March 16, 2025

# " Qora oqqush nolasi " # Ep:9

Pov*

--Rostdanmi - Nora A-ri bilan har doimgi cafeda nonushta qilardi.
--Ha u bilan 3 marta tasodifan uchrashib qoldik - A-ri ham hotirjam qahvasini icharkan dedi.
--Ho'sh u kelishgan edimi - Nora yuzini dugonasini yuziga yaqinroq olib kelib so'radi. Bu gapdan A-rini ko'zlari katta katta bo'lib ketdi.
--Bu nima deganing Nora.. sen.. - A-ri biroz dovdirab ko'zini boshqa tomonga olib qocha boshladi.
--Ha demak u kelishgan ho'sh uni ismini ayt balki tanirman agar biznesmen bo'lsa..
A-rini ikki yuzi olma kabi qizardi va sekin ovozda gapirdi. Go'yo hamma eshitib qoladigandek edi u uchun.
--Uning ismi Wohyong..
--Hmm Wohyong.. yo'q tanimas ekanman..
--Uni o'zim ham yaxshi tanimayman.. keyin.. oddiy tasodiflarni sevgi deyishga shoshilma - A-ri yerga qaragancha gapirardi.
--Menga qara A-ri.. agar sevsa seni o'zi topadi - Nora dugonasiga tabassum qilib gapirdi. A-ri ham boshini ko'tarib muloyim jilmaydi.
--Agar topmasachi - bu safar A-rining tabassumi qayg'uli edi. Nora ovozini har doim hamma qo'rqadigan ohanga ko'chirdi va dugonasini nigohlariga tikilgancha javob berdi.
--Agar topmasa uni o'zim topamanda seni oldinga olib kelib seni sevishga majbur qilaman..
Norani bu gapidan A-ri kulib yubordi.
--Qo'ysangchi Nora.. - Nora A-riga qoshlarini chimirib arazlagandek qarab turardi. Norani bu ahvolda ko'rish A-rini yanada kuldirardi.
--Yaa kulma.. A-riiii
--Bo'pti bo'pti jimman - A-ri o'zini zo'rg'a kulgudan to'xtatib.
Ular cafedan chiqib hayrlashishdi. Ikkisi ham o'z ishlariga ketishdi.

~

Pov*Nora

Kampaniyam to'grisiga kelib turar ekanman biroz uning tepasidagi yozuvlarga qarab qoldim "Dark Nora". Ha bu mening ancha yillik mehnatimni o'z ichiga olgan ikki so' edi. Chuqur nafas olib chiqardim. Endi kirmoqchi bo'lganimda bir mashina kelib to'xtadi. Shoshma! Bu mening mashinam edi ha Eunwoo mendan tortib olgan mashinam. Eunwoo viqor bilan mashinamdan tushib kalitni hizmatchiga berib men tomon yurib kela boshladi. Negadir asablarim ertalabdan taranglashadi shekilli.
--Hayrli tong.. - Eunwoo Noraga qarab kulib salomlashdi tabiiyki Nora bundan hayron qoldi. O'zini yig'ib u ham iliq salomlashdi.
--Sizga ham hayrli bo'lsin - deya oldinga yurib ketdi. Eunwoo uni ortidan kuzatar ekan kulib qo'ydi.

~

A-ri labaratoriyaning bog'ida o'simliklarni o'g'itlar bilan o'rganardi. Lekin hech hayolidan uni' ketkaza olmasdi. Jin ursin Qanday qilib uni o'z restaranidan haydab chiqarmoqchi bo'ldima. Boshqasi bo'lganida allaqachon o'zimni haydab yuborar edi. Hatto uzr so'ramay chiqib kettim keyin esa do'konda ham unga yomon muomilada bo'ldim. Balki uni izlab uzr so'rashim kerakdir. Eyy nimalarni o'ylayapmana. A-ri hayolga chalg'ib yoniga kelgan qadam tovushlarini payqamay qoldi.
--A-ri.. A-ri meni eshityapsanmi..
--A.. ha.. eshityapman..
Bu Jay edi. A-ri unga e'tibor bermay ishida davom etarkan so'radi.
--Menda ishing bormidi..
--Ha balki birga tushlik qilarmiz.. - Jay samimiy jilmayib turardi. A-ri ham ikkilangancha hamkasbiga rozilik bildirdi.

