April 6, 2025

"Qizil qalpoqcha ertagi" Ep:5

Pov

Jin ursin hammasini! Ming la'nat! Meni to'yim bo'ladimi shunda. Taehyungni honasiga bostirib kirdim. Sua ham shu yerda ekan Taehyung bilan janjallashmoqda.

--Tae.. sen menga nima deganding

--O'zim ham hayronman bobom birdan shunday deb qoldi.

Eshikni qattiq ochgan ekanman ikkisi ham menga qarab qolishdi.

--Men.. men.

--Oouv ana bo'lajak rafiqangiz keldi - Sua kinoya bilan dedi.

--Sua bas qil.

--Men bu to'yga rozi emasman.. men hoziroq bu yerdan ketaman.

--Sendan hech kim so'ragani yo'q.
--Ikki dunyoda ham senga turmushga chiqmayman.
Taehyung o'tirgan joyiga yaxshiroq o'rnashib oldi.

--Kel senga taklif beraman..
Men uning qarshisiga kelib o'tirdim. Sua esa uning yonida edi.
--Sen.. mening rafiqam ro'lini o'ynab berasan.. evaziga.. evaziga esa istaganingni beraman..
Sua Taehyunga hayronlik va xavotir bilan qaradi. Bir Yonaga bir Taehyunga shunday nigohalarini tikdi.
Yona biroz o'ylanib qoldi. Taehyung gapida sokinlik bilan davom etdi.
--Qara.. seni hamma narsang bo'ladi.. hohlagan universitetingda o'qishinga ham ruxsat beraman.. keyin esa 1 yil o'tib ajrashamiz.. senda faqat 19 yoshli ajrashgan ayol nomi qoladi holos..
Yona univer so'zini eshitib jonlandi. Ha Taehyung qizning allaqachon nozik nuqtasini biladi.

--Yaxshi.. meni ham shartim bor..
Taehyung uning gapiga beparvogina kulib qo'ydi.
--Bir birimizni hayotimizga aralashmaymiz.. men istaganimni qilaman.. sen ham shunday..

--Juda soz.. faqat bir narsani unutma.. haddingdan oshadigan ishlar qilmaysan..

--Sen ham.. shaxsiy chegaralardan o'tmaysan..
Taehyung uning gapidan honani to'ldirgancha kulib yubordi.

--Keyin esa.. biz turmush quramiz..
Taehyung Suaga mamnuniyat bilan qarab gapirdi. Yona ularni bir biriga o'ynoqilik bilan qarab turganini ko'rib ensa qotirib qo'ydi.

--Yaxshi.. bobom aytganidek.. 1 haftaga qolmay to'y..
Ular bir biriga yopishib ketishdi. Jin ursin! Men noqulay bo'lyapman.. bularda hatto uyat ham yo'q. Yona ularni jirkanch ishlariga boshqa qarab turolmay honani tark etdi.

~

Bugun biz to'y libosini tanlash uchun shaharning eng qimmat do'koniga keldik. Men jimgina Taehyungni ortidan kirib boryapman. Darrov hizmatchi qizlar menga ko'ylaklarni ko'rsata boshlashdi. Ular juda chiroyli edi. Qimmat toshlar bilan bezatilgan edi. Negadir ko'zim quvonib ketdi. Ha nima endi sotib yuborishdi deb o'zimni o'zim xursand qilmaymi.. men eng yaxshisiga loyiqman! Ko'ylakni kiyib chiqar ekanman mendan uzoqroqda divanda o'tirgan bo'lajak erimga qaradim. U ham menga qarab qoldi.

Pov*Taehyung
Unga ko'ylak juda yarashgan.

Huddi malikalardek. O yo'q! Taehyung unga qarashni bas qil.

