bo'lishni juda istagandim.. kechir..
Gulsum yonoqlariga oqib tushayotgan ko'zyoshlarini artdi. Endi bu uy unga begonadek tuyilyotgandi. Gulsum qizining peshonasidan o'pib honadan chiqdi. To'g'ri o'z honasiga kirdi. Eri divanda telefon titkilab yotardi.
Usmon telefonini bir chetga surib xotinini kuzata boshladi. Gulsum to'shak olib yerga joy soldi. Usmon qahrli nigohlarini ayoliga qaratdi.
--Nima qilyapsan.. Gulsum
--Ko'rmayapsizmi..
Gulsum ro'molini yechib qalin va qora sochlarini ozodlikka chiqardi. O'zi uchun solingan joyga yotishga shaylanar ekan Usmon bunga yo'l qo'ymadi.
--Gulsum.. nega birdan o'zgarib qolding.. agar bu Yulduz uchun bo'lsa ertagayoq bu yerdan ketadi.
Gulsum
Agar meni rostdan sevganida birinchi ayolini bu yerda qolishiga oson rozi bo'lmas edi. So'rardi. Nega kundoshing bo'lmish ayolni qolishini so'rayapsan deb janjal qilardi.
--Buni nima ahamiyati bor endi.. men ertagayoq ketaman.. oyimnikiga..
Usmon yerga joy solib uxlash uchun yotgan xotinini bir deganda ko'tarib yotoqqa yotqizdi. Gulsum turib ketmoqchi bo'lganda ham Usmonning qo'llari bunga yo'l qo'ymadi.
--Hech qayerga ketmaysan.. sen meni xotinimsan.. ruxsatimsiz eshikdan bir qadam ham xatlab chiqmasliging kerak.
--Yulduzingiz keldi. Bu uyda qolishimdan nima naf..
--Yonimda quyosh bor ekan menga yulduzni nima keragi bor.. rashk qilishing ham yoqimli..
--Men rashk qilmayapman.. qoching men uxlamoqchiman.. Yulduzingizni oldiga boring.. axir juda sog'ingansiz..
--Gulimm.. meni qizg'onyapsanmi..
--Yetar.. - Gulsum eri bilan orasidagi masofa tobora qisqarib borishidan yuragi qisila boshlagandi. Chuqur va tez tez nafas olardi.
--Gulimm.. - Usmon ayolini sochlarini ohista siladi.
--Mendan qochma.. eringni tark etma - Usmon iltijoli nigoh bilan past ohangda dedi...
Gulsum
Bomdod namoziga uyg'ondim. Erim ham uyg'ongan edi. Ikkimiz ham namoz o'qidik. U tugatib o'rnidan turdi. Men uzoq duo qildim. Erim honani tark etgach tilim aylanmay qoldi. Qo'llarim esa hali ham duoda. Negadir yig'lashni hohladim. Boshimni yanada quyiroq egib ko'zyoshlarimga erk berdim. Bilmayman lekin qalbim og'riyapti. Qizim uchun oilam uchun yashashim kerak. Namozimni tugatib o'zimni tartiblab pastga nonushta tayyorlash uchun tushdim. Tushganimda Yulduz oshxonada o'rmalashib yurardi. Erim Oysha bilan stolda edi. Yulduz meni ko'rmaganlikka olib Usmonga tabassum qilib choy quyib uzatdi. Asablarim minga chiqqanday bo'ldi. Men ham indamay qizimni oldiga bordim. Qizim meni bo'ynimdan quchib yuzlarimdan o'pdi.
--Oyijon.. yaxshi dam oldingizmi..
--Ha.. qizim yaxshi uxladingmi..
--Ha oyijon.. bugun bog'chaga bormasam maylimi..
--Nega qizim.. bog'chaga borishing kerak yoki qayeringdir og'riyaptimi..
--Yo'q.. siz bilan qolgim kelyapti..
Jimgina choy ichib o'tirgan Usmon gapga qo'shildi.
--Qizim choy ichib bo'lgan bo'lsang tur.. bog'changa kech qolasan..
--Dada.. dadajooon..
Oysha erkalangancha dadasiga osildi.