Ular uncha uzoq bo'lmagan cafeda tushlik qilishdi va yana ishga qaytishdi.
--A-ri agar kechka vaqting bo'lsa seni o'zimning do'stlarim bilan tanishtirmoqchi edim.
A-ri undan bu taklifni kutmagan edi.
--Men.. haligi.. - A-ri ikkilanyotgandi.
--Ishdan chalg'ib dam olib kelamiz nima deysan.
--Bilmadim.. men..
--Demak seni kechka o'zim uyingdan olib ketaman.
Jay o'z bo'limiga qaytdi. A-ri shu kunlarda biroz dam olsihni istaydi. Va hozir aqli unga biroz tanaffus qilishi kerakligini aytyapti.

~

Ming la'nat ertalabdan asablarim buzilgani yetmagani yetmagandek bu Eunwoo deganlari tosh oynali honasida qandaydur oyimchasi bilan kulishib o'tiribdi. Shuni bildimki o'sha alvasti kampaniya hodimlaridan emas. Eunwooning honasining biir qismi tosh oyna bilan o'ralgani uchun hammasi yaqqol ko'rinib turibdi. Ularning kulishlari butun zal bo'ylab eshitilyapti. Jin ursin men ishlay olmayapman.. hayollarimni honamga Leo kirishi buzdi.
--Nora.. - Leoning ovozidan havotir sezilib turar edi. Nora qo'llarini stol ustiga birlashtirgancha ushlab turar edi.
--Bilaman Leo bilaman u haddidan oshib ketdi. Va men hozir uni haddini bildirib qo'yaman - Nora shu gaplarni aytar ekan o'rnidan shahd bilan turdiyu honadan chiwib ketdi. Leo esa uni to'xtatishga harakat qilardi. Chunki biladiki Nora g'azablansa oxiri yaxshilik bilan tugamasligini.

Nora baland poshnalarini zal bo'ylab taqqilatgancha Eunwooning honasiga yetib keldi kotiba gapiraman deganda Nora unga teshib yuborgudek qarab qo'ydi. Koriba bir og'iz so'z deya olmadi. Nora honaga ogohlantirishsiz eshikni zarb bilan ochdi. Honada juda ochiq kiyingan qiz va Eunwoo birga kulishib suxbat qurishardi. Qiz Eunwooga tobora yaqinlashib borardi. Eshikni zarb bilan ochilgani ikkisini ham o'sha tomonga qarashga majbur qildi. Eshik tagida g'azab va nafrat bilan Nora qarab turardi. Nora hech narsa demay shartta bordida qizni sochidan changallab honadan olib chiqa boshladi. Bundan qiz dovdirab qoldi va qarshilik qila olmay baqira boshladi. Eunwoo ham vaziyat bunchalik keskin tus olishini kutmagan edi. Nora lift ochilishini ham kutmay zinalardan tusha boshladi. Qiz tinmay tipirchilab yig'lab yubordi. Nora bir qizni sochini changallab hammani oldidan olibchiqar ekan hamma unga hayron va qo'rquv bilan qarab turardi. Lekin hech kim kimsan Seo Noraga qarshilik qila olmas edi. Nora kampaniya eshigidan o'sha qizni olib chiqdida yerga uloqtirib yubordi. Kampaniya tagida turgan qo'riqchilar unga hayron qarab turishar edi. Qiz yerda inqillab o'tirar edi. Nora kiraverishda qo'riqchilar oldida to'xtadida sovuq ohangda buyruq berdi.
--Bundan keyin kampaniyaning asosiy qavatiga duch kelganlar chiqmaydi va kampaniyaga aloqasi bo'lmaganlar asosiy qavatga qo'yilmaydi tushunarlimi.. bu yer kampaniya karvon saroy emas.. agar yana yuqorida axlat ko'rsam kallangiz bilan javob berasiz.
Nora so'zlarni yakunlab ketish uchun ortiga o'girilgan edi qarshisda Eunwoomi ko'rdi.