Hizmatchi qiz ko'ylak narxini aytganda ham Taehyung uni eshitmas hayollari qarshisidagi bo'lajak rafiqasida edi.
--Agar qimmatlik qilsa.. boshqa tanlayman.. menga oddiyrog'i bo'laveradi..
Taehyung hayollarini yig'ib tomoq qirgancha gapirdi.

--Yo'q.. agar yoqsa olaver..
--Ammo puli..
--Sevgilim - Taehyung biroz yumshoq ohangda gapirib o'rnidan turdi. Hizmatchi qiz bu yerda ortiqchaligini sezib zaldan chiqib ketdi. Yona unga hayron qarab turardi. Taehyung shu qadar Yonaga yaqin kelib turdi.

--Kerak bo'lsa.. do'koni bilan sotib olib beraman - Shunday deb Yonani bellaridan tutib o'ziga tortdi. Qulog'iga issiq nafasini olib borib gapida davom etdi - agar sen xohlasang..
Yona darrov uning qo'llarini bo'shatishga urinib tipirchiladi. Va nihoyat undan o'zini ozod qildi. Qahrli nigohlarini qarshisidagi bo'lajak eriga tikdi.

--Rol o'ynashni bas qil. Chegaradan chiqma.. kelishganimizdek..

Taehyung qo'llarini shimining cho'ntaklariga solib unga lab uchida jilmaygancha qarab turardi. Yona eshikka qarab qizlarni chaqirdi.

--Menga shunisi yoqdi. Shunisini olamiz..

--Albatta honim.. bu so'ngi kalleksiyadan edi.. ham raqs tushish uchun ham juda maftunkor..
Taehyung hizmatchining so'ngi so'zlaridan Yonaga qarab qosh qoqib qo'ydi.
Ular do'kondan chiqishdi. Kech kiray deb qolgandi. Yona mayin shamolning yuziga va sochlariga urlishidan xuzur qilayotgandi va shamolga imkon berganday ko'zlarini yumib yuzini osmonga cho'zdi. Chuqur nafas olib yuziga mayin tabassum oldi. Vaholanki uni bir chetda Taehyung kuzatib turar edi.

--Havosiz qolib ketgan odamday nafas olyapsan
Yona qulog'i ostidagi issiq nafasda shivirlash bilan aytilgan so'zlarni eshitib yuzini o'sha tomonga burdi. Taehyung bilan birga shu qadar yaqin turar ediki nafaslari bir biriga urilar edi. Yona yuzini boshqa tomonga burib bir ikki qadam undan uzoqlashdi.
--Sen hatto to'yib nafas olishga ham qo'ymaysan..
Taehyung uni gapiga yengil kulib qo'ydi.

--Qalpoqchamm..

--Nega.. nega meni shunday ataysan..
Taehyung Yonani qo'lidan ushlab o'ziga tortdi.
--Chunki.. rostdan ham qizil qapoqchaga o'xshaysan..
Taehyung Yonani boshidaga zo'rg'a ilinib turgan qizil shapkasiga imo qilib gapirdi. Taehyungni haydovchisi ularning oldiga kelib to'xtadi.

--Qo'yib yubor qo'limni..
Taehyung atay qilgandek qizning qo'lini qattiqroq siqdi.

--Taehyung seni sevgan qizing bor.. haddingdan oshma..
--Hmm.. bu to'g'ri..
Taehyung Yonani qo'yib yuborib mashina tomon yurdi. Yona atrofga qaradi. Hozir qochish uchun ajoyib imkon. Qorong'u tushyapti hozir qochsa tuta olishmaydi. Kech emas.
Taehyung Yonani atrofga o'ylanib qarab turganini ko'rib ko'zlari qisildi. Og'ir va qattiq ohangda dedi.

--Yona..