--Qizim Oysha.. hop faqat bir kun.. ertadan yana bog'chaga borasan..
--Hop raxmat dadajon..
Usmon uydan chiqar ekan Yulduz ham tayyorlanib Usmonning ortidan chiqdi. Gulsum buni ko'rib battar asabiylashdi. Oyshani yoniga olib o'zini ovutishga urindi.
Usmon ortidan markazga kirayotgan atrofga qaradi. Hammasi o'zgacha edi. Markaz yanada kattalashibdi. Yulduz faxrlangandek Usmonning ortidan honaga kirdi. Va Usmonning qahrli nigohlari bilan to'qnashdi. Yulduz o'zidan muloyimni yasab jarangdor ovozda Usmonga yaqinlashdi.
--Bilaman.. mendan jaxlingiz chiqqan.. lekin men shunga majbur edim. Oyingiz.. u.. meni..
--Oyimni oraga qo'shma.. hammasiga o'zing aybdorsan.. seni qanday kechiray.. Oyshani chaqaloq holida qo'limga tashlab ketding..
Bu safar Yulduzning ko'zlarida yosh qalqidi. Usminning yuziga yanada yaqin kelib pichirlash kabi dedi.
--Imkon bering.. hammasini avvalgi holiga qaytaraman.. ishoning men afsusdaman..
Usmon bu gaplarni eshitar ekan yuzida hech qanday emotsiya yo'q edi.
--Kerak bo'lsa uy ham olib beraman Yulduz.. faqat tinch qo'y.. endi meni ayolim boshqa.
--Axir qizimizchi..
--Endi esinga keldimi a.. kechalari onam deb yig'laganda qayerda eding
Yulduz bu safar so'z topa olmadi. Rostdan ham Yulduz shu paytgacha qayerda edi??
--Shunday ekan o'zingni oqlay ko'rma..
Yulduz Usmonning yuzini kaftlariga oldi.
--Meni hali ham sevasiz.. to'g'rimi.. faqat meni sevgansiz..
Usmon bir zum Yulduzga tikilib qoldi. Yuragi notinch urmoqda. Ular endi mutloq begonalar emasmi. Usmon Gulsumni sevib qolmadimi.
Usmonning nigohlari o'ziga tikilib qolganini sezgan Yulduz sekin va ayyor tabassum qildi.
--Men esa sizni sog'indim Usmon.. nahot.. nahot meni sog'inmadingiz..
--Yulduz endi meni xotinim bor unga xiyonat qila olmayman..
--Uni sevmaysiz.. bilaman.. men uni uyda yashashga qarshiligim yo'q.
Bu gaplardan Usmon g'azabdan yonardi.
--Aslida u qarshi bo'lmagani uchun uyda qolding. Jimgina yashaysan endi.
Usmon
Endigina Gulsumni sevib qolganimda Yulduz qaytib kelib o'tiribdi. Gulsum ham uni qolishiga rozi bo'ldi. Hammasi chigallashib ketdi.
Usmon Yulduzni markazga ishga oldi. Har doim erimni yaxshi kayfiyatda qarshi oldim. Ish xonada Yulduz bilan nimalar qilib yurganini Hudo biladi. Bilmay ko'rmay ham ayblay olmayaman. Va indamay honamga chiqib ketaman.
Usmon stolga joylashar ekan Yulduzga savol berdi
--Biror ovqat tayyorlaysanmi.
Yulduz muzlatgichda tayyor taomni olib dedi.
--Hozir isitaman..
Gulsum
Aslida ovqat ham qilmasligim kerak edi. O'zimni juda yomon his qilyapman. Ular hozir oshxonada birga. Mazza qilib ovqatlanishyapti. Bu.. juda og'ir.
Gulsum honadan chiqib oshxona tomon yurar ekan Usmon Yulduzni devorga tirab yaqin masofada yuzidan o'pardi. Gulsum boshida shunchaki o'tib ketmoqchi edi. Lekin bo'lmadi. Ularning yoniga to'xtab dedi.
--Har holda bu ishlaringiz zino hisoblanadi..
Yulduz Gulsumga shu qadar mamnuniyat bilan qarab turardi.