Eunwoo Noraga shunchaki qarab turdida qo'lidan tortib liftga olib chiqdi. Nora hech bir so'z demay faqat qo'lini tortib olishga urinar edi. Lekin ulkan kaft orasida qolgan qo'lini chiqara olmasdi. Ular liftga chiqishdi. Lekin hali ham uni qo'lini qo'yib yubormagan edi. Lift eshigi yopilar ekan Eunwoo uni yelkasidan ushlab devorga tiradi.
Pov*Nora
Hozir qo'limdan ushlab liftga olib chiqqanida bo'shash haqidagi arizaga qo'l qo'yib baqir chaqir bilan haydasa kerak deb o'yladim. Lekin liftda u meni sovuq devorga tirab oldi. Buni kutmagandim. Negadir yuragim juda tez uryapti. Hozir faqat ko'zlarimizga tikilib turibmiz. Negadir qarshilik qila olmayapman. Birinchi marta bu ko'zlar meni o'z asirasiga aylantirdi.

Yigit qizni yuziga yaqin kelib uning ko'zlariga tikildi. Qo'llari hali ham uning yelkalaridan ushlab turibdi. Bir necha daqiqa ko'zlar bilan suhbat qurishgach Eunwoo uning ko'zlariga qarab:

--Meni shunchalik rashk qildingmi..
Nora bu savolni kutmagan edi. O'zi hohlamasada yuzlari olov kabi yonayotgandi. Ko'zlarini pir-piratib javob berdi va qochish uchun qo'llaridan chiqishga uruna boshladi.
--N..nima.. q..qanaqa rashk esingni yedingmi..
Eunwoo lab uchida jilmaydi.
--Unda nega buncha g'azablanding..
Nora bu safar uning ko'zlariga tik boqdida siltanib uning changalidan chiqdi.
--Negaligini bilishni istaysanmi hop unda eshit bu yer senga maishathona emas. Kampaniyamni harom harij ishlaring bilan bulg'ashinga yo'l qo'ymayman.
Eunwoo biroz uzoqlashdi.
--Demak shuning uchun de
--Ha yana nima uchun bo'lishi mumkun.
Lift eshiklari ochilar ekan Nora chiqib ketmoqchi bo'lganda ulkan kaftlar uni ushlab qoldi. Nora bunday tez sodir bo'lgan ishdan hech narsa qila olmadi. Ularni esa lift tashqarisida Leo kuzatib turardi. Birdan ko'zlarini g'azab egalladi.

Leo ularning oldiga bordida Norani bo'sh turgan bilagidan ushlab liftdan olib chiqdi. Ammo Eunwoo ham Norani boshqa qo'lidan ushlab u bilan birga chiqdi lekin qo'lini qo'yib yubormadi.
Leo: Qo'yib yubor uni
Eunwoo: O'zing qo'yib yubor.
Nora: Ikkingiz ham qo'lingizni torting.
Nora ularni qo'lidan yulqinib chiqdida honasiga kirib ketdi. Kiraverishda kotibaga qarab suvuq ohangda:
--Honamga hech kimni kiritmang agar qarshilik qilishsa otib tashlang.
Kotiba uning "otib tashlang" so'ziga tushunmay turdiyu hop deya qoldi.

~

U juda yoqimtoy edi. Uni yana ko'rishni istayman. Sodda, tez jahli chiqadigan, qaysar qizaloq. Seni qayerdan topishni yaxshi bilaman.
Wohyong qo'lida pushti dumaloq qutiga tikilgancha o'tirardi.