Yona o'zining ismini Taehyungdan birinchi marta eshitishi edi. Chunki u doim "Qalpoqcham" deb murojaat qilardi. Yona o'ylab o'tirmasdan ortiga qarab qochdi.
--Jin ursin!
Taehyung mashinadan uzoqlashib uning ortidan yugurdi. Ko'zdan qochirmaslik uchun yugurardi. Yona ortiga qaramasdan yugurardi. Taehyung ulkan qadamlar bilan Yonani ortidan yetib kelib qo'lidan mahkam ushlab o'ziga tordi. Yona bir zumda Taehyungni qo'llarida paydo bo'lib qoldi. Darrov tipirchilay boshladi.

--Qo'yib yubor.. tegma menga..
--Qilgan ishing uchun javob berasan Yona..
Ular tez yugurishgani uchun tez tez nafas olishar ekan Yona uning qahrini ko'rib qo'rqa boshladi. Taehyung uni bir harakat bilan yelkasiga ortdi.

--Tushur.. meni tushur deyapman senga..
--Yaxshi gapirganimga haddingdan oshding.. qalpoqcham..
Yona o'sha qahrli va g'azabli ovozni eshitib shunchaki jim bo'ldi. U shunchaki ozod bo'lishiga umid qilgandi. Do'konda Taehyungni harakatlaridan u bilan soxta bo'lsa ham eri xotin bo'lolmasligini tushungandi. Mana nima bo'ldi qarshilikni oxiri nima bilan tugashi noma'lum.

Yona tinmay tipirchilardi. Taehyungni ortiga kichik qo'llari bilan mushtlardi. Lekin bu yigitga zarracha ham ta'sir qilmasdi.

Taehyung mashina oldiga kelib orqa eshikni ochdi.

Qizni qo'pollik bilan mashina ichiga otdi. Mashina uyga yetib kelib yigit qizni qaday mashinaga solgan bo'lsa shunday olib chiqdi.

Taehyung

Qizni tepa qavatga emas pastgi padvalga olib tushdi. To'rt burchak hona, sovuq va zax hidi anqib turibdi. Honada deyarli hech narsa yo'q. Taehyung Yonani honaga olib kirishi bilan polga uloqtirdi. Yona poldan turishga ulgirmasdan Taehyung uni oldiga mayda qadamlar bilan kela boshladi. U tomon vahimali kelarkan kamarini ham qo'liga oldi. Yona uni vajohatini ko'rib polda yotgan holda ortiga tisarila boshladi.

--Men senga aytdim.. qalpoqchamm.. haddingdan oshadigan ishlar qilma dedim..
Yona o'rnidan turib qochmoqchi bo'lganda oyoqlariga kamar zarb bilan urildi. Yona honani to'ldirib qichqirdi. Hali bu og'riq bosilmasidan yana bir zarb yelkalariga kelib tushdi. Oyoq va yelka qismga qattiq urilyotgan kamar zarbi hona bo'ylab eshitilardi. Hizmatkorlar tashqarida bir biriga mamnun qarab ishlarini qilishar edi. Hatto Suaga ham yetkazishga ulgurishgan edi.

--Yye..ttaa..rr..
Yona polda jon holatda yotar edi. Oyoqlari kamar zarbidan qonashga ulgurib qizil chiziq hosil qilgan edi. Yelkalariga ko'p urilgan kamardan ko'ylakning orti yirtilishga ham ulgurgan edi. Taehyung bu bilan ham kifoyalanmay qizni sochini g'ijimlab o'ziga qaratdi.
--Yana mendan qochishga urinasanmi..
Yonadan javob yo'q. Ko'zidan faqat marjon marjon yoshlar oqardi.
--Senga gapiryapman.. Yana qochasanmi
Yigitning baqirig'idan uchib tushgan qiz ilojsiz holda boshini qimirlatdi. Taehyung uni qo'yib yuborib honadan chiqib ketdi. Hizmatkorga unga qarashlarini buyurib uyni tark etdi.

