May 5, 2025

Yolvoraman, xiyonat qilma

Haqiqiy baxtni yo'qotayotganingda qadrlashni boshlaysan.

Usmon shifokorlar chiqishini asabiy holda u yoqdan bu yoqqa yurib kutardi. Vanihoyat bir shifokor chiqib keldi. Usmon uning oldiga shoshib bordi.

--Doktor, ayolimning ahvoli yaxshimi.

--Hammasi ortda qoldi. Boshi qattiq chayqalgan hozir hushi o'zida emas. Honada gaplashib olsak.

Shifokor ayol Usomonni hona tomon yetakaldi.

~~

Gulsum

Ko'zlarimni ochar ekanman tanamda qattiq og'riq bor edi. Demak shifoxonadaman. Atrofim har qanday uskunalar bilan o'ralgan edi. Boshimda esa hali ham og'riq bor.

--Qoyil.. erimni mendan ayirib o'zinga qaratish uchun ajoyib hiyla o'ylabsan.

Men yotgan divandan uzoqda bo'lmagan kursida bemalol o'tirgan kundoshimni ko'rdim. Birdan kecha bo'lib o'tgan hodisalar ko'z o'ngimdan o'tdi. Nega Usmon kelmadimi. Kelish malol kelibdi shekilli kundoshimni jo'natibdi. Kecha ularni shirin visol tunlarida bezovta qilibman chog'i kundoshimni qovog'idan qor yog'yapti. Balki Usmon ham shuning uchun jahli chiqib meni ko'tishga ham kelmagandir.

--Hozir siz bilan gap talashadigan ahvolda emasman. Honadan chiqing.

--O'hho...hmmm...mayli bu safar indamayman lekin keyingi safar yana oyoq ostida o'ralashsang seni o'zim gumdon qilaman.

Yulduz tahdidli gaplari bilan honadan chiqib ketdi.

~~

Usmon shifokor huzuridan chiqib tezroq suyuklisining oldiga shoshardi. Karidor bo'ylab ketar ekan shifokorni so'zlarini esladi.

"Ayolingiz atayin o'zini tashlagan bo'lishi mumkin. Bu uning ruhiyatiga ham zarar yetkazadi. Unga ruhiy bosim bo'lgan bo'lsa o'ziga shunday qilgan. Unga yaxshi munosabatda bo'ling. Uni ustiga u hali endigina 17 yosh ekan."

Usmon Gulsumning honasidan chiqib kelayotgan Yulduzni ko'rib qoshlari uyildi. Yulduz unga kulib qarab turar ekan Usmon uning tirsagidan tutgancha chetga oldi.

--Menga qara bu yerda senga nima bor a?? Oyshani o'zini yolg'iz qoldirdingmi. - Usmon g'azablangan holda dedi.

--Usmooonn.. u kichkina emasku 5ga kirgan katta qiz.. Gulsumga kelsak.. shunchaki kundoshimdan hol ahvol so'rash uchun kelgandim. - Yulduz bu so'zlarni shunchalar hotirjam aytdiki Usmon hammani oldida unga qo'l ko'tarishdan o'zini tiydi.

--Menga qara agar Gulsumga nimadir degan bo'lsang ayab o'tirmayman. Hoziroq uyga yo'qol.. - Usmon qizning tirsagini qo'yib yuborib Gulsumning honasiga kirib ketdi.

--Ahvoling yaxshimi - Usmon Gulsumni qo'lini ushlagancha havotir bilan dedi.

--Ha yaxshiman.

--Doktor bilan gaplashdim. Ertaga ruxsat berishar ekan. - Usmon Gulsumni qo'lini yuziga olib kelib ohista o'pdi.
--Agar.. senga nimadir bo'lganda o'zimni aslo kechirmasdim.. Gulsum.. - Usmon chuqur nafas olib Gulsumning qo'liga boshini qo'ydi.

--Hammasi joyida.. o'zim aybdorman ehtiyot bo'lishim kerak edi. Sizni ham ovora qildim..

--Unday dema.. senga nimadir bo'lsa men yasholmayman Gulimm..

Usmon

Hali ham o'zimga kela olmayapman. Men xato qildim. Yonimda Quyoshim bo'la turib yulduzga qaytmoqchi bo'ldim. Uni zina tagida hushsiz yotgani esimga kelsa yuragimda qo'rquv bo'ron kabi ko'tariladi. Uni sevib qoldim. Gulsum meni qaysi ishim Allohga yoqqanki seni menga mukofot qilib yubordi.