Wohyong kechgacha ofisdagi va ustaxonadagi ishlarini bitirib Seulning nufuzli labaratoriyasiga yo'l oldi. Qo'lidagi pushti qutini ham unutmadi.
A-ri sheriklari bilan dori tayyorlar ekan eshikdan kirib kelgan baland bo'yli kelishgan yigit hammaning e'tiborini tortdi. A-ri ham beixtiyor o'sha tomonga qaradi. Hislar uyg'unligi. Ko'zlar ko'zlarga tushdi. Wohyong A-ri tomon kela boshladi. A-ri esa undan ko'zini uzmas edi. Wohyong qo'lidagi qutini A-rini qo'liga tutqizdi va muloyimlik bilan so'zladi.
--Buni menda unutib qo'ygan ekansan..
--Ha olib kelganingiz uchun raxmat.. - A-ri atrofdagilar ularga qarab turgani uchun hijolat bo'la boshladi. Wohyong buni sezdi. A-ridan uzoqlashib boshliqning oldiga kirdi. Hech qanday taqillatishsiz honaga kirdi.
--Bu nimasi - boshliq boshini ko'tarib kirgan odamga qarab qoldi.
--J..janob Wohyong.. keling..
Wohyong hotirjam uni yoniga yurib kelib jiddiy qiyofada gapirdi.
--Men ogohlantirib qo'ymoqchi edim. A-ri ismli ishchingizni olib ketyapman - Wohyong javob kutmasdan chiqish uchun eshik tomon yura boshladi va to'xtadi - ha yana bu ishim uchun uni ayblamassiz deb o'ylayman.
--Y.. yo'q.. hammasi joyida uni o'zi hohlasa be'malol.
Wohyong honadan chiqib A-rini oldiga keldi va qo'lidan ushlab keta boshladi. A-ri birdan qo'lini tortib oldi. Wohyong bu ishdan unga qarab qoldi.
--Nima bo'ldi..
--Ko'zingizga kim bo'lib ko'rinyapman bilmadimu.. yetaklashsa oldiga tushib ketadigan emasman.
Wohyongni yuziga tabassum yugurdi. A-ri hamon tushunarsiz qarab turar edi.
--Bilaman.. sen unday emassan.. hozir men bilan ketishingni istayman.. har holda nimadir deyishing kerak emasmidi..
--H..haligi oldingi qo'pol muomilam uchun uzr so'rayman.. lekin hozir ishdaman.. ketolmayman..
--Hmm bundan havotir olma.. shunchaki uzr so'rab qutila olmaysan.. meni mehmon qilasan..
--Ho'p yaxshi..
Ular labaratoriyadan chiqishdi. Wohyong jentlmenlardek A-riga mashinaning wshigini ochib berdi. A-ri Wohyongni yonidan joy oldi. Wohyong mashinani qimmat restoran oldida to'xtadi. A-ri biroz ikkilanib Wohyongni ortidan kirdi. Hizmatchi ularni eng yaxshi joyga o'tqizdi. A-ri ichkari juda hashamatli va did bilan bezatilganini ko'rib tan berdi. Bu yerda odam kamligidan shuni bilish mumkinki joy va taomlarning narxi juda baland. Ofitsant ularga menyuni berdi. A-ri menyudagi narxlarni ko'rib biroz asabiylashdi lekin qarshisida o'tirgan yigitga buni sezdirmadi. Ovqat tanlamasdan menyuni yopdi va telefonini olib hisobidagi pul miqdorini aniqlashga kirishdi.

Hisobida yetarlicha pul bor lekin A-ri bu pullarni oylab misqollab yig'gan edi. Endi esa shunchaki bir o'tirishda yeb yubora olmaydi... Afitsantlar taomlarni keltirishdi. Wohyong A-riga qarab turardi. A-ri ovqatlangisi kelmadi.
--Men och emasman siz be'malol ovqatlanavering..
--Yo'q sen ham ovqatlanishingni istayman qani ol..
Shunday deb likopni qizga yaqinroq surdi. Va kulib qo'shimcha qildi.
--Be'malol ovqatlan.. hazillashgandim hammasini o'zim to'layman..
Ular ovqatlanib bo'lishgach restorandan chiqishdi. Deyarli kechqurun tushgan edi. A-ri osmonga qarab chuqur nafas oldi. Bu vaqtda Wohyong A-ridan ko'z uzmas edi. Birdan A-riga qo'ng'iroq bo'ldi. Bu Jay edi.

*Jay A-rining hamkasbi

--Eshitaman Jay..
Wohyong A-rini yigit kishi bilan gaplashyotganini sezib negadir g'azablandi. Shartta borib telefonini yulib olib sindirib tashlashni hohladi. Lekin A-rini hafa qilishni istamaydi.
--A-ri qayerdasan bugun klubda ko'rishmoqchi edik.. sen esa ketib qolibsan..
--Ha shunday bo'lib qoldi..
--Ho'sh kelasanmi.. senga manzilni tashlayman..
--Jay negadir klubga yolg'iz borish men uchun noqulay.. shunga..
--Unda haligi dugonang bor ediku o'sha bilan birga kel.. bu yerda ziyofat bo'lyapti..
--Ho'p mayli..
A-ri Noraga qo'ng'iroq qildi. Nora ham hozir asabiy holatda bo'lgani uchun oson rozi bo'ldi.