Yona hamon polda yotar ekan turishga holi yo'q edi. Hozir faqat yumshoq yotoq bo'lsayu uxlasa hech kim halaqit bermasa. Eshik ochilib hizmatkor kirib keldi. Yonaga bir qarashda achindi. Uni turishiga yordamalshdi. Tepa qavatdagi yotoqhonaga olib kirdi. Kiyimlarini yechib yaralariga malham surtdi. Toza kiyim berib honadan chiqib ketdi. Yona bir amallab kiyindi. Yostiqqa boshini qo'yib yig'lab yubordi.

~Nega.. nega menda shunday nima uchun.. hali u bilan yashay olmasam kerak.. men bularga loyiq emas edim. Yona nega buncha soddasan nega..
Yona burnini tortib qo'yardi. Birdan hayoliga kelgan fikrdan yig'lashdan to'xtadi.

~Yo'q Yona sen taslim bo'lmasliging kerak. Sen axlat emassan sen shu uyni honimi bo'lasan. Mendan shunchaki foydalana olishmaydi. Men vosita emasman.

Yona shu hayollar bilan uxlab qoldi.

~

Taehyung ufisiga borib o'zini chalg'itishga urindi. Kechgacha ishlab qolib ketdi. Uyiga kelgach Yonani ahvolini so'radi. Bu undan havotir olish emas bu shunchaki ertangi to'y marosimlarida qatnasha oladimi yoki yo'qmi shuni tekshirish edi. Yona ham kechga yaqin uyg'ondi. Qorni ochganini his qilib pastki qavatga tushdi. Stolda Taehyungni ko'rib joyida biroz to'xtadi. Kuchli bo'lishi kerakligini o'ziga uqtirib uning qarshisidan joy oldi. Taomlanishar ekan Taehyung qizga qarab qo'yardi.

--Ancha yaxshiga o'xshaysan..
Yona indamadi uning qilgan ishidan so'ng jahli chiqqan edi. Taehyung og'ir xo'rsindi.
--O'zing aybdorsan.. qochmasliging kerak edi.
Yona hamon jim ovqatini yer edi. Bu yigitni sabr kosasini borgan sari to'ldira boshladi.
--Yona..
--Men univer tanladim..
Qiz uning gapini bo'lib istaklarini bayon qildi. Uning gapirganidan biroz bo'lsa ham yuzi yorishdi.
--Ho'sh..
--Seulning eng yaxshi ballet maktabida o'qishni istayman..
Taehyung unga tushunarsiz nigohlar bilan tikilib turdida so'ng kulib yubordi.

--Yo'q yo'q yo'q bunaqasi ketmaydi. Senga istagan univeringni diplomini sotib olib beraman.. o'qimasliging ham mumkin.. meni davrimda mazza qilib yasha...
Yona yeyishdan to'xtab qarshisidagi yigitga telbaga qaragadek qarab turardi.

--Yo'q. Men bilmayman men ballerina bo'lishni istayman.. o'sha maktabga to'lov qilish kerak xolos..
--Yaxshi.. o'qishinga qarshi emasman.. faqat.. faqat qochish yo'q..
--Unda sen ham chegaradan chiqma.. biz faqat qog'ozda er xotin bo'lamiz.. uni ustiga seni mashuqang bor.. menga esa birovni yigiti kerak emas..

Taehyung unga shunchaki tikilib qoldi. Do'kondagi harakat*lari uni shunchaki sinash uchun edi aslida. Lekin bu qiz o'zini osmon deb biladimi nima. Taehyung cho'ntagidan yangi telefon va karta chiqarib stolga qo'ydi.

--Bu senga.. unda mening raqamim bor.. nimadir bo'lsa menga qo'ng'iroq qilasan.. kartada yetarlicha pul bor.. istaganingcha ishlat..
Yona ularni oldi.
--Yaxshi.. raxmat..

--Men sen istagan univerga to'lov qilaman

Yona

Yona bu gapni eshitib kulib qo'ydi. Taehyung esa shunchaki uni ovqatlanishini kuzatib turar edi.

--Menga unday qaramana..

--Qanday qaray..