Gulsum.
Usmon menga avvalgidan ko'proq e'tibor beryapti. Shifoxonadan chiqib uyimizga yo'l oldik. Oyshani sog'indim. Tezroq uni ko'rgim kelyapti. Qizim mensiz qiynalib qolmadimikin. Mashinada Usmon qo'limni qo'yib yubormadi. Go'yo qo'yib yuborsa yo'qotib qo'yadigan kabi. Ilk marta o'zimni baxtli his etyapman. Uyga qaytdik. Qizim meni juda sog'inibdi bo'ynimdan qattiq quchib yig'lab yubordi.

--Oysha qizim nega yig'layapsan.. - qizimni yoshlarini artib dedim

--Yana meni tashlab kettingiz deb qo'rqdim oyijon.. - hiqqilagancha dedi Oysha.

--Biroz tobim bo'lmadi davolanib kelyapman. Qo'rqma oying seni hech qachon tashlab ketmaydi.
Gulsum Oyshani bag'riga bosib ko'tarib oldi. Ularni bir chetda Yulduz kuzatib turar edi. Usmon uning yonidan e'tiborsizlik bilan o'tib ketdi.

Gulsum qizini uxlatib honasiga chiqdi. Usmon yotoqda telefon titkilab yotardi. Gulsum honaga kirishi bilan telefonni nari surdi. Yonidagi bo'sh joyga imo qilib yoniga chaqirdi. Gulsum mayda qadamlar bilan ohista yaqinlashdi. Divan chetiga o'tirgan zahoti baquvvat qo'lar uni o'zga tanaga tutashtirdi.

--Gulsumm.. nima deysan biror joyga bormaymizmi.. - Gulsumni ro'molini yechar ekan dedi.

--Mm.. aynan qayerga - Qiziqish bilan so'radi Gulsum.
Usmon uning sochlarini o'ynar ekan dedi - Sen qayerga desang o'sha yerga.. faqat.. - gapida to'xtalish qilib Gulsumning sochlaridan chuqur hidladi - faqat yolg'iz qoldirmasang bo'ldi.. Gulim..
--Undaa.. dengizga boraylik..
--Dengizga? Hmm.. yaxshi.. dengiz bo'lsa dengiz..

--Ammo nega birdan.
--Shunchaki.. asal oyiga.. seni xursand qilgim kelyapti Gulsum faqat baxtli bo'lishingni.. faqat seni baxtli qilishni istayapman. - Gulsumni yanada o'ziga tortar ekan dedi.
Gulsum yuzini Usmonga qarab qora ko'zlariga termulgancha qoldi. Biroz sukutdan so'ng Gulsum erining ko'ksiga boshini tiragancha dedi.

--Undaa.. faqat meni seving.. hayotingizda.. qalbingizda rafiqa sifatida faqat men bo'lay.. ko'zlaringizda.. ruhingizda.. faqat men..
Usmon ayolini peshonasidan ohista o'pdi.
--Faqat sensan.. menikisan faqat meniki.. qalbimning egasi..

~~.

Kunlar ketidan haftalar o'tar ekan Usmon va Gulsum o'rtasidagi rishtalar yanada mustahkam bo'lib borardi. Usmon Yulduzni o'ziga qo'yib berdi. Yulduz qachon ketishni hohlasa shunda ketishi mumkin edi. Usmon faqat qizi va Gulsumga vaqt ajratar ularni avaylab asrar edi. Yulduz bilan o'rtasidagi er xotin munosabatini ham uzdi. Gulsum ham qiziga va eriga bor mehrini bor e'tiborini qaratgan edi. Yulduz qancha Gulsumga kesatiq gaplar alamzada yomonlashalar demasin ortiqcha harakat qilolmasdi. Usmon Gulsum zinadan yiqilib tushganda qancha havotir olganini o'z ko'zi bilan ko'rgani uchun boshi baloga qolishini istamasdi

Yulduz

Ularni baxtli ekanini ko'rib negadir yuragim achishdi. Endi Usmon menga qiyo ham boqmayapti. Uni shunchalar sevar ekan. O'sha kuni Usmonni ortidan chiqqanimda Gulsumning yerda hushsiz yotganini ko'rib qattiq qo'rqib ketganini sezdim. Usmon bilan shuncha yil yashab uni ilk marta shu ahvolda ko'rishim edi. U men bilan orani uzdi. Ismtasam qolishimni istamasam ketishimni aytdi. Lekin hech menga e'tibor ham bermadi. Shundan so'ng ularni orasida ortiqcha ekanimni sezdim. Narsalarimni yig'ib hovliga chiqqanimda Gulsum qizimga yozishni o'rgatayotgan ekan. Qizimga ham onalik qila olmadim.

