May 24, 2025

#" Qizil qalpoqcha ertagi "# ep:7

Pov

Yona*Pov

Uyga avtobusda kech bo'lsada yetib keldim. Uyga kirar ekanman. Mehmonhona tomonda kulgu ovozlari eshitilardi. Bu menimcha Taehyung va Sua bo'lsa kerak deb o'yladim va adashmagan ekanman. Oyoqlarim juda qattiq og'rirdi. Sekin xonamga yuqoriga ko'tarila boshladim. Dush qabul qilib Kiyimlarimni yumshoq pijamaga almashtirib uyquga ketdim. Hammasi men o'ylagandek yomon emas ekan uddalasa bo'larkan orzular amalga osharkan huddi ertaklardagidek. Ballerina bo'lish butun hayotim davomida orzu bo'lib qolib ketadi deb o'ylagandim. Ammo amalga oshirdim. Qanday bo'lmasin.

~

Erta tong. Yona barvaqt uyg'onib tongi mashqlarni qilardi. Endigina quyosh chiqmoqda. Yona mashqlardan terlagancha yuvinish xonasiga kirib ketdi. U ertalabda ozish va balletga oid mashqlarni telefonidan qidirib topgandi. Yona yuz qo'lini yuvib sekin pastga tushdi. Hizmatkorlar oshxonada nonushta uchun yugurishardi. Yona ularga jilmayib salom berar ekan ularning birortasi unga axamiyat bermadi. Yona ham jimgina o'zi uchun nonushta tayyorlashni boshladi. U telefonidan anchagina ma'lumot qidirib o'zi uchun to'g'ri ovqatlanish tartibini tuzib qo'ygandi. Ballerinalar sog'lom va chiroyli qomatga ega bo'lishlari lozim. Shuning uchun Yona har bir detalga yaxshilab axamiyat berardi.

O'zi uchun tayyolagan nonushtani oshxona stoliga qo'yar ekan tepa qavatdan Taehyung va Sua tushib kelishdi. Hizmatkorlar ham o'zlari tayyorlagan nonushtani stol atrofiga qo'yib chiqib ketishdi. Yona ularni oldida biroz g'alati bo'ldi. Chunki Sua bitta fudbolkada chiqqandi. Yona o'tirib nonushta qilishni boshladi. Ular nonushta qilsihar ekan Taehyung bu sukunatni buzdi.

--Kecha qayerda eding? - nonushtasini qilar ekan o'zini beparvo tutishga uringandek dedi.

--O'qishdan chiqib uyga qaytdim.. avtobusda.. - oxirida qo'shib qo'ydi Yona

--Tushunarli. Kecha seni olib kelishini haydovchiga aytishni unutibman. - aybdorona ohangda dedi Taehyung.

--Hechqisi yo'q.. - sekin tonda dedi u.

--Tae.. bugun birga vaqt o'tkazsak nima deysan - Sua gapga aralashdi.

--Sua.. shundog'am har kuni sen bilanman. - Tae asabiy shunday deyar ekan o'rnidan turdi. Kastyumini qo'liga olgancha chiqib ketdi.

--Urushib qoldingizmi.. - Yona beixtiyor shu savolni berib yubordi. Sua unga shu qadar g'azab bilan qaradiki Yona pastki labini tishladi.

--Senga nima? Bizni munosabatlarimizga beo'xshov burningni suqma! - Sua o'rnidan turib yerga qarab qolgan Yonaga Taehyungni sovub qolgan qahvasini to'kib yubordi. Yona bu holatdan o'rnidan turdi. Sua esa allaqachon chiqib ketgan edi.

~~

Bir qator tizilgan qizlar bir xil harakatlar bilan mayinlik ila raqs tushar edi.

Mashg'ulot tugab qizlar kiyinish xonasiga yo'l olishar ekan Sunha ismli bir qiz yerda o'tirgancha nafasini rostlayotgan Yonaga hayron qaradi.

--Yona mashg'ulotlar tugadi. - Sunha mashq qilish uchun qayta turayotgan qizga qarata dedi.

--Sunha.. sen ketaver men biroz mashq qilaman. - Yona oynali devor oldiga kelib oyoqlarini to'siqqa chiqargancha dedi.