--Ovqatlanyotgan odamga tikilish odobdan emas..

--buni bilmagan ekanmana

--Taehyung..
--Ha..
--Nega bobong aynan meni tanladi.. u men seni qanday uchratganimni kafeda senga suv sepganimgacha bilan ekan.
Taehyung asabiy qoshlarini ishqaladi.

--Nima bo'lsa ham reja o'z kuchida qoladi..

--Taehyung..
--Yana nima
--Haligi.. Sua..
--Suaga kelsak.. to'ydan keyin biz bilan yashashi mumkin.. u juda chiroyli..

--Chiroyli chiroyli albatta chiroyli bo'ladida.. ochiq kiyim kiydirib sochini sariqqa bo'yab olib yuziga bir dunyo pardoz qilgandan keyin..

--Sen unga hasad qilyapsanmi.. yo.. eringni hozirdan rashk qilyapsanmi..

--Men shunchaki..

--O'zinga bir qara Qalpoqcham.. sochlaringa in qursa bo'ladi.. oxirgi marta qachon dush qabul qilganding..
Yona uning gaplaridan qoshlari chimirildi. Uni ochiqdan ochiq xaqorat qilyapti axir. Keyin yuziga kinoyali tabassum olib dedi

--Xavotir olma.. to'yda shu qadar go'zal bo'layki.. do'stlaring senga havas uyoqda tursin xasad qilishadi.. hatto meni sendan oldin uchratishmagani uchun afsuslanishadi.
Taehyung ham unga yaqinroq kelib o'tirdi.

--Shunaqami..

--Shunaqa.. ha lekin menga qilganingni unutganim yo'q.. sen

--O'zing majbur qilding.. qayergacha yugurtirganingni bilasanmi..

--Lekin baribir.. axir og'ridi..
Yona yosh boladek lablarini ishirib o'zini hafa ko'rsatdi. Ko'zlarida yosh miltirab turardi. Taehyung unga tikilib turar ekan qilgan ishidan biroz afsuslandi. Turgan joyida Yonani oldiga egildi.

--Boshqa bunday qilishimni istamasang.. qochib ketma.. iltimos - mayin va muloyimlik bilan aytilgan so'zlarni eshitib Yona biroz yumshadi.

Eshikni ochilishi ikkisini ham hayolini o'ziga keltirdi. Sua oshxona tomon Taehyungni chqirib kirib keldi. O'zini Yonani yo'qdek tutib Taehyungni bo'yniga osildi. Yona bu yerda ortiqcha ekanini sezib tepa qavatga chiqib ketdi

Sua

--Bugun qo'ng'iroq qilgandim.. javob bermadingiz..

--Suaa.. ko'ylak tanlash uchun borgandik..

--Uni o'zi ham bora oladi.. qo'riqchi yoki hizmatchi bilan yuboring edi..

--Shundog'am qochib ketdi.. tutib jazoladim..

--Jazoladingiz.. qaday..
Taehyung yuzida ayyorona tabassum o'ynadi. Sua inkor ma'nosida boshini silkitdi.
--Tae.. menga xiyonat qilmadingiza..

--Qo'ysangchi.. Sua.. agar shunday qilganimda u yurolmay qolgan bo'lardi.. u endi 18 ga kiradi..

--Qani xiyonat qilib ko'ringchi..
--Bekordan bekorga kelmaysan.. nimadir bo'ldimi..
Sua tabassum bilan Taehyunga yaqinlashdi.
--To'y o'tgach.. men shu yerda yashayman.. to'g'rimi..
Yigit qizni bir urinishda oshxona stoliga o'tqazdi. Yona boya ko'p ovqat yegani uchun chanqadi va oshxonaga keldi. Yona oshxona eshigi tagida turib qoldi. Taehyung uni kelganini sezdi ammo to'xtashni istamadi. Yona ham stakanga suv quyib honasiga qarab ketdi. Oshxonadan esa jirkanch ishdan chiqayotgan ovozlar eshitilar edi.