--Mayli.. Gulsum.. qizim sizga omonat.. men.. bu yerdan ketyapman..

Gulsum

Nahotki.. u ketyapti.. oradan qancha ishlar bo'lib o'tmasin unga ham achindim.

--Hali siz ham o'z baxtingizni topasiz.. - Bu Gulsumning so'ngi so'zlari edi. Yulduz unga nim tabassum qilib uyni tark etdi.

*

*

*

3 yildan so'ng

--Aliii.. bu meniki.. - Oysha ukasini qo'lidan to'pni olishga urinar ekan Ali qiqirlab kulgancha to'pni mahkam quchoqlab olgandi. Ko'm ko'k maysazorda keng choyshab ustida o'tirgan juftlik ularni o'ynashlarini quvonch bilan kuzatishardi. Gulsum bolalarini dasturxonga chaqirdi.

--Qani endi kelinglar.. ovqatlanamiz.. - Usmon Alini ko'tarib olib kelarkan ortidan Oysha ham ergashdi.

--Oyiii.. Alini qarang.. menga o'yinchoqlarini bermayapdi. - Oysha lablarini ishirgancha dedi.

--Qizim.. axir maktabga boryapsan.. uni ustiga honang to'la qo'g'irchoq - Usmon mevalarni archar ekan dedi.

--Meni malikamni nega hafa qilyapsizaa.. Oysha qizim.. - Gulsum qizini oldiga olib erkalata boshladi. Ali mevalarni ularning oldiga qo'yar ekan dedi.

--Ho'p honimlar sizlarniki ma'qul.. ehh.. ko'rdingmi Ali.. oying bilan opangni.. - hali hech narsaga tushunmaydigan o'g'liga Usmon nimadirlarni tushuntirar edi. - Shuning uchun ham ayollarni ko'p erkalatib bo'lmaydi..

--Nimaaa.. hechamda.. Ali o'g'lim hali katta bo'lsin ko'rasiz.. - Gulsum.. qosaeini chimirgancha eriga dedi - o'g'lim dadangni bunday gaplariga quloq solma.. ayollarni har doim hurmat qil.

Oysha Alining qo'lidan o'yinchoqni tortib oldi va Ali yig'lashni boshladi. Gulsum uni ovutar ekan Usmon ham uning yonidan joy oldi.

--Tshsh.. o'g'lim.. ayollarni yonida yig'lash yaxshi emas.. - Usmon o'g'lining mitti qo'lchalaridan ushladi.

--Erkak.. ayollarni yonida yig'lashi emas ayollarni yig'latmasligi muhim.. - Ali yig'idan to'xtab sekin ko'zlari yumila boshladi. Usmon ayolining gapidan so'ng uning peshonasidan ohista o'pdi.

--Raxmat.. Gulsum.. raxmat..

--Nima uchun..

--Hayotimda borliging uchun.. tashlab ketmaganing uchun.. baxt olib kelganing uchun raxmat Gulim. - Usmonning so'zlari shu qadar samimiy va yoqimli edi Gulsumni yuziga tabassum yugurdi. Usmon uning yuzidan ham o'pib qo'ydi.

--Bolalarni oldida uyalmaysizmi.. - Gulsum uyatdan ikki yuzi qizarar ekan ulardan uzoqroqda o'ynayotgan Oyshaga qarab qo'ydi. Uni uyalishini ko'rib Usmon kulib yubordi.

--O'zimni uyatchang xotinimdan.. juda go'zalsan.. - Usmon uning peshonasidan qayta o'par ekan dedi.

--Shuning uchun qadrimga yeting.. - Gulsum ham tabassum qilgancha dedi.

*

*

*

Final! Tugadi!

Shu yerga o'qiganingiz uchun raxmat. Finalni reaksiyaga to'ldiring. "Yolvoraman, xiyonat qilma" hikoyasi o'z nihoyasiga yetdi.

☆♡~Author:Eira Bloom♡☆