--Hop mayli o'zing bilasan ammo.. ehtiyot bo'l charchab qolishing mumkin. - Sunha gapini tugatib chiqib ketdi. Yona o'zi mashqlar honasida yolg'iz qoldi. Birinchi yengillik bilan boshlangan harakatlar endi daxshatli tus ola boshladi. Yona bir oyoqda turib shiddat bilan aylanar ekan bir deganda qo'llarini keng yoyish va qayirish bilan to'xtadi. Endi butun gavdasini yuqoriga talpintirgancha oyoq uchida harakatlana boshlagandi. Ko'zlari yumilgan, peshonasidan yumshoq ter tomchilari chiroq ostida ko'rinish berdi. So'ng ohista harakat bilan raqsni tugatdi. Ko'zlarini ochar ekan hona suv quygandek jim jit edi. Faqat Yonaning tez harakat qilgani uchun juda tez urayotgan yuragi va hansirab olayotgan nafasi eshitilardi. Yona o'rnidan turib narsalarini oldida honadan chiqdi. Deyarli zalda hech kim qolmagan hamma ketgani uchun sokin edi. Yona kiyimlarini almashtirib asosiy chiqish eshigi tomon yurar ekan qandaydir notanish kuy ovozi uni e'tiborini o'ziga tortdi. Yonani beixtiyor oyoqlari kuy ya'ni nota ovozi kelayotgan honaga yurishni boshladi. Eshik qiya ochilgan Yonani qadamlari tobora yaqinlashar ekan musiqa ohangi ham yaxshi eshiltilardi.

Yona qiya ochilgan eshikdan mo'raladi. Bir yigit fartopianino ustida juda ajoyib kuy chalardi. Uning harakatlari juda hissiyotli va erkin edi. Butun dunyoni unutgan va faqat u va notalar bordek barmoqlari mohirona harakat qilardi. Ko'zlari esa yumilgan va eshikka orqasi bilan o'tirgani uchun uni kuzatayotgan qizni ham ko'rmasdi u faqat musiqa ohangini his qilardi. Va ohirgi yuqorligan ko'tarilgan baland pianino ovozi va uning ortidan sekin pasaygan mohir ohanglar bilan musiqa tugadi.

Yigit charchoq ila nafas olar ekan Yona o'zi bilmagan holda allaqachon pianino oldiga kelib qolgandi.

--Ofarin!! Juda ajoyib!! - Yona qarsak chalgancha xursand kular ekan yigitning sovuq va jiddiy nigohlariga duch keldi.

--Sen kimsan? Bu yerga qanday kirding? - yigit o'rnidan turish barorida qizni so'roqqa tuta boshladi. Yona qarshisiga yurib kelayotgan baland bo'yli jiddiy nigohlar bilan qarayotgan bu yigitdan biroz hayiqishni boshlasada buni sezdirmadi.

--Haligiii... shunchaki musiqa ovozini eshitdim va shu yerga kelaverdim. Juda ajoyib chalar ekansan - Yona tabassum qilgancha vaziyatni yumshatishga harakat qilardi. Yigit bir zum Yonaga boshdan oyoq nazar tashladi va yuzida o'ynoqi tabassum paydo bo'ldi.

--Sobiq yigitinga o'xshaymanmi? - yigit kutilmaganda shu savolni berdi.

--Yo'q!! - Yona hayron qolgancha savoliga javob berdi.

--Unda.. eng yaqin do'stingmanmi? - asabiylik bilan davom etgan keyingi savol.

--Yo'q!! - yana javobni takrorladi qiz.

--Unda nega senlayabsan - biroz baland ovozda dedi yigit.

--O'zing ham senladingku - Yona ham asabiy baland ovozda dedi.

--Baqirma! Nima ishing bor o'zi bu yerda. Bugun farroshlar ishlamasdiku - yigit yana qizga o'tkir nigoh tashlab qo'ydi.

--Qanaqa farrosh!? Men ballerinaman. Eshitdingmi.. - Yona yigitni gapiga ensa qotirgancha dedi - Ismim Yona.. Pa.. yo'g'ee.. Kim Yona. - Yona o'zini tanishtirar ekan yigit tomon qo'lini cho'zdi. Yigit unga yana sinchkovlk bilan qaragach qizning oppoq va kichkina kaftini o'zining katta qo'li orasida siqdi.

--Ismim Nick.. - yigit biroz jilmaygancha ismini aytdi. - ballerinaman degin -Nick qizni tanasiga bir qarab qo'yar ekan dedi.

--Ha.. hozircha o'qiyapman.. ammo kelajakda katta teatr sahnalarida rol ijro qilishni istayman - Yona pianino atrofini aylanar ekan dedi.

--Ha.. men bu yerda pianino chalaman.. - Nick qizni kuzatgancha dedi.

--Teatrda ishlash.. bu juda ajoyib! - Yona jilmaygancha yigitga qaradi.

--Nega ketmaganding.. bu yerda hech kim qolmagan deb sevimli kuyimni chalayotgandim - norozi ohangda dedi Nick.

--Men ham hamma ketgan deb o'ylagandim.. mashg'ulotdan qolib yana biroz mashq qildim. Har holda.. Ballerina bo'lish oson emas.. raqobat kuchli.. - Yona Dianani o'ylar ekan dedi.

--Ha.. endi uyinga ketmaysanmi..

--O'zingchi? Uyinga bormaysanmi.. - Yonani so'zlaridan so'ng Nick chuqur uhh tortdi.

--Men ham ketishim kerak.. ammo sen mashg'ulotdan qolib qo'shimcha mashq qilganing va men chalgan kuyni eshitganing va yangi do'st ottirganing uchun ancha vaqtni yo'qotding. Shuning uchun seni o'zim tashlab qo'yaman.