Pov*Yona
Jin ursin. Boya o'sha stolda ovqatlangandim endi ular birbirini yeyishyapti. Uyi to'la yotoqxonaku nega oshxonada qiladi

Bunday ishlarni

Oh mening asablarim.

~

Tong. Yona uyg'onganda honasida har xil brend kiyimlari turar edi. Dush qabul qilib Ulardan chiroylisini kiyib sochini chiroyli turmakladi va boshiga qizil shapkasini qo'ndirdi. Sekin qadamlar bilan yurardi. Kechagi oyog'idagi og'riq hali bosilmagandi. Oshxonada juftlikning kulgulari eshitilar edi.

Pov*Yona
Oshxona stoli. Ming la'nat! Ko'nglim behuzur bo'lib ketyapti kechagi voqeani eslab.
Yona o'zi uchun tayyorlagan nonushtani olib mehmonhonaga kirdi. Katta televizorni yoqib yangiliklarni ko'rib nonushta qildi. Yonaga dadasi hech qachon televizor ko'rishga ruxsat bermagan edi. Yona ularni oldiga chiqdi. Ular hali ham o'tirishibdi. Qiz Indamay eshik tomon yurdi.

--Qayoqqa..
Ortidan kelgan vahimali ovozdan uchib tushdi. Negadir tanasida titroq paydo bo'ldi. Nafas olishi beixtiyor tezlashdi. Huddi kechagidek uni kaltaklash uchun kelayotgandek edi u.

--Qapoqchamm.. yana qochmoqchimisan..
--Yo'q.. men ballet maktabiga borishim kerak.. axir.. kecha gaplashdikku.. shunga..
--Ha esimda.. seni qo'riqchi bilan yuboraman u seni olib borib keladi.
Yona shunchaki bosh silkib qo'ydi. Taehyung unga zimdan nazar tashladi.

--Ohh.. qo'g'irchog'imiz uyg'onibdida..
Sua Yonaga boshdan oyoq qarab chiqdi. Yona unga gapirishni o'ziga ep ko'rmay tashqariga chiqdi. Har doimgidek quyoshli osmonga qarab ko'zlarini yumdida chuqur nafas oldi.

Pov*Yona
Quyosh. U meni vaxshiylarcha kaltaklgada hech qachon seni ko'rmayman deb o'ylagandim. O'sha xonadan o'ligim chiqishiga ham ishongandim. Lekin unday bo'lmadi. Men ishonaman hali hammasi yaxshi bo'ladi.

--Sen yana havosiz qoladigandek nafas olyapsan..
Yona Qulog'i ostida issiq nafasni his qildi. Undan uzoqlashdi.

--Men tezroq. Ballet maktabiga borishni istayman..
Ularning oldiga hayodvchi mashinada kelib to'xtadi. Yona indamay orqa o'rindiqqa o'tirdi. Mashina uydan uzoqlasha boshladi

Katta va chiroyli qasr kabi bezatilgan opera va ballet maktabi. Ular meni barcha tamoyillarimni tekshirishdi. To'lov ham qilindi. Endi o'qishim mumkin.

--1 haftadan so'ng mashg'ulotlar boshlanadi.

--Hop.. men qattiq harakat qilaman..
Yona hammasini gaplashib bo'lgach u yerni tark etdi. Haydovchi uni kutib turar edi. Yonani kayfiyati yaxshi bo'lgani uchun tabassum qilardi.

--Endi kettik..
Ular yana o'sha hashamdoor uyga kelishdi. Yona indamay honasiga ko'tarilyotgan edi toki tanish ovoz chaqirmaguncha.

--Qalpoqchamm.. qaytdingmi.. buncha tez..
--Qochib ketishimni kutganmiding..
Taehyung lab chetida jilmaydi.
--Jazolaganlarim yaxshi ta'sir qilgan ko'rinadi..
Yona ensa qotirib honasiga chiqib ketdi.