~

Pov*

Nora

Yaxshiki honamga hech kim kirmadi. Ish vaqtim tugab ofisdan chiqar ekanman A-ri qo'ng'iroq qilib klubga borishni taklif qildi. Aslida oxirgi marta ichganimda nima ishlar bo'lgani yodimda. Lekin hozirgi vaziyat meni yeb bitirmasligi uchun rozi bo'ldim. Albatta bir ikki qultum ziyon qilmaydi.

Nora ofisdan chiqqanida EunWoo ham tashqarida edi. EunWoo Norani ko'rdi.
--Balki olib borib qo'yarman...
--Shart emas o'zim keta olaman..
Nora taksiga o'tirib klub tomon ketdi.
Eunwooga qo'ng'iroq bo'ldi
--Eshitaman do'stim..
--EunWoo bo'shsan deb umid qilaman.. klubga boramiz..
--Ehh Wohyong.. hop.. manzilni ayt..

~

A-ri Wohyong bilan hayrlashgach klubga ketdi. Wohyong qaysi klub ekanini eshitgan edi. A-ri klub tashqarisida Norani kutar edi. Nora ham taksidan tushib dugonasini yoniga keldi.
--A-ri meni hayron qoldirding.. klubga ko'pam kelmas edingku..
--Haa.. hamkasbim Jay.. do'stlari bilan tanishtirmoqchi edi..
--Ha.. unda nega meni chaqirding.. - Nora biroz jahl bilan gapirdi.
--Yolg'iz kelishni istamasang.. dugonang bilan kel degani uchun..

--Hop.. faqat ko'p qolmaymiz...
--O'zim ham tezroq ketishni istayman..

Qizlar ichkariga kirib ketishdi. Baland musiqa, butun joyni alkogol hidi tutib ketgan. Ba'zilar ishlash uchun kelgan bo'lsa ba'zilar hayot gashtini surish uchun kelishardi. O'rtada esa hamma bir biriga qorishib ketgan. Noaniq harakatlar bilan yoshlar raqsga tushishardi.

--Oouuvv kimlarni ko'ryapman A-ri.. - Ular tomonga Jay keldi.
--Salom Jay - A-ri muloyim jilmaydi.
--Salom qizlar.. aa.. siz.. - Jay Noraga qarab qoshlari yoyildi.
--Men Noraman.. A-rini dugonasi - Nora sovuq va quruqqina qilib o'zini tanishtirdi.
--Haa Nora.. sizni esladim.. A-rini oldiga kelib turar edingiz.. hali ham o'shandaysiz.. - Jay kulib Noraga hazil qildi.
--Qanaqa ekanman.. - Nora bir qoshini ko'tarib o'qraydi. Ovozidan kinoya va jahl sezilib turardi. A-ri buni seib vaziyatni o'z qo'liga oldi.
--Jay sen do'stlaring bilan tanishtirmoqchi eding.. - A-ri ham kulib shunday dedi.
--Haa albatta.. - Jay shunday deb klub ichkarisiga olib kirdi.

Bu paytda yigitlar mashinada klubga yetib kelishdi. Ikkisi ham.asabiy bittasi ofisda hodimi bilan muammolari bilan bo'lsa ikkinchisi yuragining egasiga aylangan insonni qidirardi. Yigitlar klubga kirib stullarga joylashdi.
Jay ularni bir stol oldiga olib keldi. Stol atrofida 3-4 ta qiz, Jay bilan 5-6 ta yigit bor edi.
--Bolalar tanishing A-ri.. mening hamkasbim va do'stim.. bu esa.. Nara.. uning dugonasi..
--Nara emas Nora..- Nora asabiy holda aytdi.
--Ha ha Nora.. marhamat o'tiringlar..
--Hey Nora.. ichishni istaysanmi. - stoldagi bir yigit Noraga ichkilik uzatdi.
--Yo'q raxmat.. men ichmayman..
--Qo'ysangchi olaqol bizga qo'shil.
Nora qadahni qo'liga oldi. A-riga ham quyib berishdi. Ular qadahni ko'tarishdi.
Wohyong qo'lidagi qadahni simirib atrofni kuzatardi.
Nahotki yigiti bo'lsa.. yo'q yo'q.. agar bo'lganda men ko'rgan bo'lardim. Unda nega yarim tunda klubda yuribsan A-ri..
U har bir burchakka qarab A-rini izlardi. Birdan ko'pchilik bo'lib o'tirganlar orasida A-rini ko'rdi.

*

Ep:9 tugadi🫠. Stardusts✨ reak kutaman😉.