--Rostdanmi.. raxmat Nick.. ammo men o'zim.. - Yona so'zlarini tugatmasidan yigit uning gapini kesdi.

--Qarshilik qilma.. quyosh allaqachon botdi. Ko'cha to'la bo'rilar.. senga o'xshagan yolg'iz yurgan qizlarni yeb ketishadi. - Nick biroz hazil aralash dedi.

--Bo'rilar degin.. -Yona boshini pastga egdi. 'Bo'ri' so'zi unga bir insonni eslatadi. Ya'ni Yonani 'Qalpoqcham' deb chaqiradigan insonni. Nick hona eshigini kengroq ochdi.

--Qani yuraqol.. - Nick qizga yo'lni ochib berdi. Ular bino tashqarisiga chiqishdi. Nick yurib ketar ekan Yona ham unga ergashdi. Nick matotsiklini oldiga kelib shlemlardan birini Yonaga uzatdi.

--Minishni bilasan degan umitdaman..

--Men.. oldin matotsikl minmaganman. - Yona biroz qo'rquv bilan qo'lida turgan qora shlemga bir qarab qayta nigohlarini matotsiklga minib uni haydashga tayyorlayotgan yigitga qaradi.

--Qo'rqma! Bir zumda uyingda bo'lasan.. o'tir.
Yona boshiga shlemni kiyib yigitning ortiga matotsiklga mindi. Bir necha soniyalarga qolmay yo'lda qora izlarni qoldirgancha matotsikl bino oldidan g'oyib bo'ldi. Nick yaxshigina tez haydar ekan Yona tushib ketmaslik uchun beixtiyor qo'llarini uning belidan aylantirdi. Yona katta tezlikdan qo'rqqani uchun ko'zlarini yumib olgandi. Nick uni qo'rqayotganini payqab tezlikni biroz pasaytirdi. Boshini burib:

--Ko'zlaringni yumma.. shunday go'zallikdan quriq qolyapsan - Nick qizni mazaxlagancha yana oldinga qarab tezlikni oshirdi. Shunda Yona ko'zlarini ochdi. Ular mashinalarni oralab shahar bo'ylab sayr qilishar ekan tungi shahar Yonani ko'z oldidan kaseta kabi o'tardi.

--Chiroyli..!! - deb o'yladi Yona boshini biroz ko'targancha. Yonaga shlem borgan sari xalaqit qila boshladi u atrofni ko'rishga qiynalgani uchun shlemni sekin va ehtiyotkorlik bilan boshidan yechib oldi va matotsikl orqasiga joylashtirdi. Mana endi Yona atrofni be'malol tomosha qiloladi. Shamol uning sochlarini har yoqqa to'zg'itgancha erkalaydi. Qiz bu sokinlik va tungi tezlik adrenalindan rohatlanadi. Qo'llarini endi yigitning ikki yelkasiga qo'yib oladi.

--Vauuv..!! Bu juda ajoyib..!! - Yona xursandligidan qichqiradi. Nick esa qiz aytgan manzilga haydaydi. Tun. Matotsikl hashamat ila savlat to'kib turgan uyni oldiga to'xtar ekan qizga hayron qaradi.

--Aniq shu yerda turasanmi..? - Nick uyga sovuq nigohlar bilan qarab qo'yar ekan matotsikldan tushishga urinayotgan qizga dedi.

--Ha.. shu yerda turaman - Yona sakrab yerga tushar ekan yigit tomon mamnun jilmaydi.

--Katta raxmat Nick.. hammasi maftunkor edi. Haqiqiy adrenalin oldim.

--Agar yana uchishni istasang istalgan payt qo'ng'iroq qilishing mumkin - Nick telefon raqamini Yonani qo'liga tutqazdi.

--Yaxshi.. sen ham yaxshi yetib ol.. ko'rishguncha.. - Yona qo'llarini cho'ntagiga solgancha uyga kirdi. Qo'riqchilar oldidan o'tib honasi tomon ko'tarila boshladi. U bugun juda charchagan edi. Ammo.. qaysidir honadan g'alati ovozlar eshitilardi. Yona biroz o'sha ovoz kelayotgan honaga qarab turdida bu Sua joylashgan hona ekanini bildi. Lekin u yerda nafaqat Sua balki Taehyungni ham ovozlari eshitilardi. Hozir tun demak Taehyung bilan Sua..!? Yona miyasiga kelagan fikr*lardan o'zi g'alati bo'ldi. Ularning honasidan chiqayotgan behayo* ovozlardan Yona uyalib ketdi va honasiga kirib ketdi. Pijamasini kiyib yotoqqa yotdida uxlab qoldi.

*

*

*

Stardusts✨ keyingi qism keldi. Biroz kam bo'lgan bo'lsa uzrlarim. Reak va cament to'ldiring. Xatolar bo'lsa uzr. Aktiv bo'ling.

~Author:•°•Eira Bloom°•°