~

To'y kuni

Kelin uchun tayyorlangan honadaman. Egnimda oq libos. Oynada o'zimni ko'rib lol qoldim. Yuzimga yengilgina pardoz qilishdi. Soch turmagim ham ideal desa ham bo'ladi.

Ko'ylak shu qadar yarashganki huddi malikalardek turibman.

O'zimni oynada tomosha qilar ekanman o'tmishim bir bor ko'z o'ngimdan o'tdi. Yig'lamaslik uchun o'zimni tiydim.

Eshik ochildi. Bo'lajak erim eshik tagida turardi. Negadir titrab ketdim. Men ham unga to'liq o'girildim.

Yona va Taehyung bir birlariga tikilib qolishdi. Taehyung har doimgidek kelishgan yuz.

Nigohlar bir biridan uzilishni istamaydi. Yigitning qadamalari oppoq libosda turgan qizni oldiga sekinlik bilan keladi. Qiz ortiga chekinmaydi. Ularning ko'zida nur bordek edi. Taehyung Yonaga tikilgancha avvalgidan ancha boshqacha ohangda gapirdi.

--Juda go'zalsan!

Yona*Pov
Uning ovozi. Qandaydir o'ziga tortadi. Bu ko'zlarga oshiq bo'lishga haqqim yo'q. Yuragim qinidan chiqib ketmasa bo'lgani.

--Bunday hushomadlar shart emas.. bizni oldimizda hech kim yo'q.. rol o'ynashga hojat yo'q..

Taehyung*Pov
U.. rostdan juda go'zal..

Yonani gapiga kulib qo'ygan Taehyung istehzoli ohangda dedi

--Unda rolingni a'lo darajada o'yna.. xotinjon..
Yona unga o'qrayib qo'ydi. Ular mehrob tomon yurishdi. Mayda qadamlar bilan yurishar ekan Yona negadir titrardi.

Taehyung uning qo'lidan tutgan holda rohibni oldiga kelishdi. Rohib nikoh o'qir ekan Yonani negadir yig'lagisi keldi. Bu yer Seulning eng yaxshi joylaridan biri. Hamma biznesmenlar va Taehyungni barcha maxfiy ishlaridagi hamkorlari kelishgan edi. Yona taniydigan yagona odam bu - Taehyung. Ularning oldiga qo'yilgan nikoh shartnomasiga Taehyung o'ylanib o'tirmasdan imzo chekdi. Ruchkani Yonani qo'liga tutqizdi. Yona hamon jim. Bir nuqtaga tikilgancha o'ylanib qolgan.
Birgina imzo butun hayotimni ostun ustun qilishi mumkin. Nima qilay qochib ketaymi? Yo'q endi ortga yo'l yo'q.
Taehyung qizni ortiq kutishni istamay qo'lini qattiq siqdi. Yona og'riqdan ingrab yubormaslik uchun tishini tishiga qo'ydi. Chuqur nafas olib qaltiroq qo'llari bilan qog'ozga imzo qo'ydi. Atrofda qarsaklar chalindi. Yona majburan tabassum qilishga urindi.

Bazm boshlanib hamma ularni tabrikladi. Sua ham ochiqroq oq ko'ylak kiyib olib Taehyungni do'stlarini orasida edi. Kaltagina oq ko'ylagi bilan kelin men bo'lishim kerak deganday edi. Yona atrofga sokin tabassum qilib qarab qo'yardi. Axir bugun uni to'yi. Boshqa yana qachon oq ko'ylak kiyish unga nasib qiladi bilmaydi.

Bazmdagi hammaning ko'zi Yonada edi. Taehyung unga uzoq tikilib qolyotgandi. O'sha kungi gapi esiga tushdi. "To'yda shu qadar go'zal bo'layki do'stlaring xavas tugul xasad qilishadi" bu Yonani gaplari edi. Ha u bugun juda chiroyli. Yonani atrofini qizlar o'rab olgan edi. Taehyung do'stlari oldiga borib turdi.