--Sen xavotirlanma.. biz allaqachon nikohdan o'tdik.
Yulduz tabassum qilib erining yuzidan o'pib qo'ydi
Gulsum ortiq bu yerda qolishni istamay honaga kirib ketdi.
--Tilingni tiyganingda o'zim aytardim.
--Mendan eshitishini hohladim.. Usmon.. qachon hohlasangiz uni haydab yuboraman.. men kutaman.. avvalgidek bir oila bo'lishimizni..
Usmon indamay ishlash xonasiga kirib ketdi.
Gulsum qo'lida uxlab qolgan qizini honasiga olib chiqar ekan o'z honasidan tungi ko'ylakda chiqayotgan Yulduzga ko'zi tushdi. Yulduz tabassum bilan kelib qizining yuzidan o'pib qo'ydi. So'ng Gulsumga qarab dedi.
--Unga yaxshi qara..
--U meni qizim va qanday qarash kerakligini juda yaxshi bilaman.
Yulduz o'sha beo'xshov kulgancha tungi ko'ylagini maqtagandek erimning ishlash uchun ajratilgan xonaga qarab ketdi. Qizimni yotog'iga qo'yib honadan chiqdim. Negadir yuragim siqila boshladi. Entikib nafas olar ekanman toza havoga chiqishni istadim. Eshikni ochdim. Chuqur chuqur nafas olib endi pastga tushish uchun birinchi zinaga qadam qo'yar ekanman boya erimni oldiga kirib ketayotgan kundoshimni esladim yuragimga ignadek sanchildi. O'pkam nafas olishni istamay qolgandek bo'g'zimga nafasim tiqildi. Ular hozir birga ekani ko'z o'ngimdan o'tganda o'zimni hech ikkilanishsiz zinadan tashlab yubordim.
Usmon
Kampyuterda ishlar ekanman eshik sekin ochilganini sezdim. Gulsum keldi deb o'ylagandim lekin men istagan odam emasligini bilgach yana kampyuterga qaradim. Yulduz meni e'tiborimni tortish uchun sekin qadamlar bilan men tomon kela boshladi. Men o'rnimdan turib uni shunchaki kuzata boshladim. U tungi libosda edi. Negadir o'tgan baxtli lahzalar ko'z o'ngimdan o'tdi. Lekin hozir hammasi boshqacha. Men Gulsumni sevaman. Lekin hozir Yulduzni ham rad etishni istamayapman. Yulduz menga yaqin kelib oramizdagi masofani yopdi. Tashqaridan eshitilgan shovqindan hayollarim o'zimga qaytdi. Yulduzni chetlab eshikdan shoshib chiqdim chiqdimu yuragim tovonimga tushib ketgandek bo'ldi. Gulsum.. Gulsum zina tagida hushsiz yotardi. Boshidan oqqan qon yerni qizil ranga bo'yagan edi. Shoshib pastga tushdim. Uni ko'tarib o'ziga keltirishga urindim.
--Gulsum.. Gulim.. senga nima bo'ldi.. GULSUM..
Zudlik bilan uni mashinaga oldim. Shifoxonaga mingni qo'yib haydar ekanman hozir faqat uni yaxshi bo'lishini istayotgandim. Yo Allohim uni o'zing asra .
Shifoxonaga kirgan erkak yarim kechasi hammayoqni boshiga ko'tarardi.
--KIM BOOOR..YORDAM KO'RSATING..
Hamshira va shifokorlar kelib Gulsumni zambilga olishdi va operatsiya honasiga kirib ketishdi. Usmon bir joyda turolmay u yoqdan bu yoqqa yurar ekan asabiy qoshlarini ishqalar edi.
Usmon
Hammasiga men aybdorman. Nega uni yolg'iz qoldirdim. Bu kichik tasodif emas edi. U o'zini atayin zinadan tashladimi Yulduz meni honamga kirganini ko'rib. Ey Hudoyim o'zing uni asrab qol. Yolvoraman Gulsum meni tashlab ketma. Yonimda qol. Sensiz yashayolmayman.
Usmonni qo'llari xavotir va qo'rquvdan titrardi.