--Men Soojinman..
--Men Yonaman...
--Tabriklaymiz Yona baxtli bo'linglar..
--Taehyung bilan bir biringizga juda mossizlar..
--R..raxmat..
--Juda ochilib ketibsan.. Kim Yona...
--Tashakkur..
Taehyung Yonaga qarab beixtiyor jilmayib qo'ydi. Hatto Suani kelganini payqamadi.

--Tae.. - tanish ovozdan yigit ortiga o'girildi. Sua qo'lida viski bilan unga o'zgacha nigohlar bilan qarar edi. Taehyung uni tushundi. U mast. Yigitini to'yi bo'ladiyu diydiyo qilmaydimi. Sua Taehyunga yaqin kelishga uringanda Taehyung o'zini ortga oldi.
--Sua.. hozir emas.. bobom ham shu yerda..

Yona ularga bir chetdan qarab qo'yardi. Janob Kim shahdam qadamlar bilan kirib keldi. Taehyung bobosini ko'rib Yonani oldiga botib turdida tabassum qildi. Janob Kim ularning oldiga keldi.

--Tabriklayman.. juda chiroyli juftlik bo'libsiz..
Janob Kim Yonaga qarab tanassum qilib gapirdi. Boshida hamma hayron qoldi. Chunki Janob Kim hech qachon kulmasdi.

--Kelganingiz uchun raxmat. - Yona tabassum bilan dedi. Janob Kim jiddiylashib nabirasiga qaradi.

--Otang va oilasi kela olmas ekan.. - biroz past ohangda dedi.

--Ularni shundog'am kutmayotgandim.. - Taehyung hech qanday emotsiyasiz dedi.
Janob Kim ularni tabriklab bazmni tark etdi. Yigit qizga yanada yaqin turar ekan Yonani nafasi bo'g'ildi. Taehyung qo'lini uning belidan o'tkazib o'ziga yaqinlashtirardi. Tashqaridan hamma uchun sevishganlardek ko'rinsa ichkarida Yona shuncha qiynalardi. Taehyung biladi Yona uni harakatlariga hammani oldida qarshilik qila olmaydi. Taehyung Yona noqulay bo'lishidan zavqlanadi. Asta yuziga egilib qulog'iga pichirladi.

--Nega buncha asbiylashyabsan..

--Biroz uzoqlash.. nafas ololmayapman..
Ularni bir chetda Sua asabiy holatda kuzatib turar edi. Taehyung atay qilganday Yonani yanada o'ziga tortdi.

--Tae.. - Yona asabiy ohangda dedi. Taehyung lab chetida jilmaydi.
--Qalpoqchamm.. sendan buni eshitish yoqimli..

--Sen mendan jirkanishingni aytgansan..
Bir zum Taehyungni yuzini sovuqlik egalladi. Yonani qo'lini ushlab qattiq siqdi. Bir og'iz so'z aytishga ulgirmay ularning yoniga kuyovning do'stlari yaqinlasha boshladi.

--Oouv kelin kuyovlarimiz juda ajoyib juftlik bo'lishibdi.

--Jihoo.. kelmaysan deb o'ylagandim..
--Qo'ysangchi.. albatta kelamanda....yana bir bor tabriklayman..
--Kelganing uchun raxmat..

Ular biroz suxbat qurishgach atrofga raqs tushish uchun musiqa yangradi. Hamma kelin kuyovlarga qarab turardi. Taehyung musiqa qo'yilgan tomonga qaraganda buni Jihoo qilganini tushundi...

*

*

*

*

✨Stardusts aktiv bo'linglar❤️ reak va coment esdan chiqmasin. Fanfic haqida fikr qoldiring🫠

Author:☆ ♡ Eira_Bloom ♡ ☆